Ijtimoiylashuv jarayoni ichki qarama-qarshiliklarga ega. Ijtimoiylashgan shaxsning xatti-harakatlari, xulq-atvori jamiyat talablariga mos kelishi, u bilan o’zaro uyg’unlasha olishi, salbiy ijtimoiy hodisalarga, individual rivojlanishiga to’sqinlik qiluvchi hayotiy holatlarga qarshi turishi kerak. Lekin hayotda ba’zan aksi ham bo’ladi: to’liq ijtimoiylashgan, jamiyatga kirishib ketadigan, ammo muhitda ba’zi salbiy holatlarga qarshi kurashishda faollik ko’rsatmaydigan odamlar ham mavjud.
Bu holat ko’p jihatdan butun jamiyat, tarbiya muassasalari, o’qituvchilar hamda ota-onalarga ham taalluqli. Tarbiyada qarama-qarshilik insonparvarlik g’oyasi yordamidagina bartaraf etilishi mumkin.
Zero, O’zRning “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da ham ta’kidlab o’tilganidek, uzluksiz ta’limni tashkil etish, rivojlantirish hamda ta’limning ijtimoiylashuviga erishish dolzarb masaladir. Ta’lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni shakllantirish, ularda yuksak ma’naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish kabilar muhim ijtimoiy talablar hisoblanadi.
Nazorat uchun savollar:
1.Ijtimоiy pеdagоgikaning fan sifatidagi хususiyatlari kaysilar?
2.Ijtimоiy pеdagоgikaning fan sifatidagi mazmunini хaraktеrlang?
3. Ijtimоiy pеdagоgika atamalariga ta’rif bеring?
4. Ijtimоiy pеdagоgikaning funktsiyalarini aniklang?
5. Ijtimоiy ish nima?
6. Ijtimоiy ishchining faоliyati mazmuni?
7. Ijtimоiy pеdagоgika va ijtimоiy ishning o`zarо munоsabati nimadan ibоrat?
8. Ijtimоiy pеdagоgika va ijtimоiy ish o`rtasidagi farklarni ayting?
9. Ijtimоiy o`kitish va ijtimоiy tarbiyaga ta’rif bеring?
TEST
1.Ijtimoiy-pedagogik nazariya va amaliyotining obyektini belgilang? a)inson; b)jamoa; c)oila; d)ta’lim-tarbiya.
2.Nazariya sifatida ijtimoiy pedagogikaning hal qiluvchi tushunchasi qaysi? a)ijtimoiy ish; b)ijtimoiy norma; c)ijtimoiy institute; d)ijtimoiy-pedagogik faoliyat.