2-mavzu: Tashkiliy muhit va madaniyat


-rasm. Marketingning firma operasiyalaridagi roli



Yüklə 236,91 Kb.
səhifə2/3
tarix04.04.2023
ölçüsü236,91 Kb.
#92998
1   2   3
1-mavzu KORXONADA MARKETINGNING ROLI.

1.2-rasm. Marketingning firma operasiyalaridagi roli
Operasion marketingning faolligi - firma faoliyatidagi, ayniqsa raqobat kuchaygan bozordagi hal qiluvchi omildir. Har qanday tovar, hatto uning sifati eng yuqori bo‘lsa ham, bozor uchun maqbul narxga ega bo‘lishi, sotish tarmog‘i ko‘taradigan, mo‘ljaldagi iste’molchilarning odatlariga moslashgan bo‘lishi kerak, hamda tovarning bozordagi yaxshi ketishini ta’minlovchi va uning o‘ziga xos xususiyatlarini ta’kidlovchi kommunikasiya yordamiga ega bo‘lishi lozim.
Strategik marketing – bu, avvalo, jismoniy shaxslar va tashkilotlar ehtiyojlarining tahlilidir. Marketing nuqtai nazaridan qaraganda xaridor tovarning o‘ziga emas, balki shu tovar yordamida yechiladigan muammoning hal qilinishiga muhtojdir. Yechimga turli texnologiyalar yordamida erishiladi, texnologiyalarning o‘zi esa tinimsiz o‘zgarib turadi. Strategik marketingning roli - berilgan bozorning evolutsiyasini kuzatib borish va qondirishga muhtoj ehtiyojlarni tahlil qilish asosida turli mavjud yoki kutilayotgan bozorlarni yoki ularning segmentlarini aniqlashdan iborat.
Shunday qilib, strategik marketingning roli firmani manfaatli iqtisodiy imkoniyatlarga yo‘naltirish, ya’ni uning “nou-xau” va resurslariga mos keladigan, rentabellikning o‘sish salohiyatini ta’minlovchi imkoniyatlarga yo‘naltirishdan iborat. Strategik marketing jarayoni o‘rta va uzoq muddatli istiqbollarga egadir. Uning vazifasi firmaning missiyasini aniqlash, maqsadlarni belgilash, o‘sish strategiyasini ishlab chiqish va tovar portfelining muvozanatlangan tuzilmasini ta’minlashdan iborat.
Nou-xau (ing. know how — qandayligini bilaman), ishlab chiqarish siri — hali hammaga maʼlum boʻlmagan va keng tarqalmagan yangi ilmiy-texnikaviy, ishlab chiqarish-texnologik, boshqarish, moliyaviy-iqtisodiy, tijoratga oid bilimlar majmui va ularni amaliyotda qoʻllash tajribalari; ularga tanho ega boʻlish. 

1.3. Bozor iqtisodiyotida marketingning roli


Bozor iqtisodiyoti sharoitida marketing funksiyasi tovar va xizmatlarga bo‘lgan talab va taklifning samarali mutanosibligini ta’minlash maqsadida erkin va raqobatli ayirboshlashni tashkil qilishdan iboratdir. Bu mutanosiblik o‘z-o‘zidan vujudga kelmaydi va quyidagilarni talab qiladi:
-moddiy ayriboshlashni yoki, boshqacha qilib aytganda, tovarlarning ishlab chiqarish va iste’molchi o‘rtasidagi jismoniy harakatni tashkil qilish;
-kommunikasiyalarni tashkil qilish, ya’ni talab va taklifning samarali mutanosibligini ta’minlash maqsadida ayirboshlashdan avval yuz beruvchi, ayirboshlash bilan bir paytda yuz beruvchi va unga ergashuvchi axborot oqimini tashkil qilish.
SHunday qilib, marketingning jamiyatdagi roli sotuvchilar bilan xaridorlar o‘rtasida ayirboshlash va kommunikasiyani tashkil qilishdan iborat. Mazkur ta’rifda ayirboshlash jarayonining maqsadidan qat’iy nazar marketingning vazifa va funksiyalariga alohida e’tibor beriladi. Bunday ifodalangan ta’rif tijorat faoliyatiga ham, notijorat faoliyatiga ham to‘g‘ri kelishi mumkin.
1.3-rasm. Bozor iqtisodiyoti sharoitida marketingning roli
  • Ishlab chiqaruvchi investitsiyalarni amalga oshirishdan avval xaridorlarning ehtiyojlari va istaklarni aniqlash maqsadida axborot to‘playdi. Bu erda strategik marketingning roli bozorni tadqiq qilishdan iborat.
  • Xuddi shu yo‘l bilan potensial xaridor etkazib beruvchilar taklif qilayotgan imkoniyatlarni o‘rganib chiqish va sotishga oid takliflarni tahlil qilishga turtki bo‘ladi.
  • Ishlab chiqarish amalga oshirilgandan so‘ng, ishlab chiqaruvchining kommunikasion dasturi sotishga yo‘naltirilgan bo‘ladi va uning maqsadi tovarning bozor tomonidan qabul qilinishidan hamda sotish joyi, tovarlarni siljitish va narxlar masalasida sotish tizimi bilan kooperasiyalanishdan iborat bo‘ladi.

4. Ishlab chiqaruvchi pirovard xaridorni markaning o‘ziga xos tavsifnomalari mavjudligi haqida xabardor qilish maqsadida tovarni siljitish faoliyatini reklama va o‘z savdo xodimlari yordamida amalga oshiriladi.
5. Sotish tizimi yordamida amalga oshiriladigan va pirovard xaridorga yo‘naltirilgan siljitish va kommunikasiya faoliyatining maqsadi markaga sodiqlikni ta’minlash, tovar harakatini amalga oshirish, yangi paydo bo‘lgan savdo markalarini qo‘llab-quvvatlash, savdo-sotiq shartlari va hokazolar haqida axborot berishdan iborat.
6. Tovar foydalanilgandan yoki iste’mol qilingandan so‘ng iste’molchilarning qoniqish hosil qilgan yoki qilmaganligini tekshirish, ishlab chiqaruvchiga taklifni ularga moslashtirishga imkon beradi.
7. Tovarlar foydalanilgandan yoki iste’mol qilingandan so‘ng arizalar yoki baholar yakka va uyushgan (konsyumerizm) xaridorlar tomonidan o‘z-o‘zidan tarqatiladi.

Yüklə 236,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin