1-amaliy mashg`uloti
Mavzu: Informatika fanlarini o`qitishda muammoli o`qitish texnologiyalari
Reja:
1.
Muammoli ta'limning asosiy maqsadi
2.
Muammoli ta'limning
asosiy tushunchalari
3.
Muammoli savollar
4.
Muammoli vazifalar
Muammoli ta'limning asosiy maqsadi.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning talablari
asosida bilim oluvchilarning mustaqilligi va faolligini oshirish,
tafakkurini rivojlantirish,
o’zlashtirilgan bilimlarning amaliyotga tatbiq etilishini kuchaytirishdan iboratdir. Pedagogik-
psixologik adabiyotlarda muammoli ta'limning ilmiy-nazariy
asoslari haqida gap borganda, uni
ta'limning metodi, printsipi yoki alohida tizim deb hisoblash holatlari uchraydi. Muammoli ta'limni
qanday nomlashdan qat'iy nazar uning asosiy hususiyati - bilim oluvchining aqliy faolligini
oshirish, mustaqil, ilmiy, ijodiy izlanish, o’zi uchun yangi bilim, ko’nikma va malakalarni kashf
etishdan iboratdir. Demak,
muayyan mavzuni muammo shaklida olib chiqish yo’li bilan
egallanadigan bilim, ko’nikma va malakalaryig’indisiga muammoli ta'lim deyiladi.
Respublikamizda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning ta'lim
jarayoniga tatbiq
etilishi muammoli ta'limni hozirgi sharoitda dolzarb pedagogik masalaga aylantirdi.
Muammoli ta'lim o’zining maxsus tushunchalariga ega bo’lib, ularning mohiyatini
bilmasdan turib, mashg’ulotlarni muammoli tarzda tashkil etib bo’lmaydi.
Muammoli ta'lim quyidagi asosiy tushunchalarga ega:
-
Muammo
-
Muammoli savol
-
Muammoli vazifa
-
Muammoli topshiriq
-
Muammoli vaziyat
Muammoli ta'limning asosiy tushunchalariga
izoh berishdan oldin, tayyor bilimlarni
o’qituvchi tamonidan berilishi yoki o’quvchining mustaqil egallashini izohli- ko’rgazmali metodi
natijasi sifatida aniq
tasavvurlar hosil qiladigan, ongda saqlanadigan, zarur bo’lganda
qayta
tiklanishini aniqlaydigan axborot shaklidagi savolni tushunish o’rinlidir.