2-mavzu. Stol tennisi o‘yini qoidalari. Reja: O‘yin qoidalari



Yüklə 12,05 Kb.
səhifə2/5
tarix11.05.2023
ölçüsü12,05 Kb.
#111770
1   2   3   4   5
2-mavzu. Stol tennisi o‘yini qoidalari. Reja O‘yin qoidalari-fayllar.org

Sharni oshirish


  • Sharni oshirish

  • Stol tennisida sharni oshirish quyidagi qoidalarga ko‘ra amalga oshiriladi:

  • shar-ochiq kaftdan yuqoriga vertikal ravishda 16 sm.dan kam bo‘Imagan balandlikka tashlanishi lozim;

  • kaftdan ajralib chiqqan vaqtdan to raketka bilan zarba berish vaqtigacha shar stol yuzasidan balandda va stol chekkasining yuqori chegara chizig‘idan tashqarida bo‘lishi lozim;

  • sharni oshiruvchi sharga shunday zarba berishi lozimki, shar stolning oshiruvchi tomondagi yarmiga urilishi, so‘ngra to‘rning ustidan yoki aylanib o‘tib, stolning qabul qiluvchi tomondagi yarmiga tegishi lozim. Juftlik bahslarida esa shar stolning oshiruvchi tomondagi o‘ng yarmiga tegishi, boshqacha aytganda, shar diagonal bo‘ylab harakatlanishi lozim;

  • shar oshirilayotganda sharni qabul qiluvchi (juftlik bahslarida qabul qiluvchilar) va hakam jarayonning barcha qismlarini aniq ko‘rib turishi kerak;

  • shar oshirish jarayonini raketkani ushlab turgan qo‘l, tana yoki kiyim bilan bekitish mumkin emas;

  • shar, sharni oshiruvchining kaftidan ajralgan zahoti uzatilgan hisoblanadi.

Sharni qaytarish


  • Sharni qaytarish

  • oshirilgan va qaytarilgan sharga shunday zarba berish lozimki, shar darhol to‘r ustidan o‘tib yoki to‘rga tegib, stolning raqib tomonidagi yarmiga urilishi kerak.

O‘yin tartibi


  • O‘yin tartibi

  • Partiya o‘yinlar boshlamasidan iborat bo‘lib, har bir boshlama sharni oshirishdan boshlanadi. Birinchi bo‘lib sharni oshirish odatda kur’a tashlash bilan aniqlanadi. Keyin sharni oshiruvchilar har ikki uzatishdan keyin navbat almashadilar. Hisob 1o : 1o ko‘rinishida teng bo‘lib qolsa, har bir o‘yinchi (jamoa) bir martdan sharni uzatish huquqiga ega bo‘ladi va o‘yin 2 xisob farq qilgunga qadar davom etadi.

  • Juftlik bahslarida sharni qabul qiluvchi o‘yinchi sharni oshiruvchiga, uning sherigi esa qabul qiluvchiga aylanadi. o‘yin toq sonli partiyalardan (musobaqa qoidalariga muvofiq tarzda 3 dan 7 gacha) iborat bo‘lib, o‘yinchilardan (jamoalardan) birining g‘alabasigacha davom etadi. o‘yin paytida, agar shar to‘rga tegsa ham raqib tomonga tushsa, o‘yin davom etadi.

  • oldingi qoidalarga ko‘ra partiya 21 xisobgacha davom etgan, sharni oshiruvchilar har 5 marta shar uzatilgandan keyin navbat almashganlar, hisob 2o : 2o ko‘rinishiga kelganda esa bir martadan shar oshirishga ruxsat berilgan va o‘yin 2 xisob farq qilgunga qadar davom ettirilgan.

  • Shaming har tashlanishi birinchi yoki ikkinchi o‘yinchi (jamoa)ga bir xisob berilishi bilan yakunlanadi. 2oo1-yilda o‘rnatilgan xalqaro qoidalarga ko‘ra har bir partiya 11 xisobgacha davom etadi.

Yüklə 12,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin