2-mavzu. Sovet davlatining tanazzulga uchrashi



Yüklə 368,47 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix20.12.2022
ölçüsü368,47 Kb.
#76835
2-mavzu



2-mavzu. Sovet davlatining tanazzulga uchrashi.
XX asrning 80-
yillar o’rtalariga 
kelib SSSRda tanglik holati keskin kuchaydi, bu hol uning ichki manbalari nimadan iborat, 
degan masalani keskin qilib qo’ydi. Ma’muriy-buyruqbozlik tizimining yanada kuchayishi 
oqibatida mamlakatda ishlab chiqarish sur’atlari keskin pasaydi, yalpi mahsulot hajmi 
kamaydi, ishlab chiqaruvchilarning ishlab-chiqarish vositalaridan begonalashuvi yanada ortib 
bordi. 
Boshqaruv tizimining o’ta markazlashganligi va taraqqiyotga to’g’anoq bo’layotganligi 
markaziy siyosiy rahbariyatni 
bu yo’nalishda muayyan islohotlar o’tkazishga undadi. To’g’ri, 
50 va 60 yillarning o’rtalarida sovet jamiyatini bir oz bo’lsada demokratlashtirish va 
iqtisodiyotni boshqarish jarayonlarini isloh qilishga urinishlar bo’ldi. Ammo eskilikka yopilib 
olgan hold
a ma’muriy tizim doirasida, iqtisodiyotga partiya rahbarligi va uning haddan 
tashqari mafkura izmida bo’lishi sharoitida qilingan islohotlar kutilgan natijalarni bermadi. 
«Aksincha 
– deb ta’kidlagan edi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov, – so’nggi 
o’n yillar mobaynida soxta obro’ orttirish maqsadida qabul qilingan va mavjud imkoniyatlarni 
hisobga olmagan ijtimoiy, oziq-ovqat, agrar, energetika, ekologiya va boshqa sohalardagi 
ko’pgina dasturlar iqtisodiy qarama-qarshiliklarni chuqurlashtirib yubordi. Natijada 
iqtisodiyotni batamom izdan chiqarib, moddiy va moliyaviy mablag’lar taqsimchilikgining 
dahshatli tarzda o’sishiga olib keldi». 
Mustabid tizim davrida ishlab chiqarish samaradorligi keskin pasaydi, mahsulot sifatidagi 
e’tibor susaydi, fan-texnika taraqqiyoti jihatidan jahonning rivojlangan mamlakatlaridan 
orqada qola boshladi. Bugungi kun nuqtai nazaridan yondashganda, kommunistik mafkura 
xalqa siyosiy ekstremizmning (keskin chora-
tadbirlar ko’rishning) yaqqol ifodalangan 
mavkura turlarida
n biri ekanligi namoyon bo’ladi. U o’zi paydo bo’lgan dastlabki kunlardan 
boshlab keng xalq ommasiga nisbatan ommaviy zo’ravonlik qilishga va unga nisbatan siyosiy 
qirg’inlar ishlatishga asoslangan edi. SSSRning inqirozga uchragan, bu bilan esa jahon 
sotsi
alistik tizimining barbod bo’lishi tarixiy qonuniyat edi. Inqirozga uchragan kommunistik 
eksperiment kommunistlar barpo etgan «sotsializm binosi» avval boshdan o’ta yaroqsiz 
markscha loyihaning chirigan poydevori ustiga ko’rilganligini ishonarli tarzda namoyish etdi. 
Tovarsiz, bozorsiz poydevor ustiga quriladigan yangi ijtimoiy tuzum barpo etish g’oyasi o’ta 
yaroqsizligi bilan ajralib turar edi. 
Oktyabr to’ntarishidan keyin darhol xususiy mulkchilik ta’qib etildi, badavlat kishilar quvg’in 
qilindi, ko’p ukladlilik tugatildi, bozorlar bekitildi, mafkuralagan tanho iqtisodiyot jadal sur’atlar 
bilan shakllandi. Mamlakat xo’jaligi bozor iqtisodiyotini yuqori samaradorlikka olib boruvchi 
vosita raqobatdan mahrum bo’ldi. Jadidlar harakatining fidoyilaridan biri, mashhur 
ma’rifatparvar olim va adib Mahmudxo’ja Behbudiy 1906 yildayoq Lenin partiyasini 
«buyruktariya mustabid», deb atagan, uning dasturi Turkistonning erkin rivojlanishi uchun 
faqat yaroqsizgina bo’lib qolmasdan, shu bilan birga zararli ekanligini ham ta’kidlagan edi. 
Urushdan keyingi yillarda markscha iqtisodiy andozaning joriy etilishi og’ir oqibatlarga sabab 
bo’ldi. Sotsialistik iqtisodiyotga xos bo’lgan umumiy illatlardan tashqari, u O’zbekistonda xalq 
xo’jaligining mustamlakachilik yo’nalishini saqlab qolish bilan to’ldirildi. Respublika xalq 
xo’jaligi har tomonlama (paxtachilikka) ixtisoslashtirilgan juda ko’plab salbiy oqibatlarga olib 
keldi. Eng global muammo 
– Orol fojiasi yuzaga keldi. 
60-70 yillarda boshlangan oltin qazib chiqarish sanoati har yili markazga 50 tonnagacha oltin 
yetkazib bergan. O’zbekistondan olib chiqib ketilgan ulkan tabiiy resurslarning qiymati 100 
mlrd.lab AQSh dollariga teng bo’lgan. Markaziy hukumat esa respublikaning ijtimoiy 


ehtiyojlarini qondirishga juda arzimagan qoldiq 
mablag’larni ajratardi. Jamiyat ijtimoiy siyosiy 
hayotida tub o’zgarishlar bo’lishiga umidning so’nishi 80-yillarning boshlarida ayniqsa 
kuchaydi. Buning oqibatida, bir tomondan, ma’muriy siyosiy biqiqlik kuchaygan bo’lsa, 
boshqa tomondan jamiyat a’zolari mehnat intizomining pasayishi, ijtimoiy loqaydlik, befarqlik 
kuchayib bordi. Ana shunday sharoitda 80-
yillarning o’rtalarida sovet jamiyatida «qayta 
qurish» boshlandi. Qayta qurish KPSS MK Bosh Kotibi M.S.Gorbachyov va KPSS MKning 
1985 yil aprel plenumi bi
lan bevosita bog’liqdir. Ushbu jarayon avvalo jamiyatning ijtimoiy 
siyosiy, iqtisodiy, madaniy sohalarida to’planib qolgan inqirozli holatlarini tahlil etishdan 
boshlandi. Natijada mahsulot ishlab chiqarish uchun ikki barovar ko’p tabiiy resurslar, 
energiy
a, inson mehnati sarf etilishi, temir, po’lat, stanoklar ishlab chiqarish bo’yicha dunyoda 
birinchi o’rinni egallashiga qaraamasdan mamlakatda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab 
chiqarishning yo’lga qo’yilganligi qayd etildi. Biroq qayta qurish «konsepsiyasi» avval 
boshdanoq noilmiy bo’lib, u mag’lubiyatga mahkum edi. Qayta qurish borasidagi dastlabki 
tajribalarning ko’rsatishicha mamlakat siyosiy rahbariyati birinchi kundanoq qayta qurish 
mafkurasini anglab yetishda nihoyatda soddalashgan nuqtai nazar bilan yondashdi. Qayta 
qurish «konsepsiyasi» qardosh ittifoqdosh respublikalarning hayotiy manfaatlari va 
muammolarini chuqur ilmiy tahlil qilishga, ularni bilishga asoslanmagan edi. O’sha davrda 
sovet sotsialistik tuzumi iqtisodiy, siyosiy jihatdan ulkan imkoniyatlarga ega deb hisoblandi, 
tarixiy istiqbol sotsializm tomonida deb qaraldi. 
80-
yillarning o’rtalarida boshlangan qayta qurish siyosati 2 bosqichda amalga oshirishi zarur 
edi. Birinchi bosqich 1985-
1987 yillarni o’z ichiga olib, bu bosqich ma’muriy tashkiliy 
tadbirlarning an’anaviy usullarda olib borish bilan izohlanadi. Bu bosqichda fan texnika 
taraqqiyotiga katta e’tibor beriladi, iqtisodiyotning rivojlanishi uchun ma’lum tadbirlar ishlab 
chiqiladi. Ammo bunday jarayonni ijtimoiy munosabatlarni takomillashtirmasdan amalga 
oshirib bo’lmaydi. Natijada 1986 yildan boshlab mamlakat iqtisodiy ahvoli battar yomonlashdi. 
1987 yil yanvardan ishlab chiqarish sur’atlari keskin pasaydi, iqtisodiyotda inqirozli holat 
yuzaga keldi. Qayta qurishning birinchi bosqichi 
shu tarzda mag’lub bo’ldi. 
Qayta qurishning 2-bosqichi 1987-
1990 yillarni o’z ichiga olib endi jamiyatning barcha 
jabhalarini kompleks tarzida isloh qilishni kun tartibiga qo’ydi. Bunday vazifa sobiq siyosiy 
mafkura tomonidan 1987 yil yanvarida yanada aniqlashtirildi va uning asosiy maqsadi sovet 
jamiyatini to’liq demokratlashtirishdan iborat ekanligi ta’kidlandi. 
Ammo mamlakatda tub demokratik o’zgarishlarni amalga oshirish, boshlangan islohotlarni 
oxiriga yetkazish mumkin bo’lmadi. Bu 2 sabab bilan izohlanadi. Birinchidan, qayta qurishning 
aniq, izchil, ilmiy jihatdan puxta ishlab chiqilgan dasturi yo’q edi. Ikkinchidan, partiya rahbarlari 
bundan manfaatdor emas edilar. Ma’lumki, qayta qurish «yuqoridan» boshlandi. Mazkur 
jarayonning boshlanishi paytida j
amiyat a’zolari unga katta umid bog’ladilar. Ro’y berayotgan 
o’zgarishlar ayrim ijtimoiysiyosiy, iqtisodiy islohotlar ertangi kunga ishonch ruhini uyg’otdi. 
Lekin keyinchalik vaziyat o’zgardi, 80-yillarning 2-yarmidan boshlangan iqtisodiy inqiroz, 
ijtimoiy 
muammolarni hal etishdan o’quvsizlik demokratik jarayonlar va oshkoralikning yarim 
yo’lda qolib ketish – bularning barisi jamiyat a’zolarining qayta qurishga bo’lgan munosabatini 
o’zgartirdi. Qayta qurishning 3-yilida uning to’liq mag’lub bo’lishi aniq ko’zga tashlanib qoldi. 
Amaliy ishlar, foydali tadbirlar o’rniga siyosiy jabhadagi «musobaqalar»: siyosiy safsata, 
quruq vadalar kishilarda loqaydlik holatini yanada kuchaytirdi. Ijtimoiy faollik o’rnini 
sustkashlik, davlat va partiya siyosatiga ishonmaslik, befarqlik egalladi. 


Qayta qurish oshkoralik, demokratiya va fikrlar xilma xilligining ma’lum ma’noda kuchayishiga 
imkon yaratdi. Natijada tom ma’noda oshkoralikka erishib bo’lmadi, demokratiya esa amalda 
navbatdagi «siyosiy o’yin»lar ko’rinishini oldi. 1985-1990 yillar xalq ta’limi tizimidagi ayrim 
siljishlar ma’muriy buyruqbozlik tizimining zo’r berib qilgan harakati bilan tavsiflanadi. Lekin 
bu davrda ta’lim va tarbiya sohasida ziddiyatli holatlar yanada keskinlashdi. Maktab o’rta 
maxsus va oliy ta’lim tizimi moddiy jihatdan yetarli darajada ta’minladi. Sovet ta’lim tizimi 
jahon andozasidan ajralib qoldi, jahonning ilg’or tajribalaridan bahramand bo’lmadi. Ta’lim, 
tarbiya sohasida kadrlarni sifat jihatidan qayta ko’rib chiqolmadi mafkuraviy cheklashlar 
tobora kuchayib bordi. 80-
yillarning o’rtalarida boshlangan xalq maorifidagi islohotlar mavjud 
muammolarni hal etmadi. Masalan xalq ta’limi sohasida belgilangan islohotlarni amalga 
oshirish maqsadida 1985-
1990 yillarga mo’ljallab tuzilgan istiqbolli rejalar 3693 ming 
o’quvchiga mo’ljallangan yangi maktablar qurilishi ko’zda tutilgan edi, ammo mablag’ning 
yetishmasligini bahona qilgan markaz uni 920000 o’ringa tushirdi. Holbuki bu paytda 
respublika qishloqlaridagi mavjud maktablarning 20% haligacha moslashtirilmagan binolarda 
faoliyat ko’rsatayotgan edi. O’qituvchi kadrlar tayyorlashda salbiy xatolarga yo’l qo’yildi. 1985 
yildan respublika maktablarida ishlayotgan o’qituvchilar soni 268,4 ming kishini tashkil qilgan 
bo’lsa, 1990 yilga kelib bu raqam 243,9 ming nafarga tushib qoldi. Buning sababi birinchidan 
aholi o’rtasida o’qituvchiga nisbatan e’tiborsizlik bo’lsa, ikkinchidan o’qituvchilarni ijtimoiy 
himoyalashdagi yo’l qo’yilgan jiddiy xatolar bo’ldi. 
O’zbekistonning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayotida Uzkompartiyaning XVI plenumi 
(1984 yil 23 iyun) o’sha paytdagi rahbarlari o’rtasidagi no’noqlik, markaz oldida tiz cho’kib 
sajda qilishlari oqibatida «O’zbek ishi», «Paxta ishi» deb nomlangan ishlar o’ylab topildi. 
O’zbekistonning sobiq kompartiya rahbarlari laganbardorligi tufayli 1984 yildan 
respublikamizga mamlakatning turli mintaqalaridan «desanchilar» yog’ilib kela boshladilar. 
Gdlyan va Ivanov rahbarligidagi jazo otryadlari 1984-
1989 yillarda turli bahonalar tufayli o’n 
minglab rahbarlarni ishdan oldilar, kadrlarni almashtirish siyosati oilaviy tus oldi. Birgina 1984-
1987 yillarda Moskva, Leningrad va Rossiyaning boshqa shaharlaridan 400 dan ortiq kishi 
O’zbekistonning partiya, sovet, ma’muriy xo’jalik organlariga ishga yuborildi. Bu davrda 
ijtimoi
y ma’naviy sohada milliylikning har bir ko’rinishi «internasionalizm» mohiyatiga yod 
ekanligini isbotlashga harakat qilindi. Bu narsa o’zbek tili, din, milliy urf-odat, an’ana, 
marosimlar ayniqsa Navro’z bayramiga munosabatda yaqqol ko’rindi. O’zbek xalqining asrlar 
davomida yashab kelgan milliy urf-
odatlari, dini ta’qirlandi, oyoq osti qilindi. Natijada xalq 
orasida, loqaydlik, milliy munosabatlar bobida noroziliklarning kuchayishiga sabab bo’ldi. 
1989 yil may, iyun oylarida Farg’ona, Toshkent viloyatlarida va Andijon shahrida millatlararo 
mojarolar bo’lib o’tdi. 
Ikkinchi jahon urushi yillarida mustabid tuzum tomonidan deportatsiya qilingan bir qator 
xalqlar qatorida mesxeti turklari ham bo’lib, ular asosan aholi zich yashaydigan Farg’ona 
viloyatiga, bir qismi esa Andijon, Namangan va Toshkent viloyatlariga joylashtirilgan edi. 
Buning oqibatida ijtimoiy-
iqtisodiy va millatlararo munosabatlarda qo’shimcha muammolarni 
keltirib chiqardi. Bunga sovet davlati o’z vaqtida e’tibor bermadi. O’sha davrdagi 
respublika
ning siyosiy rahbariyati (R.Nishonov) o’z vaqtida unga to’g’ri baho berolmadi. 
Natijada Farg’ona viloyatining turli shaharlarida yoshlarning oilaviy chiqishlari, millatlararo 
to’qnashuvlar chiqishiga sabab bo’ldi. Respublika matbuotida bu haqda to’g’ri ma’lumotlar 
berilmasdan go’yoki bu mojarolarga «mahalliy aholi aybdor» deb noxolis baho berildi. 11 
iyunda Toshkent shahrida ishlayotgan va o’qiyotgan Farg’onalik yoshlardan 100 ga yaqini 
«Qizil maydonda» namoyish uyushtirib, Farg’ona voqealari haqida «noto’g’ri ma’lumot 
berishlariga qarshi fikr bildirdilar va boshqa bir qator talablar qo’ydilar». 


1989 yil 8 iyunda Qo’qonda tinch namoyishlar harbiy qismlar tomonidan o’qqa topildi, natijada 
ellikdan ziyod kishi halok bo’ldi, 200 dan ortig’i yarador qilindi. Umuman 3-12 iyun kunlari 
Farg’ona viloyatidagi bo’lgan millatlararo to’qnashuvlar va ularni harbiylar tomonidan o’qqa 
tutishi oqibatida 103 kishi halok bo’lgan, 1009 kishi jarohatlangan va 650 xonadonga o’t qo’yib 
vayron qilingan. Farg’ona voqealaridan keyin O’zbekiston KPMQning 1-kotibi lavozimiga 
saylangan I.A.Karimov boshliq siyosiy rahbariyat bu masalada prinsipial mavqeini egalladi. 
O’zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvolni o’rganib unga to’g’ri baho berar ekan, I.A.Karimov 
matbuot komissiyasida: «O’zbekiston yana bir «Farg’ona»ga chidab tura olmaydi», degan 
edi. Bu aslida yangi rahbarning respublikadagi ahvolni tubdan o’zgartirishga azmu qaror 
qilganligidan dalolat edi. 
Davlat tili haqidagi qonun qabul qilngandan so’ng milliy o’zlikni anglash, milliy davlatchilikni 
tiklash yo’lini respublikada yana bir tarixiy ahamiyatga ega bo’lgan muhim siyosiy qadam 
qo’yildi. 1990 yil 24 martda XII-chaqiriq O’zbekiston SSR Oliy Soveti birinchi sessiyasi o’sha 
paytda respublika kompartiyasi markaziy komitetining 1- koti
bi bo’lgan I.A.Karimovning 
O’zbekiston SSRning Prezidenti etib saylandi. Shu tariqa, O’zbekiston – SSSR respublikalari 
ichida birinchi bo’lib o’zining milliy huquqiy va demokratik davlatiga mustahkam zamin yaratdi. 
O’zbekistonda prezidentlik boshqaruvining joriy qilinishini bir qancha omillar, eng avvalo, 
SSSRda 1990 yil boshlariga kelib mustabid davlat siyosiy inqirozining kuchayganligi taqozo 
etdi. Shuningdek, bu inqiroz iqtisodiyotda va ijtimoiy-siyosiy sohada qilingan va markazning 
ittifoqchi respublika
larida yangilashga qaratilgan islohotlarni barbod bo’lishi bilan ham 
namoyon bo’ldi. 1990 yil oxirlariga kelib SSSR tarkibidan Litva, Latviya, Estoniya, Gruziya, 
Azarbayjonning chiqib ketishi SSSRning davlat butunligiga jiddiy ta’sir ko’rsatdi. O’zbekiston 
xalqi oshkoralik va demokratiyalashdan, milliy va madaniy qadriyatlarni tiklashdan, o’z haq-
huquqlarini, o’z taqdirini o’zi belgilash va iqtisodiy hamda siyosiy jihatdan tuzilmalariga 
qaramlikdan xalos bo’lish huquqlarini amalga oshirishdan tobora ko’proq manfaatdor 
ekanliklarini ochiq namoyon qila boshladilar. O’zbekistonning mustaqilligi yo’lidagi yana bir 
muhim qadam O’zbekiston SSR Oliy Kengashining XII-chaqiriq 2-sessiyasida (1990 y 20 
iyun) qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi «Mustaqillik Deklarasiyasi»dir. Unda o’zbek 
xalqining asrlar davomida qo’lga kiritgan davlat qurilishi va madaniy taraqqiyot borasidagi boy 
tarixiy tajribasi va an’analari hisobga olindi. Deklaratsiya 12-moddadan iborat bo’lib, uning 1-
moddasida «O’zbekiston SSRning demokratik davlat mustaqilligi respublikaning o’z hududida 
barcha tarkibiy qismlarni belgilashda tashqi munosabatlardagi tanho hokimligidir», deb yozib 
qo’yilgan. «Mustaqillik Deklarasiyasi» xalqimiz tomonidan zo’r mamnuniyat bilan kutib oldi. 
Shu kundan boshlab re
spublikada O’zbekistonning iqtisodiy va siyosiy hayotiga doir 
masalalar mustaqil tarzda hal qilinadigan bo’ldi. Bunga misol tariqasida, 1991 yil 22 iyul 
O’zbekiston SSR Oliy Kengashi Prezidiumi qarorida Prezident huzuridagi Vazirlar 
mahkamasiga ittifoqqa b
o’ysunuvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning O’zbekiston 
SSR huquqiy tobeligiga o’tishi tarkibini belgilash vazifasi topshirildi. O’sha vaqtda Markaz 
rahbarlari respublikalar ittifoqini qanchalik saqlab qolishga urinmasinlar buning iloji yo’q edi. 
Chunki endi eskicha tartib bilan mamlakatni idora etib bo’lmas, o’z navbatida ittifoqdosh 
respublikalarni mustaqillikka bo’lgan intilishi tobora kuchayib borardi. Ta’kidlash lozimki, 
mazkur hujjat O’zbekiston qonunlarining Ittifoq qonunlaridan ustivorligini ta’minladi. Shu bilan 
birga, «Mustaqillik Deklarasiyasi» O’zbekistonning 1991 yil 31 avgustga qadar mavjud 
bo’lgan boshqaruv, huquqiy faoliyatini ta’minladi. 1991 yil 11 yanvarida mamlakat Prezidenti 
qishloq aholisiga bevosita amaliy yordam berish uchun navbatdagi Farmonga imzo chekdi. 
Mazkur Farmon 1989 yilda boshlangan haqiqiy yangilanishlarning mantiqiy davomi edi. 
Prezident imzolangan hujjatda 1991 yilda paxta ekin maydoni qisqartirilishini nazarda tutib, 


tomorqa maydonlariga 108,5 ming gektar yer 
ajratish ko’rsatilgan. 1991 yil 14 fevralda 
O’zbekiston Oliy Kengashining navbatdan tashqari to’rtinchi sessiyasi bo’lib o’tdi. Sessiyada 
mamlakat Prezidenti I.A.Karimov nutq so’zladi. Mazkur nutq matbuotda murakkab vaziyatda 
oqilona siyosat yuritaylik», d
egan sarlavhada chop etildi. Ushbu nutqida O’zbekiston rahbari 
Ittifoq shartnomasiga o’z munosabatini bildirib, O’zbekistonning bu shartnomaga kirmasligini 
qayd etib o’tdi. 1991 yil Nasro’z bayrami arafasida Prezident avf etish to’g’risidagi Farmonga 
imzo 
chekdi. Ushbu Farmon ham xalq tomonidan zo’r quvonch bilan kutib olindi. Qolaversa, 
amnistiyani o’sha davrda faqat ittifoq Prezidenti e’lon qilar edi. 1991 yil 19 avgustga kelib, 
butun jahonni hayajonga solgan Moskvada davlat to’ntarishiga urinish bo’ldi. 
To’ntarish tarafdorlarining asl maqsadlari ittifoqda yashovchi barcha xalqlarning mustaqillikka 
erishuviga yo’l qo’ymaslik hamda mamlakatdagi parokandalikdan foydalanib qolish edi. Lekin 
O’zbekiston rahbariyati mavjud ijtimoiy-siyosiy vaziyatni saqlash, respublika hududida 
favqulodda holat joriy etilishiga, Konstitusiyaga qarshi davlat to’ntarishini qo’llab-quvvatlash 
yo’lidagi ig’vokorona harakatlarga uchmaslik uchun o’zlarining butun imkoniyatlaridan 
foydalandilar. O’sha vaqtda O’zbekiston Prezidenti Hindiston safarida edi. Safardan qaytib 19 
avgust kuni kechqurun Toshkent shahri faollari bilan uchrashib, qat’iy tarzda O’zbekiston 
nuqtai nazarini ma’lum qildi. Respublika rahbariyati: «Markazdan, kim bo’lishidan qat’i nazar, 
qonunga xilof ko’rsatmalarni bajarish mumkin emas», deb hisobladi. 20 avgustda O’zbekiston 
Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va 
Toshkent shahri rahbarlari ishtirokida qo’shma majlisi bo’ldi. Unda O’zbekistonning 
mustaqillikka erishish 
yo’li o’zgarmasligi haqida Bayonot qabul qilindi. Prezident I.A.Karimov 
respublika aholisiga murojaat bilan chiqdi va O’zbekistonning o’z mustaqilligiga erishish yo’li 
qat’iy ekanligini ta’kidladi. O’zbekiston Prezidentining Farmoni bilan Favqulodda holat davlat 
komitetining g’ayrikonstitutsiyaviy, huquqqu qarshi qarorlari va boshqa ko’rsatmalari 
noqonuniy, deb e’lon qilindi. Shunday murakkab sharoitda, ya’ni markaz va respublikalar 
o’rtasidagi munosabatlar tobora taranglashib, Markaz boshqaruv qobiliyatini yo’qotgan, har 
bir respublika o’z holiga tashlab qo’yilgan bir sharoitda tarixiy vaziyatni to’g’ri baholagan 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov Oliy Kengash, sessiyasini chaqirish va unda 
O’zbekiston Mustaqilligi haqida Qonun qabul qilishni talab qildi. Chunki har bir milliy 
respublikaning chinakam teng huquqligi va mustaqilligi ta’minlangandagina tanazzuldan 
chiqish mumkin edi. Ayni shu maqsadlarni ko’zlab, jumhuriyat Oliy Kengashining XII chaqiriq 
navbatdan tashqari sessiyasi 1991 yil 31 avg
ustda o’z ishini boshladi. O’zbekistonning 
Mustaqil Davlat, deb e’lon qilinishida mazkur sessiya katta tarixiy ahamiyatga ega bo’ldi. 
Bularning barchasi oxir-oqibatda mustabid Sovet davlatini tag-tomiri bilan yemiradigan ichki 
ziddiyatlarga aylandiki, bu i
llatlar tuzum inqirozini muqarrar qilib qo’ydi. Sovet imperiyasi 
inqirozining asosiy sabablari nimalardan iborat edi? 
Birinchidan, «ittifoq»ning inqirozga uchrashiga shu narsa sabab bo’ldiki, u avvalboshdanoq 
ixtiyoriy asosda emas, balki zo’ravonlik, tazyiq o’tkazish yo’li bilan «ittifoq»qa kirgan 
xalqlarning xohish-
irodasiga zid ravishda tashkil etilgan edi. Haqiqatdan ham, o’z mohiyatiga 
ko’ra bu qat’iy markazlashtirish tamoyillari asosida qurilgan va har qanday demokratik 
normalarni rad etuvchi davlat edi. 
Ikkinchidan, sovet imperiyasi aslida chor samoderjaviyasining «merosxo’ri» sifatida 
mustamlakachilik siyosatini davom ettirdi, u butun-butun xalqlarning milliy manfaatlarini 
poymol qildi, butun «ittifoq» hududida bu xalqlarga yot bo’lgan sovetlar shaklidagi davlat 
hokimiyati tizimini tashkil etdi. Sovet davlatida rahbarlik vazifasi geografik, siyosiy, iqtisodiy 


va etnik jihatlardan ittifoq markazi qo’lida mustahkamlandi, ular aslida, ramziy jihatdan 
olganda, qandaydir, «markaz»ga uyushgan edi. Shunga binoan, Markaz bilan etnik chekka 
joylar (shu jumladan, O’zbekiston) o’rtasidagi munosabatlar asosan imperiyacha 
munosabatlar, ya’ni adolatsiz va Markazga mutloq bo’ysungan holda bo’lib keldi. 
Uchinchidan, SSSR jahonga hukmron bo’lishga, rivojlangan kapitalistik mamlakatlardan 
ustunlikka da’vo qilgan edi, lekin u zamon sinoviga bardosh berolmadi. Bozor iqtisodiyotiga 
ega bo’lgan va taraqqiyotning demokratik yo’lini tanlagan mamlakatlar ustun bo’lib chiqdi. 
Jahon xalqlari siyosiy va iqtisodiy rivojlanishning sovet andozasi istiqbolsiz ekanligini tushunib 
yetdilar. Bu ham inqirozga uchrashishning muhim sabablaridan biri bo’ldi. 
To’rtinchidan, «Ittifoq» inqirozga uchrashishning asosiy sabablaridan yana biri shu bo’ldiki, 
mustamlakachilik ahvoliga va turli-tuman kommunistik «eksperiment»larga duchor qilinishiga 
qaramasdan, o’zbek xalqi o’zining milliy g’ururini kelajakka, ozodlikka bo’lgan ishonchini 
yo’qotmadi, mustaqillik poydevorini qiyinchilik va katta yo’qotishlar bilan bo’lsa-da, qadamba-
qadam qo’yib bordi. Buyuk avlodlardan meros bo’lib qolgan ma’naviy yetukligi, sabr toqati, 
Vatanga muhabbati, mehnatsevarligi va bunyodkorligi xalqni mustabid tuzumning dahshatli 
qatag’onlaridan omon saqladi, tobe bo’lib yashashni istamasligini ochiq namoyish qildi. 
O’zbekiston xalqi azaldan o’z fikri-zikri bilan yashagan. O’zining qariyb 3000 yillik davlatchilik 
tarixida qisqa vaqtgina mustaqil yashagan. Ayniqsa keyingi oq va qizil saltanatning deyarlik 
130 yil davom etgan hukumronligi o’z tarixiy davlatchiligiga ega bo’lgan Turkistonni 
mustamlaka va qaramga aylantirgandi. Bu zulmatga qarshi goh oshkora, goh pinhona 
kurashib keldi. 
O’zbekistonning Mustaqillik sari qo’yilgan dastlabki qadamlari 1989 yil 23 iyunda Islom 
Abdug’aniyevich Karimovdek jasoratli inson davlat tepasiga kelganidan keyin boshlandi. 
Uning tashabbusi bilan O’zbekiston hukumati tomonidan 1989 yil 15 avgustda «Kolxozchilar, 
sovxoz ishchilari, fuqarolar, shaxsiy tomorqa xo’jaliklari va individual uy-joy qurilishini yanada 
rivojlantirish to’g’risida» maxsus qaror qabul qilindi. Garchi bu g’oya Ittifoq rahbarlariga 
yoqmagan bo’lsa ham, I.A.Karimov o’z fikridan qaytmay, uni sobitqadamlik bilan amalga 
oshira bordi. Natijada o’sha yilning 4 oyida aholiga qo’shimcha 90,7 ming gektar yer tomorqa 
sifatida berildi. 
1989 yi
l 21 oktyabrda O’zbekiston Oliy Kengashining XI sessiyasi O’zbekistonning davlat tili 
haqidagi Qonunni qabul qildi. Ushbu qonunning qabul qilinishi madaniy-
ma’naviy va siyosiy 
hayotida ro’y bergan g’oyat muhim voqea bo’ldi. 
O’zbekiston SSR Oliy Kengashining 1990 yil 24-martda bo’lib o’tgan sessiyasida boshqaruv 
tizimini tubdan isloh qilish, prezidentlik lavozimini joriy etish to’g’risida qaror qabul qilindi va 
O’zbekistonda ittifoqdosh respublikalar orasida birinchi bo’lib prezidentlik lavozimi joriy etildi. 
O’zbekistonning mustaqilligi yo’lidagi yana bir muhim qadam O’zbekiston Oliy Kengashining 
XII chaqiriq ikkinchi sessiyasida (1990 y. 20 iyun) qabul qilingan «O’zbekiston Respublikasi 
Mustaqillik Deklarasiyasi»dir. Ushbu Deklarasiyani qabul qilishda Respublika Oliy Soveti 
deputatlari jonbozlik ko’rsatdilar. «Mustaqillik Deklarasiyasi»da har bir millat o’z taqdirini o’zi 
belgilashi, va bu holat Deklarasiya qoidasi bilan kafolatlanishi ta’kidlandi. Unda o’zbek 
xalqining asrlar davomida qo’lga kiritgan davlat qurilishi va madaniy taraqqiyot borasidagi boy 
tarixiy tajribasi va an’analari hisobga olindi. Deklarasiya 12 moddadan iborat bo’lib, uning 1-


moddasida «O’zbekiston SSRning demokratik davlat mustaqilligi respublikaning o’z hududida 
barcha tarkibiy qismlarni belgilashda tashqi munosabatlardagi tanho hokimligidir» deb yozib 
qo’yilgan. Sessiya qabul qilgan bu «Mustaqillik Deklarasiyasi» xalqimiz tomonidan katta 
mamnuniyat bilan kutib olindi. 
1991 yil 19 avgustga kelib, butun jahonni hayajonga solgan Moskvada 
davlat to’ntarishiga 
urinish bo’ldi. 
To’ntarish tarafdorlarining asl maqsadlari ittifoqda yashovchi barcha xalqlarning mustaqillikka 
erishuviga yo’l qo’ymaslik hamda mamlakatdagi porakandalikdan foydalanib qolish edi. Lekin 
O’zbekiston rahbariyati mavjud ijtimoiy-siyosiy vaziyatni saqlash, respublika hududida 
favqulodda holat joriy etishligiga, Konstitutsion tuzumga qarshi kurash yo’lidagi harqanday 
harakatlariga uchmaslik uchun butun imkoniyatlarini ishga soldilar. O’sha vaqtda O’zbekiston 
Prezidenti Hindiston safarida edi. Safardan qaytib 19 avgust kuni kechqurun Toshkent shahri 
faollari bilan uchrashib, qat’iy tarzda O’zbekiston nuqtai nazarini ma’lum qildi. Respublika 
rahbariyati: «Markazdan, kim bo’lishidan qat’iy nazar, berilgan qonunga xilof ko’rsatmalarni 
bajarish mumkin emas», deb hiso
bladi. 20 avgustda O’zbekiston Prezidenti huzuridagi 
Vazirlar Mahkamasining Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri 
rahbarlari ishtirokida qo’shma majlisi bo’ldi. Unda O’zbekistonning mustaqillikka erishish yo’li 
o’zgarmasligi haqida Bayonot qabul qilindi. Prezident I.A.Karimov respublika aholisiga 
murojaat bilan chiqdi va O’zbekistonning o’z mustaqilligiga erishish yo’li qat’iy ekanligini 
ta’kidladi. O’zbekiston Prezidentining farmoni bilan favqulodda holat davlat komitetining 
g’ayrikonstitusiyaviy, huquqqa qarshi qarorlari va boshqa ko’rsatmalar noqonuniy, deb e’lon 
qilindi. Shunday bir murakkab sharoitda, ya’ni Markaz va respublikalar o’rtasidagi 
munosabatlar tobora taranglashib, Markaz boshqaruv qobiliyatini yo’qotgan, har bir 
respub
lika o’z holiga tashlab qo’yilgan bir sharoitda tarixiy vaziyatni to’g’ri baholagan 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov Oliy Kengash sessiyasini chaqirishni va unda 
O’zbekiston Mustaqilligi haqida Qonun qabul qilishni talab qildi. Chunki har bir milliy 
respublikaning chinakam teng huquqligi va mustaqilligi ta’minlangandagina tanazzuldan 
chiqish mumkin edi. Ayni shu maqsadlarni ko’zlab, jumhuriyat Oliy Kengashining XII chaqiriq 
navbatdan tashqari oltinchi sessiyasi 1991 yil 31 avgustda o’z ishini boshladi. 
O’zbekistonning Mustaqil davlat, deb e’lon qilinishida mazkur sessiya katta tarixiy ahamiyatga 
ega bo’ldi. Unda «O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to’g’risida» gi Qonun 
hamda «O’zbekiston Respublikasining davlat bayrog’i to’g’risida»gi Qonun kun tartibiga 
qo’yilib, qizg’in muhokama qilindi. Sessiyada O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi 
to’g’risida Prezident I.A.Karimov ma’ruza qildi. U o’z nutqida 1991 yil o’rtalarida Markaziy 
hukumat olib borayotgan ichki siyosatni tahlil qildi. 19-21 avgust kunlari Moskva favqulodda 
holat davlat komiteti a’zolarining xalqlar ozodligi, respublikalar mustaqilligiga qarshi 
qaratilganligi xalqqa ro’y-rost bildirildi. Oliy Kengash deputatlari moddama-modda 
muhokamadan so’ng «O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to’g’risidagi 
Qonun»ni qabul qildilar. So’ngra davlat mustaqilligi to’g’risidagi Bayonot qabul qilindi. 
O’zbekiston SSRning nomi «O’zbekiston Respublikasi», deb o’zgartirildi. Mustaqillik 
belgilangan kun 
– 1 sentyabr 1991 yildan boshlab milliy bayram va dam olish kuni, deb e’lon 
qilindi. O’zbekiston Respublikasi mustaqilligi haqidagi bu hujjatlar o’zbek xalqining asriy 
orzusi ro’yobga chiqqanligining huquqiy ifodasi bo’ldi. 
«O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida»gi Qonun 17 moddadan 
iborat bo’lib, mustaqil respublika uchun vaqtincha Konstitusiya rolini o’ynaydigan bo’ldi. 


Ushbu qonunda O’zbekiston mustaqil demokratik davlat, deb e’lon qilindi, ma’muriy-hududiy 
tuzilishi, hokimiyat va boshqaruv idoralari tuzilishini mustaqil belgilash qonunlashtirildi. 
Respublikaning davlat bo’linishi hamda iqtisodiy asoslari ham qonunda o’z aksini topdi. 
Shuningdek, ushbu hujjatda O’zbekistonning Qoraqalpog’iston bilan munosabatlari xususida 
so’z borib, O’zbekiston Qoraqalpog’istonning hududiy yaxlitligini tan olishi haqida fikr 
yuritiladi, u O’zbekiston tarkibida ekanligi e’tirof etiladi. Bunday qonunning qabul qilinishi 
o’sha davrda erishilgan yutuqlarning yuqori cho’qqisi bo’ldi. Shunday qilib, o’zbek xalqi asrlar 
davomida orzu qilgan mustaqillikka tinch yo’l bilan yurtboshimiz I.A.Karimov boshchiligida 
respublika rahbariyatining oqilona yo’l tutishi orqali erishildi. 
Endi O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi e’lon qilinishi bilan bog’liq qonunlar 
tizimini yaratish zarur edi. O’zbekiston erishgan istiqlolni mustahkamlash uchun mamlakatda 
referendum o’tkazishga qaror qilindi. 1991 yil 18 noyabrda Oliy Kengash VIII sessiyasi 
O’zbekiston Respublikasi referendumini o’tkazish to’g’risida qaror qabul qildi. Shunga 
muvofiq 29 dekabrda «Siz Oliy Kengash tomonidan O’zbekiston Respublikasi mustaqil davlat 
deb e’lon qilinishini ma’qullaysizmi?» mavzuida referendum o’tkazildi. Referendum yakuniga 
ko’ra unda qatnashgan aholining 98,2 foizi O’zbekiston mustaqilligini yoqlab ovoz berdi. 
O’zbekiston mustaqil respublika, deb e’lon qilinishi jahon jamoatchiligi tomonidan ham zo’r 
qoniqish bilan kutib olindi. Fikrimiz isboti sifatida Amerika Qo’shma Shtatlarining o’sha 
paytdagi Prezidenti Jorj Bushning I.Karimov nomiga yuborgan telegrammasi hamda Shvesiya 
bosh vaziri K.Bilodtning telegrammalaridan ko’rish mumkin. 1991 yil 14 sentyabrida 
O’zbekiston Kompartiyasining favqulodda XXIII syezdida I.A.Karimov taklifi bilan O’zbekiston 
Kompartiyasi KPSS tarkibidan chiqqa
nligi e’lon qilindi. Partiyaning bundan buyon faoliyat 
ko’rsatmasligi e’tiborga olinib, ushbu partiya o’rnida Xalq Demokratik partiyasi tuzilganligi 
e’lon qilindi. O’zbekiston mustaqil davlat, deb e’lon qilingan kunning o’zidayoq mustaqil davlat 
ramzlarini 
joriy qilish yuzasidan amaliy choralar ko’rildi. O’zbekiston Respublikasining davlat 
bayrog’i to’g’risida, respublika gerbining nusxasi va davlat madhiyasining musiqiy bayoni 
haqida maxsus qaror qabul qilindi. Unda Konstitusiya komissiyasining ekspert guruhiga 
davlat bayrog’ining variantlari ustida ishlashni davom ettirish, Oliy Kengashning tegishli 
qo’mitalariga Konstitusiya komissiyasi ijodiy guruhi bilan hamkorlikda davlat bayrog’i, 
madhiyasi haqida qonun loyihalarini ishlab chiqib, navbatdagi sessiyaga taqdim etish vazifasi 
topshirildi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991 yil 18 noyabrda bo’lib o’tgan VIII 
sessiyasida «O’zbekiston Respublikasining davlat bayrog’i to’g’risida» Qonunni qabul qildi. 
O’zbekiston Respublikasining davlat bayrog’i ulug’ ajdodlarimizning aqida va maslaklariga 
mos keluvchi, millat tabiati va xalqimiz ruhiyatidan kelib chiqib, uning milliy va ma’naviy 
jihatlarini ham o’zida aks ettirmog’i kerak edi. Mamlakatimiz davlat bayrog’i yurtimizning 
o’tmishi, bugungi kuni va kelajagi yorqin ramzi bo’lib qoldi. 
1992 yil 2 iyulda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida «O’zbekiston 
Respublikasining davlat gerbi» to’g’risida Qonun qabul qilindi. 
O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992 yil 10 dekabrda bo’lib o’tgan XI sessiyasida 
«O’zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi to’g’risida»gi Qonun qabul qilindi. Sessiyada 
shoir Abdulla Oripov va bastakor Mutal Burxonov tomonidan tayyorlangan madhiya nusxasi 
tasdiqlandi. 
O’zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin davlat boshqaruvining prezidentlik shakli 
rivojlandi. 1991 yil 29 dekabrda o’zbek xalqi o’z xohish-irodasi bilan O’zbekiston Respublikasi 


Prezidentini sayladi. Saylovga jiddiy tayyorgarlik ko’rilib, O’zbekiston Respublikasi saylovlari 
muqobillik asosid
a o’tdi. Oliy lavozimga ikki nomzod – O’zbekiston XDP va O’zbekiston 
kasaba uyushmalari federasiyasi nomzodi I.A.Karimov va «Erk» demokratik partiyasi vakili 
Saloy Madaminov nomzodi qo’yildi. 
Saylovlar yakuniga ko’ra 8 million 514 ming 136 ovoz yoki ovoz berishda qatnashganlarning 
86 foizi Islom Karimov nomzodini, 1 million 220 ming 474 saylovchi (12,3%) Saloy Madaminov 
nomzodini yoqlab ovoz berdi. Markaziy saylov komissiyasi okrug komissiyalari majlis 
bayonlarini ko’rib chiqib, «O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risida»gi 
Qonunning 35
–moddasiga asosan Islom Abdug’aniyevich Karimovni O’zbekiston 
Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylangan, deb hisoblashga qaror qildi. 
O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi 5-bo’limining 19-bobida O’zbekiston Respublikasi 
Prezidenti maqomi belgilab berildi. Unga ko’ra O’bekiston Respublikasi Prezidenti lavozimi 
35 yoshdan kichik bo’lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida 10 
yil O’zbekiston hududida muqim yashagan O’zbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi 
mumkin. O’zbekiston Respublikasining Prezidenti O’zbekiston Respublikasining fuqarolari 
tomonidan umumiy, teng va to’g’ridan-to’g’ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo’li 
bilan 5 yil muddatga saylanadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga nomzodlar 
soni cheklanmaydi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida saylovchilarnig kamida 50 
foizi qatnashgan taqdirda saylov haqiqiy deb hisoblanadi. Umuman O’zbekiston Respublikasi 
bo’yicha ovoz berishda qatnashgan saylovchilar ovozlarining yarmidan ko’pini olgan nomzod 
saylangan hisoblanadi. Prezidentni saylash tartibi O’zbekiston Respublikasining 1991 yil 18 
noyabrda qabul qilingan «O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risida»gi Qonuni 
bilan belgilanadi
. Bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq O’zbekiston Respublikasining 
Prezidenti bo’lishi mumkin emas. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat qurilishi 
sohasidagi tajribasidan unumli foydalanish maqsadida muddati tugashi munosabati bilan 
iste’foga chiqqan Prezident umrbod Konstitusiyaviy sud a’zosi lavozimini egallashi ko’zda 
tutilgan. 
O’zbekiston Respublikasining Prezidenti lavozimni ijro etishga kirishish chog’ida O’zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi qasamyod qiladi. O’zbekiston Respublikasining Prezidenti 
Konstitusiya tomonidan davlat, xojalik, ijtimoiy-madaniy qurilish, xalqaro munosabatlar 
sohasida unga berlgan vakolatlarini amalga oshirish maqsadida Konstitusiyasiga va 
qonunlarga asoslanib hamda ularni ijro etish yuzasidan respublikaning butun hududida 
majburiy kuchga ega bo’lgan farmonlar, qarorlar va farmoyishlar chiqaradi. 
O’zbekiston Respublikasining Prezidenti betobligi sababli o’z vazifasini bajara olmasligi Oliy 
Majlis tuzgan davlat tibbiy komissiyasi xulosasi bilan tasdiqlangan taqd
irda o’n kun muddat 
ichida Oliy Majlisning favqulodda yig’ilishida deputatlar orasidan O’zbekiston Respublikasi 
Prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi saylanadi. Bu holda uch oy muddat ichida 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining umumxalq saylovi o’tkazilishi shart. Jahon 
sivilizasiyasida alohida o’rin tutadigan, ko’p asrlik boy tarixga ega bo’lgan O’zbekiston 
diyorida butun dunyoga mashhur olimlar, davlat arboblari yetishib chiqqan. Xalqimizning ko’p 
yillar davomida olib borgan matonatli kurashi nati
jasida qaror topgan mustaqil O’zbekistonda 
bozor munosabatlariga asoslangan odil, haqqoniy demokratik jamiyat qurish stixiyali (ko’r-
ko’rona) ravishda emas, balki jahon taraqqiyotining, chunonchi, buyuk zaminimizda yaratilgan 
tarixiy tajribalarga, g’oyalarga, ma’rifiy-ilmiy taraqqiyotga amal qilgan holda ro’yobga chiqdi. 
O’zbekiston mustaqillik sari yo’l tutar ekan, 1989 yilning yoz oylari va 1990 yil bahori 


O’zbekiston hayotida burilash davri bo’ldi. Xuddi shu paytlarda o’zbek xalqining taqdirini hal 
qilad
igan taraqqiyot yo’llari ishlab chiqildi. Xususan, teng huquqli mustaqil O’zbekistonning 
inson manfaatini himoya qilish ustuvor vazifa deb maqsad qo’ygan demokratik yo’lda 
rivojlanishi bosh strategik yo’nalish, deya belgilandi. Ana shu yo’lning boshida, 1989 yil 
martidan O’zbekiston Respublikasining Prezidenti sifatida Islom Abdug’aniyevich Karimov 
turdi. Asrlarga teng qisqa vaqtda erishilgan yutuqlar: mamlakatda o’rnatilgan ijtimoiy-siyosiy, 
iqtisodiy barqarorlik, tarixiy, milliy va diniy qadriyatlarimizni
ng tiklanishi, jamiyatda o’rnatilgan 
osoyishtalikni, mustaqil O’zbekiston Respublikasining jahon hamjamiyatida tutgan o’rnining 
ortib borishini xalqimiz, jahonning yirik davlat arboblari Islom Karimov nomi bilan bog’laydilar. 
Dunyo mamlakatlarida yangi jam
iyat qurishning «O’zbek modeliga» uning asoschisi va 
yetakchisi Islom Abdug’aniyevich Karimovning siyosiy portretiga qiziqish kun sayin ortib 
bormoqda. Amerika Qo’shma Shtatlarida chiqadigan nufuzli «Novoye russkoye slovo» 
haftanomasi O’zbekiston Prezidenti I.Karimovni Mustaqil davlatlar hamdo’stligining ko’p 
rahbarlariga namuna qilib ko’rsatdi va BMT xavfsizlik kengashiga murojaat qilib, O’zbekiston 
Prezidentining ijtimoiy-
siyosiy faoliyatiga e’tibor berishga va uning tajribasi bilan notinch 
mamlakatlarning davlat rahbarlarini tanishtirishga chaqirdi. 1996 yili Venada (Avstriya) «XX 
asr xalqlari dohiylari» nomida chop etilgan kitoblarning bir jildi O’zbekiston Prezidentiga 
bag’ishlangan. Kitob mualliflari «Islom Karimov kommunizmdan keyingi O’rta Osiyo 
mintaqasidagi eng buyuk davlat arbobidir», deb tan beradi. 
Islom Karimovning har bir asari, ma’ruza va maqolalari bozor munosabatlariga asoslangan 
demokratik jamiyat qurishning g’oyaviy-nazariy asoslarini, amaliy ishlarining kundalik 
dasturini tashkil qiladi. 
G’arb va Sharqning rivojlangan mamlakatlari asrlar davomidagi 
taraqqiyot yo’llarini, o’zbek davlatchiligining ming yillar davomidagi tarixiy tajribasini 
o’rgangan holda yaratilgan I.A.Karimov asarlarida mustaqil O’zbekiston Respublikasining 
ijtimoiy-siyosi
y, iqtisodiy va ma’naviy-madaniy taraqqiyotining muhim yo’nalishlari, yangi 
jamiyat qurishning butun dunyoda tan olingan asosiy tamoyillari to’g’risida ta’limot yaratildi. 
Istiqlolning dastlabki bosqichida bosilib chiqqan «O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot 
yo’li», «O’zbekiston – bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li» va boshqa bir qancha 
asarlari va nutqlarida bayon etilgan O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining birinchi 
navbatdagi vazifalari keyinchalik g’oyat muhim ahamiyat kasb etgan «O’zbekiston iqtisodiy 
islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida», «Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish vazifalari» va 
boshqa asarlarida o’z rivojini topdi. 
Istiqlol sharoitida odil demokratik jamiyat qurish vazifalarining ortib borishi, xalqaro 
ekstremistik, diniy aqidaparastlik harakatlarning mustaqilligimizga tahdidini hisobga olib, 
Islom Karimov jamiyatshunos olimlar bilan uchrashuvida (aprel 2000 yil), gazeta va jurnallar 
muxbirlarining savollariga javoblarida (fevral 1998 yil, avgust 1998 yil, iyun 2000 yil) milliy 
istiqlol g’oyasi va mafkurasini ishlab chiqish va ularni aholi o’rtasida keng targ’ib qilish, 
ayniqsa, yoshlarimiz ongiga singdirish zarurati bu murakkab, lekin muhim ishlarning yo’llari 
va usullariga e’tiborni kuchaytirdi. 
I.A.Karimov 
istiqlolning birinchi kunlaridan boshlab ta’lim-tarbiya sohasida tub o’zgarishlar 
qilishga, yangi jamiyat qurish talablariga javob beradigan kadrlar tayyorlash masalasiga katta 
ahamiyat berdi. Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun va 
«Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi»ga ilg’or taraqqiy etgan mamlakatlar jamoatchiligi 
tomonidan yuksak baho berilmoqda. M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining 
rektori akademik V.Sadovnichiy O’zbekistonda yangi avlod tarbiyasi, ta’lim tizimini tubdan 


isloh etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar rossiyalik olimlar, ta’lim sohasi 
mutaxassislari tomonidan yuksak baholanayotganini ta’kidlaydi. «Biz sizni kelajak avlod 
uchun katta g’amxo’rlik qilayotgan davlat rahbari sifatida alohida hurmat qilamiz», deydi u 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga murojaat qilib. I.A.Karimovga dunyoning eng ilg’or ilm-
fan, madaniyat va siyosat arboblari qatorida jahonning eng yirik o’quv yurtlaridan bo’lgan 
Moskva Davlat universitetining faxriy profe
ssori unvoni berildi. O’zbekiston Respublikasining 
qisqa vaqt ichida ta’lim-tarbiya, madaniyat va sport sohasida erishgan katta yutuqlarini 
hisobga olib I.A.Karimovga YuNESKO «Oltin medali», Xalqaro Olimpiya komiteti tomonidan 
«Oltin medal» topshirilishi, 
Rossiya Federasiyasi Oliy pedagogika akademiyasiga faxriy a’zo 
etib saylanishi bejiz bo’lmasdan, yurtboshimiz tomonidan ishlab chiqilgan va muvaffaqiyatli 
amalga oshirilayotgan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning dunyo miqyosida tan 
olinganligining belgisidir. I.A.Karimov yangi jamiyat qurishda milliy, diniy qadriyatlarimizni 
tiklash ishlariga shu maqsadda Vatanimiz tarixini xolisona, haqqoniy yaratishga 
jamiyatshunos olimlarning e’tiborini jalb qildi. Prezidentimiz istiqlolning dastlabki kunlarida 
(199
2 yil, yanvar) «Tarixga, merosimizga bo’lgan munosabat tubdan o’zgartirilishi lozim, 
yangi darsliklardan tortib oddiy kitoblargacha 
– hammasiga haqiqat yozilishi shart», deb aniq 
vazifa qo’ydi. 
Vatanimiz tarixini o’rganish, uning yangi kelajak avlodni tarbiyalashdagi tutgan o’rni, 
ahamiyati masalalari I.A.Karimovning «Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q» (1998 yil avgust) nomli 
asarida keng bayon etib berildi. Yurtboshimiz haqqoniy millatning o’zligini anglashning 
poydevori, ma’naviy-mafkuraviy, g’oyaviy siyosiy ishlarimizning haqqoniy manbai ekanligini 
qayta-
qayta taqqoslab ko’rsatadi. Prezidentimiz har bir «siyosatchiman, arbobman degan 
odam, agar vijdoni bo’lsa, o’z xalqining tarixiy o’tmishini bilishi shart», degan vazifani qo’ydi. 
O’tmish davrining murakkab vazifalari, qarama-qarshiliklari davlat rahbaridan boshqaruvning 
har xil usullarini, kerak bo’lsa, qattiqqo’llikni talab qiladi. Prezident Islom Karimov shunday 
vaziyatda xalq manfaatiga ma’qul keladigan har xil usullardan foydalanib, mamlakatni 
boshqarmoqda. 
O’zbekiston xalqining istiqlol yillarida erishgan eng katta yutug’i- mamlakatda o’rnatilgan 
tinchlik, barqarorlik, tartib-
intizomdir. Respublika aholisining mutloq ko’pchiligi (97,5%) 
bunday sharoitga bevosita I.A.Karimovning yetakchiligida erishildi, deb hisoblaydi. 
O’zbek xalqi 2000 yil 9 yanvarda bo’lib o’tgan Prezident saylovida o’zining Islom Karimovga 
nisbatan chuqur hurmati va ehtiromini izhor qildi. Saylovchilarning 91,9 foizi Islom Karimovga 
ovoz berib, u yana bir karra davlat rahbari etib sayladi. I.A.Karimov yangi davrning jahon 
miqyosidagi davlat arbobi, O’zbekiston xalqining buyuk yo’lboshchisi sifatida mamlakatnigina 
emas, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlarning ham qator nishonlari va faxriy unvonlari bilan 
taqdirlandi. 
Mustaqillik t
omon qo’yilgan dastlabki qadamlaridan biri – bo’lajak suveren respublikaning 
Konstitusiyasini tayorlash g’oyasi I.A.Karimov tomonidan 1990 yilning mart oyida ilgari surildi. 
Ko’p o’tmay shu yilning iyun oyida Oliy Kengashning ikkinchi sessiyasida respublika 
Prezidenti rahbarligida 64 kishidan iborat Konstitusiyaviy Komissiya tuzildi. 
Mustaqil O’bekiston Respublikasining Konstitusiyasi o’z mohiyati va ahamiyati jihatidan sovet 
davridagi Konstitusiyalardan, xususan, 1978 yilgi O’zbekiston SSR Konstitusiyasidan tubdan 
farq qilishi kerak edi. Sotsialistik O’zbekiston Konstitusiyasi o’zining mazmuni, ruhi bilan sobiq 


ittifoq Konstitusiyasidan kelib chiqib, O’zbekistonni bu ittifoqqa qo’l-oyog’I bilan zanjirband 
etdi. Sinfiylik, partiyaviylik g’oyalari bilan sug’orilgan Konstitusiya g’oyat darajada 
mafkuralashtirildi va siyosiylashtirildi. Inson manfaatlariga nisbatan davlat manfaatlari ustun 
qo’yildi. 
O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining dastlabki varianti 1991 yil oktyabrnoyabrida 
tayyorlab bo’lindi. U muqaddimani qamrab olgan, olti bo’limdan iborat edi. 1992 yil bahorida 
loyihaning 149 moddadan iborat ikkinchi varianti ishlab chiqildi. O’zbekiston Respublikasi 
Konstitusiyasining loyihasi puxta ishlovlardan so’ng Konstitusiyaviy komissiya qarori bilan 
1992 
yil 26 sentyabrda umumxalq muhokamasi uchun matbuotda e’lon qilindi. Umumxalq 
muhokamasi qariyb uch oy davom etdi. 
Umumxalq muhokamasida jami 6 mingdan ortiq taklif va mulohazalar bildirildi. 
1992 yil 8 dekabrda 12-
chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasi 
bo’ldi. Unda O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasini qabul qilish haqidagi masala ko’rildi. 
Bu xususda Konstitusiyaviy komissiya raisi, Prezident I.A.Karimov ma’ruza qildi. Ushbu 
ma’ruzada sessiya muhokamasiga havola qilingan O’zbekistonning asosiy Qonuni, 
respublikada avvalgi yillarda qabul qilingan qonunlardan farqli o’laroq, demokratik yo’l bilan 
tayyorlangan bo’lib, unda yillar davomida sinovdan o’tgan umuminsoniy qadriyatlar o’z aksini 
topganligi, u ko’plab taraqqiy etgan mamlakatlarning tajribalarini o’ziga singdirganligi alohida 
uqtirildi. Shuning uchun ham mazkur Konstitusiya har qanday yetakchi mamlakatlarning 
konstitusiyasi bilan bahslasha olishi mumkin deb ta’kidlandi. Sessiyada deputatlar 80 ga 
yaqin o’zgarish, qo’shimcha va aniqliklar kiritdilar. 
Konstitusiya kelajagi buyuk O’zbekistonning qad rostlashi uchun, adolatli huquqiy davlat 
barpo etish uchun mustahkam huquqiy poydevor bo’lib xizmat qilmoqda. Konstitusiya 6 
bo’lim, 26 bob, 128 moddadan iborat. 
Konstitusiyaning xususiyatlari: 
2002 yil 27 yanvarda o’tkazilgan umumxalq referendumi natijalariga ko`ra hamda 
uning asosida qabul qilingan 2003 yil 24 apreldagi O`zbekiston Respublikasining qonuniga 
muvofiq Konstitutsiyaning XVIII, XIX, XX, XXIII boblariga tuzatish va qo`shimchalar kiritilgan. 
Birinchidan, u huquqiy va siyosiy tafakkurning eng yuksak yutuqlarini, hozirgi zamon 
konstitusiyaviylik ilmini o’zida mujassam etgan. 
Ikkinchidan, o’zbek xalqi madaniyati va milliy an’analarining chuqur ildizlariga suyanganligi 
ham uning o’ziga xos muhim xususiyatidir. 
Uchinchidan, O’zbekiston Respublikasidagi avvalgi ijtimoiy-iqtisodiy, davlat siyosiy tizimidan 
amalda boshqa tizimga o’tganligi, tubdan yangilanish ro’y berganligi konstitusiyaviy 
rasmiylashtirish bilan ajralib turadi. 
Tamoyillari:
 
Yangi Konstitusiyada xalq azaldan orzu qilgan, o’z taqdirini o’zi belgilash qoidasi mukammal 
tarzda o’rin olgan. Shu bois u xalq hokimiyati tamoyiliga asoslanadi va uni mustahkamlaydi. 
Xalq hokimiyati degan ibora butun hokimiyat amalda va yuridik jihatdan xalqniki ekanligini 


anglatadi. Demokratizm yangi Konstitusiyaning asosiy tamoyili hisoblanadi. Konstitusiyada 
insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etish nazarda tutilgan; 
Yangi Konstitusiyada O’zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati oliy organlarining tuzilishi, 
hokimiyatning bo’linishi tamoyili ham asoslab berilgan. O’zbekistonda davlat hokimiyatining 
qonun chiqaruvchi hokimiyati, ijro e
tuvchi hokimiyat va sud hokimiyatiga bo’linishi 
qonunlashtirildi. U hokimiyatdan har biri mustaqil faoliyat ko’rsatadi. 
Qonun chiqaruvchi hokimiyat Oliy Majlis tomonidan, ijro etuvchi hokimiyat esa O’zbekiston 
Respublikasi Prezidenti va uning rahbarligi ostida Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga 
oshiriladi. Sud hokimiyati Konstitusiyaviy sud, Oliy sud va Oliy xo’jalik sudi tomonidan amalga 
oshirilib, ular birgalikda respublikaning yagona tizimini tashkil etadi; 
Milliy o’z-o’zini boshqarish tamoyili joylardagi davlat hokimiyati organlariga bag’ishlangan. 
Mustaqillik yillari milliy davlatchilik asoslarini qurish yillari bo’ldi. O’tgan yillar qo’hna tariximizni 
teran his qilish, bugungi kunda jahon miqyosida o’z o’rnimizni egallash davri bo’ldi. Bu davrda 
biz o
’zligimizni anglab, tarixiy yo’limizni uzil-kesil tanlab oldik. 
Mustaqil O’zbekiston Prezidenti I.A.Karimov tarixiy an’analarga, dunyo tajribalariga, o’lkaning 
o’ziga xos tomonlariga tayangan holda jamiyatni siyosiy jihatdan tubdan isloh qilish yo’llarini 
ishlab chiqdi. Bu jarayonda ikkita bosh vazifa: 
1.Eski ma’muriy tizimni tugatish va hokimiyat boshqaruv organlarini qayta qurish; 
2.Yangi davlatchilikning huquqiy va siyosiy asoslarini yaratish, davlatchilikda yangi markaziy 
va mahalliy boshqaruv tizimini shakllantirish masalalarini hal qilishdan iboratdir. 
Jamiyatda qonuniylikning g’alaba qilishi, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy va boshqa huquqlarini 
himoyasi uchun hokimiyatlarning bo’linishi prinsipi haqli ravishda amalga oshirildi. 
O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 11-moddasida hokimiyatning bo’linishi tamoyili 
konstitusiya 
darajasida 
mustahkamlandi. 
Davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirishning yo’llarini ko’rsatib berar ekan. Prezident 
I.A.Karimov eng avvalo, bu vazifa hokimiyat barcha tarmoqlarining bir-biridan mustaqil holda 
ish yuritish tamoyillarini mustahkamlashga bog’liqligini uqtiradi. 
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining huquqiy holati Konstitusiyaning V bo’lim XVIII 
bobida va 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan «O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
to’g’risida»gi Qonunda belgilangan. Bu qonunlarga ko’ra, Oliy Majlis Oliy davlat vakillik organi 
bo’lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. 
Sobiq Ittifoqdan qolgan qonunlarni o’zgartirish, mamlakat hayoti uchun zarur vazifalarni 
amalga oshirish, demokratik tamoyillar asosida Oliy Majlisni shakllantirish uchun 1994 yil 25 
dekabrga saylovlar belgilandi. 
1993yilning 28 dekabrida qabul qilingan «O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar 
to’g’risida»gi Qonunga ko’ra respublika parlamentiga saylovlar umumiy, teng, to’g’ridan-to’g’ri 
saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo’li bilan o’tkaziladi. 


O’zbekiston Respublikasi 1 chaqiriq Oliy Majlisiga saylov respublikamiz siyosiy hayotida 
o’lkan yutuq bo’lib, bunda 250 ta deputatdan iborat Oliy Majlis – yangi Parlament demokratik 
va ko’ppartiyaviylik asosida tuzildi. 
Oliy Majlis faoliyatini erkinlashtirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining II 
chaqiriq VII sessiyasida ikki palatali parlament tuzish to’g’risida umumxalq referendumi 
o’tqazishga qaror qilindi. Shu asosda 2002 yil 27 yanvarda o’tgan umumxalq referendumida 
qatnashgan fuqarolarning 93,65 foizi parlamentning ikki palatadan tuzilishini qo’llab-
quvvatlaydi. 
1995 yil 23-24 fevralda chiqarilgan birinc
hi sessiyada O’zbekiston parlamenti hokimiyat 
vakillik organlaridan saylangan 120 kishidan iborat deputatlar blokini, 69 deputatdan tashkil 
topgan Xalq Demokratik partiyasi fraksiyasini, 47 deputatni uyushtirgan «Adolat» sosial-
demokratik fraksiyasini, 14 deputat ishtirokida «Vatan taraqqiyoti» partiyasi fraksiyasini 
ro’yxatga oldi. Oliy Majlis sessiyalarida va uning qo’mitalarida olib borilayotgan ishlar asosan 
mamlakatimiz ijtimoiy-
siyosiy va iqtisodiy taraqqiyotini yuqori bosqichga ko’tarish, 
qonunchilikning sifat darajasini yuksaltirishga qaratilgan. Qonunlar qabul qilinmasdan oldin 
umumxalq muhokamasiga taqdim qilinishi islohotlarni amalga oshirishga ijobiy ta’sir qildi. 
1997 yil aprelda Oliy Majlis tarkibida inson huquqlari bo’yicha vakil (ombudsman) tashkil 
qilinganligi haqida qaror qabul qilindi. Ombudsman jahondagi 85 dan ortiq mamlakatda bo’lib, 
uning huquqiy holatini aniq, ravshan belgilab beruvchi konstitusiyaviy qonun Markaziy Osiyo 
davlatlarida birinchi huquqiy institutdir. Ushbu qonunda «Oliy Majlisning Inson huquqlari 
bo’yicha vakili (ombudsman) mansabdor shaxslar, tashkilotlar va davlat organlarining inson 
huquqi, erki va qonuniy manfaatlarining davlat tomonidan himoya qilinishini ta’minlashga 
ko’maklashish maqsadida faoliyat ko’rsatadi», deb ta’kidlangan. Vakillik Oliy Majlisning 
yordamchi instituti bo’lib, u ijtimoiy manfaatlarning muvozanatiga, inson huquqlarini himoya 
qilish bo’yicha eng maqbul davlat tizimi yaratilishiga ko’maklashadi. Qonun ombudsman 
institutining umumiy konsepsiyasi va j
ahon amaliyotining uyg’unlashgan shakli sifatida inson 
huquqlari vakili faoliyatining asosiy qoidasi 
– qonuniylik, oshkoralik, adolatparvarlik
insonparvarlik, har bir ishi uchun ochiqlik ekanligini tasdiqlaydi. Ombudsman fuqarolarning 
ariza va murojaatlar
ini ko’rib chiqishda, zarur axborotlarni talab qilib olishda mansabdor 
shaxslar va davlat organlari bilan hamkorlik qilmoqda. 
Qonun qabul qilgunga qadar ham inson huquqlari bo’yicha vakil mamlakat Konstitusiyasi 
doirasida faoliyat ko’rsatib keldi. Jumladan, birgina 1996 yilda inson huquqlari bo’yicha vakil 
hamda fuqarolarning konstitusiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi bo’yicha 
komissiya a’zolari 700dan ortiq murojaatni ko’rib chiqdi. Ana shunday arizalarning tegishli 
qismidagi dalillar o’z tasdig’ini topgan va zarur choralar ko’rilgan. Inson huquqlari bo’yicha 
vakil BMTning Inson huquqlari bo’yicha komissiyasining Jenevada bo’lib o’tgan 52-
sessiyasining majlisida qatnashdi va so’zga chiqdi. Chet ellarga xizmat safari davomida Inson 
huquqlari 
bo’yicha vakil BMT seminarida, BMTning Sharqiy Yevropa va MDH davlatlaridagi 
vakillarining mintaqaviy uchrashuvida so’zga chiqdi. Yevropada xavfsizlik va hamkorlik 
tashkiloti va boshqa tashkilotlarning bir qator kengashlari hamda seminarlari ishida qatnashdi. 
Ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IV sessiyasida (2000 yil, 14 
dekabr) Oliy Majlisining O’zbekiston xalqiga murojaatida: «Yangi asr mamlakat uchun 
yangilanish va taraqqiyot davriga aylanishiga ishonamiz. Shu boisdan ham mustaqil 


yurtimizning yorug’ istiqboli uchun barchamiz hamjihat bo’lib kurashaylik, maqsadimiz Vatan 
taraqqiyoti, yurt tinchligi, xalq farovonligi va kelajak avlodning baxt-saodatidir», deyilgan. 
Mamlakatimizda barcha sohani qamrab olgan keng miqyosli islohotlarni uzluksiz davom 
ettirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1995 yil 26 martda Prezident 
I.Karimovning vakolatini 1997 yildan 2000 yilgacha uzaytirish yuzasidan unumli xalq 
referendumini o’tqazishga qaror qildi. 2000 yil 11 yanvarda O’zbekiston Respublikasi 
Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisida 2000 yil 9 yanvar kuni bo’lib o’tgan 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi natijalari tasdiqlandi. Shu kuni Fidokorlar milliy 
demokratik partiyasidan nomzodi ko’rsatilgan Islom Karimov uchun 11 million 147 ming 621 
saylovchi yoki saylovlarning 91,90 foizi ovoz berdi. O’zbekiston Xalq demokratik partiyasidan 
nomzodi ko’rsatilgan Abulhafiz Jalolov uchun 505 ming 1661 saylovchi yoki 4,17 foiz 
saylovchi ovoz berdi. 
«O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risida»gi Qonunning 35- moddasiga 
muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Islom Abdug’aniyevich 
Karimovni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylanganligi to’g’risida qaror 
qabul qilindi. Amald
agi Konstitusiyada Prezident davlat va ijro etuvchi hokimiyatning boshlig’i 
qilib belgilanishi ijro etuvchi hokimiyatni kuchaytirishga qaratilgan tadbir, deb aytish mumkin. 
Mamlakatimizning ijro etuvchi hokimiyatining tarkibi Prezident tomonidan tayinlanib, Oliy 
Majlis tomonidan tasdiqlanadi. O’zbekistonda prezidentlik instituti o’rnatilgan dastlabki davrda 
Vazirlar kengashi hukumat sifatidagi huquqiy maqomini va vakolatlarini saqlab qolgan edi. 
Uning 1990 yil 30 martida Oliy Kengash tasdiqlagan yangi tarki
bi 41 kishi, ya’ni Rais, Bosh 
vazir, uning ikki birinchi o’rinbosari, to’rt o’rinbosar, 19 vazir, 14 davlat qo’mitasi raisidan iborat 
edi. Respublikada demokratik jamiyat qurish borasida boshqaruv idoralari faoliyati 
takomillashtirilib borildi. 1995 yil 5 
mayda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining II 
sessiyasi bo’lib, unda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibi to’g’risidagi 
Prezidentning farmonini tasdiqlash masalasi ko’rildi va sessiyada Vazirlar Mahkamasining 35 
kishidan iborat yangi tarkibi tasdiqlandi. 
1991 yil 6 sentyabrda respublika mustaqilligi hamda hududiy yaxlitligini himoya qilish 
maqsadida Mudofaa ishlari vazirligi tuzildi. Shu maqsadlarni ko’zlab uning tarkibida 1992 yil 
yanvar oyida O’zbekiston Respublikasi milliy gvardiya brigadasi barpo etish lozim, deb topildi, 
1992 yil iyulida u Mudofaa vazirligiga bo’ysundirildi. Xalq xo’jaligini boshqarishning yangi usuli 
sifatida konsernlar vujudga keltirildi. Bu avvalo iqtisodiy mustaqillik va bozor iqtisodiga o’tish 
zaruriyati bilan b
og’liq bo’ldi. «O’zdonmahsulot», «O’zbekneftgaz» va boshqa ko’plab 
konsernlar shular jumlasidandir. 1991 yil 7 sentyabrida O’zbekiston Respublikasi tashqi 
iqtisodiy faoliyat milliy banki tashkil qilindi. 
1990-
1992 yillari O’zbekiston Respublikasining yangi Konstitsiyasi qabul qilingunicha bo’lgan 
davrda mahalliy hokimiyat organlari tizimini shakllantirish va ish faoliyatini takomillashtirish 
maqsadida bir necha huquqiy hujjatlar qabul qilindi. 
Bular orasida 1992 yil 4 yanvarda qabul qilingan «O’zbekiston Respublikasida mahalliy 
hokimiyat organlarini qayta tuzish to’g’risida»gi Qonun alohida ahamiyat kasb etdi. Bu qonun 
asosida mahalliy hokimiyat organlari tizimida butunlay yangi organ 
– hokimlik va hokim 
lavozimi ta’sis etildi va uning vakillik organlariga boshchilik qilishi tamoyillari belgilab qo’yildi. 


Ijro etuvchi hokimyat organlarida bog’liqlikni ko’paytirish maqsadida, viloyatlar hokimlari 
O’zbekiston Prezidenti tomonidan, tuman va shahar hokimlari viloyat hokimi tomonidan 
lavozimiga tayinlanishi va lavozimidan ozod qilinishi hamda bu masalalar tegishli xalq 
deputatlari Kengashlari tomonidan tasdiqlanishi tartiblari belgilandi. Partiya organlarining 
qaramligiga tushib qolgan ijro organlari 
– ijroiya komitetlari tugatildi. Shuningdek, «Mahalliy 
davlat hok
imiyati to’g’risida»gi Qonun (1993 yil sentyabr), «Xalq deputatlari viloyat, tuman, 
shahar Kengashlariga saylovlar to’g’risida»gi Qonun (1994 yil may) kabi hujjatlar muhim o’rin 
egallaydiki, ular kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etishini huquqiy jihatdan mustahkamlaydi. 

Yüklə 368,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin