2-mavzu. Psixologiya fan sifatida reja


Psixologiya rivojiga hissa qo‘shgan ulug‘ olimlar



Yüklə 163,47 Kb.
səhifə13/17
tarix26.12.2023
ölçüsü163,47 Kb.
#198337
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
2-mavzu. Psixologiya fan sifatida reja

1.5. Psixologiya rivojiga hissa qo‘shgan ulug‘ olimlar
Hozirgi kunda aynan psixologik xizmat muammosiga bag‘ishlangan va uning barcha yo‘nalishlarini batafsil bayon etishga qodir ilmiy adabiyotlar yetarli bo‘lmasa-da, bugungi kunda fan olamida va jamiyat taraqqiyotida psixologik xizmat muammosining zarurligini ko‘rsata oluvchi va uning "metodologik ildizlarini" asoslab bera oluvchi ilmiy tadqiqodlarni alohida qayd etish mumkin.
Mazkur adabiyotlarni tahlil qilar ekanmiz, ulardagi psixologik xizmat metodologiyasiga taalluqli ayrim umumiy jihatlarni ijtimoiy psixologiya fani nuqtai nazaridan tadqiq qilishimizga to‘g‘ri keladi.
Chunonchi, barcha tadqiqotchilar ham ijtimoiy, psixologiyaning metodologik tamoyillariga amal qilgan holda psixologik xizmat uchun muhim bo‘lgan u yoki bu jihatni nazariy-ilmiy tarzda asoslab beradilar. Bular ichida psixologik xizmatning muvaffaqiyatli tashkil etilishi uchun muhim nazariy-ilmiy ahamiyat kasb etuvchi ijtimoiy psixologik vazafalarni aniqlashga qaratilgan tadqiqotlarni Andreeva G.M., Davletshin M.G., Zabrodin Yu.M., Karnegi D., Karimova V.M., Parigin B.D., Snigireva T.V., Filippov A.V., Shixirev P.N., Shoumarov G‘.B., Yadov V.A., G‘oziev E.G‘.; shaxs faolligi bilan bog‘liq tadqiqotlarni Abulxanova-Slavskaya K.A., Anufriev E.A., Grimak L.P., Lomov B.F., Leytes N.S., Golubeva E.A., Qodirov B.R., Lipkina A.I,, Petrovskiy V.A., Rubinshteyn S.L., Qodirov B.R.; ijtimoiy ustanovka bilan bog‘liq tadqiqotlarni Asmolov A.G., Nadirashvili Sh.A., Uznadze D.N., Shixirev P.N., Allport G.V., ijtimoiy ehtiyojlar va faoliyatdan qoniqish bilan bog‘liq tadqiqotlarni Bojovich L.I., Bratko A.A., Vilyonas V.K., Dodonov B.I., Kitvel T.A., Maslov A.H; shaxsga individual yondashuvning ta’minlanishi bilan bog‘liq tadqiqotlarni Klimov E.A., Merlin B.S., Nebilitsin V.D., Peysaxov N.M., Rusalov V.M., Siavina L.S.,Strelyau A., Teplov B.M.; shaxsga munosabat tizimi asosida yondashuv istiqbollariga bag‘ishlangan tadqiqotlarni Zdravomislov A.G., Kuzmin E.S., Lazurskiy A.F., Muksinov R.I., Myasisev V.N., Stolin V.V., Serbakov A.I., Bogoslavskiy V.V.; shaxsga hissiy-irodaviy sifatlar asosida yondashuv istiqbollarini tadqiq qiluvchi tadqiqotlarni Bassin F.V., Vasilyuk F.Ye., Gissen L.D., Zilberman P.B., Konopkin O.A., Majidov N., Naenko N.I., Prixojan A.M., Rozelnblat V.V., Xekhauzen X., Eberleyn G., Nevv D.O.; talim muassasalarida psixologik xizmat modelini tadqiq qilishga bag‘ishlangan tadqiqotlarni Breinshteyn M.S., Dubrovina L.V., Kala U.V., Rudik V.V., Leymes X.O., Mattes G.O., Pratuivich Yu.M., Sierd Yu.L.; mehnat jamoalarida psixologik xizmat vazifalarini belgilashga qaratilgan tadqiqotlarni (Gerchikov V.I., Zotova O.I., Izard.K., Ishutina G.A., Kovalev G.A., Leonova A.B., Loos V.G., Popova I.I., Parigin V.D., Saksakulm T.I., Saylus S.M.) va nihoyat oilaviy hayotni tashkil etishdagi psixologik xizmat uchun muhim jihatlarni asoslashga qaratilgan tadqiqotlarni (Argoy M., Bodalev A.A., Stolin V.V., Karimova V.M., Kovalev S.V., Sog‘inov N.A., Shoumarov G‘.B.) alohida ta’kidlash joiz. Qolaversa, bugungi kungacha yaratilgan barcha ijtimoiy psixologik prinsiplarning asosiy mezonlari bo‘lgan "shaxs va faoliyat birligi", "ongning faoliyatda taraqqiysi", "muomala", "individual yondoshuv" "munosabat", "turmush tarzi", "ijtimoiy ustanovka", "borliqni ob’ektiv va sub’ektiv aks ettirish", "jamoa", "ijtimoiy qoniqish", "ijtimoiy xulq-atvor" kabilarning jamiyatdagi amaliy o‘rni va istiqbolini psixologik xizmat tadbiqisiz to‘liq tasavvur etib bo‘lmaydi. Ayniqsa, olimlar tomonidan bugungi kunda ijtimoiy-psixologik hodisalarga inson taraqqiyoti va qadriyatlari asosida yondoshuv muammosining (G.M.Andreeva, Yu.M.Zabrodin, D.Karnegi, E.G‘oziev, V.M.Karimova, I.S.Kon, C.I.Koralev, B.D.Parigin, Ye.V.Shoroxova, G‘.B.Shoumarov) shaxs va faoliyat uyg‘unligini ta’minlashga xizmat qiluvchi psixologik yondashuvni ta’minlash muammosining (Abulxanova-Slavskaya, J.Bruner, L.S.Vigoskiy, M.G.Davletshin, U.Djems, A.G.Kovalev, A.N.Leontev, A.V.Petrovskiy, S.L.Rubinshteyn, V.A.Tokareva, D.I.Feldishteyn, E.Fromm, B.R.Qodirov) o‘rtaga tashlanishi psixologik xizmat metodologiyasi haqida jiddiyroq o‘ylashni va mulohaza yuritishni taqozo etmoqda.
Bugungi psixologiya fani taraqqiyoti an’analari bilan bog‘liq insonning iqtidorini, uning jamiyatdagi ijtimoiy faolligi va ijtimoiy tabiatidan ajratib bo‘lmaydi. Shu nuqtai nazardan, inson omillarini va uning jamiyatdagi ijtimoiy jarayonlarini to‘g‘ri va samarali boshqarish jarayoni jamiyatga va jamiyat a’zolariga psixologik xizmat ko‘rsatish muqarrarligini talab qiladi. Vaholanki, iqtisod, huquq, etika, etnografiya, tarix, sotsiologiya va shu kabi barcha fanlarning o‘zaro mustahkam hamkorligi natijasida inson psixologiyasining amaliy muammolari hal etilishi lozim.
Hozirgi zamon ijtimoiy psixologik tadqiqotlar masalasi, ayniqsa, uning amaliy vazifalari sotsial psixologiya fanining markazida turuvchi psixologik va sotsiologik yondashuv yo‘nalishlari asosida hal qilinmoqda. Masalan, Amerika va boshqa barcha g‘arb davlatlarida ikki xil ijtimoiy psixologiya: "psixologik ijtimoiy psixologiya" va "sotsiologik ijtimoiy psixologiya" mavjud. Bu yo‘nalishlar bir-biriga o‘xshasa-da, ularning bir-biridan farqli jihatlari ham mavjud, ya’ni psixologik ijtimoiy psixologiya shaxs va faoliyat, muomala, shaxslararo munosabat, shaxsning ijtimoiy-psixologik tuzilishi, shaxsning kognitiv, konativ, xulq-atvor imkoniyatlarini o‘z ichiga olgan ijtimoiy ustanovkalar, shaxs va jamoaning ijtimoiy-ruhiy kechinmalari kabi muammolar ustida tadqiqot olib borishni maqsad qilib olgan bo‘lsa, sotsiologik ijtimoiy psixologiyada esa ko‘pincha jamiyatning ijtimoiy qatlamlarini tahlil qilish xalqlar psixologiyasi, ommaviy hodisalar psixologiyasi, sinflar, guruhlar, gumanistik psixologiya kabilarga alohida urg‘u beriladi. Psixologik xizmat metodologiyasi esa ko‘proq birinchi yo‘nalish - "Ijtimoiy psixologiya" asoslari zamirida tarkib toptiriladi. Gap shundaki, har bir fanning rivojlanishi yangi dalillar asosida ilmiy yo‘nalishni ochib beruvchi metodik qurilmalarning tuzilishi bilan bevosita bog‘liqdir. Chunki, aniq metodologiya bo‘lmagan sohada aniq amaliy natijalar ham bo‘lmaydi. Zero, ijtimoiy psixologiya fanining yana bir muhim yangi vazifasi psixologik xizmat metodologiyasi bilan bog‘liq nazariy, amaliy va empirik yo‘nalishdagi tadqiqotlar ko‘lamini belgilashning bugungi kungacha nechog‘lik hal qilinayotganligini tahlil qilishga to‘g‘ri keladi. Bu borada psixologiya olamida hanuzgacha aniq va mukammal tarzda ishlab chiqilgan va rasmiy tarzda tan olingan yagona ilmiy yo‘nalish yoki konsepsiyaning qabul qilinmaganligi ayon bo‘lsa-da, ilg‘or g‘arb psixologlari, Markaziy Hamdo‘stlik Davlatlari psixologlari va O‘zbekiston psixologlari tomonidan olib borilgan va olib borilayotgan fan olami uchun o‘ziga xos salohiyatga va nufuzga ega bo‘lgan tadqiqotlar mavjudki, ular qaysidir jihati bilan psixologik xizmat modeli va uning psixologik himoya vositasi sifatidagi mohiyati, ahamiyati va ijtimoiy istiqbollari haqidagi ilmiy-amaliy tasavvurlarimizni shakllantirishga asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Ilmiy adabiyotlardan bizga ayon bo‘lishicha, ijtimoiy psixologik xizmat metodologiyasining umumiy yo‘nalishlari G‘arb ijtimoiy psixologiya namoyondalari tadqiqotlarini quyidagicha izohlash mumkin: V.Vundtning 1900-yilda chop etilgan "Xalqlar psixologiyasi" nomli yirik (o‘n tomlik) epik asari ijtimoiy psixologiya yo‘nalishlarini yorqinlashtirishga xizmat qilib, inson ma’naviyati, madaniyati va mafkurasini o‘rganishning murakkab tomonlarini ochib berdi. Taniqli ingliz psixologi Vilyam Makdugallning 1908-yilda yozilgan "Ijtimoiy psixologiyaga kirish" asaridagi "ijtimoiy xulq-atvor instinktlari" nazariyasi freydizmga qarshi o‘laroq inson instinktlari va faoliyat uyg‘unligini ta’minlash muammosini yoritishga ilk bor asos bo‘lib xizmat qildi. Binobarin, E.Fromm, J.Saliven, V.Shuts, G.Sheparde, V.Bayon kabi olimlar tomonidan guruhlar psixologiyasi nazariyasini yaratishga asos solindi. Bunda turli xil ijtimoiy psixologik treninglar orqali guruhdagi shaxslararo munosabatlar bilan bog‘liq psixologik iqlimni kamol toptirish yo‘llarining ilk bor ko‘rsatilishi mehnat jamoalaridagi ijtimoiy psixologik xizmat vazifalarini belgilash uchun darajadagi empirik ma’lumot sifatida xizmat qilishi mumkin.
G‘arbda yaratilgan kognitivizm doirasidagi nazariyalar psixologik xizmat metodologiyasi uchun muhim ahamiyatga ega. Chunonchi, L.Festingerning kognitiv dissonanslar nazariyasi (insonning faoliyat ob’ektiga nisbatan xulq-atvori yoki munosabatini ongli ravishda o‘zgartirishga asoslangan), T.Nyuxomning hamkorlik kommunikativ nazariyasi (o‘zgalarga va umumiy faoliyat ob’ektiga ijobiy munosabatlarni tarkib toptirishga asoslangan), Ch.Osgud va P.Tanenbaumaning "kongruentlik" (inson kognitiv tuzilishi asosidagi ob’ektni baholashga qaratilgan) nazariyasi, G.Olport, A. Maslou, K.Rodjers kabi ijtimoiy psixologlarning gumanistik doiradagi qator tadqiqiy izlanishlari shular jumlasidandir. Yana shuni qayd etish kerakki, amerikalik taniqli psixolog Abraham Maslouning "Insonga bir butun yondashuv konsepsiyasi" psixologik xizmat jarayonida insonni tushunish va ijtimoiy motivatsion rivojlantirish muammosi ustida tadqiqotlar olib borilishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Maslouning fikricha, insonning barcha tug‘ma potensial imkoniyatlari faqatgina ijtimoiy shart-sharoitning yaratilishi bilan ro‘yobga chiqishi va kamol topishi mumkin. Albatta, mazkur fikrlarning ne chog‘liq haqiqat ekanligini bugungi kunda har bir insonning o‘ziga xos va uning ijtimoiy - taraqqiyotini ta’minlashga xizmat qiluvchi imkoniyatlari ko‘lamini o‘rganish va tarbiyalashni asosiy vazifa qilib olgan psixologik xizmatning tashkil etilishini muntazam kuzatishlarimiz natijalari tasdiqlab turibdi.
A.Maslou fan olamida o‘ziga xos "motivatsion tizimning ierarxik modeli" ni yaratdiki, unga muvofiq individ xulq-atvoridagi ijtimoiy jihatdan muhim bo‘lgan yuqori ehtiyojlarning yo‘nalishi quyi ehtiyojlarning qay tariqa qondirilishi asosidagina tarkib topishi mumkin. Bu jarayon quyidagi tartibga ega:
1. Fiziologik ehtiyojlar.
2. Xavfsizlik ehtiyojlari.
3. Mehr va sadoqat ehtiyojlari.
4. Tan olish va baholash ehtiyojlari.
5. O‘z-o‘zini har tomonlama rivojlantirish ehtiyojlari.
Darhaqiqat, mazkur ierarxik tizim motivatsiyasining ilmiy jihatdan asoslab berilishi, birinchidan, ijtimoiy psixologiyadagi ehtiyojlar va motivlar bilan bog‘liq qator tadqiqotlarga hamohang bo‘lsa, ikkinchidan, mazkur yo‘nalishdagi psixologik xizmat metodologiyasini yaratish uchun alohida istiqbolga ega. Chunki, psixologik xizmatda insonning ijtimoiy ehtiyojlari muammosi ilmiy jihatdan to‘g‘ri talqin qilinishi va to‘g‘ri yo‘naltirilishi lozim. Bu borada qator taniqli sotsiolog, psixolog va faylasuflar tomonidan e’tirof etilgan ilmiy mulohazalarga tayanish mumkin. Masalan, D.N. Uznadzening "ehtiyoj tushunchasi tirik organizm uchun zarur bo‘lgan va ayni paytda qo‘lga kiritilmagan barcha narsalarga taalluqli" va M.S. Kagan, A.V. Margulis, Ye.M. Etkindlarning "ehtiyoj bu-kerakli narsalarning yetishmaslik oqibati", V.A. Yadovning "ehtiyoj-inson shaxsi va organizm faoliyati uchun kerak bo‘lgan zarurat va yetishmovchilik mahsuli", L.I. Bojovichning "ehtiyoj-individ organizmi va u shaxs taraqqiyoti uchun muhim bo‘lgan zarurat", A.V. Petrovskiyning "ehtiyoj – jonli hayot kechirishining konkret shart-sharoitlariga uning qaramligini ifoda etuvchi va bu shart-sharoitlarga nisbatan uning faolligini vujudga keltiruvchi holatdir" kabi fikrlari shaxs taraqqiyotini ta’minlash yo‘lida ehtiyojlarning biologik va ijtimoiy uyg‘unligini hisobga olgan holda psixologik xizmatning navbatdagi vazifalarini belgilash imkonini beradi.
Psixologik xizmat metodologiyasini yaratishda insonning hissiy holatini tushunish va uning o‘z mehnati mahsullaridan ijtimoiy qoniqish jarayonini tahlil qilish va rivojlantirishga bag‘ishlangan ayrim tadqiqotlarning o‘rni va istiqboliga ham alohida e’tiborni qaratish lozim, deb o‘ylaymiz. Masalan, F.Xersberg va uning izdoshlari tomonidan mehnat faoliyatini tashkil etishdagi emotsiogen farqlanish mexanizmlari tadqiq qilindi. Mazkur izlanish mahsuliga ko‘ra mehnat faoliyatini tashkil etishda ijodiylik, mustaqillik, o‘z-o‘zini bilish, rivojlantirishga qaratilgan tadbirlarga e’tibor berilsa shaxs faoliyati unumdorligiga ijobiy ta’sir etuvchi hissiy kechinmalarni va aksincha, faqat texnik jarayondangina iborat bo‘lgan mehnat sharoiti yaratilsa shaxs faolligiga salbiy ta’sir etuvchi hissiy kechinmalarning namoyon etilishi kuzatiladi. Darhaqiqat, faoliyatning bajarilishiga nisbatan ijobiy-hissiy kechinmalar shakllantirilmas ekan, faoliyat mahsuli ham insonning o‘z faoliyatidan ijtimoiy ma’nodagi qoniqishi ham nihoyatda past saviyada bo‘ladi. Psixologik xizmat esa, bizningcha, xuddi ana shu yerda o‘z ta’sirini, ya’ni faoliyatdan ijtimoiy qoniqish jarayonini darajada yuqori saviyaga ko‘tara olish san’atini ko‘rsatishi lozim.
Ishchi-xodimlarning mehnatdan qoniqish muammosi ustida olib borilgan ayrim tadqiqotlar natijasi psixologik xizmatning metodologik modelini loyihalashtirishga xizmat qilsa ajab emas. Masalan, sobiq sovet psixologiyasi olimlari (N.F. Naumova, A.G. Zdravomislav, V.A. Yadov, V.P. Rojin, T.P. Bogdanova, E.A. Klimov) mehnatdan qoniqish jarayonini shaxsning munosabatlari motivlari, o‘z-o‘zini baholash ustanovkasi kabi ijtimoiy psixologik mezonlar bilan belgilanishini tavsiya etadilar va buni o‘zlarining qator empirik tadqiqotlarida asoslab beradilar. G‘arb ijtimoiy psixologiya olamida, ayniksa, Amerika psixologlari nazdida esa mehnatdan qoniqish "qator ijtimoiy ustanovkalarining o‘zaro bir-biriga chambarchas bog‘liqligi", "mehnat jarayonini sub’ektiv baholash bilan bog‘liq emotsional holatlarning namoyon bo‘lishi" sifatida talqin qilinadi va mehnat faoliyatining ijtimoiy qimmatini oshirishga qaratilgan psixologik xizmat uchun muhim ilmiy-amaliy tavsiyalar beriladi.
Vengriyalik psixologlar Balint va Muraning tadqiqotlarida psixologik xizmat vazifasini aniqlashga qaratilgan shaxslarning o‘z ishidan qoniqishini ta’minlash va o‘z ishidan (ya’ni o‘z faoliyatidan) qoniqmaslik holatini bartaraf etish yo‘llari ko‘rsatiladi. Shuningdek, bu olimlarning ilmiy talqinicha, har bir ishchi-xodimning o‘z ishidan qoniqishi uning kayfiyatini, faolligini ta’minlasa, ishdan qoniqmaslik esa korxonada yuz beruvchi ayrim favqulotda baxtsiz hodisalarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Darhaqiqat, bugungi kunda deyarli barcha korxonalarda baxtsiz xodisalar juda ko‘p uchramoqda. Uni kamaytirish va oldini olish esa, hamisha ham muvaffaqiyatli hal qilinayotgani yo‘q. Buning uchun esa muammoning ijtimoiy psixologik ildizlari haqida chukurroq o‘ylansa yuzlab, balki minglab odamlar hayoti, salomatligi va ijtimoiy- ruhiy mavqei saqlab qolinishi mumkin. Bu o‘rinda aytish mumkinki, psixologik xizmatning tashkil etilishi eng birinchi navbatda korxonalarda yuz beruvchi baxtsiz xodisalardan saqlanish-himoyalanish vositasi sifatida o‘ta muhim ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Afsuski, bunday xizmatni tashkil etish juda ko‘pgina mehnat muassasalarida xozirgacha ijtimoiy muammo bo‘lib kelmoqda.
Psixologik xizmat metodologiyasi uchun individual psixologik farqlanish nazariyasining yaratilishini va bu borada o‘nlab yirik tadqiqotlarning mavjudligini muhim manbalardan biri cifatida hech mubolag‘asiz e’tirof etish mumkin. Differensial psixologiyaning mahsuli bo‘lgan bu yo‘nalish, dastavval, nemis psixologi V.Shtern nomi bilan bevosita bog‘liqdir, U o‘zining 1901- yilda yozgan "Individual farqlanish psixologiyasi haqida" nomli asarida har bir individning o‘ziga xos psixologik olami mavjudligini eksperimental tarzda tadqiq qiladi.
F.Galton, A.Bine, F.Lazurskiy, D.Kettell kabi olimlar bu sohada yangi bir yo‘nalishni kashf qildilar. Shundan so‘ng differensial psixologiya har bir individ, yoki guruxdagi qiziqishlar, ustanovkalar, hissiy qo‘zg‘alishlarni farqlash ob’ekti sifatida maydonga chiqdi va uning bugungi psixologik xizmat metodologiyasi uchun ahamiyatli tomoni shundaki, har bir individ yoki shaxsning o‘zigagina xos psixologik imkoniyatlarini aniqlash va tegishli ilmiy mulohaza yurita olishga xizmat qiluvchi kompleks testlar,usullar va metodikalar majmuasi yaratildi.
Binobarin, chet el ilg‘or psixologiyasida psixologik xizmat metodologiyasi uchun muhim o‘rin tutuvchi quyidagi yo‘nalishlarga asos solindi:
Ch.Spirmen tomonidan "ikki omil"nazariyasi yaratildi. Bu nazariyaga muvofiq, insonning har bir faoliyatida barcha faoliyatlar uchun umumiy bo‘lgan va aynan mazkur faoliyatga mos bo‘lgan barcha xususiyatlar o‘zaro bog‘liqlikda tadqiq qilinadi. Tadqiqotchi ushbu omillarning inson va faoliyat uyg‘unligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan psixologik moxiyati va mazmunini ochib beradi
L.Terston, Dj.Gilford tomonidan yaratilgan "Multi-faktor" nazariyasiga binoan birlamchi aqliy qobiliyatlar (idrok tezligi, xotira assotsiatsiyalari va hokazo)ning har bir individdagi tarkib topganlik ko‘lami tadqiq qilindi va shu asosda har bir shaxs faoliyatiga alohida yondashuvni taqozo etuvchi psixologik xizmatning metodologik prinsiplari ishlab chiqildi. Umuman, psixologiyada individual farqlanishning 56 xil yo‘nalishidagi tipi va mashhur. Masalan, ob’ektiv va sub’ektiv tip (A.Bine tajribalarida qayd etilgan) fikrlovchi faol tip, ratsionalistlar va empiriklar (Djems tadqiqotlari bo‘yicha) "chuqur-tor" va "mayda-keng" tip, (G.Gross, nazariy, iqtisodiy, estetik, ijtimoiy, siyosiy, tiplar (Ye.Shpranger tadqiqotlari bo‘yicha); shizoid va sikloid tiplar (Ye.Krechmer tadqiqotlari bo‘yicha); ekstrovert va introvert tiplar (K.T. Yung va G.Yu. Ayzenk) haqidagi empirik ma’lumotlarning qayd etilishi shular jumlasidandir.
B.M. Teplov, V.S. Merlin, V.D. Nebilitsin, B.R. Qodirov va ularning shogirdlari tomonidan olib borilgan empirik tadqiqotlar mazmuni ijtimoiy psixologiya va ijtimoiy psixologik xizmat uchun muhim bo‘lgan har bir shaxsning (individning) tabiiy va tug‘ma sifatlarini, oliy nerv faoliyatining o‘ziga xos qobiliyat elementlarini va unga ta’sir etuvchi ta’lim-tarbiya, tashqi muhit va faoliyatning nechog‘lik tashkil etilish jarayonini mukammal o‘rganish va uni ijtimoiy maqsadlar asosida rivojlantirish yo‘llarini belgilash uchun katta imkoniyat yaratdi. Mazkur imkoniyatlar insondagi u yoki bu faoliyatni bajarishga bo‘lgan iqtidor kurtaklarini o‘rganishni va shu asosda shaxs faolligini kamol toptirish uchun asos sifatida xizmat qilishi mumkin. Shunga muvofiq maxsus tadqiqotlar shuni tasdiqlayaptiki, faoliyatni muvaffaqiyatli tashkil etish uchun individual xususiyatlar, — ayniqsa, har bir shaxs temperamenti va individual uslubiga ham bog‘liq. Ayniqsa, mehnat va o‘kuv faoliyati jarayonida ushbu holatni kuzatish, tahlil qilish va rivojlantirish bilan bog‘liq usullar majmuasining ishlab chiqilishi psixologik xizmatning muhim vazifasi ekanligidan dalolatdir.



Yüklə 163,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin