Payvandlashtransformatori Payvandlash transformatori metall buyumlarni, konstruksiyalarni va hokazolarni eritib, o‘zaro ulash uchun xizmat qiladi. 4.16-rasmda payvandlash transformatorining prinsipial sxemasi ko‘rsatilgan. U transformator 1, drossel 2, yakor 3, elektrod 4, payvandlanadigan buyum 5, drossel bilan yakor orasidagi tirqish 6 dan iborat. Payvand sifatli bo‘lishi uchun elektr yoy barqaror yonishi kerak. Buning uchun payvandlash jarayonida payvandlash toki qiymat jihatdan o‘zgarishsiz bo‘lishi lozim. Payvandlash toki drossel 2 bilan yakor 3 orasidagi tirqish 6 ni o‘zgartirish orqali rostlanadi. Tirqish ortganda drossel chulg‘amining induktiv qarshiligi kamayib, payvandlash toki ko‘payadi va aksincha.
4.16-rasm.Payvandlashtransformatoriningsxemasi Qisqa tutashuv bo‘lganda drossel elektr yoy va transformatorning tokini cheklaydi.
Transformator salt ishlaganda U20=60‚70V,nominal yuklama bilan ishlaganda esa 30 V ni tashkil etadi.
6.Transformatorningtashqixarakteristikasiva undagikuchlanishningo‘zgarishi Birlamchi chulg‘am kuchlanishi U1va quvvat koeffitsienti o‘zgarmas bo‘lganda ikkilamchi chulg‘amdagi kuchlanish U2ning yuklama toki I2ga bog‘liqligini ifodalovchi egri chiziq U2=f(I2)transformatorningtashqixarakteristikasideyiladi.
100
(4.16)
4.17-rasm 4.17-rasmda transformatorning turli xil xarakterdagi yuklamalarga oid tashqi xarakteristikasi ko‘rsatilgan. Xarakteristikadan ko‘rinadiki, aktiv yuklamada aktiv- induktiv yuklamada esa cosφ<1va faza siljish burchagi φ>0bo‘ladi. Nihoyat aktiv- sig‘im yuklamada cosφ2<1va φ<0 dir. Ikkilamchi chulg‘amdagi kuchlanishning o‘zgarishi:
Bu yerda: U2n=U20- transformator salt ishlagan paytda ikkilamchi chulg‘am uchlaridagi kuchlanish; U2- transformator yuklama bilan ishlayotgandagi kuchlanish.
Tashqi xarakteristikadan ko‘rinadiki, aktiv va aktiv-induktiv yuklama (iste’molchi) uchun ishlayotgan transformatordagi kuchlanish nominalidan doim ΔUga kichik, aktiv-sig‘im xarakterli yuklamada esa ΔUga ortiq bo‘ladi. Elektr iste’molchilari, asosan, aktiv-induktiv xarakterga ega bo‘ladi.
Liniyadagi kuchlanishlarning pasayuvini hisobga olib iste,molchiga
o‘rnatiladigan katta quvvatli transformatorlarning chiqish tomonidagi kuchlanishi, odatda, nominaldan 5 %ortiq qilib loyihalanadi.
0>