TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
Mikroiqtisodiyot fanidan
Refarat
MAVZU: Ishlab chiqarish jarayoniga yangi, samarali texnologiyalarni tatbiq etish zarurati va istiqbollari.
Bajardi: Xayitov D
O’qituvchi: Ismailov A
MAVZU:Ishlab chiqarish jarayoniga yangi, samarali texnologiyalarni tatbiq etish zarurati va istiqbollari.
Reja
KIRISH……………………………………………………….……………………2
I.BOB. ISHLAB CHIQARISH, TEXNOLOGIYA VA ISHLAB CHIQARISH FUNKSIYASI
1.1.Ishlab chiqarish va ishlab chiqarish funksiyasi, izokvantalar……………..6
1.2.Texnologiya - bu tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish…………………..10
II. BOB.ISHLAB CHIQARISH JARAYONIGA YANGI, SAMARALI TEXNOLOGIYALARNI TATBIQ ETISH ZARURATI VA ISTIQBOLLARI.
2.1.Ishlab chiqarish jarayoniga yangi, samarali texnologiyalarni tatbiq etish…
2.2.Ishlab chiqarishda innovatsion texnologiyalarni……………………..……19
Xulosa………………………………………………...…………………………..32
Adabiyotlar ro‘yhati……………………………………………………….…….37
KIRISH
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar jarayoni ta'lim fa'liyatini yurituvchi subyekt^ faoliyatini sezilarii darajada o'zgaгtiгishni, ulaг faoliyatini bozor talablariga moslashtirishni talab qilmoqda. Bozor raqobati sharoitida ishlab chiqarish va xizmat ko'гsatish sohalaгining samaгali rivojlanishini ta'minlovchi innovatsion faoliyatni boshqaгishga alohida e'tiboг qaгatishni talab qilmoqda. Innovatsion faoliyat bozor munosabatlari shaгoitida tadbrikoriikning ilg'oг shakli bo'lib hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti fan-texnika taraqqiyoti uchun real imkoniyatlar yaratadi. Mamlakatimizda iqtisodiyotning гaqobatbaгdoshligini oshiгishning muhim omili bo'lgan innovatsiyala^a ustuvoг yo'nalish sifatida e'tiboг qaratilmoqda. Raqobatbaгdosh iqtisodiyotni shakllantirmasdan turib, raqobatbardosh mamlakatni barpo etish, tarmoqni, tovarni yaratish biгmuncha mushkuldiг. Bu xususda mamlakatimiz Pгezidenti ta'kidlaganlaгidek, «...raqobatdoshlikka erishish va dunyo bozorlariga chiqish, birinchi navbatda, iqtisodiyotni izchil isloh etish, ta^ibiy jihatdan o'zgaгtiгish va diverafikatsiya qilishni chuqurlashtirish, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi korxona va ishlab chiqarish tarmoqlarining jadal гivojlanishini ta'minlash, faoliyat ko'reatayotgan quvvatlami modemizatsiya qilish va texnik yangilash jarayonlarini tezlashtirish hisobidan amalga oshirilishi mumkin». Bulardan kelib chiqqan holda, dunyo bozorlariga chiqishda innovatsion texnologiyalaridan samarali foydalanish talab etiladi.
Innovatsion rivojlanishning mohiyati va mazmunini o'rganishdan oldin "innovatsiya" iborasi to'g'risida tasavvur hosil qilish zarur. Ushbu tushuncha ingliz tilidan olingan bo'lib, "innovation", ya'ni yangilik, yangilik kiritish degan ma'noni anglatadi. Innovatsiya - bu yangi texnologiyalarda mujassamlashgan yangi bilimlar, nou-xau, ishlab chiqarish omillarining yangi kombinatsiyalarini qo'llash bilan bog'liq, shuningdek yuqori bozor salohiyatiga ega bo'lgan yangi vazifalarni bajara oladigan yangi mahsulotlar yaratish yoki destruktiv jarayonlarning salbiy oqibatlarini yo'kotish maqsadini o'z oldiga qo'ygan faoliyat yoki faoliyat natijasidir. Ya'ni, innovatsiyalarni g'oyalar, izlanishlar, ishlanmalar, yangi yoki mukammal ilmiy-texnik yoki ijtimoiy-iqtisodiy qarorlar transformatsiyasining natijasi sifatida qarash mumkin. Demak, "innovatsiya" so'zi "yangilik" ("novatsiya") va "yangilik kiritish" (innovatsiya) ma'nolarini anglatadi. Innovatsiyalar to'g'risidagi ilmiy qarashlar rivoji o'z tarixiga ega bo'lib, klassik, neoklassik maktab vakillari tomonidan izchil o'rganilgan. Klassik iqtisodiy maktab vakili, taniqli ingliz iqtisodchisi Adam Smit (17291790) iqtisodiy munosabatlarni tartibga solish va talab bilan taklif o'rtasidagi muvozanatni ta'minlash nafaqat bozor tizimi, balki narxlarni pasaytirish va sifatni yaxshilash orqali ortib borayotgan ehtiyojni qondirish bilan bir qatorda buni yangi texnologiyalarga o'tish, ya'ni innovatsiyalar yordamida samarali amalga oshiruvchi raqobat kapitalizmning tashkiliy mexanizmi bo'lib xizmat qilishini qayd etgan. Agar iqtisodiy o'sishni ta'minlashda korxonalar innovatsiyalardan iste'mol uchun kurash jarayonida amaliy omil sifatida foydalanayotganini hisobga olsak, Adam Smitning ushbu ta'limoti hozirgi kunda ham dolzarbligini saqlab turibdi. Innovatsion amaliyot ko'p ming yillardan buyon mavjud bo'lishiga qaramay, innovatsiyalarni ilmiy jihatdan maxsus o'rganish faqat XX asrda boshlandi. Rus iqtisodchisi N.D.Kondratev iqtisodiyotni yuksaltirishning innovatsion yo'li nazariyasini rivojlantirishga ulkan hissa qo'shdi. U innovatsiyalarni davriylikning sabablaridan biri sifatida qayd etgan. Amerikalik iqtisodchi va jamiyatshunos Yozef Alois SHumpeter Kondratev singari iqtisodiyotda innovatsiyalarning rolini oshirishga katta hissa qo'shgan. U o'zining "Iqtisodiy rivojlanish nazariyasi" nomli asarida innovatsiyalarni iqtisodiyot va jamiyatni rivojlantirishning asosiy shartlari sifatida qaradi. Shumpeter "tadbirkorlikning innovatsion nazariya"sini yaratdi va iqtisodiy rivojlanishda novator-tadbirkorning rolini yuqori baholadi, "innovatsiya" atamasini 1911 yilda ilmiy atamalar qatoriga kiritdi. U quyidagi beshta o'zgarishda tadbirkorlik ruhi bilan rag'batlantirilgan yangi fan-texnika omillari yig'indisini nazarda tutadi:
1. Yangi texnika, yangi texnologik jarayonlar yoki ishlab chiqarishning yangicha bozor ta'minotini qo'llash.
2. Yangi xususiyatlarga ega mahsulotni joriy qilish.
3. Yangi xom ashyodan foydalanish.
4. Ishlab chiqarishni tashkil qilish va uning moddiy-texnika ta'minotidagi o'zgarishlar.
5. Yangi sotish bozorlarining paydo bo'lishi.
Demak, Shumpeterning fikriga ko'ra, tadbirkorlarning roli yangi tovarlar ishlab chiqarish va eski tovarlarni yangi uslubda ishlab chiqarish uchun ixtirolardan foydalanib, yangi xom ashyo va materiallar manbalari yoki yangi bozorlarni ochib hamda sohani qayta tashkil etgan holda ishlab chiqarishni isloh qilish va inqiloblashtirishdan iborat. O'sha davrda temir yo'llar qurilishi boshlanishi, elektr energiyasi ishlab chiqarish, avtomobilsozlik rivoji kabilar tadbirkorlarning yangiliklardan foyda olishga intilishiga yorqin misol bo'la oladi.
Dostları ilə paylaş: |