“psixologik ta’sir”
termini,
ya’ni muloqotchanlikni oshiruvchi terminlar ilk marotaba AQSHda K.Levin
shogirdlari tomonidan Betelg’da o’tkazilgan treninglarda qo’llanilgan va ular T-
guruppa deb nomlangan. Ular asosida quyidagi g’oya yotardi: ya’ni ko’pchilik
insonlar guruhlarda yashaydi va ishlaydi, ammo ko’p hollarda ularda qanday
ishtirok etayotganlarining hisobotini bermaydilar, atrofdagi odamlar ularni
qanday ko’rayotganligi va ularning reaktsiyalari aynan qilayotgan xulq-
atvorlariga javoban. K.Levin samarali o’zgarishlarni amalga oshirish uchun
individual holatda emas, balki guruhiy holatda trening o’tkazishni ma’qul deb
topadi va inson o’zini o’z ko’zi bilan emas, balki atrofdagilarning ko’zi bilan
ko’rishga harakat qilishi kerak deydi.
23
Har qanday sharoitda ham shaxsning o’z boshidan kechirganlarini
o’zgalarga ayta olishi va boshqa fikrlarni qabul qila olishi katta ijtimoiy
ahamiyatga ega. G’arb mamlakatlarida keng tarqalgan ‘T-guruh’lar metodi ham
aynan turli hayotiy kazuslarni (hodisa) tahlil qilish vositasida fikrlar uyg’unligiga
erishish va shaxsni tarbiyalash imkoniyatini yaratadi.
Munozara metodlarining ijtimoiy psixologik ahamiyati shundaki, ular har
bir shaxsning o’z nuqtai nazarini tahlil qilishga imkon yaratib, undagi
tashabbuskorlik, muloqotdagi bilimdonlik hamda o’z aqliy potensialidan to’liq
foydalanish imkoniyatini beradi. Ya’ni ushbu turkum metodlarning vazifalari ham
uning ahamiyatli maqsadlaridan kelib chiqadi:
a) munozara qatnashchilarini real vaziyatlarni tahlil qilishga, asosiy, muhim
narsani nomuhim narsadan ajratishga va muammoni anglashga o’rgatadi;
b) o’zgalar fikri, gapirish mahoratini kuzatish va shu asosida ular bilan
hamkorlikda ishlashga undaydi;
v) muammoga talluqli rang-barang qirralarni ajratish, ular mohiyatini
anglash imkoniyatini yaratadi;
g) muammoning turli muqobil yechimlari bo’lishi mumkinligini namoyish
qiladi.
Ayniqsa, axloqiy-ma’naviy mavzulardagi muammolarni hal qilishda
munozaraning roli katta. Bunday sharoitda bahslashuvchilarning yetuklik
darajalari, axloqiy qadriyatlarni anglash darajalari katta ahamiyatga egadir.
Axloqiy-ma’naviy masalalar yuzasidan munozarani tashkil etuvchi shaxsga
alohida talablar qo’yilishini ta’kidlash kerak. Chunki u bahslashuvchilarga hech
qanday tazyiq ko’rsatmasligi, har bir shaxsning erkin fikr bayon etishiga yo’l
qo’ygan holda ular fikrlarining tamoman zidlashib ketishiga yo’l qo’ymasligi,
munozaradan kelib chiqadigan xulosani va qarorni guruhning o’ziga havola
qilish lozimligini unutmasligi zarur. Bu usul maktablarda, turli bilim
maskanlarida, mahalla qo’mitalari ish faoliyatida, turli maslahat shohobchalari,
o’smirlar va o’spirinlar tarbiyasi borasida keng qo’llanishi mumkin.
‘Munozara’ yoki ‘bahs’ so’zlarining mohiyati shundaki, ular doimo
kishilar guruhini anglatadi, ya’ni har qanday bahs yoki munozara guruhda
mavjud bo’ladi. Lekin ijtimoiy psixologiyada (asosan) guruhlarning ikki turi
bo’lib, ulardagi shaxslar soni va guruhning hajmiga ko’ra, katta va kichik
guruh turlariga ajratiladi. Ijtimoiy psixologik treninglar o’tkaziladigan maxsus
guruhlar ‘T-guruhlar’, deb yuritiladi. Lekin an’anaviy ‘T-guruhlar’ kishilar
sonining ozligi va bevosita muloqot sharoitlarining yetarli ekanligi bilan
tavsiflanadi. Shunday bo’lishiga qaramay, ko’pincha real amaliyotda psixolog
24
shunday guruhlar bilan ishlashiga to’g’ri keladiki, undagi odamlar soni
belgilangandan ko’proq bo’ladi. Shunday qilib, T-guruxlarda munozalarni
tashkil etishning ayrim o’ziga xos tomonlari va turlari mavjuddir.
Kichik,
tor doiralardagi kompakt (ixcham) guruhlarda uyushtirilgan
munozaralarning erkin mavzuli, yo’naltirilgan va aniq ssenariyli disput
turlari mavjud bo’lib, bu tanlangan mavzuga va munozara guruhlarining
muloqot
tajribasiga bog’liqdir (‘disput’ so’zining lug’aviy ma’nosi
“fikrlayapman”, ‘tortishyapman’, degan ma’noni bildiradi). Kichik guruhlardagi
munozarada asosiy narsa guruh a’zolarining tanlangan mavzu xususiyatiga qarab,
har birining o’z fikr-mulohazalarini oxirigacha bayon etish imkoniyatlarining
borligidir. Bunday guruhda boshlovchi ham qatorda o’tirib, mavzuning yechimi
batamom hal bo’lmaguncha faol muloqotlarning ishtirokchisi bo’lishi mumkin.
Lekin asosiy rol guruhning a’zolariga yuklanganligini va bevosita ajralib
chiqqan norasmiy lider asosiy bahs yurituvchi bo’lishi mumkinligini unutmasligi
zarur. Bunday gurunglar turli sharoitda, ko’pincha bahs ishtirokchilari uchun
tabiiy sharoitlarda o’tkazilsa, maqsadga muvofiq bo’ladi.
Agar T-guruh odatdagidan kattaroq hajmda (masalan, 30 kishigacha)
bo’lsa, unda munozarani uyushtirishning o’ziga xos tomoni bor. Bu holda
bahs guruhi shartli ravishda a’zolarga aniq mavqelari bayon qilingan holda 3 ga
bo’linadi. Birinchi guruh – “fikrlarni jamlovchilar” - generatorlar guruhi
deyiladi; ikkinchisi “tanqidchilar” va uchinchi guruh “fikrlarni tezlatuvchilar
katalizatorlar” deb ataladi. Har bir ajratilgan guruhning o’ziga xos
funksiyalari bor: “‘generatorlar” o’rtaga tashlagan muammo yoki baxs mavzusi
bo’yicha o’zlaridagi barcha fikrlarni o’rtaga xolis tashlaydilar. Guruh
a’zolaridan biri ularni jamlab, fikrlar ikkiga bo’lingan taqdirda ham, ularni
umumlashtirib bayon etadi. So’ngra o’yinga “tanqidchilar” kirishadi. Ularning
vazifasi - eshitgan fikrlariga tanqidiy munosabat bildirish, ya’ni tanqidiy nuqtai
nazardan ular ichidagi “mag’zni” va “puchak” fikrlarni saralash. Shundan keyin
vaziyatga
qarab,
yana
so’z
“generatorlar”ga
yoki
“katalizatorlar”ga berilishi mumkin. Bildirilgan fikr va takliflarda mabodo
hisobga olinmay qolgan jihatlar yoki noo’rin fikr bo’lsa, yoki mohiyatan shu
mavzuga
aloqador bo’lgan, lekin ikkala tomon hisobga olmagan biror jihat aniqlansa,
tomonlar diqqatini qaratish kerak bo’lsa, bahsni davom ettirishga ruxsat berish
va uni yakun qilish taqozo qilinsa, ikkala guruhning oyiniga baho bergan holda
munozarani to’xtatish – “katalizatorlar”ning vazifasidir. Ular ko’pincha ikkala
guruh uchun xolis “hakamlar” r'olini ham o’ynashlari mumkin.
25
Maktabda bir sinf doirasida yoki talabalar guruhida axloqiy-ma’naviy
mavzuda bahs uyushtirganda, yuqoridagi usulni qo’llash, imkoniyati bo’lsa,
suhbatdoshlarni uchburchak - berk stol atrofiga to’plash mumkin
.
Demak,
bahslashuvchilarning fazoviy joylashishlari ham bu o’rinda ma’lum ahamiyat
kasb etadi.
Katta guruhlarda bahs yoki munozara uyushtirilganda, boshlovchining roli
ayniqsa kattadir. Chunki u har bir guruhdagi tortishuvlar va fikr
almashinuvlarning boshida turmog’i, kerak bo’lsa, ular faoliyatini maqsadga
muvofiq tarzda yo’naltirib turmog’i lozim. Kichik guruhdagidan farqli o’laroq,
katta guruhlarda boshlovchi u yoki bu ichki guruhga yon bosmasligi yoki ularni
o’zining shaxsiy fikriga majburan ergashtirmasligi kerak. Aks holda, u o’zining
faoliyati bilan boshqalar tashabbusiga salbiy ta’sir ko’rsatishi va bahsning
yo’nalishini buzib qo’yishi mumkin. Shuning uchun katta guruhlarda
uyushtiriladigan munozaraning mavzusi oldindan tanlangan va unga
boshlovchi ma’lum ma’noda tayyor bo’lishi shart.
Psixologik treninglarni qo'llash tajribasi rus psixologlarining asarlarida o'z
aksini topgan. Jumladan, G. A. Kovalev (1980; 1989; 1996), L. A. Petrovskiy
(1982; 1989; 1996), Yu. A. Emel’yanova (1983; 1985; 1991) , X. Mikkina
(1981; 1986), T. S. Yatsenko (1987), V. P. Zaxarova va N. Yu. Xryashcheva
(1989); A.P. Sitnikova (1992; 1996), G.I. Marasanova (1995), V. Yu.
Bol’shakova (1996), S.I.Makshanov (1997), I.V.Vachkova,V. G. Romek (2002),
E. V. Sidorenko (2001; 2002) va boshqalar tomonidan psixologik treninglar va
ularning imkoniyatlari haqida fikrlar bildirgan.
Dostları ilə paylaş: |