O’quv mashg’uloti
ning tarkibiy tuzilmasi
|
1. “Blits-so’rov” metodi yordamida talabalar tomonidan avvalgi mavzuning o’rganilish darajasini aniqlash.
2. Tashkiliy masalalarni hal qilish, ma’ruza mavzusi va uning o’ziga xos jihatlari to’g’risida ma’lumotlar berish.
3. “Raqamlar” metodi asosida guruhlarga ma’ruza matnini tarqatish.
4. Mavzuga oid tayanch tushunchalarni aniqlash.
5. Ma’ruza mohiyatini “Taqdimot” metodi asosida yoritib berish.
6. “Klaster” metodi yordamida talabalar tomonidan o’zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlash.
7. Mashg’ulotni yakunlash.
|
O’quv mashg’ulot
ning maqsadi
|
Talabalarga ijtimoiy pedagogning kasbiy faoliyati, uning o’ziga xos xususiyatlari, kasbiy sifatlarni shakllantirish va amaliyotda qo’llay olish to’g’risida ma’lumotlar berish
|
Pedagogik vazifalar:
1) ijtimoiy pedagog to’g’risida tushuncha berish;
2)ijtimoiy pedagogning kasbiy sifatlari bilan tanishtirish;
3) talabalarga kasbiy faoliyatning tuzilishi to’g’risidagi bilimlarning o’zlashtirilishiga erishish;
4) talabalarni ijtimoiy pedagogning kasbiy faoliyati sohalari to’g’risidagi nazariy bilimlar bilan qurollantirish;
5) talabalarda kasbiy sifatlarni shakllantirish haqidagi tushunchalarni hosil qilish
|
O’quv faoliyati natijalari:
1) talabalar ijtimoiy pedagog to’g’risidagi bilimlarni o’zlashtiradilar;
2) talabalar ijtimoiy pedagogning kasbiy sifatlari haqidagi ma’lumotlardan xabardor bo’ladilar;
3) talabalar kasbiy faoliyatning tuzilishi to’g’risidagi bilimlardan xabardor bo’ladilar;
4) talabalar ijtimoiy pedagogning kasbiy faoliyati sohalari to’g’risidagi nazariy bilimlarni o’zlashtiradilar;
5) talabalar kasbiy sifatlarni shakllantirish to’g’risidagi nazariy bilimlarni o’zlashtiradilar;
|
|