Tovush o‘zgarishlari O‘zakka qo‘shimcha qo‘shilishi natijasida yuzaga keladigan o‘zgarishlar fonetik o‘zgarishlar yoki tovush o‘zgarishlari deyiladi. Tovush o‘zgarishlarining quyidagi ko‘rinishlari mavjud.
1. Tovush almashuvi: bunda qo‘shimcha qo‘shilishi natijasida bir tovush boshqa tovushga almashadi: qishloq-im-qishlog‘im, etik-i-etigi, yosh-a-yasha, son-a-sana, bo‘ya-q-bo‘yoq, ong-la-angla, ot-a-ata.
2. Tovush tushishi:a) unli tovush tushadi: o‘g‘il-im-o‘g‘lim, shahar-ing-shahring, ulug‘-ay-ulg‘ay. b) undosh tovush tushadi: past-ay-pasay, sust-ay-susay, men-niki-meniki, sen-ning-sening. 3.Tovush ortishi: shu-day-shunday, o‘sha-da-o‘shanda; isi-q-issiq.