Mavzu: Jamiyatning ijtimoiy,siyosiy va ma’naviy tizimi



Yüklə 35,11 Kb.
səhifə1/3
tarix21.10.2023
ölçüsü35,11 Kb.
#158755
  1   2   3
Falsafa fanidan mustaqil ish

Mavzu: Jamiyatning ijtimoiy ,siyosiy va ma’naviy tizimi

REJA:

  • Jamiyat va ijtimoiylik tushunchasi hamda Sharq mutafakkirlarining jamiyat to‘g‘risidagi qarashlari.

  • G‘arb sotsiologiyasida ijtimoiylik atamasi va Maks Veber konsepsiyasida ijtimoiy tiplar nazariyasi.

  • Jamiyat va davlat, jamiyatning mexanistik, organik va boshqa tarzlarda ta’riflanishi.



  • Jamiyat va ijtimoiylik tushunchasi va sharq mutafakkirlarining jamiyat to‘g‘risidagi qarashlari

Jamiyat (arab. umumiy) – tabiatning bir qismi, borliqning alohida shaklini ifodalaydigan falsafiy tushuncha, odamlar uyushmasining maxsus shakli, kishilar o‘rtasida amal qiladigan ko‘plab munosabatlar majmuasi, o‘zida moddiylik va ma’naviylikni, ob’ektivlik va sub’ektivlikni, tabiiylik va ijtimoiylikni mujassamlashtiradigan tushuncha. Yoki boshqacha aytganda, jamiyat – insonlarning barcha o‘zaro harakatlari uslublari va bir-biridan har tomonlama bog‘liqligi ifodalanadigan birlashmalarning yig‘indisi.Ijtimoiylik atamasi – jamiyat hayotining turli tomonlarini belgilash uchun xizmat qiluvchi tushunchadir.Aksariyat sotsiologik lug‘atlarda jamiyat deyilganida, “Tarixiy rivojlanish jarayoni davomida tashkil topgan inson o‘rtasidagi moddiy boyliklarni ishlab chiqarish va o‘z ehtiyojlarini qondirish maqsadidagi o‘zaro faoliyati natijasida yuzaga kelgan sotsial aloqalar va munosabatlarning mustahkam tizimi” tushuniladi.N.I.Kareev o‘zining «Sotsiologiyani o‘rganishga kirish» (1897) asarida shunday yozadi: «Davlat, huquq va qishloq xo‘jaligidan tashqari jamiyat hayotida shunday voqyea va hodisalar bor ediki, ularni bu uchta soha nuqtai nazaridan tadqiq qilishning iloji yo‘q edi. Bu jamiyatning diniy madaniyati, tili, ahloqi va an'analari, e'tiqodi, dunyoqarashi, san'ati va adabiyoti. Biz jamiyatni yuqorida aytib o‘tilgan uchta soha nuqtai nazaridangina ko‘rib chiqsak, jamiyat to‘g‘risidagi tasavvurimiz juda tor bo‘lib qoladi. Jamiyatning siyosiy, huquqiy va iqtisodiy sohalarini birgalikda ko‘rib chiqish orqali ham jamiyat hayoti nima ekanligi to‘g‘risida to‘laqonli tasavvur olib bo‘lmaydi”.Jamiyat — tabiatning bir qismi, ya`ni ijtimoiy borliq bo’lib, odamlar uyushmasining mahsus shakli, kishilar o’rtasida amal qiladigan juda ko’plab munosabatlar yig`indisi, degan turlicha ta`riflar ham bor. Jamiyat muttasil ravishda rivojlanuvchi, takomillashib boruvchi murakkab tizimdir. Har bir yangi davrda jamiyat mohiyatini bilish zarurati vujudga keladi. Milliy mustaqillik tufayli jamiyat mohiyatini yangicha idrok etish ehtiyoji paydo bo’ldi. Prezident Islom Karimovning qator asarlarida jamiyat mohiyatini yangicha tushunishning uslubiy asoslari yaratildi.Jamiyat moddiy va ma`naviy omillar birligidan iborat. Hozirga qadar adabiyotlarda moddiy va ma`naviy hayot bir-biridan keskin farqlanar edi. Moddiy hayot tadqiqiga ko’proq e`tibor berilar. Holbuki, jamiyatning tub mohiyati uni tashkil etuvchi inson mohiyati bilan uzviy bog’liq. Huddi inson tanasini uning ruhidan ajratib bo’lmagani singari, jamiyatning moddiy va ma`naviy jihatlarini ham bir-biridan ajratish va ularning birini ikkinchisidan ustun qo’yish mantiqqa ziddir. Prezident Islom Karimov asarlarida jamiyatning moddiy va ma`naviy manfaatlarini uyg`unlashtirish ijtimoiy taraqqiyot asosi ekani ta`kidlangan. Inson ma`naviyatini yuksaltirish orqaligina iqtisodiy rivojlanishga erishish mumkin. Shuning uchun ham hozirgi davrda aholi ma`naviyatini yuksaltirishga, milliy G’oya va mafkura asoslarini shakllantirishga katta e`tibor berilyapti. Zero, kishilar iqtisodiy jihatdan qashshoq bo’lgani uchun ilmsiz bo’lmaydi, balki, aksincha — ilmsiz bo’lgani uchun qashshoq bo’ladi. Shuning uchun yurtimizda halq ma`naviyatini yuksaltirish orqali iqtisodiy farovonlikni ta`minlashga katta e`tibor berilyapti.Jamiyatning vujudga kelishi. Kishilarni oila bo’lib, jamoa bo’lib uyushishga nima majbur qilgan, degan masala qadim zamonlardanoq ulug`mutafakkirlar e`tiborini jalb etgan. Bu masalani diniy tushunish — uni ilohiy kuch, hudo bilan boQlab izohlashdir.Dunyoviy qarashlarga ko’ra, odamlar o’zlarining moddiy va ma`naviy ehtiyojlarini qondirish uchun birgalikda yashashga, jamoa bo’lib birlashishga ko’nikkan. Kishilar hayotiy tajriba, aql va tafakkur tufayli jamiyat bo’lib yashashning qulay, afzal va zarurligini tushungan. Bu jarayonda o’zaro munosabatlarga kirishgan kishilar ana shu munosabatlarni takomillashtirish, yanada rivojlantirish orqali ma`naviy kamolotga erishgan. Bu kishilarni bir-biri bilan yaqinlashtirgan, moddiy va ma`naviy ehtiyojlarini qondirish imkonini bergan.Ijtimoiy munosabatlarning amal qilish jarayonida odamlarni uyushtirishning tarixiy shakllari — oila, davlat, jamoa (qishloq, shahar) vujudga kelgan. Odamlar o’rtasida amal qiladigan ahloqiy, diniy, ilmiy, falsafiy, huquqiy, iqtisodiy, mafkuraviy kabi munosabatlarning barchasi bir so’z bilan ijtimoiy munosabatlar deyiladi. Ijtimoiy uyushmalar kishilarning moddiy va ma`naviy ehtiyojlarini qoldirishga yordam beradi. Ular mohiyatan inson va jamiyat mavjudligining zarur sharti hisoblanadi. Masalan, oila, davlat, ta`lim-tarbiya, mahalla, Vatan kabi qadriyatlarsiz inson va jamiyat o’z mohiyatini yo’qotadi.Insonning moddiy ehtiyojlari oziq-ovqatlar, kiyim-kechak, uy-joy, transport vositalari, o’zini himoyalash, zurriyot qoldirish kabilardan iboratdir. Ma`naviy ehtiyojlarga olamni bilish, o’zlikni anglash, dunyoqarash, donishmandlikka intilish, bilim, san`at, G’oya, mafkura go’zallik bilan, ma`naviy kamolot yo’lidagi intilishlar kiradi. Insonning asl mohiyati moddiy ehtiyojlarni madaniy shakllarda qondirilishida yaqqol namoyon bo’ladi. Inson aqlli mavjudot sifatida moddiy ehtiyojlarini madaniy shakllarda qondirish uchun tabiat va jamiyat mohiyatini bilishga, moddiy va ma`naviy olamni uyg`unlashtirishga, tabiat va jamiyatni o’z maqsadlariga mos ravishda o’zgartirishga harakat qiladi. Ilm-fan va tehnika insonning ma`naviy va moddiy ehtiyojlarini qondirish quroli, muhim vosita bo’lib hizmat qiladi. Inson yuksak ma`naviyat tufayligina o’z ehtiyojlarini madaniy shakllarda oqilona va to’laroq qoldirish imkoniga ega bo’ladi.Mamlakatimizda ma`naviyat masalalariga alohida e`tibor berilayotganining sababi ham ana shunda. Jamiyatning moddiy va ma`naviy hayoti kishilarning moddiy va ma`naviy ehtiyojlari bilan uzviy bog’liq holda vujudga keldi.Jamiyatning ma`naviy hayotiga olamni tushunish, jamiyat va inson tug’risidagi qarashlar, nazariyalar, ta`limotlar, g’oyalar, mafkura, ijtimoiy ong shakllari, ta`lim-tarbiya, ahborot vositalari, madaniyat, ilm-fan muassasalari va boshqalar kiradi.Jamiyatning moddiy va ma`naviy hayotini boshqarish, kishilar o’rtasidagi munosabatlarni tartibga solishda turli siyosiy institutlar (davlat, siyosiy partiyalar, tashkilotlar, turli uyushmalar) muhim o’rin tutadi. Jamiyatni boshqarishning siyosiy-huquqiy jihatlari ham muhimdir. Kishilar tamonidan siyosiy va huquqiy bilimlarning chuqur o’zlashtirilishi jamiyatning barqaror yashashi va rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.Jamiyat rivoji, kishilarning moddiy va ma`naviy ehtiyojlari qondirilishida mehnat, mulk va mehnatning ijtimoiy taqsimlanishi beqiyos ahamiyatga ega. Mehnatning kishilarning qobiliyatiga qarab ijtimoiy taqsimlanishi natijasida muayyan kasb-kor bilan shug`ullanadigan toifalar, guruh, qatlam va sinflar vujudga keladi va ular jamiyat strukturasida o’ziga hos o’rin egalaydi, jamiyat taraqqiyotiga muayyan hissa qo’shadi.Jamiyat taraqqiyoti tug’risidagi nazariyalar. Falsafiy tafakkur tarixida jamiyatning mohiyati va rivojlanishiga oid turli nazariyalar mavjud. Hususan, nemis faylasufi Hegel jamiyatning shakllanishi va rivojlanish sabablarini mutlaq ruhning rivojlanishi bilan, L. Feyerbah din bilan bog`lagan, ijtimoiy taraqqiyot sabablarini diniy ong taraqqiyotidan izlagan. Fransuz mutafakkiri O. Kont jamiyatning rivojlanish sabablarini insoniyat ma`naviy taraqqiyotining uch bosqichi (teologik, metafizik, pozitiv bosqichlar) bilan izohlagan. K. Marks jamiyatning rivojlanish sabablarini sinfiy kurash va inqilobiy o’zgarishlar bilan bog’lagan, barcha ijtimoiy hodisa va jarayonlarni sinfiy nuqtai nazardan tushuntirgan. Ijtimoiy ziddiyatlarni sun`iy ravishda mutlaqlashtirgan va ziddiyatlarni hal etishning asosiy usuli sifatida ijtimoiy inqilobni amalga oshirishni, mulkdorlar sinfini tugatishni taklif etgan. Ijtimoiy amaliyot bunday nazariyaning bir yoqlama va hato ekanini ko’rsatdi.Jamiyat taraqqiyoti ko’p bosqichli jarayon ekani tug’risidagi qarashlar AQSh faylasufi O. Toffler tomonidan ilgari surilgan. Bunday qarashga ko’ra jamiyatlar taraqqiyotiga binoan, agrar jamiyat, industrial jamiyat, postindustrial jamiyatga ajratilgan. Adabiyotlarda jamiyat taraqqiyoti borasida sivilizasiyali yondashuv G’oyasi ilgari surilmoqda. Bunday yondashuvga ko’ra har bir halq o’zining betakror, noyob, o’ziga hos va o’ziga mos turmush tarzini saqlab qolgan holda, boshqa halqlar tajribalaridan ijodiy foydalanish orqali ijtimoiy taraqqiyotning o’ziga hos modelini yaratadi.Jamiyat hayotiga barqarorlik va beqarorlik ham hos. Har bir inson o’z oldiga qo’ygan maqsadlariga erishish uchun osoyishtalik va tinchlikka muhtoj bo’lgani kabi, jamiyat ham o’z oldiga qo’ygan vazifalarni ado etishi uchun ijtimoiy-siyosiy barqarorlikka ehtiyoj sezadi.Barqarorlik – jamiyat taraqqiyotining tadrijiy rivojlanishi, ijtimoiy tizimning muayyan darajadagi bir tekis faoliyat ko’rsatish imkoniyatidir. U turg’unlik tushunchasidan keskin farqlanadi. Ijtimoiy-siyosiy turg`unlik tushunchasi jamiyatdagi mavjud siyosiy, iqtisodiy, ma`naviy tizimning tanazzuli alomatidir.Jamiyatda barqarorlik beqarorlik bilan, inqiroz gullab-yashnash bilan almashib turishi ham mumkin. Jamiyatning ma`naviy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy sohalarida muayyan yutuqlarga erishilgach, ijtimoiy imkoniyatlar ruyobga chiqarilib bo’lgach, uning bundan keyingi taraqqiyoti yo’lida yangi muammolar tug’iladi va ularni hal etish vazifasi paydo bo’ladi. Jamiyat a`zolarining ma`naviy salohiyati, milliy psihologiyasi, tabiiy ravishda mavjud siyosiy tuzum kishilarni boshqarishning o’ziga hos usullarini hayotga tadbiq etadi. Insoniyat hayoti tarixida jamiyat barqarorligini ta`minlashning monarhiyaga asoslangan, aristokratik, totalitar va demokratik usullari tajribadan o’tgan.


Yüklə 35,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin