2-mavzu. Sug urta munosabatlarida qî llaniladigan ibora va tushu
MAVZUGA OID MASALALAR VA ULARNI YECHISH USLUBI
1. Tadbirkorlik riskini meʼyoriy javobgarlik tizimi boʻyicha sugʻurtalash Tadbirkorlik riskini meʼyoriy javobgarlik tizimi boʻyicha sugʻurtalash quyidagi sxema asosida amalga oshiriladi:
Sugʻurtalanuvchi va sugʻurtalovchi ekspert xulosalari, yillar mobaynida yigʻilgan statistik maʼlumotlarga asoslangan holda, sugʻurtalanishi kutilayotgan tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadlarni bashorat qiladi.
Agar sugʻurta shartnomasida keltirilgan vaqt oraligʻi tugaganda sugʻurtalangan tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromad bashorat qilinganidan kam boʻlmasa, sugʻurta hodisasi roʻy bermagan deb topiladi va sugʻurta qoplamasi toʻlanmaydi. Agar sugʻurta shartnomasida keltirilgan vaqt oraligʻi tugaganda sugʻurtalangan tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromad bashorat qilinganidan kam boʻlsa, tadbirkorlik faoliyatidan zarar quyidagi formula orqali aniqlanadi
Bu yerda olingan daromad ham musbat, ham manfiy miqdorlarni qabul qilishi mumkin.
Agar sugʻurtalovchining javobgarlik darajasi a% qilib belgilangan boʻlsa, sugʻurta qoplamasi quyidagi formula orqali hisoblanadi:
Masala 1. Kompyuter firmasi 10000 ta notebookni ishlab chiqarish va sotishdan tushgan daromadni meʼyoriy javobgarlik tizimi boʻyicha sugʻurtaladi, shuningdek sugʻurtalovching sugʻurtalovchining javobgarlik chegarasi zararning miqdorining 40% qilib belgilandi. Sugʻurtalovchi bilan bitta kompyuter realizatsiyasi oʻrtacha bahosi 1460 y.e.ga kelishildi, biroq 2000 ta notebook 1500 soʻmdan, 3000 ta notebook 1450 y.e.dan, 5000 ta notebook esa 1400 soʻmdan realizatsiya qilindi. Sugʻurta qoplamasini aniqlang:
Yechish. Notebooklar realizatsiyasidan daromad D bashorat qilindi
D=10000*1460=14600000 y.e.
Haqiqatda esa firma bu notebooklarni quyidagi summada realizatsiya qilindi
R=2000*1500+3000*1450+5000*1400=14350000
Zarar U ni quyidagi formula orqali aniqlaymiz(1.5.1):
U=D – R = 14600000 – 14350000 = 250000(y.e.)
Endi formula (1.5.2) orqali sugʻurta qoplamasini aniqlaymiz Sb:
Sb = 250000*0.4 = 100000