2 –mavzu Plastik deformatsiya haqida tushuncha. Monokristallnin-fayllar.org
Monokristallning sovuq plastik deformatsiyasi mexanizmi. Monokristallning plastik deformatsiyasi asosan ikki yo’l: sirpanish va qiyofadoshlanish bilan bo’lishi mumkin.
Sirpanish kristallning yupqa qatlamlarini yonidagilarga nisbatan parallel siljishidan iborat bo’ladi. Harakat qator tekisliklarni yoki oralig’ida plastik deformatsiya elementlari bo’lmagan juda yupqa qatlamlarni (sirpanish yo’llarini) qamrab oladi.
Sirpanish yo’llari bir-biridan o’rtacha 1 mkm atrofidagi masofada ketma ket saflanadi, bu vaqtda qo’shni atom tekisliklari orasidagi masofa esa 10-4 mkm raqami bilan ifodalanishi tajriba yo’li bilan aniqlangan.
Monokristallning sirpanish yo’li bilan deformatsiyalanishi 6 - rasmda keltirilgan mis va alyuminiy qotishmasi monokristallini cho’zilishga uchragan namunasi fotosuratidan yaqqol ko’rinib turibdi.
6-rasm. Monokristallning sirpanish yo’li bilan deformatsiyalanishi.
Monokristallarda sirpanish aniq kristallografik tekisliklar bo’yicha ro’y beradi. Bularni sirpanish tekisliklari deyiladi. Odatda atomlar joylashuvining eng katta zichligiga ega tekisliklar sirpanish tekisliklari bo’lib hisoblanadi, atomlararo masofalar minimal kattalikka ega bo’lgan yo’nalishlar esa sirpanish yo’nalishi bo’lib hisoblanadi. Masalan, yon tomoni markazlashgan kubsimon kristall panjarali metallarda odatda (111) turidagi oktaedr tekisliklari sirpanish tekisliklari hisoblanadi, (101) turidagi yo’nalish esa sirpanish yo’nalishi bo’lib hisoblanadi.
Geksagonal kristall panjarali metallarda odatda sirpanish tekisligi bo’lib (0001) turdagi bazis tekisligi, sirpanish yo’nalishi bo’lib esa, oltiburchakning diagonaliga mos tushadigan (100) turdagi (bu katakchaning asosi) yo’nalish hisoblanadi.
Atomlarning qandaydir kristallik tekisliklari bo’yicha siljishi mumkinligiga temperatura ancha sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Temperaturaning oshishi qator hollarda shunga olib keladiki, bunda sirpanish jarayoni, hona temperaturasida sirpanish bo’ladigan tekisliklardan farqli, boshqa tekisliklar bo’yicha amalga oshishi mumkin. Masalan, geksagonal zich joylashgan panjarali metallarda hona temperaturasida bitta sirpanish tekisligi - (0001) bazis tekisligi bo’ladi, 2000 dan oshiq temperaturada esa qo’shimcha (1011) yoki (1012) turidagi tekisliklar bo’yicha sirpanish imkoniyati paydo bo’ladi.