Tinglovchilar navbati bilan “ilk yosh”, “kichik guruh “, “o`rta guruh”, “katta guruh”,”maktabga tayyorlov guruh”, deb aytishadi va shu bo`yicha 5 ta guruhchaga ajratiladi.
“Ilk yoshli guruhlar 3 yoshgacha bo`lgan bolalar nutqining o`ziga xos xususiyatlari, ular nutqini o`stirishda qo`llaniladigan usullar, jihozlar bo`yicha o`z guruhini himoya qiladi. “Kichik guruh” lar 3 yoshdan 4 yoshgacha, “O`rta guruh”lar 4 yoshdan 5 yoshgacha, “Katta guruh”lar 5 yoshdan 6 yoshgacha,”maktabda tayyorlov guruh”lar 6 yoshdan 7 yoshgacha bo`lgan bolalar nutqida uchraydigan nuqsonlar, ularni bartaraf qilish , nutqni rivojlantirishda o`yinlardan foydalanish bo`yicha har qaysisi o`z guruhini himoya qiladi.Himoya qilishda plakatlarda rasm chizish, jadvallardan foydalanishi, ijroli o`yinlar o`ynash orqali ifoda etishlari tavsiya etiladi. Guruhlarning chiqishlari oxirida o`qituvchi tomonidan tahlil qilinadi, to`ldiriladi, xulosalanadi.
Maktabgacha yoshdagi (bolalar) asosan 6-7 yoshli bolalar maktabga tayyorgarligining asosiy belgilaridan biri nutqini rivojlanganligidir. Bolalar bog`chasida har bir guruhda nutq o`stirish bo`yicha egallashi lozim bo`lgan bilim, ko`nikma va malakalarining m`eyori ko`rsatilgan. O`z vaqtida muntazam kundalik faoliyatda, mashg`ulotlar jarayonida dasturda ko`rsatilgan vazifalar amalga oshirilsagina kutilgan natijaga erishiladi.
Bola 1- sinfga nutqi jihatidan benuqson holatda kelsa barcha fanlardan o`zlashtirishiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi. “Uchinchi ming yillikning bolasi” tayanch dasturi og`zaki nutqining, yani lug`at boyligining oshib borishini, nutqning Grammatik jihatdan to`g`ri tuzilishini tovush talaffuzini har tomonlama rivojlantirishni nazarda tutadi. Nutq qobiliyati ma`lumki kishilarning tug`ma qobiliyati emas. Nutq bolalarda asta – sekin rivojlanadi.
Ba`zan bir xil yoshdagi bolalar nutqi kuzatilganda ular darajasining har xilligini ko`rish mumkin. Demak bola nutqining rivojlanishi tevarak – atrofdagilarning ( ota – onalarning , tarbiyachilarning) qanchalik e`tibor berishiga bog`liqdir.
Bolaning ilk yoshlik davridan boshlab oila a`zolari, bog`chada tarbiyachilar har bir narsaning nomini to`g`ri aytib , chuchik tilda gapirmasdan murojaat qilish kerak.
3-4 yoshli bolalar nutqida hamma tovushlar mavjud bo`lib, bu tovushlar ustida ishlash zarur.Chunki mazkur davr tovushlarni o`zlashtirish davri hisoblanadi. To katta guruhgacha hamma tovushlar ustida ishlanadi. Maktabda tayyorlov guruhda esa aralashib ketadigan tovushlarni ajratishga o`rgatiladi.
Tovush talaffuzini tarbiyalash bo`yicha ishni boshlashdan oldin tarbiyachi o`z guruhidagi har bir bolaning nutqi bilan tanishib chiqishi kerak . Nutqni tekshirish yilda ikki marta kuzda va bahorda olib boriladi. Kuzda ishlarini to`g`ri rejalashtirish, bahorda-qilingan ishlarga yakun yasash maqsadida tekshirishda tarbiyachi
tovush talaffuzi holatiga
lug`atiga
ma`noli nutqiga e`tibor qaratadi.
Bola nutqidagi buzilishlar qayd qilinadi. Agar juda qo`pol buzilishlar bo`lsa, bolaning sog`ligi bilan tanishib chiqishga to`g`ri keladi. Ko`pincha bolaning 3 yoshlik davrida turli yuqumli kasalliklar bilan og`rishi, uning o`sishni to`xtatib qo`yadi. Bu o`z navbatida nutqining rivojlanishiga ham salbiy ta`sir ko`rsatadi. Bunday bolalar bilan alohida ko`proq ishlashni rejalashtirishga to`g`ri keladi.
Bolalar nutqini tekshirishda al`bomlar maqsadga muvofiq emas. Chunki al`bomning bir betiga bir qancha rasm yopishtiriladi. Bolalarga ko`rsatilganda ularning diqqati bir rasmdan ikkinchi rasmga ko`chadi. Shuning uchun bir tovush uchun mo`ljallangan buyumni rasmlardan foydalanish kerak. Bunda shunday rasmlarni tanlash kerakki bu rasmlarning nomlarida quyidagi tovushlar ishtirok qilsin. s, z, sh, ch, l, r, v, b, g, x, h, va boshqalar. Har bir tovush so`z boshida, o`rtasida, oxirida keladigan bo`lsin. Rasmlar rangli, bolalar diqqatini o`ziga tortuvchi, mazmuni jihatidan bolalar yoshiga mos bo`lishi kerak. Buyumli rasmlar 10x10 hajmdan kichik bo`lmasligi kerak.
Bolaning tovush talaffuzini tekshirish vaqtida buyumli rasmlar nomini ayttirishda lug`at tarkibi, grammatik qurilishi ham kuzatiladi. Gapda so`zlar o`rnini almashtirmayotganligi, bo`g`inlar tashlab ketirmayotganligi aniqlandi. Tarbiyachi so`zlardan gaplar tuzishga, gaplarda bog`lovchilarni ishlatishga, kelishik qo`shimchalaridan to`g`ri foydalanishga o`rgatishda mazmunli rasmlardan foydalanadi. Oldin ikki, keyin uch, to`rt, so`ngra undan ortiq so`zlardan foydalanib gap tuzishga o`rgatadi. Tarbiyachi bu ishlarni amalga oshirishda bolalarning yosh va o`ziga xos xususiyatlarini ta`limning didaktik tamoyillarini hisobga oladi.
Agar rasmning nomini aytishda bola talaffuz etilishi lozim bo`lgan tovushni biron marta ham aytaolmasa, aynan shu tovushni so`zda emas, balki alohida o`zini talaffuz ettirib ko`riladi. Tarbiyachi oldin aytadi.agar bola alohida talaffuz etsa keyin so`zlarda to`g`ri talaffuz qilishga o`rgatiladi. Bola nutqini tekshirish vaqtida uning noto`g`ri tovush talaffuzini, so`zlarini gaplarini takrorlamaslik kerak. Bu bola nutqiga salbiy ta`sir ko`rsatadi, hatto noto`g`ri tovush talaffuzining mustahkamlanib qolishiga sabab bo`ladi. Kundalik hayot jarayonida nutqini tekshirish vaqtida bolalar nutqining tezligi, so`z jumlalarning aniqligi, ovozning jarangdorligiga, duduqlanishga tarbiyachi e`tibor beradi va ota-onalari bilan hamkorlikda kamchiliklarni bartaraf qiladi. Tekshirish natijasini jadvalda qayd qiladi.
“Lug`at boyligi”, “So`zlarning qurilishi”, “tovush talaffuzi”, “Izoh” bo`limlarini to`ldiradi. Shunga asosan ertalab va kechki soatlarda qaysi bolalar bilan nima ustida ishlashni rejalashtiradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqida eng ko`p uchraydigan kamchiliklardan biri, bu tovush talaffuzining buzilishidir.
1 u yoki bu tovushlarni yaxshi talaffuz eta olmaslik
2 bir tovushni ikkinchi bir tovush bilan almashtirib talaffuz etish
3 bor bo`lgan tovushni buzib talaffuz etish bog`chada tovushlarni talaffuz etishni shakllantirish ishi bo`yicha olib boriladigan ishlar to`g`ri yo`lga qo`yilsa bola nutqidagi kamchiliklar 5-6 yoshga to`lguncha batamom to`g`rilash mumkin. Agar shug`ullanish natijasi yaxshi bo`lmasa logopedga murojaat qilish kerak.
Tovushlarning noto`g`ri talaffuz etilishi – dislaliya.
Manqalanib, to`g`illab gapirish – rinolaliya. Alaliya – bosh miya katta yarim sharlar po`stlog`idagi nutq zonalarining chala rivojlanishi yoki zararlanishi sababli bolalarning tilga kirmasligi yoki yaxshi so`zlay olmasligidir. Bunga ona qornidaligida yoki tug`ilish vaqtida bola boshining jarohatlanishi, 1 yoshgacha bo`lgan davrida og`ir kasalliklar bilan kasallanish sabab bo`lishi mumkin. Aloliya sababli bola nutqi uzoq vaqt rivojlanmaydi, natijada 5-7 yoshgacha, ba`zan 10-12 yoshgacha bolaning tili chiqmaydi. Alaliyaga yo`liqqan bolalar logoped va psixologlarning maslahatlaridan keyin, maxsus guruhlarga, bog`chalarga maktablarga yuboriladi.
Duduqlanish – ba`zi bir so`zlarni aytishda to`xtalish yoki alohida tovush va bo`g`inlarni takrorlash. Duduqlanish hollari asabi bo`shashgan 2 yoshdan 5 yoshgacha bo`lgan bolalarda uchraydi. Duduqlanish ko`pincha qo`rquv natijasida va ruhiy jarohatning davom etishdan, atrofdagilarning bolaga nisbatan qo`pol munosabatidan duduqlanish paydo bo`lishi mumkin. Nutqi yaxshi rivojlanmagan bolaga ko`p she`r yodlatish, ertaklarni aytib berishga majburlash ham duduqlanishga olib keladi. Bolaning yoshiga to`g`ri kelmaydigan kitoblarni, ayniqsa qo`rqinchli ertaklarni kechqurunlari o`qib bermaslikni, tele ko`rsatuvlarni ota-onalarga tushuntirish lozim. Ovozning buzilishi – disfoniya deyiladi . Disfoniyada ovoz past va hirildoq bo`ladi. Har doim baland ovoz bilan baqirish, ashula aytish, kattalarning ovoziga taqlid qilish avtomobilning signaliga taqlid qilishlar, burunda o`simtaning o`sishi disfoniyani keltirib chiqaradi.
Tarbiyachi bog`chada nutq o`stirish mashg`ulotlarda , kundalik faoliyatda bolalar nutqini rivojlantirishni, kamchiliklarni bartaraf qilishni nazarda tutishi lozim. Boshqa mashg`ulotlarda ham bola to`liq jumla tuzib beradigan qilib savol berish maqsadga muofiq.”Ha”, “Yo`q” tarzida javob beradigan qilib savol berish tarbiyachining katta xatosidir. Bola uchun yangi bo`lgan so`zlarning ma`nosini sodda qilib tushintirish so`z boyligini oshiradi. Nutq o`stirish mashg`ulotlarida tarbiyachi aynan nutq o`stirishga taalluqli maqsadni ko`zlagan holda mavzu tanlashi lozim. Muayyan tovush ustida ishlangan, lug`atni boyitishga gapning qurilishiga rioya qilinishiga qaratilgan o`yinlar mashg`ulot mazmunini tashkil qilishi kerak. Ba’zan tarbiyachilar nutq o`stirish mashg`ulotlarini tabiat bilan tanishtirish, badiiy adabiyot tevarak-atrof bilan tanishtirish mashg`ulotlari bilan tanishtirish mashg`ulotlari bilan aralashtirib yuboradilar. Nutq o`stirish mashg`ulotlarida nutq o`stirish bo`yicha dasturda ko`rsatilgan vazifalar, davlat talablaridagi ko`rsatilgan minimal talablar ko`zda tutiladi.
Maktab yoshiga yetgan bolalarning nutqi va tafakkurining rivojlanganlik darajasiga qo`yiladigan minimal talablar:quyidagilardan iborat.
- tovush va so`zlarni aniq, to`g`ri talaffuz eta olish
- 3000 tadan ortiq so`zni tushintirishi va bilishi
- rasmga qarab gap tuza olish
- ertak va hikoyani tinglash, mazmunini tushunish
- eshitgan kichik ertak va hikoyani qayta so`zlab bera olish
- ta`sirli nutqqa ega bo`lish
- kattalar va o`rtoqlari bilan gaplashish madaniyatiga ega bo`lish
1-2 yosh lug`at boyligi 40-50 ta so`z
2-3 yosh lug`at boyligi 250-300 ta so`z
3-4 yosh 800-1000
4-5 yosh 1900-2000
5-6 yosh 2500-3000
6-7 yosh 3000-3500
Bolaning 2 yoshdan 3 yoshgacha bo`lgan davrida lug`ati va ma`noli nutqi tez rivojlanadi.
“Quyosh va yomg`ir” o`yini Tarbiyachi hozir sizlar bilan sayrga chiqamiz. Ob – havo yahshi, quyosh charaqlab turibdi. Men doira chalaman. Sizlar doira sadosida gullab terib sayr qilasiz. Agar yomg`ir yog`a boshlasa men doirani cherta boshlayman. Sizlar esa doiraning taqillashini eshitib uylaringizga yugirishingiz kerak.
“Top nima qichqiryapti” o`yini
Sigir , kuchik, mushik, qo`y va hakozalarning o`yinchoqlarini bittadan ko`rsatadi va ovoziga taqlid qiladi. Boshqa xonaning eshigini qiya ochib qo`yib yoki kichkina uycha ichidan bolaga bironta hayvon ovoziga taqlid qilish taklif etiladi.Boshqa bolalar qaysi hayvon ovozi ekanligini topadilar.
“Shoshildingiz –kuldirdingiz” ertagi Qurbaqa ayiqning uyi oldiga sakrab kelibdi. Derazaning tagida turib:”vaq-vaq-vaq siznikiga mehmon bo`lib keldik” debdi so`ngra sichqon “Pi-pi-pi” sizning so`msalaringiz juda mazali deyishyapti debdi . Shu vaqt tovuq “Qo-qo-qo ushoqlar sochilgan sen borib cho`qib yechin deyishyapti”.Tovuqdan so`ng g`oz kelibdi “G`oq-g`oq-g`oq no`hatingizdan cho`qib yesam degan edim “.Shunda ayiq boshini derazadan chaqirib “R-r-r-r-r-r” deydi.Buni eshitib hayvonlar qo`rqqanlaridan qochib qolishibdi.Ayiq nima demoqchi ekanligini oxirigacha eshitishlari kerak edi. Ayiq esa bunday demoqchi ekan.”R-r-r” mehmonlardan juda hursandman marhamat kiringlar. Ertakdagi qatnashuvchilarni aytib berish davomida Flonelografda ko`rsatib borish kerak.
“Qayerda chalishdi?” o`yini Bolalar aylana shaklida o`tirishadi. Tarbiyachi o`yin boshlovchi tanlaydi. Boshlovchi o`rtada. Boshlovchi tarbiyachining signali bilan ko`zini yumadi. Bolalardan bittasi qo`ng`iroqni chaladi. Boshlovchi ko`zini ochmasdan qo`ng`iroq ovozi kelayotgan tomonni qo`li bilan ko`rsatadi.
To`g`ri topsa tarbiyachi “bo`ldi” deb aytadi bola ko`zini ochadi. Qo`ng`iroqni chalgan bola esa qo`ng`iroqni yuqoriga ko`tarib, uni ko`rsatadi. Agar bola adashsa yana bir marta qaytaradi. Keyin boshqa bola boshlovchi bo`ladi.
“Kimning qushchasi uzoqqa uchadi” o`yini Yupqa qog`ozdan lentachalar, qushchalar, kapalaklar tuzatib osiladi va puflatiladi.
“Men nimani chalayapman, top” o`yini Tarbiyachi bolani musiqali o`yinchoqlar bilan tanishtiradi. So`ngra bu o`yinchoqlarni parda orqasiga yashiradi. Parda orqasida bironta musiqaviy o`yinchoqni chaladi va bolalardan qaysi musiqaviy o`yinchoqni chalganini so`raydi. Kim uni to`g`ri topsa shu bola parda orqasidan musiqaviy o`yinchoqni chaladi. Bir mashg`ulotda 4 xil musiqaviy o`yinchoq olinishi lozim.
“Baland-past” o`yini Kichik va katta kuchuklarning akillashi mashq qildiriladi.
“Kim u?” o`yini Tarbiyachi boshqa xonada kuchuk, mushuk, g`oz, tovuq, echki qo`ylarning niqoblarini tayyorlab qo`yadi. Niqob kiygan bola echikni taqillatadi. Bolalar “Kim u?” deydi. Kuchuk niqobni kiygan bola “vov-vov-vov” deb javob beradi.
Foydalanadigan adabiyotlar. Maktabgacha yoshdagi bolalar ta`lim-tarbiyasiga qo`yiladigan Davlat talablari.
“Uchinchi mingyillikning bolasi” dasturi.
“Maktabgacha yoshdagi bolalarni to`g`ri talaffuzga o`rgatish” Q. Shadiyeva. Toshkent. O`qituvchi 1995.