Sohaning innavatsion yangiliklari haqida taqdimot yaratish «Innovatsiya» tushunchasi
1 Innovatsiyalarning ilmiy kashfiyotlardan va ixtirolardan farqi loyihalarning tasnifi
2 «Innovatsion infratuzilma», «texnopark», «texnopolis» tushunchalari
3 4 Innovatsion loyiha
4 3 Innovatsion loyihalarni o’ziga xos jihatlari
5 Reja: «Innovatsiya» atamasi lotincha «novatio» sо‘zidan olingan bо‘lib, «yangilanish» (yoki «о‘zgarish»), «in» qо‘shimchasi esa lotinchadan «yо‘nalishida» deb tarjima qilinadi, agar buni yaxlit «Innovatio»
Innovatsiya tushunchasi kо‘rinishida tarjima qilsak – «о‘zgarishlar yо‘nalishida» deb izohlanadi. Innovation tushunchasi birinchi bо‘libб XIX asrning ilmiy tadqiqotlarida paydo bо‘ldi.
«Innovatsiya» tushunchasi о‘zining yangi hayotini «innovatsion kombinatsiyalar»ni tahlil qilish, iqtisodiy tizimlarning rivojlanishidagi о‘zgarishlar natijasida XX asrning boshida avstriyalik va amerikalik iqtisodchi Y. Shumpeterning ilmiy ishlarida boshlagan. Shumpeter 1900-yillarda iqtisodda ushbu terminni ilmiy qо‘llashga kiritgan dastlabki olimlardan edi.
Innovatsiya – bu bozor talabidan kelib chiqqan holda jarayonlar va mahsulotlarning sifatli о‘sish samaradorligini ta’minlash uchun joriy etilgan yangilikdir. Inson intellektual faoliyati, uning fantaziyasi, ijodiy jarayoni, kashfiyotlari, ixtirolari va ratsionalizatorligining yakuniy natijasi hisoblanadi.
1883-1950
Innovatsiyalarning ilmiy kashfiyotlar va ixtirolardan farqi
Ilm-fan – bu ma’lum mablag‘larni bilimlar va g‘oyalarga aylantirish.
Innovatsiyalar – bu bilimlar va g‘oyalarni mablag‘larga aylantirishdir.
Ixtiro – bu yangi konsepsiyani yaratish demak.
Kashfiyot – izlanish, tekshirish, ilmiy tadqiqot natijasida ba’zan esa tasodifan topilgan yaratilgan ilmiy yangilik.
Innovatsiya – bu ixtironing amaliy ahamiyatini ajratib kо‘rsatish va uni muvaffaqiyatli sotiladigan mahsulotga aylantirish.
Innovatsion faoliyat deyilganida olimlar, muxandislar, patentshunoslar, menedjerlar, iqtisodchilar, moliyachilarning IMO tijoratini rо‘yobga chiqarishga qaratilgan bilimlari va kuch-g‘ayratlarini birlashtiruvchi jarayon tushuniladi. Bunday faoliyatning oxirgi natijasi innovatsiya - yangilik bо‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, innovatsiya fundamental va tadbiqiy ilmiy tadqiqotlarni real ishlab chiqarish va bozor bilan bog‘laydi. Innovatsion loyiha deb berilgan vaqt davomida yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot turlarini yoki texnologik jarayonlarni ishlab chiqishni yaratish va joriy etish (keng qо‘llash) ga qaratilgan о‘zaro bog‘liq muayyan tadbirlar majmuiga aytiladi. Innovatsiyalarning tizimli tasnifi metodologiyasi 1992-yili Oslo shahrida qabul qilingan va “Oslo qо‘llanmasi” deb nom olgan tavsiyalarga kо‘ra qabul qilingan Xalqaro standartlarga asoslanadi.