9-Ma’ruza. O‘zgaruvchan tok tortuvchi nimstansiyalarning ta’minlash sxemalari va tortuvchi nimstansiya turlari



Yüklə 295 Kb.
səhifə1/3
tarix20.11.2023
ölçüsü295 Kb.
#164976
  1   2   3

9-Ma’ruza. O‘zgaruvchan tok tortuvchi nimstansiyalarning ta’minlash sxemalari va tortuvchi nimstansiya turlari


O`zgaruvchan tokli podstansiyalar
Tashqi elektr ta’minoti tizimiga tortuvchi podstansiyalarga elektr energiyani ishlab chiqaruchi elektrostansiyalar, bosh pasaytiruvchi podstansiya GPP (glavnaya ponijayushaya podstansiya), havo elektr uzatish yo`llar va podstansiyalarni o`zaro bog`lovchi havo elektr uzatish yo`llar kiradi (13-rasm).
O`zgaruvchan tokli podstansiyalar. Har turli podstansiyalarning elektr energiya ta’minoti va elektr energiya taqsimotini ko`rsatuvchi podstansiyalarning o`zaro ulanish sxemasi rasmda keltirilgan.
Yuklamalarini elektr bilan ta’minlash sxemasi: A-tashqi elektr energiya ta’minoti sxemasi; B-elektr energiyaning taqsimoti sxemasi; 1-elektr energiyani ishlab chiqaruchi elektrostansiyalar yoki bosh pasaytiruvchi podstansiya GPP; 2-uch fazali havo elektr uzatish yo`llar; 3-podstansiyalarni o`zaro bog`lovchi elektr tarmoqlar; 4-podstansiyalar; 5-tarmoq; 6, 7, 8 -iste’molchilar
Tayanch podstansiyalar 1 bilan kiruvchi 110 kV yoki 220 kV havo elektr uzatish yo`llar 5 orasiga yuqori kuchlanishli kommutasiya jixozlari: uzgichlar Q va havo ajratgichlari QS o`rnatilgan. Podstansiyalarni o`zaro bog`lovchi 110 kV yoki 35 kV havo elektr uzatish yo`llar 6 bilan tayanch podstansiyalar 1, tranzit podstansiyalar 2, shoxobcha podstansiyalar 3 va tupik podstansiyalar 4 orasiga ham xuddi shunday kommutasiya jixozlari: uzgichlar Q va havo ajratgichlari QS o`rnatilgandir
O`zgaruvchan tokli podstansiyalarni ulash sxemasi: 1-tayanch podstansiyalar, 2-tranzit-oraliq podstansiyalar, 3-shoxobcha podstansiyalar, 4-tupik-boshi berk podstansiyalar, 5-kiruvchi havo elektr uzatish yo`llar, 6- podstansiyalarni o`zaro bog`lovchi havo elektr uzatish yo`llar, QS-havo ajratgichlari, Q-uzgichlar, ORU-ochiq taqsimlovchi qurilmalar, T–uch fazali kuch transformatorlari ko`rsatilgan
Podstansiyalarning tok o`tkazuvchi shinalariga ochiq taqsimlovchi qurilma ORU o`rnatilgan bo`lib, uning havo ajratgichlarining QS soni va o`rnatilish joyi shunday tanlab olinganki, agar bir kuch transformatori ishdan chiqib ta’mirga yoki rezerv bilan almashtirishga o`chirilsa, bu holatda ikkinchi transformator tarmoqni tok bilan ta’minlab turadi. Agar ikkinchi transformator ham ishdan chiqsa, u holda tortuvchi podstansiyaning o`zi o`zaro bog`lovchi 6 havo elektr uzatish yo`llardan ajratiladi. Bu holat boshqa podstansiyalarning normal ishlashiga halal bermaydi. Bundan tashqari, ochiq taqsimlovchi qurilma ORU tarkibidagi havo ajratgichlari QS soni va o`rnatilish joyi bo`yicha barcha podstansiyalarga ikki tomonlama elektr ta’minotning doimiy bo`lishini belgilovchi tezkor o`chirib-ulashlar imkonini beradi.
O`zgaruvchan tokli podstansiyaning tuzilish sxemasi 3a-rasmda keltirilgan bo`lib, sxemada tarmog`iga chiquvchi fiderlarnig ulanishi ham ko`rsatilgan.
Podstansiyalarning ikki kuch transfomatoridan 12 biri faqat tarmog`ni elektr energiya bilan ta’minlashga xizmat qilsa, ikkinchi kuch transfomatori qisman podstansiyaning o`z ihtiyojini qondirishga xizmat qiladi.
Podstansiya transformatorlari elektr energiyani 110 kV yoki 220 kV kuchlanishli havo elektr uzatish yo`lidan ta’minlanadi (15a-rasm).
Kirish kuchlashning taqsimlagich qurilmalari 6(10) kV va 35 kV taqsimlagich qurilmalar bilan uch chulg`amli transformatorlar orqali ulanishi mumkin. Bir fazali tortish yuklamasi elektr energiyani transformatorning yulduz shaklida yig`ilgan chulg`amlaridan oladi. Kuch transformatorini tarmog`ga ulash sxemasi 15b-rasmda keltirilgan. Rasmda: 1-neytral qo`yilma; 2, 5-podstansiyaning chap va o`ng elka tarmoqlar; 3, 4 elektr yuklamalar.

Yüklə 295 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin