2-mavzu. Urug‘-qabila va milliy dinlar reja



Yüklə 120,04 Kb.
səhifə8/14
tarix02.01.2022
ölçüsü120,04 Kb.
#36776
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
2-mavzu. Urug‘-qabila va milliy dinlar reja

Hinduiylik (Induizm) murakkab din bo‘lib, u ijtimoiy tashkilot, turli dinlar qorishmasidir. U kastachilik asosiga qurilgan. Braxmanlik bilan buddaviylik o‘rtasida kasta ta’limoti bo‘yicha kurashni ifodalovchi hinduiylik dini shakllandi. Bu dinga Hindiston aholisining 83% e’tiqod qilib, uning asosiy sharti Hindistondagi kasta tizimini qabul qilishdir. Hinduiylikda besh qoida va aqida tan olingan.

  1. Vedalarning muqaddasligi;

  2. Guru (pir, ustoz) ning tan olinishi;

  3. Muqaddas joylarga ziyoratga borish;

  4. Sanskrit muqaddas til ekanligi;

  5. Sigirning muqaddas ekanligi tan olingan.

Hinduiylikda braxmanlar asosiy o‘rin egallab, kengroq “Mahobxorat” muqaddas yozuvlar qatoriga qo‘shilgan. Braxmanlar eski aqidalar zamon talabiga javob bermasligini ko‘rgach, yangi qonun-qoidalarga xos turli oqimlarni yuzaga keltirib, buddaviylikka qarshi kurash olib bordilar. Hinduiylik braxmanlikdan farq qilib unda “Mahobxorat” va boshqa she’riy matnlar sanskrit tilidan zamonaviy hind tiliga tarjima qilinib, asl matni bilan bir xil hisoblangan. Hinduiylikda braxmanlar nafaqat oliy tabaqa vakillaridan, balki oddiy xalq ichidan yoki ayollardan bo‘lishi mumkin.

Hinduiylikda trimurti (uchlik) – Braxma, Vishnu, SHiva xudolari asosiy bo‘lib, Braxma ularning eng kattasi, dunyoni yaratgan xudosi. SHunga qaramay, hinduiylikda asosan Vishnu va SHivaga topinadilar. Hinduiylik ikki asosiy oqimga bo‘linadi:



  1. SHivaga sig‘inuvchilar oqimi.

  2. Vishnuga sig‘inuvchilar oqimi.

SHiva –kambag‘allar xudosidir. U Rigvedaning birinchi nusxalarida Pudra nomi bilan zikr etilgan. U Ishana, SHivara, Maxadeva (Buyuk xudo) nomlari bilan ham ataladi. SHivaizm Hindistonda 13 ga yaqin asosiy oqimlari mavjud. Bu oqimlar tridandina, smart, dandi, lingachilar, yoglar maktra, shakta va boshqa oqimlar bo‘lib, xalq orasida SHivaning bir ming sakkizta nomi mavjud.

Vishnu. Hozir Hindistonda birinchilik uchun kurashayotgan ikkinchi ilohdir. Rigvedada u quyosh xudosi – birinchi darajali xudo hisoblanib, ibodat paytida uni Savitar Roxita, Surya, Audita nomlari bilan ataydilar. U “Krishna bilan qo‘shilib yarim inson, yarim xudo shaklidagi qahramon deb tan olinadi”.

“Mahobxorat” va “Ramayana” dostonlarida “Avatara” – insonning Vishnuga qo‘shilib ketishi haqida so‘z yuritiladi. Vishnu ba’zida to‘rtqo‘lli qilib tasvirlanadi. Vishnu hech qachon inson va hayvonni qurbonlik qilishlarini talab qilmagan.

Krishna murakkab obraz bo‘lib u haqda olov, chaqmoq, momaqaldiroq, osmon, quyosh bilan bog‘liq afsonalar mavjud. Krishna jangovar, engilmas qahramon sifatida ta’riflanadi.

Vishnuizm bayramlari turli-tuman bo‘lib, ular bir necha kunlarga cho‘zilib ketadi. Ular duolar o‘qish, ta’zim bajo keltirish, ommaviy diniy marosimlarda qatnashish, hadya, qurbonliklar atash, ibodatxona yaqinidagi yoki ichidagi hovuzlarda cho‘milish kabilar bo‘lgan. Bu marosimlar faqat ruhoniylar boshchiligida bajariladi. Sigir muqaddas hayvon hisoblanganligi uchun u xudolar qatorida e’zozlanadi. U keyinchalik “tirik but”ga aylanib, SHivaning ma’budlik o‘rnini to‘ldirdi. Vishnuizmda muqaddas hayvon maymun bo‘lib Rigvedada “Vrishakani (erkak maymun) timsolida Xanumanning timsolini ko‘rishimiz mumkin”,-degan rivoyat keltirilgan. Maymun Ram (Ramayana dostonidagi odam-xudo) ning ittifoqchisi maymun –xudo Xanumanning vakili sifatida ulug‘lanadi.

Hinduiylikda Hindistonning har bir hayvoni xudo yoki xudoning hamrohi deb e’tiqod qilinadi. Hinduiylikning aqidaviy, marosimiy, ramziy sohalaridagi tizimi murakkablashib ketadi. Xalq ommasi doirasida hozirda ham sodda, but va ruhlarga sig‘inish davom etmoqda.

Hinduiylik eramizdan oldingi dinlar - braxmanizm va vedaizmning evolyusiyasi natijasida eramizning birinchi ming yilligi o‘rtalarnga kelib shakllangan. SHu davrdan boshlab hinduizm hukmron dinga aylangan. Hinduizm sinkretik din bo‘lib, turli e’tiqodlar, urf-odat va marosimlar, mahalliy diniy e’tiqod va qarashlarning murakkab kompleksi sifatida voke bo‘lib, urug‘-qabila dinlari elementlarini, braxmanizm, buddizm va jaynizmning asosiy goyalarini qamrab algan. Hinduizm o‘zining yagona tashkilotiga ega emas.

Hinduizm insonning tug‘ilganadan to vafot etishigacha bo‘lgan huquq va vazifalarini belgalab va cheklab qo‘yadi. SHuning uchun unda marosimchilikka keng o‘rin berilgan. Hinduizm kishilarning ijtimoiy tengsizligani oklaydi va abadiylashtiradi, ruhning bo‘lmasligi va ko‘chib aylanib yurishi (sansara ta’limoti), qayta tug‘ilishi (karma ta’limoti), gunoh ishlar uchun javob berishi, jannat va do‘zax kabi aqidalarni o‘z ichiga oladi.

Hinduizm politeistik din bo‘lib, unda ko‘p xudolilik elementlari saqdangan. Hinduizm ta’limotida xudoning uch xil ko‘rinishda tasavvur etilishi (trimurti) eng oliy, ilohiy, yakka xudoning uch xususiyati, deb talqin qilinadi. Bu xristianlikdagi uch yuzli xudoga o‘xshaydi.

Hinduizm ta’limoticha, olam paydo bo‘lib, emirilib, yo‘q bo‘lib turadi, ya’ni olamning yashashi progressiv emas, aksincha, regressiv xarakterga ega; har bir davr olamning yuksak rivojlangan cho‘qqisidan boshlanib, uning inqirozga uchrashi bilan tugaydi, insonlar gunohga botib ketgach, olam yo‘qoladi.

Hinduizm jamiyatning tabaqalarga bo‘linishini aks ettiruvchi savob va jazo (karma) g‘oyasiga asosan, inson hayotida 4 ta asosiy maqsad bor, deb da’vo kilinadi: 1) dxarma - oila va jamiyatda diniy talablarni bajarish: 2) artxa - foydali ishlar qilish, zarur materiallarga ega bo‘lish; 3) kama - muhabbat tuyg‘ulariga erishish, his-tuyg‘ularni qondirish; 4) moksha - o‘zgarish zanjiridan butunlay xalos bo‘lish.

Vishnuizm va shivaizm oqimlarining vakillari o‘z xudolariga bag‘ishlab minglab katta-kichik ibodatxonalar kurganlar. Bu dinga e’tiqod kiluvchilar "muqaddas joylar", daryolar va boshqa har xil narsalarga sig‘inadilar. Hind xalqi orasida yovuz ruhlarga e’tiqod qilish keng tarqalgan. Ular turli hayvonlar - ho‘kiz, sigar, maymun va ilon kabilarga ham sig‘inadilar, ularni muqaddaslashtiradilar. Masalan, hinduizm tarafdorlari sigirni sahiylik manbai va go‘zal ayol timsoln deb hisoblaydilar. Ruhoniylar sigirlarni so‘ymaslik va go‘shtini emaslikni targ‘ib kiladilar. Ammo hinduizm sigar sutini ichishni va undan xo‘jalikda ish hayvoni sifatida foydalanishni ta’qiqlamaydi.

Hind xalqi uchun Gang daryosi muqaddas hisoblanadi. Hinduizm diniga e’tiqod qiluvchilar Banoras shahrini ham mukaddaslashtirishgan. Rivoyatlarga ko‘ra, go‘yo Gang daresi qirgog‘ida kishi hayotdan ko‘z yumsa, narigi dunyodagi hayoti ancha engillashar, jannatga yo‘l olar degan diniy fikr bor.

Hinduizmning xarakterli xususiyatlari, yuqorida qayd kilingandek, jamiyatdagi kishilarni tabaqalarga - kastalarga1 ajratishdir. Hozirgi paytda kishilarni tabaqalarga bo‘lish taqiqlangan. Ammo tabaqalarga bo‘linish minglab yillar davom etganligi va kishilarning ongiga chuqur singib ketganligi uchun bu masalada muayyan qiyinchiliklar yuz bermoqda. Hinduizmning "muqaddas" yozuvlariga Veda2,

Upanishadlar3 kiradi. Keyinchalik "Maxabxarata" va "Ramayana" dostoniga o‘xshash, diniy marosimlar va urf-odatlar singdirilgan har xil afsona, rivoyat, hikmatli so‘zlar, epik dostonlar paydo bo‘la boshladi.

XIX asrning boshlarida hinduizm milliy-ozodlik harakati g‘oyalariga katta ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. SHu bilan hinduizmda shovinistik diniy e’tiqodlarni targ‘ib qilgan bir qator oqimlar ham paydo bo‘lgan.

Hozirgi vaqtda hinduizm Hindistondan tashqari Nepal, SHri Lanka, Bangladesh, Gavana va hindlar yashaydigan boshka hududlarda tarqalgan.




Yüklə 120,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin