2-mavzu. Soliq ma’murchiligi tizimining tashkiliy va huquqiy asoslari reja



Yüklə 66,9 Kb.
səhifə2/5
tarix14.12.2023
ölçüsü66,9 Kb.
#179055
1   2   3   4   5
2-mavzu. SOLIQ MA’MURCHILIGI TIZIMINING TASHKILIY VA HUQUQIY ASOSLARI

2.1.-jadval
Soliq ma’murchiligi” atamasiga berilgan izohlar2


Muallif

Izoh

1.

I.A. Mayburov

Soliq ma'muriyati - bu soliq organlari va soliq to'lovchilar va yig'imlarni to'lovchilarga nisbatan ma'lum vakolatlarga ega bo'lgan boshqa organlar (soliq ma'muriyatlari) tomonidan amalga oshiriladigan soliq jarayonlarini boshqarish jarayoni.

2.

V.G. Panskov

Soliq ma'muriyatchiligi deganda davlat va mahalliy hokimiyat organlarining soliqlarni rejalashtirish, soliqlar va yig'imlar tizimini shakllantirish va takomillashtirish, soliq qonunchiligiga hamda soliq munosabatlari ishtirokchilarining huquq va majburiyatlariga rioya etilishini nazorat qilish bo'yicha boshqaruv faoliyati tushunilishi mumkin.

3.

M.T. Ospanov

Soliq ma’muriyatchiligi soliqlar tuzilmasini o’timallashtirish, ularni undirish, soliq hisobi va hisobotini yuritish mexanizmini takomillashtirish, soliqlarning to‘g‘ri hisoblanishi, o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishi, qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi.

4.

M.V. Mishustin

Soliq ma'muriyati tushunchasi keng ma'noda davlat soliq tizimini faoliyat va tartibga solishning ko'‘lab sohalarini qamrab oladi.

5.

B.K. Ramazanova

Soliq ma'muriyati - soliqlar va yig'imlarni belgilash, joriy etish, undirish tizimida huquqiy tartibga solish, soliq qonunchiligiga rioya etilishi ustidan soliq nazorati, soliqlar va yig'imlar sohasidagi javobgarlikka asoslangan soliq sohasidagi tashkiliyiqtisodiy munosabatlar majmui; soliq to'lovchilarning huquqlarini himoya qilish.

6.

N.A. Dorofeeva

Soliq ma'muriyati - bu bozor iqtisodiyoti sharoitida soliq organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, soliq munosabatlarini boshqarishning jadal rivojlanayotgan tizimidir.

Shunday qilib, soliq ma'muriyatchiligini soliq tizimining samaradorligini oshirish maqsadida soliq organlari vakillik qiladigan davlat va soliq to'lovchilar o'rtasida muayyan munosabatlarni o'rnatish maqsadida soliq jarayonini davlat tomonidan boshqarish tizimi sifatida ta'riflash mumkin.
Iqtisodiy nuqtai nazardan "soliq ma'muriyati" atamasini ikki tomonlaman yoritish mumkin. Birinchidan, bu soliq organlari tizimi. Ikkinchidan, bu soliq harakatlari va aniq soliq texnikasini tartibga soluvchi, shuningdek, soliq qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlik choralarini belgilovchi normalar va qoidalar majmuidir.
Soliq ma’murchiligini keng ma’noda aniqlashda, uni turli darajadagi ma’muriy boshqaruvlar tizimining soliq sohasidagi soliq boshqaruvi tizimi, deb qarab, federal va hududiy darajada soliq munosabatlarida qat’iy majburiy ma’murchilik choralarini belgilovchi markaziy boshqaruvni amalga oshiruvchi soliq tizimi deb qaraydi. Majburiy ma’murchilik tarkibi deyilganda, ijtimoiyiqtisodiy va soliqning fiskal funksiyalari soliqlarni rejalashtirish, soliqlar tushumini va nazoratini tartibga solish, soliq solish jarayonlarini boshqarishda xorijiy mamlakatlar tajribalaridan foydalanish tushuniladi.
Soliq ma’murchiligini tor ma’noda aniqlashda esa barcha soliq
munosabatlarida qatnashuvchilarni soliq qonunchiligini bajarilishini ta’minlashda soliq organlarining bevosita faoliyati tushunilishini taklif etadi.
Dastlab shuni ta’kidlash kerakki, yuqorida ta’kidlanganidek, “soliq ma’murchiligi” iborasi keyingi yillarda foydalanilayotgan bo‘lishiga qaramasdan uning mohiyatini ifodalash maqsadida bir necha shakldagi ta’riflari mavjud. Masalan, O.A. Mironova va F.F. Xanafeevlarning 2005-yilda Moskvada “OMEGA-L” nashriyotida nashrdan chiqqan va “Налоговое администрирование”, deb nomlangan darsliklarida (o‘quv qo‘llanmalarida) soliq ma’murchiligining mazmun-mohiyatini ifodalovchi quyidagi ta’rif berilgan: “Налоговое администрирование – это динамически развивающаюся система управления налоговами отношениями, коордирируюшая деятельност налоговых органов в условиях рыночных отношений” 3. Keltirilgan bu ta’rifni o‘zbekchaga o‘giradigan bo‘lsak, u holda ta’rif quyidagi shakl va mazmunga ega bo‘ladi: “Soliq ma’murchiligi ‒ bu bozor iqtisodiyoti sharoitida soliq organlari faoliyatini muvofiqlashtiradigan, soliq munosabatlarini boshqarishning dinamik rivojlanayotgan tizimi” 4.
Bizning fikrimizcha, bu keltirilgan ta’rifda soliq ma’murchiligining mohiyatini ifodalovchi ikki jihatga alohida e’tibor qaratilgan:

  1. bu yerda soliq ma’murchiligining mohiyati, eng avvalo, soliq organlarining faoliyatini muvofiqlashtiruvchi tizim sifatida talqin qilinayapti;

  2. ta’rifda soliq ma’murchiligining mohiyati soliq munosabatlarini boshqarish tizimi orqali ifodalanishi ham qayd etilgan.

Bizning nazarimizda, O.A. Mironova va F.F. Xanafeevlarning soliq ma’murchiligiga bergan ta’riflaridagi “bozor iqtisodiyoti sharoitida va “dinamik rivojlanayotgan” kabi iboralar soliq ma’murchiligiming mohiyatini ochib berishda, ma’lum darajada, ahamiyatga ega bo‘lsa-da, ularni mohiyatini ifodalashning hal qiluvchi belgilari sifatida talqin etish unchalik maqsadga ega emasdir.
Umuman olganda, yuqoridagi mualliflar tomonidan soliq ma’murchiligiga berilgan ta’rif o‘zining qisqaligi va ma’lum darajada, aniqligi bilan ajralib turishini e’tirof etish joiz. Bu berilgan ta’rifning yutug‘i sifatida ko‘rsatilishga arziydi. Shu bilan birgalikda, bizning fikrimizcha, O.A. Mironova va
F.F. Xanafeevlar tomonidan soliq ma’murchiligiga berilgan ta’rifda uning mazmun-mohiyati yetarli darajada to‘liq ochib berilmaganga o‘xshaydi. Buning asosiy sababi shundaki, qayd etilgan mualliflarning ta’rifida soliq ma’murchiligining mohiyatini ochib berishga xizmat qiluvchi asosiy holatlarning hammasi ham inobatga olinmagan. Shuning uchun ham bu ta’rifni soliq
ma’murchiligining mohiyatini to‘liq ifodalovchi ta’rif, deb atashga asoslar yetarli emasdir. Bizning fikrimizcha, soliq ma’murchiligining mazmun-mohiyatini ifodalovchi ta’rifi bu jarayonda e’tiborga olinishi kerak bo‘lgan barcha holatlarni hisobga olishi zarur.
“Soliq ma’murchiligi” ‒ soliq organlari umumiy faoliyatini tashkil etish va boshqaruv tizimi bo‘lib, u soliq organlarida qonun tomonidan ko‘zda tutilgan funksiyalarni bajarilishini ta’minlaydi.
Soliq ma’murchiligini mohiyatini aniqlash uchun, bizning nazarimizda, bir necha muhim holatlarga e’tibor bermoq lozim. Ularning muhimlari va eng asosiylari tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin:

  1. Soliq ma’murchiligi soliq munosabatlarini boshqarish tizimidir.

Soliq ma’murchiligi soliq munosabatlarini boshqarish tizimi ekan, biz bu yerda uning mohiyatini belgilab berishda muhim rol o‘ynashi mumkin bo‘lgan “boshqarish” so‘ziga alohida e’tibor berishimiz kerak. Boshqacha so‘zlar bilan aytganda, “boshqarish”ning mohiyatiga xos bo‘lgan holatlar soliq ma’murchiligining mohiyati uchun ham xosdir.
Shu yerning o‘zida soliq ma’murchiligining mohiyatini aniqlashga ko‘mak beruvchi yana bir holatni aniqlashimiz mumkin. Gap shundaki, soliq ma’murchiligi, birinchi navbatda, soliq munosabatlarini boshqarish tizimi sifatida qaralayotgan ekan, uning tizim ekanligiga ham e’tibor qaratmoq lozim. Soliq ma’murchiligiga tizim sifatida qaralsa, tabiiyki, uning bir necha elementlardan iborat ekanligi ma’lum bo‘ladi.

  1. Soliq ma’murchiligi davlat soliq siyosatining amalga oshirilishini ta’minlaydi va shunga xizmat qiladi.

Shunday ekan, bu holat ham soliq ma’murchiligining mohiyatini belgilab berishda o‘z ta’sirini ko‘rsatmasdan qolmaydi. Shunga mos ravishda soliq ma’murchiligi operativ holda hayotga tatbiq etilayotgan soliq siyosatining asosiy yo‘nalishlarini o‘zida aks ettirmog‘i lozim.

  1. Soliq ma’murchiligi soliq organlarining faoliyatlarini muvofiqlashtirib turadi.

Bu narsa soliq ma’murchiligiga bevosita xos bo‘lgan xususiyat bo‘lib, hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida soliq organlarining faoliyatlarini tashkil etishda alohida ahamiyat kasb etadi. Busiz soliq organlarining faoliyatini sog‘lom tashkil etishni tasavvur etish mumkin emas.

  1. Soliq ma’murchiligining mohiyati, konkret holda, u tomonidan bajarilishi mumkin funksiyalar orqali namoyon bo‘ladi.

Soliq ma’murchiligi, eng avvalo, soliq munosabatlarini boshqarish tizimi bo‘lganligi uchun, unga umumiy ko‘rinishdagi boshqarishga xos bo‘lgan barcha funksiyalar tegishlidir.

  1. Soliq ma’murchiligi soliq huquqining qoidalariga asoslanadi, ularni o‘ziga xos tarzda to‘ldiradi, uni nazariy va amaliy nuqtayi nazardan soliq mexanizmining o‘ziga xos bo‘lgan sterjeni sifatida talqin etish mumkin.

Soliq huquqining normalari soliq ma’murchiligi tizimini oqilona tashkil etishga imkon beradi va uni butun soliq mexanizmiga tarqatadi.

  1. Soliq munosabatlari soliq ma’murchiligining predmetini tashkil etadi. Ma’lumki, soliq munosabatlari davlat (soliq nazoratining subyekti sifatida) bilan soliqqa tortish subyektlari (yuridik va jismoniy shaxslar) o‘rtasida vujudga kelib, bu subyektlar zimmasiga o‘z mablag‘lari hisobidan soliqlarni to‘lash majburiyati yuklangandir.

A. V. Peredernin soliq ma'muriyatchiligining quyidagi funktsiyalarini nomlaydi: rejalashtirish (maqsad, vazifalarni belgilash); tashkil etish (bo'ysunishning rasmiy tuzilmasini va bo'limlar o'rtasida tegishli ish taqsimotini yaratish); etakchilik (buyruq va ko'rsatmalar shaklida tezkor qarorlar qabul qilish, barcha bo'limlarning izchilligini va o'zaro hamkorligini ta'minlash); buxgalteriya hisobi; boshqaruv; kerakli natijaga erishish uchun tahlil va boshqa usullar. Ya'ni, bu holatda soliq ma'muriyatchiligining funksiyasi va usuli tushunchalarining kombinatsiyasi mavjud bo'lib, ular o'rtasida farqlanmaydi5.



Yüklə 66,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin