Amaliy sotsiologiya nazariy va amaliy tadqiqotlarning natijalarini qanday qilib tahlil qilish, qanday uslub va vositalar orqali ularni tushuntirish yo‘llarini ishlab chiqadi. Amaliy sotsiologiya jamiyat hayotida bevosita sodir bo‘layotgan dolzarb sotsial muammolarni tadqiq etuvchi metodlar, metodologiyalar va metodikalarni o‘z ichiga oladi va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga qaratilgan bo‘ladi. U XX asr boshlarida empirik tadqiqotlar asosida shakllandi.
Amaliy sotsiologiya tizimida ham nazariy, ham empirik bilimlar mavjud bo‘lib, ular ijtimoiy hayotning turli sohalari faoliyatini takomillashtirish maqsadida amaliy tadqiqotlarning natijalari asosida amaliy tavsiyanomalar ishlab chiqadi. U nafaqat tayyor bilimlarni ishlatadi, balki yangi nazariy, metodologik bilimlarni shakllantiradi. Amaliy sotsiologiya fundamental sotsiologiyaning amaliy samaradorligi masalalarini hal qilish, yangi muammolarni o‘rtaga qo‘yish orqali fundamental tadqiqotlarning rivojiga turki beradi.
Sotsiologiyada sotsiologik tadqiqotlar shartli ravishda nazariy va amaliy turlarga ajratiladi. Sotsiologiyada nazariy tadqiqotlar natijasida nazariyaning turli darajasini ajratib ko‘rsatish mumkin:umumsotsiologik nazariyalar, mahsus nazariyalar, xususiy nazariyalar.
Empirik tadqiqotlar deyilganida, bilimlarni tajriba orqali olish tushuniladi. Empirik sotsiologik tadqiqotlarning ob’yekti – ijtimoiy hayotning mikrojaaryonlari, insonlarning harakatlari, tafakkur tarzi, fikri va munosabatlari. Ularning asosiy maqsadi sotsial guruhlar, individlar, tashkilotlar muammolarini, ya'ni jonli sotsial muammolarni bevosita o‘rganishdan iborat.
Dostları ilə paylaş: |