28
Karl Rodjers gumanistik psixologiyaning asoschilaridan biri bo’lib, o’ziga
xos terapevtik yo’nalishga asos solgan. U insonning boshqa odamlar bilan
muammosi autentik (o’xshash) bo’lishi, ya’ni muammolar hammada
mavjudligini ta’kidlaydi. Shuningdek, muammoli vaziyatlarda shaxslarga
yordam berishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi. Uning asosiy belgilari;
uchrashuv qatnashchilarining o’zligini ochish, hislarini anglash, javobgarlik, o’z
“Men”ini anglash, “Shu yerda va hozir” tamoyiliga asoslanganlikdir.
Psixologiyada, shuningdek, Geshtal’t psixologiya yo’nalishi tomonidan
ishlab chiqilgan psixoterapevtik metodlar ham mavjud. Geshtal’t guruhlar
yuqorida ko’rilgan geshtal’tterapiya metodlariga asoslanadi. Boshqa
guruhlardan farqli o’laroq, guruh mashg’ulotlarini trener har bir a’zo bilan
yakka – yakka o’tkazishi mumkin. Boshqalar esa “bo’sh issiq stul” texnikasi
bo’yicha kuzatuvchi hisoblanadi. O’z muammosini yechishni istagan odam
bo’sh stulga kelib o’tirib, boshqalarni kuzatish orqali o’z muammosini optimal
yo’l bilan anglashga harakat qiladi. Bu geshtal’tterapiyaning guruhiy
ko’rinishidir. Odatda ikki stul texnikasi ham ishlatiladi. Bu Morenoning ikkinchi
“Men” metodiga o’xshaydi. Kishi o’z retroflektsiyasini (orqaga qaytish) anglash
uchun yonidagi bo’sh stulga proektsiya qiladi va ikkita odam sifatida o’ziga-o’zi
savol-javob qila boshlaydi. Guruh “issiq stul”dagi maslahatlar bilan yordam
berib turadi. Geshtal’t guruhlarning asosiy maqsadi javobgarlikni o’ziga olgan
holda o’zligini anglashdir. Geshtal’t nazariyasi bo’yicha odam o’zini anglash
vaqtida samimiy ko’ringandagina yaxlitlik, geshtal’t hosil bo’ladi va muammo
yechiladi.
4.
Dostları ilə paylaş: