2 –mavzu: Plastik deformatsiya haqida tushuncha. Monokristallning sovuq plastik deformatsiyasi mexanizmi. Reja


Plastik deformatsiya haqida tushuncha



Yüklə 23,83 Kb.
səhifə2/4
tarix07.01.2024
ölçüsü23,83 Kb.
#206238
1   2   3   4
2 –mavzu Plastik deformatsiya haqida tushuncha. Monokristallnin-fayllar.org

Plastik deformatsiya haqida tushuncha
Metallning qandaydir hajmiga qo’yilgan tashqi kuchlar tizimi uni deformatsiyasini keltirib chiqaradi. Elastik va plastik deformatsiyalar bo’ladi. Agar tashqi kuchlar olingandan so’ng deformatsiyalangan jism o’zining dastlabki shakl va o’lchamlarini to’liq tiklasa, bunday deformatsiya elastik deb ataladi. Agar tashqi kuchlar keltirib chiqargan jismning shakli va o’lchamlarining o’zgarishi, bu kuchlar olingandan so’ng o’z holida qolsa, bunday deformatsiyani plastik yoki qoldiq (qaytmas) deb ataladi.
Metallarga bosim bilan ishlov berish usulida detallarni olish homaki mahsulotni plastik deformatsiyalashga asoslangan. Plastik deformatsiya homaki mahsulotni buzmasdan turib, uning alohida hajmlarini nisbiy siljitish yo’li bilan detalning berilgan shaklini olishga imkon beribgina qolmay, balki homaki mahsulot materialining mexanik va fizik-kimyoviy xossalariga ham ta’sir ko’rsatadi.
Elastik deformatsiya metallda atomlarning turg’un muvozanat holatidan chetlatish hisobiga ro’y beradi va potentsial energiyaning minimum bo’lishi bilan ajralib turadi. Bu chetlanishning kattaligi qo’shni atomlar orasidagi masofadan oshmaydi. Elastik deformatsiya atomlararo masofani o’zgarishi natijasida qaytadigan hajm o’zgarishlarini keltirib chiqaradi. Hajmning qaytadigan o’zgarishi, masalan, 10 MPa bosim bilan har tomonlama siqilishda po’lat uchun  0,6 %, mis uchun 1,3 % ni tashkil etadi.
Atomlarni turg’un muvozanat holatidan chetlanishi jismda to’plangan potentsial energiyani oshiradi va belgilangan chegaralargacha chetlanish kattaligi deformatsiyalovchi kuchlar oshishiga proportsional ortib boradi. Har qanday sharoitlarda ham tashqi kuchlarning jismga ta’siri, atomlarni eng kam potentsial energiyali holatga qaytarishga intiluvchi, atomlararo kuchlarning qarshi ta’siri bilan muvozanatlashadi.
Plastik deformatsiya atomlarni yangi turg’un muvozanat holatlarga, kristall panjaradagi atomlar orasidagi masofadan ancha katta bo’lgan nisbiy siljishi hisobiga amalga oshadi. Plastik deformatsiyalashda jismga qo’yilgan kuchlar keltirib chiqargan umumiy deformatsiya plastik tashkil etuvchini ham, shu qatorda deformatsiyalovchi kuchlar olingandan so’ng yo’qoladigan elastik tashkil etuvchini ham o’z ichiga oladi.



Yüklə 23,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin