2-Мавзу: Юридик шахсларни соликка тортиш тизими



Yüklə 1 Mb.
səhifə44/67
tarix02.06.2023
ölçüsü1 Mb.
#123058
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   67
Mm Soliq va soliqqa tortish

Soliq to’lovchilar.
Soliq kodeksining 272-moddasiga ko’ra, Soliq to’lovchilar bo’lib, mulkida Soliq solinadigan mol-mulki bo’lgan jismoniy shaxslar, shu jumladan chet el fuqarolari, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda to’zilgan dehqon xo’jaliklari hisoblanadi. Agar ko’chmas mulk egasining joylashgan yerini aniqlash imkoni bulmasa, bu mol-mulk kaysi shaxsning egaligida va (yoki) foydalanishida bo’lsa, o’sha shaxs Soliq to’lovchi bo’lib hisoblanadi.
Soliq solish obyekti.
O’zbekiston Respublikasi xududida joylashgan uy joylar, kvartiralar, dala hovli imoratlari, garajlar va boshqa imoratlar, joylar, inshootlar Soliq solish obyektidir
.
Soliq solinadigan baza.
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan Soliq bazasi Soliq kodeksining 274-moddasiga muvofik aniqlanadi. Soliq solinadigan baza bo’lib, ko’chmas mulkka bo’lgan xuquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi organ tomonidan belgilangan Soliq solish obyektlarining inventarizasiya qiymati hisoblanadi.
Jismoniy shaxslarning mol-mulkini baholash bo’yicha vakolatli organ tomonidan aniqlangan Soliq solish obyektining bahosi mavjud bo’lmagan taqdirda, mol-mulkning qonun xujjatlari bilan belgilanadigan shartli qiymati Soliq solinadigan bazadir. Bitta jismoniy shaxs bir necha Soliq solish obyekti bo’yicha Soliq to’lovchi bo’lgan tagdirda Soliq solinadigan baza har bir obyekt bo’yicha alohida-alohida hisoblab chiqiladi.
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan Soliq buyiga beriladigan imtiyozlar Soliq kodeksining 275-moddasida batafsil aks ettirilgan.
Quyidagi jismoniy shaxslarning mulkida bo’lgan mol-mulkka jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan Soliq solinmaydi:

  1. «O’zbekiston Kaxramoni»,Sovet Ittifoqi Qaxramoni,Mehnat Qaxramoni unvonlariga sazovor bo’lgan, uchala darajadagi Shuxrat ordeni bilan taqdirlangan fuqorolarning;

  2. 1941-1945 yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari hamda doirasi qonun xujjatlari bilan belgilanuvchi ularga tenglashtirilgan shaxslarning;

  3. Un nafar va undan ortiq bolalari bor ayollarning;

  4. Chernobil AESdagi avariya okibatlarini tugatishda ishtirok etganlik uchun imtiyozlar oladigan larning, shu jumladan u yerga vaqtincha yo’llangan yoki xizmat safariga yuborilgan shaxslarning;

  5. Qonun xujjatlarida belgilangan soliq solinmaydigan maydon o’lchami doirasida pensionerlarning;

  6. 1 va 2 guruh nogironlarining;

  7. Sobiq SSSRni O’zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tizimini himoya qilish yoki harbiy xizmatning yoxud ichki ishlar organlaridagi xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chog’ida yaralanganligi, kontuziya bo’lganligi yoki shikastlanganligi oqibatida yoxud frontda bo’lishi bilan bog’liq kasallik tufayli halok bo’lgan harbiy xizmatchilarning hamda ichki ishlar organlari xodimlarining ota-onalari va beva xotinlari (beva erlari).

Belgilangan imtiyozlar mulkdorning tanlashiga binoan faqat bir mol-mulk obyektiga taaluqli bo’ladi.
Ushbu imtiyozlar jismoniy shaxslar tomonidan tadbirkor faoliyati uchun foydalaniladigan yoxud yuridik shaxsga yoki yakka tadbirkorga ijaraga berilgan Soliq solish obyektlariga nisbatan qo’llaniladi.
Soliq stavkasi. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan Soliq stavkasi Prezident qarori bilan tasdiqlanadi.2011 yil uchun tasdiqlangan stavka va Soliq solinadigan obyektlar quyidagi jadvalda keltiriladi.




Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin