Motivlarni aniqlashga qaratilgan eksperimental metodlar. Jahon psixologiyasi fanida motivatsiyaning keng ko‘lamda o‘rganilishi natijasida u mazmun, ma’no, mohiyat jihatdan yanada kengaydi, original nazariy va amaliy materiallar bilan boyidi. Shuning bilan birga motivatsiya bir qancha mustaqil yo‘nalishlarga parchalanib ketishi tufayli uning tadqiqot predmeti quyidagilarga qaratila boshladi:
A) jabhalarga(ma’noviy, dinamik tomonlarga),
B) darajalarga (ijtimoiy, biolog, tag zaminiy),
V) mexanizmlarga (mustahkamlash, yordam ko‘rsatish, siqib chiqarish va hokazolarga).
SHunday qilib, inson xulk atvorining determinatsiya qiladigan sabablar majmuasi hozirgi zamon motivatsiya psixologiyasi o‘rganadigan u yoki bu munosabatni o‘zida aks ettiruvchi, o‘ziga hos jabhalari va darajalarini bevosita va tag-zamin, genetik va vaziyatli, to‘g‘ri va teskari atamalar bilan nomlash imkoniyatini vujudga keltirdi. Rus psixologiyasi fanida motiv va motivatsiya muammolari o‘rganilishi Motiv va motivatsiya muammolarini tadqiq etishda rus va sobiq ittifoq psixologlari o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shganlar, jumladan, K.D.Ushinskiy, I.M.Sechenov, I.P.Pavlov, V.M.Bexterev, A.F.Lazurskiy, V.M.Myasishchev, A.A.Uxtomskiy, L.S.Vigotskiy, S.L.Rubinshteyn, A.N.Leontev, P.M.YAkobson va boshqalar. XX asr boshlarigacha bo‘lgan ijtimoiy-tarixiy davrning eng muhim va maxsus tadqiqoti L.I.Petrajitskiyning “Inson xatti-harakati motivlari to‘g‘risida” nomidagi Peterburg universitetida tayyorlagan ilmiy ishi hisoblanadi(1904). O‘z izlanishida muallif motivatsiyaning ilmiy nazariyasini yaratish g‘oyasini ilgari surish bilan birga uning psixologiya va boshqa fanlar uchun nihoyatda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o‘tadi. Uning mulohazasicha, shaxs fe’l-atvorini oqilona baholash uchun motivatsiyani hisobga olmaslik aslo mumkin emas.
Xuddi shu bois u mazkur davr uchun huquqshunoslik (huquqni tushunish) motivlari masalasini o‘rganish ijtimoiy zaruriyatligini qayd qiladi.Motivlar hal qiluvchi, harakatlantiruvchi mexanizm ekanligini ta’kidlaydi. SHunga qaramasdan, L.I.Petrajitskiy inson va uning motivatsiyasi muammosini psixologizatorlik pozitsiyasidan turib tahlil qiladi hamda sharhlaydi, lekin bu psixologik voqelik muallifning ilmiy chekinishi emas, albatta. O‘z zamonasining buyuk eksperimentatori A.F.Lazurskiy (23) psixik jarayonlar va shaxs xususiyatlarini tadqiq etayotganida motivlar masalasiga qiziqish bilan yondashadi. Buning uchun muallif o‘z izlanishlarida “mayllar va xohishlar kuchi hamda zaifligi”, “motivlar kurashiga moyilligi”, “motivlar muhokamasiga tortilganligi”, “xohishning qadriyatga ega ekanligi, aniq xususiyatliligi” singari kontekstlar orqali o‘rganishga intiladi. SHuning bilan birga A.F.Lazurskiy intilish rivojining darajasi ongli irodaviy zo‘r berish bilan bog‘liq ekanligini alohida ta’kidlab o‘tadi.Xuddi shu bois u shaxsning tadqiqot dasturida bunday munosabatlar tizimiga keng o‘rin ajratadi.
Muallif o‘zining izlanish dasturida shaxsga ijtimoiy nuqtai nazaridan yondashishga harakat qilgan, lekin masala endopsixika va ekzopsixika nazariyalariga asoslangan holda tushuntirganligi tufayli insonning ijtimoiy psixologik mohiyati, shaxsning biologik hamda ijtimoiy shartlangan jabhalari birligi, uyg‘unligi o‘z ilmiy ifodasini topmagan. Natijada uning mulohazalari mexanitsizm va biologizatorlik qobig‘i bilan aralashib ketish holati mavjudligi sababli muallifni tub ma’nodagi ilmiylikdan bir muncha uzoqlashtiradi. CHet el psixologiyasida motivlar va motivatsiyani o‘rganishga bag‘ishlangan qator materiallar mavjud bo‘lib,ular jahon psixologiyasiga katta hissadir. Hozirgi davrda chet el psixologiyasida o‘ttizga yaqin konsepsiyalar, nazariyalar ishlab chiqilgan, ularning aksariyati hayvonlar va odamlar xulq motivatsiyasiga bag‘ishlangandir.
G’arb psixologiyasida motivatsiya muammolari Spinoza,Gobbs, Dekart asarlaridayoq o‘z ifodasini topgan. Ushbu masalalar bilan assotsionistik, introspektiv, bixeviorizm, geshtaltpsixologiya, psixoanaliz psixologiya maktablarining namoyandalari keng ko‘lamda shug‘ullanganlar(U.Djeyms, E.Tolmen, K.Xall, K.Levin, Z.Freyd va boshqalar). Bixeviorizm nazariyasiga binoan xulq motivi tashqi ta’sirga tana a’zolarining javob reaksiyasi sifatida vujudga keladi(A+SH). Jahonga mashhur bo‘lgan “Stimul-reaksiya” formulasiga asoslangan bixevioristlar instinktiv xulq motivini insonning fe’l-atvoriga mexanik ravishda ko‘chirishni anglatib keladi. Ularning talqiniga qaraganda, inson xulqi ongsizlikdan iborat bo‘lib, tashqi qo‘zg‘atuvchi “stimul” tufayli tana a’zolarining javob reaksiyasi tariqasida yuzaga keladi. G’arb psixologiyasida motivatsiya muammolari Spinoza,Gobbs, Dekart asarlaridayoq o‘z ifodasini topgan. Ushbu masalalar bilan assotsionistik, introspektiv, bixeviorizm, geshtaltpsixologiya, psixoanaliz psixologiya maktablarining namoyandalari keng ko‘lamda shug‘ullanganlar(U.Djeyms, E.Tolmen, K.Xall, K.Levin, Z.Freyd va boshqalar). Bixeviorizm nazariyasiga binoan xulq motivi tashqi ta’sirga tana a’zolarining javob reaksiyasi sifatida vujudga keladi(A+SH). Jahonga mashhur bo‘lgan “Stimul-reaksiya” formulasiga asoslangan bixevioristlar instinktiv xulq motivini insonning fe’l-atvoriga mexanik ravishda ko‘chirishni anglatib keladi. Ularning talqiniga qaraganda, inson xulqi ongsizlikdan iborat bo‘lib, tashqi qo‘zg‘atuvchi “stimul” tufayli tana a’zolarining javob reaksiyasi tariqasida yuzaga keladi. Bixevioristlarning fikricha, psixologiyaning predmeti psixika emas, balki reaksiyalar majmuasi bo‘lmish xulqdir. Hozirgi zamon bixevioristlari stimulni tashqi qo‘zg‘atuvchi sifatida qaraydilar, tana a’zosining ichki quvvatini faollashtiradi deb tushunadilar.
Neobixevioristik konsepsiyalarda yangi turtki (qo‘zg‘ovchi) larning paydo bo‘lishi (drayv) insonning organik ehtiyojini qondirishninng stimul natijasi bilan muvofiqlashuvi tariqasida talqin qilinadi. V.M.Daugall Darvinning biologik determinizm ta’limotini vulgarlashtirib, motivatsiyani tug‘ma xususiyatini asoslashga, tug‘ma instinkt bilan uni qiyoslashga intiladi. Buning uchun muallif oldin 14 ta, keyinchalik esa 18 ta inson instinktlari hukm surishini ajratib ko‘rsatadi va ularni sharhlab beradi. Uning karashlari o‘zgarishga yuz tutgan bo‘lishiga qaramay, bu sohaga oid talqinlar qolaverdi, bunga instinkt energiyasi tug‘maligi, impulsivligi g‘oyalari bixevioristik konsepsiyadan tashqariga chiqishga imkon bermaydi. Psixoanalitik konsepsiya bixeviorizmdan farqli o‘laroq, motivatsiyaning negizida insonga xos bo‘lgan mayllar yotishini tan oladi. Buning manba sifatida maylni tortuvchi tana a’zosining qaysi bir qismidagi somatik jarayon tushuniladi. Freyd nazariyasida mayl bilan instinkt alohidaligi ko‘rsatib o‘tilmagan, bu esa o‘ziga xos yondashuvdir. Ongsizlik ta’limotining asoschisi Z.Freyd xulq ehtiyoji va motivlari muammosini ishlab chiqqan bo‘lib, uningcha, motivatsiya manbai tur va individning saqlash instinkti hisoblanadi. Bizningcha, insonning ijtimoiy tabiati, uning ijtimoiylashuvi nuqtai nazaridan yondashishni talab etsa, u holda ongsizlik va onglilik munosabati o‘zaro bir-birini taqozo qiladi. Motivatsiyaning talqini geshtaltpsixologiya maktabida o‘ziga xos xususiyatga ega.Jumladan, K.Levin motivlarni eksperimental o‘rganish metodikasini ishlab chiqqanda ularni mutlaqo mustaqil hukm suradi, degan fikrga keladi. Geshtaltpsixologiyasida obraz kategoriyasi qanday tushunilgan bo‘lsa, K.Levin o‘zining “maydon (makon) nazariyasida” motivni xuddi shunday kategoriya sifatida qo‘llaydi
Obraz bilan motivni o‘zaro aloqasi inkor qilinadi, vaziyatning jismli ma’noviy mazmuni va uning doirasidagi motivatsiya tan olinmaydi. Muallif xulqni tushuntirganda, shaxsning favquloddagi vaqt mikrointervalida yaqqol muhit bilan bevosita munosabatidan kelib chiqadi.Xulqning shaxsga oid konstatlari hamda shaxsning xususiyatlari inobatga olinmaydi.Xuddi shu bois motiv E.Tolmen xulq aktida motivning roli dominantligini dalillash uchun bixeviorizm, geshtaltpsixologiya, freydizm nazariyalarini birlashtirib, ularga introspeksiya prinsiplarini kiritib mulohaza yuritadi. Lekin sub’ektivizm holatlarining o‘rni to‘g‘risidagi mulohazalar bahsbopdir. G.Ollport o‘z asarida personalistik yo‘nalishning namoyandasi tariqasida inson motivatsiyasi mohiyatini ochishda shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvni tatbiq etish g‘oyasini ilgari suradi.Uning o‘zini o‘zi namoyon qilish nazariyasida shaxs motivatsiya sub’ekti tariqasida tahlil, talqin qilinadi. O‘zining shaxs konsepsiyasini bayon qilishda uni “ochiq tizim” sifatida talqin qilib, motivatsiyaga undovchi doirada motivning quyi (biologik ehtiyoj) va yuqori (rivojlanish) darajalariga ajratadi.
Jahonda mashhur ilmiy yondashuvlardan biri- bu A.Maslouning motivatsiyaning “personologik” konsepsiyasidar. U o‘zini gumanistik psixologiya yo‘nalishining namoyandasi deb hisolaydi, shuning uchun bixevioristlarga va ekzistensialistlarga qarshi kurashuvchi “uchinchi kuch” ekanligini ta’kidlaydi. “Motivatsiya va shaxs” kitobida “SHaxsning o‘zini o‘zi faollashtirish” qarashlar rivojlantiradi.Individning uzluksiz kamolotga intilishini u etakchi motiv baholaydi.Bu bilan muallif ijtimoiy determinatsiyani inkor qiladi. Maslouning fikricha, motivlarni aniqlovchi, bir necha darajalardan tashkil topgan ehtiyojlar mavjuddir. Xulq ehtiyojlar va qobiliyatlarga bog‘liq bo‘lib, u ichki va tashqi motivlar bilan belgilanadi. Muallif tomonidan ehtiyojlarning quyidagi darajalari ajratib ko‘rsatiladi: birnchi daraja – fiziologik – ozuqaga, suvga, gomeostazni saqlashga nisbatan ehtiyoj; ikkinchi daraja – ozodlikka , xavfsizlikka nisbatan ehtiyoj; uchinchi daraja – sevgi (muhabbat)ga nisbatan ehtiyoj; to‘rtinchi daraja – maqsadga, erishuvga yo‘naltirilgan ehtiyoj; beshinchi daraja o‘zini o‘zi faollashtirishga nisbatan ehtiyoj. A.Maslouning ta’kidlashicha, yangi ehtiyoj yuqoridagi ehtiyoj darajalarining barchasi qoniqtirilgandan keyingina paydo bo‘lishi mumkin. Ularning ichdan eng yuqorisi – bu o‘zini o‘zi faollashtirishdir. Mazkur nazariya jamiyat va shaxs ikki parallel ravishda hukm suruvchi mohiyat degan tushunchadan kelib chiqishiga qaramay, unda shaxs antropologizirlashtiriladi hamda psixologizirlashtiriladi. SHaxsning ijtimoiyligi tan olinsa-da, ammo biologik xususiyatga aloqadorligi birlamchi belgi sifatida qolaveradi. O‘zini o‘zi faollashtirish qobiliyati esa, uning mulohazasicha, qandaydir tabiiylik alomati tariqasida baholanadi.
Shunday qilib, biz yuqorida xorijiy psixologlarning motivatsiya muammosiga bag‘ishlangan tadqiqotlari natijalari bilan tanishib chiqdik.Aksariat mualliflar shaxsni biologizirlashtirishga intilishganliklari tufayli uning faollik manbalarining oddiy turtkisi bilan tenglashtiradilar. Go‘yoki oddiy instinktlar, reflekslar inson xulqining tarkibiy negizlari bo‘lib hisoblanadi. Bu talqinga binoan ular motivlarni maqsadga muvofiq shakllantirish imkoniyatini rad qiladilar, motivatsiya ijtimoiytarixiy taraqqiyot jarayonida o‘zgarishga yuz tutishini inobatga olinmaydi. Natijada xulq motivlari ijtimoiy shartlanganligi, ularning ijtimoiy xususiyati tadqiqotlarning diqqat markazidan va idrok ko‘lamidan chetda qoladi.