2-mavzu. Soliq ma’murchiligi tizimining tashkiliy va huquqiy asoslari reja


Soliq tizimida soliq ma’murchiligini takomillashtirish tamoyillarining ustuvorligi



Yüklə 66,9 Kb.
səhifə3/5
tarix14.12.2023
ölçüsü66,9 Kb.
#179055
1   2   3   4   5
2-mavzu. SOLIQ MA’MURCHILIGI TIZIMINING TASHKILIY VA HUQUQIY ASOSLARI

2.2. Soliq tizimida soliq ma’murchiligini takomillashtirish tamoyillarining ustuvorligi
Bugungi kunda Respublikamizda soliq siyosatini erkinlashtirish, soliq tizimini isloh qilishning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu uning tashkiliy tuzilishini, ya’ni soliq ma’murchiligini soddalashtirish va takomillashtirishdan iborat.
Soliq ma’murchiligining mohiyati, vazifalari, qoidalari, soliq solish stavkalari va soliqqa tortiladigan obyektlarning hozirgi talqini soliq tizimi shakllanishining O‘zbekiston xususiyatlariga xos bo‘lgan hamda erkin bozor munosabatlariga o‘tish davrida bajariladigan o‘ziga xos vazifalar bilan bog‘liq dolzarb masalalar yechimiga yo‘naltirilgan. Sababi soliq ma’murchiligida mamlakatimizning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy manfaatlari mujassamlashadi.
Xorij andozalariga ko‘ra soliq organlari tizimi ikki elementdan tarkib topgan:

  • soliq ma’murchiligi tizimi;

  • soliq organlarini tashkil qilish tizimi.

Soliq ma’murchiligi atamasi soliq xizmati tizimida keng tarqalmaganligi uchun unga shu o‘rinda ta’rif berib o‘tishimiz maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Soliq ma’murchiligi ‒ soliq organlari umumiy faoliyatini tashkil etish va boshqaruv tizimi bo‘lib, u soliq organlarida qonun tomonidan ko‘zda tutilgan funksiyalarni bajarilishini ta’minlaydi.
Soliq ma’murchiligi tushunchasi tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • davlat byudjetiga soliq to‘lovlarini tushushini ta’minlash bo‘yicha

rejalashtirish;

  • soliq munosabatlarining tashkiliy shakl va metodlari asosida

boshqaruv tizimi;

  • soliq nazorati tadbirlari.

Soliq munosabatlarining zamonaviy samarali boshqaruv tizimini ta’minlashimiz uchun soliq ma’murchiligining quyidagi funksiyaviy xususiyatlari takomillashtirilishi zarur bo‘ladi.
Birinchidan, soliq ma’murchiligi davlat byudjetining daromad qismini shakllantirishda soliq tushumlarini rejalashtirish funksiyasini bajaradi va soliqlarning mezon kriteriy ko‘rsatkichlari bo‘yicha rejalashtiriladi. Bunda asosan:

  • mamlakatimiz iqtisodiyotining o‘sish sur’atlarini inobatga olgan holda soliq tushumlari, ularning tarkibiy turlari bo‘yicha bashoratlashtiriladi;

  • davlat byudjetining soliqli daromadlari aniqlanadi;

  • byudjet daromadlariga nisbatan xarajatlar farqi (defistiti) aniqlanadi;

  • davlat byudjetidagi respublika va mahalliy byudjetlar mablag‘lari ulushi aniqlanadi.

Soliq tushumlarining rejalashtirilishi quyidagicha muddatlarga mo‘ljallanib amalga oshirilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi, ya’ni qisqa muddatli reja – odatda joriy bir yillik soliq tushumlarini rejalashtirish va uzoq muddatli maqsadli reja – bir yildan uzoq muddatga rejalashtirish.
Ikkinchidan, soliq hisobini yuritish funksiyasi, ya’ni soliq organlari tomonidan soliqlarning umumiy hisobini olib borish.
Soliq ma’murchiligining bu funksiyasida soliq to‘lovchilar sonining o‘zgarishi dinamikasi, belgilangan soliq va yig‘imlarning o‘z vaqtida byudjetga tushishi, soliq organlarining moliyaviy ahvoliga qaratilgan. Bu borada quyidagi vazifalarni bajarilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi:

  • soliq to‘lovchilarni ro‘yxatdan o‘tkazib hisobini olib borish;

  • soliq to‘lovchilarni hisobotlari va deklaratsiyalari bo‘yicha ish

yuritish;

yuritish;

  • ma’lumotlar natijasini tahlil qilish.

Uchinchidan, soliq nazorati funksiyasi. Bu funksiyaning xususiyati samarali soliq ma’murchiligining muhim sharti hisoblanadi. Soliq nazoratining asosiy maqsadi soliq to‘lovchilarning soliq to‘lovlaridan qochishini, bo‘yin tovlashini oldini olishga qaratilgan.
Soliq nazoratining amaliyotdagi foydalaniladigan shakllari quyidagicha:

  • soliq to‘lovlarini o‘z vaqtida davlat byudjetiga tushushining nazorati;

  • soliq huquqbuzarliklarini oldini olish bo‘yicha monitoring;

  • mavjud ma’lumotlarga asoslangan holda qisqa muddatli, rejali

tekshirish va hujjatli reviziya o‘tkazish;

  • tekshiruv materiallari bo‘yicha ma’muriy amaliyot yuritish, ya’ni qo‘llanilgan ma’muriy va moliyaviy jarimalarning to‘lanishini nazorat qilish.

To‘rtinchidan, soliq munosabatlarini tartibga solish. Soliqqa tortish jarayonini boshqarishning murakkabligi shundan dalolat beradiki, soliqlar bir vaqtning o‘zida ham ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va xo‘jalik xususiyatiga egadir.
Soliq ma’murchiligining obyekti, soliqqa tortish subyektlaridan turli darajadagi byudjetlarga tushadigan mablag‘lar oqimini tashkil qiladi va amalga oshirish bilan yuzaga keladigan munosabatlar tizimini muvozanatlashtiradi.
Soliqlar vositasida iqtisodiy jarayonlarni tartibga solish soliq ma’murchiligining muhim qismi hisoblanib davlatning soliqlar orqali iqtisodiyotni boshqaruvi va soliqlar vositasida soliq munosabatlarini rag‘batlantirish tizimini tartibga solinishi quyidagi omillarni nazarda tutgan holda amalga oshirilishi kerak:

  • soliqqa tortish tizimini va tuzilmasining iqtisodiyoti uchun samarali shaklini ishlab chiqish;

  • soliq va yig‘imlar muddati, miqdorini o‘zgartirish;

  • soliq krediti, ya’ni imtiyozlar berish;

  • soliqqa tortishning umumiy darajasini o‘rnatish.

Hozirgi paytda islohotlar sari iqtisodiyotni modernizatsiyalash jarayonida
O‘zbekiston iqtisodiyoti, xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi huquqiy va moliyaviy munosabatlar sohasida yuz berayotgan islohiy o‘zgarishlar va shunga monand ravishda soliq siyosatini erkinlashtirilishida barqaror soliq ma’murchiligini takomillashtirishimiz jahon talablariga javob beradigan soliq ma’murchiligi, davlatning moliyaviy ehtiyojlari va soliq to‘lovchilarning moliyaviy salohiyatlari asosida optimallashtirilgan rejalarni tuzish, me’yoriy tartibga solish va soliq organlari bilan soliq to‘lovchilar o‘rtasidagi hamkorona soliq nazoratini tashkil qilish metodlariga asoslangan bo‘lishi lozim.

Yüklə 66,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin