2-mavzu: Xorijda,O’zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanish tarixi. Islom ta’limotida ijtimoiy-pedagogik g’oyalar


-bosqich. Yakuniy – Fikrlash bosqichi



Yüklə 1,84 Mb.
səhifə4/183
tarix08.04.2023
ölçüsü1,84 Mb.
#94750
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   183
portal.guldu.uz-Ijtimoiy Pedagogika 2

3-bosqich. Yakuniy – Fikrlash bosqichi
(10 minut)

1. “Modellashtirish” metoli asosida talabalarning mavzu mohiyatini tushuna olganliklarini aniqlaydi.
2. Aniq tasavvurlar shakllanmagan qismlarini qayta tushuntiradi.
3. Mustaqil ish uchun topshiriq beradi va uni baholash mezonlari bilan tanish
-tiradi.



“Blits-so’rov” savollariga javob qaytarib, mavzuni o’zlashtirish darajasini namoyon qiladi.
Mavzu bo’yicha tushunmagan holatlar yuzasidan savollar berib, javob oladilar.
Mustaqil ish uchun berilgan topshiriqni yozib oladilar, topshiriqni bajarish mezonlari bilan tanishadilar

Mashg’ulotda qo’llaniladigan interfaol metod
va texnologiyalarning mohiyati


1. “Blits-so’rov” (inglizcha “blits” – tezkor, bir zumda) metodi berilgan savollarga qisqa, aniq va lo’nda javob qaytarilishini taqozo etadigan metod sanaladi. Unga ko’ra o’qituvchi o’rganilgan mavzu, muayyan tarkibiy qismlar mohiyatining ochib berilishini talab etadigan savollarni ishlab chiqadi va talabalarning e’tiborlariga havola etadi. Talabalar berilgan savolga qisqa muddatda, qisqa va aniq javob qaytara olishlari lozim. Guruh yoki juftlikda ishlashda bir nafar talaba berilgan savolga javob qaytaradi, uning sheriklari yoki guruhdoshlari javobni to’ldirishlari mumkin. Biroq, fikrlar takrorlanmasligi lozim. Metodni qo’llashda mavzuga doir tayanch tushunchalar, asosiy g’oyalarning mohiyati talabalar tomonidan og’zaki, yozma yoki tasvir (jadval, diagramma) tarzida yoritilishi mumkin.


2. “Modellashtirish” (“modulus” – o’lchov, me’yor) metodi talabalarda o’zlashtirilgan mavzu, masala yoki hal qilingan muammo yuzasidan mantiqiy fikrlash, mavzu, masala yoki hal qilingan muammoning umumiy mohiyatini model (shartli belgi)lar yordamida tasvir shaklida ifoadlay olish ko’nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Metodni qo’llashda tanlangan ob’ekt mohiyatini, muhim xususiyatlarini, ustuvor jihatlarini to’la ochib berishga alohida e’tibor qaratiladi. Mashg’ulotlarda ushbu metoddan foydalanish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: 1) talabalar mavzu (masala, muammo) mohiyatini puxta anglaydilar; 2) mavzu (masala, muammo) mohiyatini to’laqonli ifoda etadigan asosiy jihatlar, tayanch tushunchalarni ajratadilar; 3) ular yordamida umumiy modelni yaratadilar; 4) model yordamida o’rganilgan mavzu (masala, muammo)ning mohiyati to’g’risida jamoaga ma’lumot beradilar; 5) taklif etilgan modelning maqsadga muvofiq yaratilganligi, mavzu (masala, muammo) mohiyatini ochib bera olishi jamoa tomonidan muhokama qilinadi.

Mavzuga doir topshiriqlar:





Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   183




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin