o‘quv materialini muammoli bayon etish – ma’ruzaviy mashg‘ulotlarda monolog
tarzda, seminar mashg‘ulotlarida esa dialog tarzda olib boriladi. O‘qituvchi ma’ruza paytida
o‘quv materialini bayon etayotganida muammoli masalalar tuzadi va ularni o‘zi echadi,
o‘quvchilar esa echimlarni izlash jarayoniga faqat xayolan qo‘shiladilar. Masalan,
«O‘simliklar hayoti haqida» mavzusidagi ma’ruzaning boshida «Nega ildiz va tana qarama-
qarshi tomonlarga o‘sadi?» degan muammo qo‘yiladi, ammo ma’ruzachi tayyor javobni
bermaydi, u fanning bu haqiqatga qanday etib kelgani, bu hodisa sabablari haqidagi farazlarni
tekshirish bo‘yicha o‘tkazilgan tajriblar haqida hikoya qiladi.
qisman izlanish faoliyati tajribalar laboratoriya ishlarini bajarishda muammoli
seminarlar, evristik suhbatlar davomida namoyon bo‘ladi. O‘qituvchi muammoli savollar
tizimini tuzadi, bu savollarga javoblar olingan bilimlar bazasiga tayanadi, ammo ular oldingi
bilimlarda mavjud emas, ya’ni savollar talabalarga intellektual qiyinchiliklar tug‘diradi va
maqsadga yo‘naltirilgan ijodiy izlanishga undaydi. O‘qituvchi imkoni boricha «boshqacha
javoblar» yo‘naltiruvchi savollarni tayyorlab qo‘yishi lozim, u o‘quvchilar javoblarigi tayanib,
yakuniy xulosa qiladi. Qisman izlanish usuli, 3 va 4-darajali mahsuldorlik faoliyatini
(foydalanish, ijod) va bilimlarni 3 va 4-darajasini bilim-ko‘nikma, bilim-transformatsiya
(qayta shakllanish) ta’minlaydi. An’anaviy tushuntirish va reproduktiv o‘qitishga esa, bilim-
tanishi va bilim-nusxa shakllanadi, xolos.
mustaqil tadqiqot faoliyatida talabalar mustaqil ravishda muammoni ifoda etadilar va
uni echadilar (kurs yoki bitiruv ishlarida, ilmiy tadqiqot ishlarida) va o‘qituvchi nazorati bilan
yakunlanadi, bu esa 4-darajali mahsuldorlik faoliyatini (ijod) va 4-darajali eng samarali,
mustahkam bilimni (bilim-qayta shakllanish) egallashni ta’minlaydi.