2-mavzu. Soliq ma’murchiligi tizimining tashkiliy va huquqiy asoslari reja



Yüklə 66,9 Kb.
səhifə1/5
tarix14.12.2023
ölçüsü66,9 Kb.
#179055
  1   2   3   4   5
2-mavzu. SOLIQ MA’MURCHILIGI TIZIMINING TASHKILIY VA HUQUQIY ASOSLARI


2-mavzu. SOLIQ MA’MURCHILIGI TIZIMINING TASHKILIY VA HUQUQIY ASOSLARI
Reja:

2.1. Soliq ma’murchiligi to‘g‘risida tushuncha va uning ahamiyati


2.2. Soliq tizimida soliq ma’murchiligini takomillashtirish tamoyillarining ustuvorligi
2.3. Soliq munosabatlarini boshqarish tizimida soliq ma’murchiligining huquqiy asoslari
2.1. Soliq ma’murchiligi to‘g‘risida tushuncha va uning ahamiyati
Jahon iqtisodiy rivojlanishida soliq sohasida turli xil fikrlar mavjud bo‘lishi bilan birga, soliq ma’murchiligi xususida hamda uni talqin etish xususida ham turli xil fikrlar mavjud. Iqtisodiy adabiyotda soliq ma’murchiligining mohiyatini anglash bo‘yicha bir-biridan farqlanuvchi qarashlar mavjud. Masalan, ingliz olimasi O.Noginaning fikriga ko‘ra, “Soliq ma’murchiligi soliqlarni undirish bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirlar majmuidir”1, - deb ta’kidlab o‘tgan. Boshqa bir guruh iqtisodchilar, xususan amerikalik olim A.Teyt soliq ma’murchiligini barcha soliqlarni minimal xarajat qilib maksimal darajada yig‘ib olishga qaratilgan tadbirlarning yig‘indisi sifatida qaraydi. Ayrim mutaxassislar soliq ma’murchiligining ko‘rinishlaridan biri soliq organlarining huquqiy munosabatlari bilan bog‘liq faoliyatidir, deb hisoblaydilar. Umuman olganda soliq ma’murchiligini soliq tizimida o‘ziga xos boshqarish mexanizmi sifatida ham qarash mumkin.
Soliq ma’murchiligi davlat bilan soliq to‘lovchilar o‘rtasidagi soliq munosabatlarini boshqaruvchi yoki boshqacha aytganda, davlatning soliq siyosatining amalga oshirilishini ta’minlovchi va shunga xizmat qiluvchi asosiy vosita bo‘lib, u soliq siyosatining asosiy yo‘nalishlarini o‘zida aks ettiradi.
Ya’ni, davlat soliq ma’murchiligi orqali soliq tizimi va soliq organlarining faoliyatini muvofiqlashtirib turadi. Bu holat xususan bozor iqtisodiyoti sharoitida yanada oydinlashib, alohida ahamiyat kasb etib boradi.
Xorijiy manbalarda soliq ma’murchiligiga turlicha ta’riflar keltirilgan. Bu borada ayrim tadqiqotchilar soliq ma’murchiligini soliq idoralarining kundalik faoliyati, deb qarashsa, ba’zilari byudjet tushumlarini ta’minlashda soliq xizmatining nazorat funksiyasi, deb qaraydilar yoki boshqa tadqiqotchilar soliq boshqaruvi bilan bog‘liq munosabatlar ham, deb hisoblaydilar.
Ba’zi davlatlarda soliq ma’murchiligiga soliq munosabatlarining davlat boshqaruvi tizimining ajralmas elementi deb qaraladi.
Ko‘pchilik davlatlarda soliq ma’murchiligini amalga oshiruvchi soliq idorasi o‘zining ayrim avtonom funksiyalarini amalga oshirishni saqlagan holda moliya vazirligi faoliyatining asosiy qismi hisoblanadi. Jumladan, Amerika qo‘shma shtatlari va Buyuk Britaniyada Soliq apparatlar Ichki daromadlar xizmati (IDX) deb yuritilsa, Fransiyada Bosh soliq boshqarmasi, Germaniyada esa Federal soliq boshqaruvi, yer va boshqalarning soliq boshqarmalari bo‘lib tashkil topgan.
Rossiyada “soliq ma’murchiligi” termini va soliq munosabatlari nazariyasi hamda metodologiyasi bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri bilan birga aniqrog‘i sobiq ittifoq parchalangandan keyin kirib kelgan.
Rossiyada birinchilardan bo‘lib, aniqrog‘i 1997-yilda iqtisodchi olim M.T. Ospanov o‘zining “Soliq islohotlari va soliq munosabatlari garmonizatsiyasi” nomli ilmiy ishida soliq ma’murchiligining mohiyati haqida fikr yuritib, “Soliq ma’murchiligi deyilganda, davlat va soliq qonunchiligida belgilangan vakolati va mansab vazifalaridan kelib chiqib amalga oshiriladigan soliq boshqaruvi”8 tushuniladi, - deb ta’kidlaydi.
Bizning fikrimizcha M.T. Ospanovning Soliq fikrlarida soliq ma’murchiligi tor doirada faqat davlat tomonidan belgilab berilgan vakolat va mansab

7 Оспанов М. Налоги и налогообложение: Учебник. М.: Дашков и Ко, 1997. 314 с.
vazifalarida belgilangan holatlar bo‘yicha boshqaruv - soliq ma’murchiligi deb tushunilmoqda.
Iqtisodchi olima G.Ya. Chuxinina esa, “Soliq ma’murchiligi mohiyatini juda tor doirada, ya’ni soliq nazorati subyektlari faoliyatini samarali amalga oshirish va tashkil etish”, - deb hisoblaydi.
Rossiyalik iqtisodchi olimlarning fikrlarini tahlil qilib shuni qayd etish mumkinki, ularda hozirgacha soliq ma’murchiligi tushunchasini bir xil fikrlash mavjud emas. Ularda ko‘proq soliq organlarining soliq to‘lovchi yuridik va jismoniy shaxslar ustidan soliq qonunchiligiga rioya etilishi bo‘yicha amalga oshriladigan faoliyatlari, deb qaralgan. Ya’ni mazmunan soliq nazorati tushunchasiga moslashtiriladi.
Ba’zi bir iqtisodchi olimlar soliq ma’murchiligini bu minimal miqdorlardagi xarajatlar hisobidan maksimal hajmda barcha soliqlarni to‘liq va o‘z vaqtida to‘lashga qaratilgan kompleks tadbirlar, deb tushunadilar.
Jumladan, iqtisodchi olima T.A. Slesareva “Soliq ma’murchiligi – bu soliq munosabatlarida qatnashuvchilar o‘rtasidagi boshqaruv jarayoni bo‘lib, soliq organlarining byudjet tizimidagi turli darajadagi byudjetlar o‘rtasidagi majburiyatlarni bajarishda soliqlarni yig‘ish va ular ustidan nazoratni amalga oshirish doirasida yuzaga keladigan jarayon”9, - deb tushuntiradi va soliq ma’murchiligini konkretlashtirish uchun uni “keng” va “tor” ma’noda aniqlashtirib olishni taklif etadi.

8 Слесарева Т. Упрощенная система налогообложения: Учебник. М.: ЕНВД, 2007. 112 с.

Yüklə 66,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin