2-mavzu: Verbal va noverbal muloqot tо‘g‘risida tushuncha, ularning
psixologik mexanizmlari va muloqotda kommunikativ samaradorlik masalasi
Reja:
1. Verbal va noverbal muloqot tо‘g‘risida tushuncha.
2. Verbal va noverbal muloqotning psixologik mexanizmlari.
3. Verbal va noverbal muloqotda kommunikativ samaradorlik masalasi.
Insonning
sezgirligi, intuitsiyaga egaligi haqida fikr yuritganimizda biz uning
o‘zgalarning noverbal xatti-harakatlarini o‘qiy oladigan va ularni verbal signallar
bilan taqqoslay oladigan kishilarni nazarda tutamiz. Boshqacha so‘z bilan
aytganimizda, intuitsiyamiz bizga suhbatdoshimizning yolg‘on gapirayotganidan
darak berganligini taʼkidlar ekanmiz, aslida bu holat uning aytgan so‘zlari va tana
harakatlari o‘rtasidagi nomutanosiblikni sezganligimiz tufayli sodir bo‘ladi.
Demak, intuitsiya yoki “oltinchi sezgi”ning paydo bo‘lishi uchun insonni o‘qish,
uning noverbal xatti-harakatlariga baho bera olish borasidagi bilim va malakalarni
rivojlantirish lozim bo‘ladi.
KOD – asosiy muloqot modelining muhim elementlaridan biri hisoblanadi. Kod
xabar emas, lekin xabarni tashuvchi belgilardir. Asosiy muloqot kodining 3 xil turi
mavjud:
1. Til (verbal kod). Og‘zaki yoki yozma so‘zlar fikrlar va tuyg‘ularni ifodalash
uchun ishlatiladi.
2. Paratil (vokal – tovushga oid kod).
Ovoz tembri, ohang, shovqin, urg‘u.
Bular noverbal muloqot vositalariga ham mansub hisoblanadi.
3. Noverbal signallar (vizual kod). Yuz harakatlari, ko‘z aloqasi, imo-ishoralar,
ko‘rinish, ofisning hajmi va joylashuvi, uchrashuvlarga yetib borish vaqti.
J.S.Philpopp (1983) olib borgan 23 ta tadqiqot natijasiga ko‘ra, verbal kod (til)
ma’lumot jo‘natuvchi va qabul qiluvchi orasidagi axborotning 31 foizini, vokal
(ovoz) va vizual kod (imo-ishora)lar esa 69 foizini taskil etadi.
Agar kommunikator va retsepiyent turlicha «til»da so‘zlashsalar, ular o‘zaro
hamjihatlikka va birgalikda faoliyat borasida muvaffaqiyatga erisha olmaydilar.
Qo‘llanadigan belgilar (so‘zlar, imo-ishoralar va boshqalar) zamiridagi mohiyat
muloqotda ishtirok etayotganlarga tanish bo‘lgan taqdirdagina axborot almashish
imkoni bo‘ladi.
MULOQOT TURLARI – Ta’kidlab
otish lozimki, odamlarning amaliy
faoliyatida muloqotning quyidagi turlarini ajratadilar:
1. «Niqoblar aloqasi» – suhbatdoshning shaxs xususiyatlarini tushunish va
hisobga olishga intilish mavjud bo‘lmagan rasmiy muloqot. Bunda haqiqiy
hissiyotlar,
istaklar, munosabatlarni yashirish imkonini beruvchi rasmiy iboralar,
odatiy xushmuomalalik, dimog‘dorlik niqoblari, yuz,
imo-ishora ifodalarining
to‘plami qo‘llaniladi.
2. Oddiy muloqotda boshqa odamga zarur yoki xalal beruvchi obyekt sifatida
baho beradilar: agar zarur bo‘lsa, aloqaga faollik bilan kirishadilar, agar halal
beradigan bo‘lsa, – itarib yuboradilar, yoki tahdidli qo‘pol iboralarni qo‘llaydilar.
3. Rasmiy-rolli muloqot – bu sheriklarning ijtimoiy rollari darajasidagi muloqot
(boshliq – qo‘l ostidagi xodim, sotuvchi – xaridor, servis xizmati xodimi – mijoz).
Bunda ma’lum qoidalar va xohishlar
asosida ish yuritilib, muloqot mazmuni va
vositalari ularga bo‘ysundiriladi.
4. Boshqariladigan muloqot suhbatdoshning shaxs xususiyatlaridan kelib
chiqib, turli usullarni (xushomad, qo‘rqitish, aldov va boshqalar) qo‘llagan holda
undan foyda olishga qaratilgan.
5. Dunyoviy muloqot – bu turning mohiyati biror mavzuga oid bo‘lmasligidan
iborat, ya’ni odamlar o‘z
fikrlarini emas, balki bunday vaziyatlar uchun umumiy
bo‘lgan fikrlarni bildiradilar.
6. Havoyi muloqot – bu muloqot uchun muloqot.
7. Do‘stlarning ma’naviy, shaxslararo muloqoti vaqtida istalgan mavzuni
qo‘zg‘atish va bir-birlarini yuz ifodasi, tovush ohangi
va harakatlar yordamida
tushunish mumkin.
VERBAL VA NOVERBAL MULOQOT. Odamlar o‘rtasidagi muloqotning
eng muhim turlari verbal va noverbal muloqotdir.