Insonga e’tibor va sifatli ta’lim



Yüklə 61,62 Kb.
səhifə1/4
tarix24.12.2023
ölçüsü61,62 Kb.
#192750
  1   2   3   4
amaliyot hisobot



Kirish
Mamlakatimizda bugun barcha sohada olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, eng avvalo, “insonga e’tibor va sifatli ta’lim”ni ta’minlashga qaratilgani bilan nihoyatda ahamiyatlidir. Ayniqsa, so‘nggi yillarda amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar O‘zbekistonning bozor islohotlarining navbatdagi bosqichiga o‘tishi uchun qulay sharoit yaratdi. Iqtisodiy islohotlar yanada “yashil” bo‘lib, iqtisodiyot barqaror bo‘lsa, ushbu jarayon O‘zbekiston uchun yanada foydaliroq kechishi mumkin.1 Shu boisdan yurtimizda tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash hamda hududlarni bir maromda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Darhaqiqat, UNEP (the United Nations Environment Program) ning fikriga ko'ra “Yashil iqtisodiyot” (Green Economy) - bu “inson farovonligi va ijtimoiy tenglikning yaxshilanishiga, ekologik xavf va ekologik tanqislikning sezilarli darajada pasayishiga” olib keladigan iqtisodiyotdir. Zero, yashil iqtisodiyot bu sof yoki “yashil” texnologiyalarga asoslangan ekologik toza mahsulotlarni yaratishga qaratilgan rivojlanishning yangi bosqichi bo'lib tabiatga yordam beradigan va foyda keltiradigan yangi texnologiyalar, ekotizimlarni o'z ichiga oladi. Qolaversa bu tizim mamlakat tabiatini yaxshilashga yordam beradigan iqtisodiyotning yangi tarmoqlariga bevosita yo’l ochishi shubhasiz.
Mamlakatimiz iqtisodi uchun “yashil” o’tish yangi bosqich bo’lganligi bois bu borada hali yetarlicha izlanishlar olib borilmagan. Ammo, Jahon banki tomonidan shu kungacha bir qator izlanishlar, muhokamalar o’tkazilinib kelinmoqda. Quyida ushbu muhokamalar asosida “yashil” iqtisodiyot sari amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan “yashil” iqtisodiyotga o’tish strategiyasini asos qilgan holda bir qator fikr-mulohalazalar keltirilgan.
Strategiya bank tizimini rivojlantirishning maqsadlari, vazifalari va ustuvor sohalarini, 2020 — 2025-yillarda bank tizimini transformatsiya va isloh qilish yo‘nalishlarini, xorijiy mamlakatlarning moliya sektorini transformatsiya qilish tajribasi asosida va moliyaviy sohadagi jahon tendensiyalarini hisobga olgan holda ehtimoliy yechimlarni izlash yo‘llarini belgilaydi.2
Moliyaviy sektorni izchil isloh qilish davomida qator chora-tadbirlar amalga oshirildi va natijada ilg‘or bank biznesini yuritish hamda ushbu sektorda raqobat muhitini kuchaytirish uchun zarur huquqiy shart-sharoitlar yaratildi.
Xususan, xalqaro standartlarga muvofiq keladigan va moliyaviy sohaga xorijiy investitsiyalar kiritish uchun jozibador huquqiy muhitni yaratadigan O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi, “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi hamda “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi yangilangan qonunlari qabul qilindi.
Bank sektorini isloh qilish bo‘yicha belgilangan maqsadlarga o‘z vaqtida erishilishini va qilingan sa’y-harakatlar muvaffaqiyatini baholash maqsadida mazkur Strategiya quyidagi maqsadli ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi:
1) bank tizimi aktivlarining jami hajmida davlat ulushi bo‘lmagan banklar aktivlari hissasini joriy 15 foizdan 2025-yilga kelib 60 foizgacha oshirish;
2) banklar majburiyatlarining umumiy hajmida xususiy sektor oldidagi majburiyatlar hissasini joriy 28 foizdan 2025-yil yakuniga 70 foizgacha oshirish;
3) 2025-yilga kelib davlat ulushi mavjud kamida uchta bank kapitaliga zarur tajriba, bilim va obro‘ga ega bo‘lgan kamida uchta strategik xorijiy investorlarni jalb qilish;
4) umumiy kreditlash hajmida nobank kredit tashkilotlari hissasini joriy 0,35 foizdan 2025-yilga kelib 4 foizgacha oshirish.
Soʻnggi yillar davomida Oʻzbekiston Respublikasi bank tizimini takomillashtirish boʻyicha olib borilayotgan islohotlarning dastlabki natijalari bank faoliyatining fundamental asoslarini shakllantirish va amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar oʻrtasida maʼlum uzilishlar mavjudligidan dalolat bermoqda. Mazkur holat birinchi navbatda, bank tizimining yaqin va uzoq istiqboldagi holatini belgilab beruvchi strategik rivojlanish dasturlari va yoʻnalishlariga taʼalluqlidir.
Strategiyaning amalga oshirilishi ustidan tizimli monitoring olib borish, umumiy muvofiqlashtirish, bank tizimini isloh qilishga to‘sqinlik qiluvchi muammoli masalalarni tezkor ko‘rib chiqish va hal etish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki tomonidan amalga oshiriladi.
Tijorat banklarida uzoq muddatli resurslar etishmasligi natijasida banklarning uzoq muddatga kreditlash imkoniyatlari pasayadi, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning “uzun pullarga” bo’lgan talabi to’liq qondirilmaydi, uzok muddatli investitsion dasturlarni moliyalashtirishda muammolar paydo bo’ladi. Shu bois ham bugungi kunda tijorat banklari ishini uzoq muddatli kredit quyilmalari ulushining o’sishi va buning uchun ichki manbalarni jalb etish nuqtai nazaridan baholanmoqda.

Men Qarshiyeva Marjona Alisher qizi Ilmiy faoliyat bo‘yicha amaliyotni 2023-yil 13-fevraldan 2023-yil 27-maygacha bo‘lgan muddatda “O’zsanoatqurilishbank” ATB bosh ofisi(Mirobod filiali) da o‘tadim. “O’zsanoatqurilishbank” ATB bosh ofisida ushbu bank faoliyati haqida ma’lumotlar to‘pladim.


Unga ko‘ra men magistrlik dissertatsiyasi mavzusiga muvofiq amaliyot muassasasining (tijorat banki) faoliyatini tadqiq etdim va quyidagi ishlarni bosqichli ravishda amalga oshirdim:

  • Ko‘rib chiqiladigan muammoning alohida jabhalarini o’rganish;

  • axborotlarni qayta ishlash;

  • davlat moliyasi va xalqaro moliyani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash;

  • axborot olishning turli vositalari yordamida ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish;

  • ilmiy ish mazusidagi har bir masala yuzasidan izoh matn shaklida va unga ilova shaklida amaliyot materiallari (chizmalar, rasmlar, diagrammalar, jadvallar va hujjatlar nusxalari) berilishi;

  • ilmiy ish mavzusi bo‘yicha kamida bitta ilmiy maqola yoki tezislar tayyorlash va chop etish;

  • ilmiy ish mavzusi bo’yicha muassasaning ish faoliyati uslubiyotini o‘rganib (tanishib) chiqishi;

  • ilmiy ishning ikkinchi va uchinchi bobi bo‘yicha ilmiy xulosalarni bayon qilishi va hkz.


Yüklə 61,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin