2-MAVZU. Pedagogika fanining predmeti, tadqiqot metodlari. (2 soat) Reja: Pedagogika - ijtimoiy fan sifatida. Pedagogika fanining jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni. Pedagogikaning rivojlanish bosqichlari.
Pedagogikaning ob’ekti, predmeti, maqsad va vazifalari. Pedagogikaning asosiy kategoriyalari va tushunchalari.
Pedagogik jarayon. Pedagogik fanlar tizimi. Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi.
Pedagogikaning metodologik asoslari. Pedagogik tadqiqot metodlarining o‘ziga xosligi. Pedagogika fanining ilmiy-tadqiqot metodlari va ularning tavsifi. Pedagogik tadqiqot natijalarini rasmiylashtirish. Pedagogik tajribalarni o‘rganish, umumlashtirish va targ‘ib qilish.
Muammoli blok. Pedagogikaning yangi sohalari (neyropedagogika, pedagogik akmeologiya, pedagogik kvalimetriya, badiiy pedagogika)ni o‘rganish va o‘quv loyihasi tayyorlash, pedagogika, maqsad, vazifa, obyekt, predmet, kategoriya, pedagogikaning sohalari, pegagika fani metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot metodlari.
Mustaqil ta’lim bloki. “Pedagogika” darsligidan pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlarini o‘qib-o‘rganib, konspekt qilish.
Pedagogika (yunoncha paidagogike bo‘lib, paida – «bola» va gogike – «yetaklayman») ijtimoiy tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga muvofiq yosh avlodni tarbiyalash hamda unga ta’lim berishning mohiyati va muammolarini o‘rganadigan fan. Pedagogika ijtimoiy fanlar tizimiga kiruvchi fan sanalib, yosh avlod hamda kattalarni milliy istiqlol g‘oyalari asosida tarbiyalash, unga ta’lim berish muammolarini o‘rganadi.
Pedagogika –ta’lim va tarbiya jarayonini yaxlitlikda o‘rganadigan fan sohasi.
Pedagogika fani shaxsni rivojlantirishning ikki muhim jihati – uni o‘qitish va tarbiyalashga asosiy e’tiborni qaratganligi bois didaktika (ta’lim nazariyasi) va tarbiya nazariyasi fanning muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi.
Didaktika (ta’lim nazariyasi, yunoncha didaktikos «o‘rgatuvchi», didasko «o‘rganuvchi») ta’limning nazariy jihatlari, ta’lim jarayonining mohiyati, qonun va qonuniyatlari, tamoyillari,o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati, ta’limning maqsadi, mazmuni, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish yo‘llari kabi masalalarni tadqiq etadi.