2-mavzu: Pedagogika shaxs tarbiyasi va rivojlanishi to'g'risidagi fan. Ilmiy-pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi va metodlari. Reja


Ilmiy-pedagogik tadqiqotlarni tashkil etish va o’tkazish



Yüklə 69,94 Kb.
səhifə2/3
tarix27.12.2023
ölçüsü69,94 Kb.
#199635
1   2   3
Ilmiy-pedagogik tadqiqotlarni tashkil etish va o’tkazish. Pedagogika fani rivoji muayyan pedagogik muammolarni tadqiq etish maqsadida olib borilgan tadqiqot ishlarining g'oyasi, mazmuni hamda natijalari hisobiga ta'minlanadi. Ijtimoiy va ishlab chiqarish jarayonining keskin rivojlanishi, shaxsni har tomonlama kamol toptirish imkonini beruvchi omil hamda pedagogik shart-sharoitlarni aniqlash, jamiyat va shaxs ma'naviyatiga ziyon yetkazuvchi holatlarni bartaraf etishni taqozo qiladi. Tarbiya jarayonlarining mohiyatini anglash ularni keng yoki tor doirada o'rganish, mavjud ko'rsatkichlar vositasida ularning sodir bo'lish sabablarini o'rganish, zarur chora-tadbirlarni belgilash ilmiy izlanishlarni tashkil etish zaruriyatini yuzaga keltiradi. Pedagogik izlanishlarning samarali kechishi bir qator obyektiv va subyektiv omillarga bog'liq. Mazkur jarayonda maqsadga muvofiq keluvchi, maqbul, ayni vaqtda samarali bo'lgan metodlarni tanlay olish ham muhimdir.
Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari shaxsni tarbiyalash, unga muayyan yo'nalishlarda chuqur, puxta ilmiy bilimlarni berishga berish tamoyillari, obyektiv va subyektiv omillarini aniqlovchi pedagogik jarayonning ichki mohiyati, aloqa va qonuniyatlarini maxsus tekshirish va bilish usullaridir.
Ayni vaqtda, O'zbekiston Respublikasida pedagogik yo'nalishda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar dialektik yondashuvga asoslanadi. Pedagogik hodisa, voqelik va ularning qonuniyatlarini aniqlashga bunday yondashuv pedagogik hodisa va jarayonlarning umumiy aloqasi, ularning izchil, uzluksiz rivojlanishi, bolaning fiziologik rivoji uning psixologik, intellektual jihatdan takomillashtirib borishini ta'minlashi, qarama-qarshiliklarning shaxs kamolotini ta'minlashdagi o'rni va roli, shuningdek, dialektika kategoriyalarining ahamiyatini e'tirof etadi.
Pedagogik ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish murakkab, muayyan muddatni taqozo etuvchi, izchillik, uzluksizlik, tizimlilik hamda aniq maqsad kabi xususiyatlarga ega bo'lgan jarayon bo'lib, uning samarali bo'lishi uchun bir qator shartlarga rioya etish zarur. Ular quyidagilardir:
  1. muammoning dolzarbligi va mavzuning aniq belgilanganligi;


  2. ilmiy farazlarning to'g'ri shakllantirilganligi;


  3. vazifalarning tadqiqot maqsadi asosida to'g'ri belgilanganligi;


  4. tadqiqot metodlar tizimiga nisbatan obyektiv yondashuv;


  5. tajriba-sinov ishlari jarayoniga jalb etiluvchi respondentlarning yosh, psixologik va shaxsiy xususiyatlari, shuningdek, shaxs rivojlanishi qonuniyatlarining to'g'ri hisobga olinganligi;


  6. tadqiqot natijalarini oldindan tashxislash va uning natijalarini aytib o'tish;


  7. tadqiqot natijalarining kafolatlanganligi.


Zamonaviy sharoitda, pedagogik yo'nalishda, tadqiqotlarni olib oorishda quyidagi metodlardan foydalanilmoqda:


1.Pedagogik kuzatish metodi.
  1. Suhbat metodi.


  2. Anketa metodi.


  3. Intervyu metodi.


  4. Ta'lim muassasasi hujjatlarini tahlil qilish metodi.


  5. Test metodi.


  6. Pedagogik tahlil metodi.


  1. Bolalar ijodini o'rganish metodi.


  2. Pedagogik tajriba metodi. Matematik-statistik metod.


Pedagogik kuzatish metodi. Uni qo'llash jarayonida, ta'lim muassasalarining o'quv-tarbiya ishlari jarayonini o'rganish asosida tadqiq etilayotgan muammo holat aniqlanadi, tajriba— avvali va yakunida qo'lga kiritilgan ko'rsatkichlar o'rtasidagi farq to'g'risidagi ma'lumotga ega bo'linadi. Pedagogik kuzatish murakkab va o'ziga xos xususiyatlarga ega. Kuzatish aniq maqsad asosida, uzluksiz, izchil va tizimli amalga oshirilsa, kutilgan natijani qo'lga kiritish mumkin. Olib borilayotgan pedagogik kuzatish ta'lim-tarbiya sifatini oshirish, o'quvchi shaxsini shakllantirishga xizmat qilsa, mazkur metodning ahamiyati yanada oshadi. Pedagogik kuzatuvni tashkil etishda xatoga yo'l qo'ymaslik muhimdir. Buning uchun tadqiqotchidan quyidagilar talab etiladi:


  1. kuzatuv jarayonida aniq maqsadga egalik;


  2. kuzatishni tizimli ravishda yo'lga qo'yish;


  3. kuzatishning har bir bosqichida muayyan vazifalarni hal etish;


  4. har bir holatning mohiyatini sinchiklab o'rganish;


  5. xulosa chiqarishga shoshilmaslik.


Suhbat metodi. Bu metod pedagogik kuzatish jarayonida ega bo'lingan ma'lumotlarni boyitish, mavjud holatga to'g'ri baho berish, muammoning yechimini topishga imkon beruvchi pedagogik shart-sharoitlarni yaratish, tajriba-sinov ishlari subyektlari imkoniyatlarini muammo yechimiga jalb etishga yordam beradi. Suhbat maqsadga muvofiq holda individual, guruhli hamda ommaviy shaklda o'tkaziladi. Suhbat jarayonida respondentlarning imkoniyatlari to'la-to'kis namoyon bo'lishiga erishish muhimdir. Uning samarali bo'lishi uchun quyidagilarga amal qilish maqsadga muvofiq:


1) maqsaddan kelib chiqqan holda suhbat uchun belgilanuvchi savollarning mazmunini aniqlash hamda savollar o'rtasidagi mantiqiylik va izchillikni ta'minlash;
  1. suhbat joyi va vaqtini aniq belgilash;


  2. suhbat ishtirokchilarining soni xususida ma'lum to'xtamga kelish;


  3. suhbatdosh to'g'risida avvaldan muayyan ma'lumotlarga ega bo'lish;


  4. suhbatdosh bilan samimiy munosabatda bo'lish;


  5. suhbatdoshning o'z fikrlarini erkin va batafsil ayta olishi uchun sharoit yaratish;


  1. savollarning aniq, qisqa va ravshan berilishiga erishish;


  2. olingan ma'lumotlarni o'z vaqtida tahlil qilish.


Anketa metodi (fransuzcha — tekshirish). Ushbu metod yordamida pedagogik kuzatish va suhbat jarayonida to'plangan dalillar boyitiladi. Anketa metodi ham tizimlangan savollar asosida respondentlar bilan muloqotni tashkil etishga asoslanadi. Anketa savollariga javoblar, ko'p hollarda, yozma ravishda olinadi. O'rganilayotgan jarayon mohiyatidan kelib chiqqan holda anketa savollari quyidagicha bo'ladi:


  1. ochiq turdagi savollar (respondentlarning erkin, batafsil javob berishlari uchun imkon beruvchi savollar);


  2. yopiq turdagi savollar (respondentlar «ha», «yo'q», «qisman» yoki «ijobiy», «qoniqarli», «salbiy» va hokazo tarzdagi javob variantlarini tanlash orqali savollarga javob beradilar).


Anketa metodini qo'llashda ham bir qator shartlarga amal qilish zarur. Ular quyidagilardir:


  1. anketa savollari tadqiq etilayotgan muammoning mohiyatini yoritishga xizmat qilishi lozim;


  2. anketa savollari yirik hajmli va noaniq bo'lmasligi kerak;


  3. anketa savollari o'quvchilarning dunyoqarashi, yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olish asosida tuzilishi zarur;


  4. anketa savollari respondentlar tomonidan to'la javoblar berilishini ta'minlovchi vaqtni kafolatlay olishi zarur;


  5. anketa o'quvchilarning pedagogik va psixologik tavsifnomalarini tuzish manbayiga aylantirib yuborilmasligi zarur;


  6. anketa javoblari muayyan mezonlar asosida puxta tahlil etilishi shart.


Intervyu metodi respondent tomonidan tadqiq etilayotgan muammoning u yoki bu jihatini yorituvchi hodisaga nisbatan munosabat bildirilishini ta'minlaydi. Intervyu respondent e'tiboriga turkum savollarni havola etish asosida o'tkaziladi. Intervyu jarayonida olingan savollarga nisbatan tadqiqotchi tomonidan munosabat bildirilishi uning samarasini oshiradi.


Ta’lim muassasasi hujjatlarini tahlil qilish metodi. Pedagogik hodisa va dalillarni tekshirish maqsadida ta'lim muassasalari faoliyati mazmunini yorituvchi ma'lumotlarni tekshirish maqsadga muvofiqdir. Mazkur metod O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablarining ta'lim muassasalari amaliyotidagi bajarilish holatini o'rganish, bu boradagi faollik darajasi, erishilgan yutuq hamda yo'l qo'yilgan kamchiliklarni aniqlash, ilg'or tajribalarni ommalashtirish va ta'lim muassasasi pedagogik tajribasini oshirish maqsadida qo'llaniladi.
Ta'lim muassasasi faoliyati mohiyatini yorituvchi hujjatlar quyidagilardan iborat: O'quv mashg'ulotlarining jadvali, o'quv dasturi, guruh (yoki sinf) jurnallari, o'quvchilarning shaxsiy varaqalari, buyruqlar, Pedagogik Kengash yig'ilishi bayonnomalari yozilgan daftar, Pedagogik Kengash qarorlari, ta'lim muassasasi smetasi hamda pasporti, tarbiyaviy ishlar rejasi, o'quv-tarbiya ishlarini tashkil etish borasidagi hisobotlar, ta'lim muassasasi jihozlari (o'quv partalari, stol-stullar, yumshoq mebellar va hokazolar) qayd etilgan daftar va hokazolar.
Mazkur metod muayyan yo'nalishlarda o'quv-tarbiya ishlari samaradorligi darajasi, o'quvchilarda hosil bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalar hajmi, ilg'or pedagogik tajribalar mazmunini o'rganishda muhim ahamiyatga ega.
Test metodi. Ushbu metod respondentlartomonidan muayyan fan sohasi yoki faoliyat (shu jumladan, kasbiy faoliyat) bo'yicha o'zlashtirilgan nazariy bilim va amaliy ko'nikma, malakalar darajasini aniqlashga xizmat qiladi. Test o'z mohiyatiga ko'ra quyidagi savollardan iborat:
  1. ochiq turdagi savollar (respondentlarning erkin, batafsil javob berishlari uchun imkon beruvchi savollar);


  2. yopiq turdagi savollar (respondentlar «ha», «yo'q», «qisman» yoki «ijobiy», «qoniqarli», «salbiy» va hokazo tarzdagi javob variantlarini tanlash orqali savollarga javob beradilar).


3) to'g'ri javob variantlari qayd etilgan savollar (respondentlar o'z yondashuvlariga ko'ra to'g'ri deb topgan javob variantini belgilaydiiar).


Test metodini qo'llashda aniqlanishi zarur bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalarni turkum asosida berilishiga e'tibor berish maqsadga muvofiqdir. Ushbu metodning afzalligi respondentlar javoblarini aniq mezonlar bo'yicha tahlil etish imkoniyati mavjudligi hamda vaqtning tejalishi bilan tavsiflanadi. Biroq, metod ayrim kamchilikdan ham holi emas. Chunonchi, aksariyat holatlarda javoblar yozma ravishda olinadi, shuningdek, respondent taklif etilayotgan javob variantlardan birini tanlashi zarur. Shu bois respondent o'z fikrini batafsil ifoda etish imkoniyatiga ega emas.
Pedagogik tahlil metodi. Tadqiqotni olib borish jarayonida ushbu metodni qo'llashdan ko'zlangan maqsad tanlangan muammoning falsafiy, psixologik hamda pedagogik yo'nalishlarda o'rganilganlik darajasini aniqlashdan iborat bo'lib, tadqiqotchi ilgari surayotgan g'oyaning nazariy jihatdan haqqoniyligini asoslashga xizmat qiladi.
Bolalar ijodini o'rganish metodi. Mazkur metod o'quvchilarning muayyan yo'nalishlardagi layoqati, qobiliyati, shuningdek, ma'lum fan sohalari bo'yicha bilim, ko'nikma va malakalari darajasini aniqlash maqsadida qo'llaniladi. Uni qo'llashda o'quvchilarning ijodiy ishlari - kundaliklari, insholari, yozma ishlari, referatlari, hisobotlari muhim vosita bo’lib xizmat qiladi. Metodning afzalligi shundaki, u ma'lum o'quvchiga xos bo'lgan individual imkoniyatni ko'ra olish, baholash va uni rivojlantirish uchun zamin yaratadi.
Bolalar ijodini o'rganishning quyidagi shakllari mavjud:
  1. fan olimpiadalari;


  2. turli mavzulardagi tanlovlar;


  3. maktab ko'rgazmalari;


  4. festivallar;


  5. musobaqalar.


Pedagogik tajriba (eksperiment — lotincha «sinab ko'rish», «tajriba qilib ko'rish») metodi. Pedagogik tajriba metodidan muammo yechimini topish imkoniyatlarini o'rganish, mavjud pedagogik sharoitlarning maqsadga erishishni kafolatlay olishi, ilgari surilayotgan tavsiyalarning amaliyotda o'z in'ikosiga ega bo’la olishi hamda samaradorligini aniqlash maqsadida foydalaniladi. Muayyan muammo yechimini topishga yo'naltirilgan pedagogik tajriba ma'lum doirada, soni aniq belgilangan respondentlar ishtirokida amalga oshiriladi. Mazkur metoddan foydalanish tadqiqotchi tomonidan ilgari surilayotgan maxsus metodikaning samaradorligini aniqlay hamda unga baho bera olishi zarur.


Pedagogik tajriba tashkil etilish sharoitiga ko'ra quyidagi guruhlarga bo'linadi:
Pedagogik tajriba ham bir qator shartlarga amal qilgan holda tashkil etiladi. Xususan:
  1. tajribaning maqbul loyiha (dastur) asosida uyushtirilishi;


  2. tadqiqot ilmiy farazining puxta asoslanishi;


  3. tadqiqot obyektlari va usullarining to'g'ri tanlanishi;


  4. tajriba o'tkazilish vaqti hamda davomiyligining aniqlanishi;


5) zarur pedagogik shart-sharoitlar (asbob-uskuna, jihozlar, vositalar)ning yaratilganligi;


6) tajriba ma'lumotlarini umumlashtirish, tahlil qilish va natijalarni qayta ishlash.
Pedagogik tajriba yakunida olingan natijalarga asoslanib uinumiy xulosaga kelinadi va ilrniy-metodik tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Matematik-statistik metod tajriba-sinov ishlari, shuningdek, umumiy holda tadqiqotning samaradorlik darajasini aniqlash maqsadida qo’llaniladi, muammo holatini ifodalovchi ko'rsatkichlar maxsus matematik formulalar yordamida qayta tahlil etiladi. Yakuniy qiymat tadqiqot samarasini ifodalovchi asosiy ko'rsatkich hisoblanadi. Ayni vaqtda, pedagogik yo'nalishda, tadqiqotlar olib borishda Styudent, Ko'virlyag, Rokich, V.P.Bespalko hamda V.V.Grechixin metodlaridan keng foydalanilmoqda.
"Individ" va "shaxs" tushunchasi, Shaxs rivojlanishining ijtimoiylashuv bilan aloqadorligi. Shaxs rivojlanishida irsiyat, muhit va tarbiyaning tutgan o'rni. Shaxs rivojlanishining yosh va psixologik xususiyatlari. Shaxs tushunchasi insonga taalluqli bo'lib, psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo'lgan jamiyatning a'zosini ifodalashga xizmat qiladi. Odam shaxs bo'lishi uchun psixik jihatdan rivojlanishi, o'zini yaxlit inson sifatida his etishi, o'z xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan farq qilmog'i kerak.
«Individ» nima? Bola ma'lum yoshga qadar «individ» sanaladi. Individ (lotincha «individium» so'zidan olingan bo'lib, «bo'linmas», «alohida shaxs», «yagona» ma'nolarini anglatadi) xatti-harakatlarini shartli refleks yordamidagina tashkil eta oluvchi biologik mavjudotdir.
Individuallik esa shaxsning o'ziga xos xususiyatlari bo'lib, uning namoyon bo'lishi tarbiya jarayonini amalga oshirishda bola shaxsini puxta o'rganish, uning yashash sharoitlaridan yetarli darajada xabardor bo'lish va ularning hisobga olinishini taqozo etadi.
Individual yondashuv o'quvchilarning aqliy qobiliyatlari, bilishga bo'lgan qiziqish hamda iste'dodini namoyon etishda muhim ahamiyatga ega.
Bola harakatlari ongli, ijtimoiy munosabatlar jarayonidagi ishtiroki natijasida shakllana boradi.
Kadrlar tayyorlash milliy modelida shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyekti, ta'lim sohasidagi xizmatlarining iste'molchisi va ularni amalga oshiruvchi sifatida ta'riflanadi.
Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma'naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash, uning har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida namoyon bo'lishiga erishishni nazarda tutadi. Mazkur ijtimoiy talabning amalga oshirilishi har bir fuqaroning bilim olish, ijodiy qobiliyatini namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanishi hamda muayyan kasb yo'nalishi bo'yicha mehnat qilish huquqini kafolatlaydi.
Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishi uchun ijtimoiy muhit sharoitlari va tarbiya kerak bo'ladi. Ana shular ta'sirida odam inson sifatida rivojlanib boradi va shaxsga aylanadi.
Rivojlanishning o'zi nima?
Rivojlanish shaxsning fiziologik va intellektual o'sishida namoyon bo'ladigan miqdor va sifat o'zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayondir. Rivojlanish mohiyatan oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlardan yangi holatlarga o'tish, yangilanish, yangining paydo bo'lishi, eskining yo'qolib borishi, miqdor o'zgarishining sifat o'zgarishiga o'tishini ifodalaydi. Rivojlanishning manbai qarama-qarshiliklarning o'rtasidagi kurashdan iboratdir.
Bola shaxsining rivojlanishi inson ijtimoiy mavjudotdir degan falsafiy ta'limotga asoslanadi. Ayni vaqtda inson tirik, biologik mavjudot hamdir. Demak, uning rivojlanishida tabiat rivojlanishining qonuniyatlari ham muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, shaxs bir butun mavjudot sifatida baholanar ekan, uning rivojlanishiga biologik va ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda ta'sir etadi, ularni bir-biridan ajratib bo'lmaydi.
Chunki shaxsning faoliyati, hayot tarziga yoshi, bilimi, turmush tajribasi bilan birga boshqa fojiali holatlar, kasalliklar ham ta'sir etadi. Inson butun umri davomida o'zgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham psixik jihatdan kamolga yetadi, bunda bolaga berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq bo'lsa, u jamiyat a'zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida o'ziga munosib o'rin egallaydi. Chunki rivojlanish tarbiya ta'siri ostida boradi.
Shaxsning fazilatlarini to'g'ri ko'rish va bexato baholash uchun uni turli munosabatlar jarayonida kuzatish lozim.
Demak, shaxsni rivojlantirish vazifasini to'g'ri hal etish uchun uning xulqiga ta'sir etuvchi omillar hamda shaxs xususiyatlarini yaxshi bilish zarur.
Tarbiya bolaga samarali ta'sir etishi uchun o'sish va rivojlanish qonuniyatlarini bilish va hisobga olish maqsadga muvofiq. Shunday qilib, rivojlanish va tarbiya o'rtasida ikki tomonlama aloqa mavjud.
Shaxs ijtimoiy munosabatlar jarayonida shakllanadi. Chunki ta'lim jarayonida bolalarga jamiyatda birga yashash bilan bog'liq bo'lgan holat va hodisalar o'rgatiladi. Bu jarayonda o'quvchi jamiyatga «kirishadi» va u bilan o'zaro munosabatda bo'ladi. Ular ma'lum ijtimoiy tajriba (bilim, qadriyat, axloqiy qoida, ko'rsatma) orttiradilar, ya'ni, ijtimoiylashadilar.
Ijtimoiylashuv uzoq davom etadigan murakkab jarayon. Chunki har qanday jamiyat rivojlanish jarayonida ijtimoiy va axloqiy qadriyatlar, ideallar, axloqiy me'yorlar va qoidalar tizimini ishlab chiqadi, har bir bola yuqoridagi qoidalarni qabul qilib, o'rganib mazkur jamiyatda yashash, uning a'zosi bo'lish imkoniyatiga ega bo'ladi. Buning uchun jamiyat u yoki bu shaklda shaxsga maqsadga muvofiq ta'sir etadi. Bu ta'sir ta'lim vositasida amalga oshadi. Ikkinchi tomondan, shaxsning shakllanishiga turli g'oyalar, ijtimoiy muhit ta'sir ko'rsatadi.
Odamlar ijtimoiy me'yorlar va axloqiy qoidalar bilan munosabatga kirishadilar va uni o'rganadilar.
Ijtimoiylashuv jarayoni ichki qarama-qarshiliklarga ega. Ijtimoiylashgan inson jamiyat talablariga mos kelishi, unga «kirishib» ketishi, jamiyat rivojlanishidagi salbiy jihatlarga, shaxsning individual rivojlanishiga to'sqinlik qiluvchi hayotiy holatlarga qarshi turishi kerak. Lekin hayotda ba'zan aksi ham bo'ladi: to'liq ijtimoiylashgan, jamiyatga kirishib ketadigan, ammo muhitda ba'zi salbiy holatlarga qarshi kurashishda faollik ko'rsatmaydigan odamlar ham mavjud.
Bu holat ko'p jihatdan butun jamiyat, tarbiya muassasalari, o'qituvchilar hamda ota-onalarga ham taalluqli. Tarbiyada qarama-qarshilik insonparvarlik g'oyasi yordamidagina bartaraf etilishi mumkin. Zero, O'zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ham ta'kidlab o'tilganidek, uzluksiz ta'limni tashkil etish, rivojlantirish hamda ta'limning ijtimoiylashuviga erishish dolzarb masaladir. Ta'lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni shakllantirish, ularda yuksak ma'naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish kabilar muhim ijtimoiy talablar hisoblanadi.
Shaxs rivojlanishida irsiyat, muhit va tarbiyaning tutgan o’rni.
Shaxs tarbiyasiga ta'sir etuvchi omillar. Fanda, odamning shaxs sifatida rivojlanishiga biologik va ijtimoiy omillarning ta'siri o'rtasidagi munosabatni belgilashga oid munozara ko'pdan buyon davom etmoqda.
Insonning shaxs sifatida, rivojlanishida ijtimoiy hodisalarning ta'siri kuchli bo'ladimi? Yoki tabiiy omillar yetakchi o'rin tutadimi? Balki tarbiyaning ta'siri yuqoridir? Ular o'rtasidagi o'zaro munosabat qanday?
Fanda biologik yo'nalish deb nomlangan nuqtai nazar yetakchi o'rinlardan birini egallab, uning vakillari Aristotel, Platonlar tabiiy-biologik omillarni yuqori qo'yadi. Ular tug'ma imkoniyatlar, taqdir, tole har kimning hayotdagi o'rnini belgilab bergan, deydilar. XV asr falsafasida vujudga kelgan preformizm oqimi namoyandalari esa shaxs rivojlanishidagi naslning roliga katta baho berib, va tarbiyaning rolini inkor etadi.
Xorij psixologiyasidagi yana bir oqim — bixeviorizm XX asr boshlarida yuzaga kelgan bo'lib, uning namoyandalari, ong va aqliy qobiliyat nasldan-naslga o'tib, insonga u tabiatan berilgan, deyiladi. Mazkur ta'limot vakili amerikalik olim E.Torndaykdir.
Progmatizm oqimi va uning vakillari D.Dyul, A.Kombe ham shaxs rivojlanishini biologik nuqtayi nazarda asoslaydilar. Ular rivojlanishni faqat miqdoriy o'zgarishdan iborat, deb qaraydilar. Naslning rolini absolyutlashtirib, uni inson taqdirida hal qiluvchi ahamiyatga ega deb biladilar.
Demak, bir guruh xorijiy olimlar rivojlanishni biologik (nasliy) omilga bog'laydilar.
Biologik oqimga qarshi falsafiy oqim vakillari rivojlanishni ijtimoiy omil bilan belgilaydilar. Bu oqim vakillari bola shaxsining jismoniy psixik rivojlanishi u yashaydigan muhitga bog'liq deb ko'rsatadilar.
Muhit deganda odam yashaydigan sharoitdagi barcha tashqi ta'sir tushuniladi. Shu nuqtayi nazardan tarbiya tufayli bolani o'zi yashaydigan ijtimoiy sharoitga moslashtirish mumkin, degan xulosa kelib chiqadi.
Ular ijtimoiy muhitning rolini hal qiluvchi omil deb hisoblaydilar. Demak, odam bolasining shaxs sifatida rivojlanib, taraqqiy etib borishi, uning shaxs bo'lib kamolga yetishida nasl (biologik omil), ijtimoiy muhit (bola yashaydigan sharoit), shuningdek, maqsadga muvofiq amalga oshadigan tarbiya ham birdek ahamiyatga ega. Bu omillarning ta'sirini aniqlashda ilg'or pedagogik olimlar, psixolog va faylasuflar ta'limotiga suyaniladi.
Falsafada shaxsni jamiyat bilan bog'liq bo'lgan ijtimoiy hayotdagi murakkab voqelik deb qaraladi. Ular individning ma'naviy boyligi uning munosabatlariga bog'liq, deb hisoblaydilar.
Haqiqatdan ham, shaxs mehnat faoliyati zaminida rivojlanadi, kamolga yetadi. Inson sharoitni, sharoit esa odamni yaratadi. Bu esa o'z navbatida inson faolligini namoyon etadi. Zero, shaxs ma'lum ijtimoiy tuzum mahsulidir. Jamiyat shaxs kamolotining muayyan imkoniyatlarini ro'yobga chiqarishi yoki yo'q qilishi mumkin.
Faylasuflar shaxsni tabiatning bir bo'lagi deb baholaydilar. Bu insondagi layoqat kurtaklari bo'lib, uning rivojlanishi uchun tarbiya kerak, degan g'oyani ifodalaydi. Jamiyat taraqqiyoti shaxs rivojlanishi uchun keng imkoniyatlarni yaratadi. Demak, shaxs bilan jamiyat o'rtasida ham uzviy aloqa mavjud.
Shunday qilib, odam shaxsining jamiyatdagi rivojlanishi tabiat, muhit. inson o'rtasidagi murakkab aloqa ta'siri ostida ro'y beradi, inson ularga faol ta'sir etadi va shu yo'l bilan hayoti va o'z tabiatini o'zgartiradi.
Shaxsga ijtimoiy muhitning ta'siri ham muhim. Bu tarbiya tizimi orqali amalga oshiriladi. Ya'ni, birinchidan, tarbiya ta'sirida muhit bera olmagan bilim, ma'lumot egallanadi, mehnat va texnik faoliyat bilan bog'liq ko'nikma va malakalar hosil bo'ladi.
Ikkinchidan, tarbiya tufayli tug'ma kamchiliklar ham o'zgartirilib, shaxs kamolga yetadi.
Uchinchidan, tarbiya yordamida muhitning salbiy ta'sirini ham yo'qotish mumkin.
To'rtinchidan, tarbiya kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi.
Demak, tarbiya bilan rivojlanish bir-biriga ta'sir etadi, bu tarbiya doimiy va uzluksizdir.
Shunday qilib, bola shaxsining rivojlanishida tarbiya ham yetakchi o'ringa ega bo'lib, tarbiya tufayli nasl-nasabi, oila muhiti, ijtimoiy muhit ta'sirida har tomonlama rivojlanishga qodir, degan xulosani chiqarish mumkin.
Shaxs rivojlanishida faoliyatning o'rni. Shaxs rivojlanishida irsiyat, muhit, tarbiya bilan bir qatorda inson faoliyati ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu degani inson qanchalik mehnat qilsa, uning rivojlanishi shunchalik yuqori bo'ladi.
Faoliyat o'zi nima? Faoliyat shaxs tomonidan tabiiy va ijtimoiy hayotni maqsadga muvofiq tashkil etiluvchi kundalik, ijtimoiy yoki kasbiy harakatlarning muayyan shakli, ko'rinishi. Insonning qobiliyati va yoshi u tomonidan tashkil etilayotgan faoliyat mohiyatiga ko'ra belgilanadi.
Faoliyat jarayonida inson shaxsi, har tomonlama va bir butun, yaxlit holda rivojlanadi. Lekin faoliyatni maqsadga muvofiq amalga oshirishi uchun uni to'g'ri tashkil etish lozim. Lekin ko'p holatlarda shaxsning rivojlanishi uchun imkoniyatlar yaratilmaydi, tarbiyalanuvchilarning ijtimoiy mehnat, bilish faoliyatlari cheklangan bo'ladi. O'smir va o'spirinlar faoliyatining asosiy turlariga o'yin, o'qish va mehnat kiradi. Ular yo'nalishiga ko'ra bilishga doir, ijtimoiy, sport, badiiy, texnik, hunarmandchilik hamda shaxsiy qiziqishga ko'ra tanlangan sohalardan iborat. Faoliyatning asosiy turi muloqotdir.
Faoliyat faol va passiv bo’lishi mumkin. O'smir faoliyati muhit va tarbiya ta'sirida faollashishi yoki susayishi mumkin. Inson shaxsining rivojlanishida uning butun vujudi bilan sevib, o'z imkoniyatlarini namoyon etib, mehnat qilish, o'zini shaxs sifatida ko'rsata olishi unda o'z faoliyatidan qoniqish hosil qiladi. Uning ijtimoiy mehnatdagi ishtirokida faollik ko'zga tashlanadi.
Ta'lim jarayonidagi faollik o'quvchiga bilimlarni chuqur va mustahkam egallashga, o'z qobiliyatini namoyon etishga yo'llaydi. Bilishga bo'lgan faollik o'quvchining intellektual rivojlanishini ta'minlaydi.
Faollik ko'rsatishning asosini esa hamma vaqt ehtiyoj tashkil etadi. Ehtiyojlarning xilma-xilligi faoliyatning ham turlarini kengaytiradi. Shunga ko'ra, o'quvchining turli yosh davrlarida faoliyati turlicha bo'ladi. Ta'lim muassasasida, hamma vaqt bir xil talab shaxs rivojlanishida ijobiy natija beravermaydi. Turli yosh davrlarida faoliyatning turlari va mohiyati o'zgarib turishi kerak.
Insonning ijtimoiy faolligi, qobiliyati barcha muvaffaqiyatlarining garovidir. Chunki har bir inson o'z mehnati, g'ayrati, intilishi bilangina faollashadi. O'qituvchi qanchalik yaxshi o'qitmasin yoki tarbiya bermasin, tarbiyalanuvchining o'zi harakat qilmasa, rivojlanish muvaffaqiyatli kechmaydi. Zero, barcha ma'naviv-axloqiy kamchiliklarning asosiy sababi ham insonning o'z faoliyatini to'g'ri yo'lga qo'ymaganligidadir.
Shuning uchun ham inson faoliyati uning rivojlanishi natiiasi hamdir. Demak, shaxs faolligi asosida ijtimoiy faollik, tashabbuskorlik, ijodkorlik xislatlarini shakllantirish - uning shaxslik imkoniyatlarini namoyon etishi orqali faoliyatini rivojlantirish muhim sanaladi.
Shaxs rivojlanishining yosh va psixologik xususiyatlari.
Muayyan bir yosh davriga xos boigan anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlar yosh xususiyatlari deb ataladi. Ana shu yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda ta'lim va tarbiya ishi tashkil etiladi. Shunda bola rivojlanishiga tarbiya ta'siri kuchli bo'ladi.
Bolalarning tarbiyasiga to'g'ri yondashish, uni muvaffaqiyatli o'qitish uchun bola rivojlanishidagi turli yoshdagi davrlariga xos xususiyatlarni bilish va uni hisobga olish muhimdir. Chunki bola organizmining o'sishi ham, rivojlanishi ham, psixik taraqqiy etishi ham turli yosh davrlarida turlicha bo'ladi. Abu Ali ibn Sino, Yan Amos Komenskiy, K.D.Ushinskiy, Abdulla Avloniylar ham bolani tarbiyalash zarurligini uqtirib o'tganlar.
Bolaning o'ziga xos xususiyatini hisobga olish juda murakkab. Chunki bir xil yoshdagi bolalar ham psixik jihatdan turlicha bo'lishi mumkin.
Masalan, ko'rish va eshitish qobiliyati, faolligi, tez anglash, sust fikr yuritishi, hovliqma yoki vazminligi, sergap yoki kamgapligi, serg'ayrat yoki g'ayratsizligi, yalqov yoki tirishqoqligi, pala-partish va chala ishlaydigan, yig'inchoqligi yoki ishga tez kirishib ketishi kabilar nerv faoliyati tizimining ta'siri bo'lib, o'qituvchi yoki tarbiyachi ularni bilishi zarur.
Bolaning individual — o'ziga xos xususiyatini bilish uchun temperamentning umumiy tiplari va bolaning o'ziga xos xususiyatini o'rganish, metodikasini bilish muhim. Temperament (lot. «temperamentum» «qismlarning bir-biriga munosabati» ma'nosini anglatib, shaxsning individual psixologik xususiyatlari majmuidir.
Shuningdek, turli yosh davrlarining o'ziga xos rivojlanish qonuniyatlari ham mavjud. Masalan, 5-sinf o'quvchilari bilan 10-sinf o'quvchisini tenglashtirib bo'lmaydi. Shuning uchun bolaning jismoniy va psixik kamoloti quyidagi davrlarga bo'linadi:
  1. Go'daklik davri — chaqaloqlik (1 oy) davri tugagandan to bir yoshgacha boigan davr.


  2. Bog'chagacha bo'lgan yosh davri — 1 yoshdan 3 yoshgacha.


  3. Maktabgacha bo'lgan yosh davri — 3 yoshdan 7 yoshgacha.


4. Kichik maktab yoshidagi o'quvchilar (bolalar)—7 yoshdan 11,12 yoshgacha.


5.O'rta maktab yoshidagi o'quvchilar (o'smirlar) — 14—15 yosh.
6.Katta yoshdagi maktab o'quvchilari (o'spirinlar)-16-18 yosh.
Kichik maktab yoshida o'yin faoliyatining o'rnini endi o'qish faoliyati egallaydi. Bu juda qiyin o'tish davri bo’lib, bolaning bo'yi, og'irligi jihatdan uning tashqi ko'rinishi kam farq qiladi. Suyaklari qotmagani tufayli tez shikastlanadi. Muskullari tez o'sishi tufayli serharakat bo'ladi. Bosh miyasi tez rivojlanadi.
Jismoniy o'sishiga xos bu xususiyatlar tarbiyachidan ehtiyotkorlikni talab etadi. Bu yoshda bola bilim olish va o'rganishga qiziquvchan bo'ladi. Bolalar qiziqishini qanoatlantiruvchi qiziqarli uchrashuv, sayr va tomosha, ekskursiyalarni tashkil etish zarur. Mazkur yosh davri o'quvchilariga emotsionallik xos, ularning fikrlashi obrazli bo'ladi, his-tuyg'ulari mazmuni o'zgaradi. Ular odamlar bilan aloqa qilishga qiziqadilar.
O'rta maktab yoshi (o'smirlik 12—15 yosh). O'smirlikning murakkabligi anotomik-fiziologik va psixologik xususiyatdagi kuchli o'zgarishlar bilan bog'liqdir. Bolaning o'sishi tezlashadi. Bu davrni o'tish davri ham deyiladi. Bu davrda jinsiy yetilish davri boshlanadi. Bu bolaning fe'1-atvoriga ta'sir etadi. O'smir hayotida mehnat, o'yin, sport va jamoat ishlari katta rol o'ynaydi. Ba'zilarining o'zlashtirishi pasayadi. Intizomi bo'shashadi.
Hozirgi davr o'smirlarining ruhiyatida quyidagi holatlar ko'zga tashlanadi:
  1. Intellektual rivojlanish — tafakkur qobiliyati, aqliy faoliyatni yuqori saviyada tashkil etishni talab etadi, bilishga qiziqishi ortadi. Bu davrda to'garaklar, studiya, seksiya, turli tadbirlar o'tkazish katta ahamiyatga ega. Ularning kitob o'qishga qiziqishi ortadi.


  2. O'z-o'zini anglash, baholash, tarbiyalash shakllanadi. U o'zini boshqalar bilan solishtira boshlaydi.


Ammo yuqoridagilar bilan bir qatorda, o'smir xarakterida murakkab qarama-qarshiliklar ham mavjud bo'ladi. Bu o'smir faoliyati, xulqida yangi xislatlar — yosh xususiyatning yangidan boshlanishi sanaladi.


Lekin o'smirlarning hammasida ham bilishga qiziqish darajasi yuqori emas, 38 foiz o'smir hech qaysi o'quv fanlarini o'qishga qiziqmaydi. Boshqalarining uchta yoki ikkita o'quv fani, aksariyat holatlarda esa bitta o'quv faniga qiziqishi aniqlangan. Kichik yoshdagi o'smirlar qiziqishi o'qituvchiga bog'liq. Lekin ularning qiziqishlari, shuningdek, kitob o'qishlari ham barqaror emas.
Turli to'garaklarga 21 foiz o'smir qatnashadi, qolganlari sport yoki musiqa bilan shug'ullanadi. 40 foiz o'quvchida, sinfdan tashqari ishlarda qatnashishda ham barqarorlik yo'q. Eng muhim qiziqish - teleeshittirishlarga qaratilgan. TVni har kuni 88 foiz o'smir tomosha qiladi.
Ular oddiy kunni o'z ixtiyorlari bilan qanday o'tkazadilar, degan savolgajavobtopish uchun o'tkazilgan tadqiqot natijalari quyidagilarni qayd etdi: 85 foiz o'smir vaqtini o'z holicha o'tkazadi, 70 foizi kino yoki televizor ko'radi, 50 foizi sport bilan shug'ullanadi, 45 foizi uxlab yoki yotib dam oladi. Shuningdek, yomon baho olmaslik uchun maktabga boradigan o'smirlarning soni 15 foizni tashkil etadi.
O'smirlarda biror narsaga erishishga nisbatan talab rivojlanadi. Ular tornonidan ijtimoiy talablarning bajarilishi asab tizimining rivojlanishiga ta'sir etadi. Shuning uchun maktab hayoti «qiyin» vazifalarga to'liq bo'ladi.
Bu yoshda o'smirlar kattalar oldida o'zining erkinligini namoyish etishga harakat qiladi. O'z-o'zini tarbiyalashga bo'lgan talab o'sadi. «Dangasa», «qo'pol», «bee'tibor», «qobiliyatsiz» degan kattalarning baholarini ular og'rinib qabul qiladilar. O'smir yoshida, o'g'il va qiz bolalar o'rtasida farq kuchayadi. VII sinfdan intellektual malakalar pasayadi. Shuning uchun bu davrda bolalar rivojlanishiga katta e'tibor berish lozim. O'z-o'zini tarbiyalash natijasida o'g'il bolalar kuchli, erkin, e'tiborli, jasur; qizlar esa - o'ta ko'nikuvchan, kamtar va jiddiy bo'la boshlaydilar. Shuning uchun o'smirga o'z vaqtini rejalashtirishda yordam berish zarur. 13—14 yoshgacha o'smirda burch hissi, mas'uliyatni his etish, vazminlik paydo bo'la boshlaydi. Muhimi, o'smir shaxsini hurmat qilish, kamsitmaslik, katta bo'lib qolganligini tan olish zarur.
Katta maktab yoshi - kollej, litsey o'quvchilari (o'spirinlik davri 15-18 yosh). Bu davr o'spirinlarning ilk balog'atga yetgan davridir. Mazkur davrda jinsiy yetilish tugaydi. Ularda mustaqillik sezila boshlaydi. O'spirin yoshlar hayotga kelajak nuqtayi nazaridan qaray boshlaydilar. Madaniy darajasini orttirishga intilish kuchaya boradi, his-tuyg'ularida ham o'zgarish yuz beradi. O'z-o'zini tarbiyalashga kirishadilar. Ideal tanlash va unga ergashish kuchayadi. Bu davrda, ular o'rtasida munozaralar o'tkazish yaxshi natija beradi. O'spirinlar o'zguruhiga intiladi. Shuning uchun ham o'spirinning barcha intilishlari ma'lum maqsadga yo'naltirilgan boiishi zarur. Ularda o'quv fanlarini tanlashga nisbatan ehtiyoj kuchaya boradi.
O'spirinlik bu aqliy faoliyatning ham rivojlanish davri sanaladi. Ular o'z fikrlarini mustaqil ifodalashga harakat qilib, shaxslik xislatlarini namoyish eta boshlaydilar. Shunda o'qituvchilar va katta yoshlilar ularning hali g'o'r fikrlari va dunyoqarashlarini to'g'ri yo'naltirishlari muhim. Zero, bu davrda o'z-o'zini anglash, ma'naviy-axloqiy, ijtimoiy xislatlari tez shakllanadi.
Bunga uning faoliyati, jamoada va jamoat joylarida o'zini tutishi, odarnlar bilan tez muloqotga kirishishi ham turtki bo'ladi. O'zini kattalardek his etish, o'ziga xosligini namoyon etish, boshqalarning diqqatini o'ziga qaratishga harakat qiladi. Axloqiy muammolarni o'z qarashlari nuqtayi nazaridan hal eta boshlaydi. Hayot mohiyati, baxt, burch, shaxs erkinligini o'z qiziqishlari biian o'lchaydilar. Shu bois ularga katta yoshlilarning beg'araz, to'g'ri yo'nalish berishlari o'ta muhim.Mazkur davrda yoshlar xulqi ham tarkib topa boshlaydi. Bunda shaxsningjamoadagi mavqeyi, jamoa shaxslari bilan muomala-muloqoti muhimdir. Albatta, bu borada, ta'lim muassasasida faoliyat ko'rsatayotgan yoshlar ijtimoiy harakati ta'siri katta ahamiyatga ega. Chunki o'spirin-yoshlar mustaqil hayot ostonasida bo'lib, ularning bu hayotga to'g'ri qadam qo'yishi jamiyatning faol fuqarosi bo'lishining muhim shartidir.


Yüklə 69,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin