Qisqatutashuvrejimi. Bu rejimda ikkilamchi chulg‘am uchlari o‘zaro tutashib, tashqi qarshilik Z2n=0bo‘ladi. Transformator uchun bunday rejim nomaqbul rejim hisoblanadi. Bunda ikkilamchi, shuningdek birlamchi tok nominalidan 18- 20 marta ortib ketadi. Bu hodisaga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Shuning uchun real sharoitlarda transformatorni qisqa tutashuv tokidan saqlash maqsadida avtomatik ajratkichlar o‘rnatiladi. Transformatorlarni laboratoriya sharoitida tekshirish uchun «qisqa tutashuv» pasaytirilgan kuchlanishlarda amalga oshiriladi.
Transformator nominal yuklama bilan ishlaganda uning chulg‘amlaridan nominal tok o‘tib, chulg‘amlar qiziydi. Keltirilgan quvvat bir qismining issiqlik tarzida atrof-muhitga tarqalishi miss chulg‘amlardagi quvvat isrofi Pm deyiladi, uni transformatorning qisqa tutashuv rejimida ishlash tajribasidan (4.9-rasm) aniqlanadi. Sxemadan ko‘rinadiki, transformatorning ikkilamchi chulg‘ami ampermetr A2 orqali qisqa tutashtirilgan.
4.9-rasm Tajriba vaqtida birlamchi chulg‘amga potensiometr P yordamida ikala chulg‘amdan ham nominal toklar (I1 = I1nom; I2=I2nom) o‘tadigan darajada pasaytirilgan kuchlanish beriladi. Bu kuchlanish transformatorning qisqa tutashuv kuchlanishi (Uq) deyiladi:
Qisqa tutashuv kuchlanishi transformator nominal kuchla- nishining kichik ulushini (Uk≈ 0,1U1n) tashkil etgani uchun po‘lat o‘zakdagi quvvat isrofi Pn≈ 0 deyish mumkin. U holda qisqa tutashuv paytida vattmetr ko‘rsatgan quvvat Pqmiss chulg‘amlarning qizishiga sarf bo‘lgan quvvat isrofi Pga teng bo‘ladi, ya’ni:
· R1= 0 + Pm=Pm Tajribadan olingan ma’lumotlar bo‘yicha transformatorning qisqa tutashuv
parametrlarini aniqlash mumkin:
4.Uchfazalitransformatorchulg’amlariningulanishsxemalari Uch fazali transformatorlar, asosan, uch fazali tok sistemasini transformatsiyalash uchun ishlatiladi. Uch fazali transformator umumiy po‘lat o‘zakka ega bo‘lib, alohida fazalarning toklari hosil qilgan barcha magnit oqimlari ana shu o‘zak bo‘ylab tutashadi.