Metallurgik pechlarining asosiy turlari



Yüklə 21,74 Kb.
tarix15.10.2023
ölçüsü21,74 Kb.
#155695
Metallurgik pechlarining asosiy turlari-fayllar.org


Metallurgik pechlarining asosiy turlari

Mustaqil ish


Mavzu: “Metallurgik pechlarining asosiy turlari “

Bajardi : Imonov .A


Reja:
  1. Metallurgik pechlar haqida umumiy tushunchalar


  2. Metallurgik pechlarning asosiy turlari


  3. Qaynar qatlam pеchi tasnifi,tuzulishi va ishlash prinsipi


Dunyo miqyosida hozirgi paytda bir yilda 500 mln tonna po‘lat va 20 mln tonna har xil rangli metallar olinadi. Xomashyodan metall olish, asosan, pirometallurgiya jarayonlari yoki yoqilg‘i sarflanadigan metallurgik pechlarda amalga oshiriladi. Zamonaviy metallurgik pechlar — yirik mexanizatsiyalashgan va avtomatlash- tirilgan agregatlar bo‘lib, ularning o‘lchamlari ishlab chiqarish unumdorligiga qarab, uzunligi 250 m, eni 15 m, balandligi 30 m ni tashkil qiladi. Bu pechlarda bir sutka davomida bir necha yuzdan minglab tonnagacha dastlabki xomashyo qayta ishlanadi va yuzlab tonna yoqilg‘i yoki minglab kVt elektr energiyasi sarflanadi. Pechlarning me'yorida ishlashi uchun katta hajmli omborlar, shixta tayyorlaydigan joylar, transport xo‘jaligi, gaz tarmoqlari, kichik elektrostansiyalar va boshqa kerakli qurilma- larni jihozlash lozim. Pechni qurishga ketadigan mablag‘ bir necha yuz million so‘mni tashkil etadi.


Pechning ichki devori o‘tga chidamli g‘ishtlardan teriladi, ular 2000˚C haroratga chidamli bo‘ladi.
Metallurgik pechni faqat yoqilg‘i yonadigan dastgoh deb tushunish mutlaqo noto‘g‘ri. Zamonaviy pech — mukammal fizik- kimyoviy jarayonlar boradigan agregat bo‘lib, unda issiqlik texnikasi jarayonlari bilan bir paytda boshqa jarayonlar ham kechadi: ya'ni yoqilg‘ining yonishi, elektr quvvatining issiqlikka o‘tishi, materiallarning fizik-kimyoviy o‘zgarishlari, qattiq, suyuq, gaz fazalarining harakatlanishi va hokazo. Zamonaviy pechlarning ishlashini bir-biriga chambarchas bog‘langan va bir-biridan kelib chiqadigan jarayonlar tashkil etib, ularga quyidagilar kiradi.
1. Yoqilg‘ining yonishi yoki elektr quvvatining issiqlikka aylanishi, ya'ni energetik jarayon.

2. Xomashyo va mahsulotlarning fizik-kimyoviy o‘zgarishlari texnologik jarayoni.


3. Issiqlik almashuv, ya‘ni sirtqi va ichki, gaz, eritma va qattiq fazalar o‘rtasida issiqlik almashuv jarayoni.
4. Eritma va gazning harakatlanishi, ya'ni gidroaeromexanik jarayoni.
5. Qattiq moddaning harakatlanishi mexanik jarayoni.
Bundan ko‘rinib turibdiki, zamonaviy pechning ishlashi o‘ta murakkab jarayonlardan tashkil topgan bo‘lib, har bir jarayon o‘ziga xos ma'lum qonuniyatga asoslangan holda o‘tadi. Shuning uchun metallurgik issiqlik texnikasi asoslarini fundamental fanlar: fizikaviy-kimyo, mutaxassislik fanlar, matematika, fizika, metallurgiya jarayonlari asoslari, texnologik fanlar va boshqa shu kabi fanlarga asoslanib o‘tish maqsadga muvofiqdir.
Metallurgiyada qo‘llanadigan pechlar turlicha bo‘lib, ularni quyidagi ko‘rsatkichlar asosida sinflarga ajratish mumkin:
1.Texnologik maqsadi: quritish, kuydirish, eritish, isitish, termik qayta ishlash;
2.Issiqlik manbai: uglerodli yoqilg‘ilarda ishlaydigan pechlar, elektropechlar.
3.Issiqlik almashuv asosida: isitilayotgan materiallarning ichidan issiqlik chiqishi, issiqlik manbai alohida bo‘lib, issiqlik almashuvi orqali isitilishi.
4.Ishchi hajmining tuzilishiga asosan: vertikal-shaxtali pech, gorizontal-olovli pech, silindr shakldagi, to‘g‘ri burchak shaklidagi pechlar.
5.Ishlash usuli bo‘yicha: davriy va uzluksiz.
Metallurgiyada xomashyoni quritish va kuydirishga mo‘ljallangan pechlarning to‘rt turi mavjud, ular quyidagilardir.
1.Ho‘p tubli pech vertikal silindr shaklida bo‘lib, uning diametri 4—8 m, balandligi bo‘yicha gorizontal tublarga bo‘lingan. Tublar pech markazidan o‘tgan po‘lat o‘qqa mahkamlangan bo‘lib, jarayon davomida o‘z o‘qi atrofida aylanma harakat qiladi (1- rasm).
Dastlabki shixta yuqoridagi pudga yuklanadi va pudlarning aylanma harakati hisobiga birin-ketin pastda joylashgan pudga tushiriladi. Yoqilg‘i va havo har pud qarshisida joylashgan oynadan beriladi
1. Quvuri aylanadigan pech gorizontal silindr shaklida bo‘lib, diametri 2—5 m, uzunligi 20—200 m (1- b rasm).
Shixta va yoqilg‘i pechning qarama-qarshi tomonlaridan yuklanib bir-biriga qarab harakatlanadi. Shixta, pechning ma'lum qiyalikda joylashish va uning aylanishi hisobiga harakatlanadi.
2. Aglomeratxion maxhina eni 1—4 m, uzunligi 10—50 m bo‘lgan bir-biriga jipslashgan po‘lat aravachalardan tuzilgan. Shixta qatlam-qatlam tarzda aravaga solinadi va yondiriladi, yonishga kerak bo‘lgan havo shixta orqali so‘riladi (1- d rasm).
3. Qaynar qatlamli (QQ) pech eni 2—8 m, balandligi 3—15 m silindr shaklidagi kamerani eslatadi. Pechning pastki qismidan ko‘tariladigan havo kuydirilayotgan materialni qaynar qatlam holda ushlab turadi (1- e rasm).
4. Yallig‘ qaytaruvchi pech ruda va boyitmalarni eritish hamda yarim mahsulotlarni tozalash uchun qo‘llaniladi. Yallig‘ qaytaruvchi pechning eni 4—10 m, uzunligi 10—35 m bo‘lib, kamera gorizontal joylashgan (2- a rasm). Dastlabki shixta pechga pechning yon devorida joylashgan oynalardan yoki yuqoridagi maxsus tuynuklar orqali yuklanadi. Eritma mahsulotlar esa pechning vannasida to‘planadi.Yoqilg‘i pechning bosh tomonidan beriladi, gazlar esa pechning oxiridan chiqariladi. Jarayonning mahsulotlari (shlak, shteyn) pechdan vaqti-vaqti bilan chiqarib turiladi.
5. Shaxtali pech eni 1—2 m, uzunligi 5—15 m, balandligi 5— 8 m bo‘lgan vertikal shaxta shaklida yasalgan.Yirik shixta va yoqilg‘i pechning tepa qismidan yuklanadi, havo pechning pastki qismiga joylashgan maxsus qurilmali naychalar — furmalardan beriladi. Jarayon mahsulotlari pechning yig‘indixonasiga tinimsiz chiqariladi.
6. Elektropech — yallig‘ qaytaruvchi pechga o‘xshash shaklda bo‘lib, pechning yuqori qismidan grafitdan yasalgan elektrod tushirilgan, uning diametri 0,6—1,4 m. Shixtani solish va erigan mahsulotlarni chiqarish yallig‘ qaytaruvchi pechga o‘xshashdir.
Konverter diametri 2—4 m, uzunligi 4—10 m bo‘lgan gorizontal silindrni yodga soladi. Konverter aylanishi mumkin (gorizontal o‘qi atrofida). Erigan shteyn va flus pechning yuqori qismidagi maxsus darchadan solinadi, havo esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri eritmaga pechning yon qismidan vannaga purkaladi.
  1. rasm. Huydirixh va quritixh pechlarining xxemaxi: a—ko‘p pudli pech; b—quvurli aylanuvchi pech; d—aglomeratsion mashina; e—qaynar qatlamli pech.




2- rasm. Ruda va boyitmalarni eritixh pechlarining xxemaxi:
a—yallig‘ qaytaruvchi pech; b—shaxtali pech;
d—ruda-termik elektropech; e—konverter.
Metallurgik pechlarning ishlashi bir paytda o‘tadigan besh xil jarayondan iboratdir; ya'ni texnologik, energetik, aeromexanik, mexanik va issiqlik almashinuvlari. Bularning asosiysi — texnologik jarayondir. Boshqa jarayonlar unga bo‘ysunadi, ya'ni boshqa jarayonlarning rivojlanishi texnologik jarayonning sifatli va samarali o‘tishini ta'minlashi kerak. Amaliyotda barcha jarayon bir vaqtda kechadi, bu jarayonlar bir-biri bilan o‘zaro bog‘liqdir, bittasini jadallashtirish boshqalarining jadallashuviga olib keladi. Bunday qonuniyatlarni amalda ishlab turgan yallig‘ qaytaruvchi pechda ko‘rib chiqamiz (3- rasm).
Rasmda, yallig‘ qaytaruvchi pechning ko‘ndalang kesimida asosiy jarayonlarning o‘tish o‘rni ko‘rsatilgan. Unda uglerodli yoqilg‘i pechning ishchi hajmida yonadi va yuqori haroratli gazlar paydo bo‘ladi — bu energetik jarayon. Paydo bo‘lgan gazlarning
3 - rasm. Yallig‘ qaytaruvchi pechda eritish jarayoni
pech ichida harakatlanishi — aeromexanik jarayonni tashkil etadi. Harakat davrida issiq gazlar issiqlikni sovuq shixtaga beradi — bu issiqlik almashuv jarayonidir. Olingan issiqlik natijasida shixta eriydi, natijada ma'lum fizik-kimyoviy o‘zgarishlar ro‘y berib, mahsulot paydo bo‘ladi (shteyn va shlak). Bu hol texnologik jarayon deb ataladi.
Shixta ustida hosil bo‘lgan eritma pastga qarab siljiydi, pechning hovuzida shteyn va shlakka ajralib, ikki qatlam paydo bo‘ladi. Bu jarayon mexanik jarayon deb nomlanadi.
Pechda yoqilg‘i qancha shiddat bilan yonsa, shuncha ko‘p gaz paydo bo‘ladi va pechning harorati ortadi. Bu esa gaz yordamida qattiq moddaga issiqlik uzatishni jadallashtiradi va fizik-kimyoviy jarayonlarning tezroq o‘tishiga olib keladi. Zamo- naviy pechlarda boradigan jarayonlarni o‘rganish uchun kompleks nazariyani bilish shart.
Kompleks nazariya yuqorida keltirilgan jarayonlarning umu- miy qonuniyatlari va ularning pechlarda o‘tadigan jarayonlarga ko‘rsatadigan turli ta'sirini o‘rganadi.
Quyida metallurgik pechlarning ishchi hajmida yuqorida sanab o‘tilgan asosiy jarayonlarni sonli bog‘liqligini aniqlaymiz. Buning uchun pechda o‘tadigan jarayonlarning umumlashtiruvchi mate- matik sxemasi tasvirini chizamiz (4- rasm).
4- rasm. Metallurgik pechlar jarayonlarining umumiy sxemaxi.
Pechning V hajmida qattiq, eritma materiallar va mahsulotlar joylashgan, ular pechda Vm hajmini egallagan.Pechning ishchi hajmiga havo, materiallar va quvvat beriladi, pechdan esa gazlar, mahsulotlar va quvvat (gazlar bilan tashqariga chiqib ketayotgan, isrof bo‘layotgan issiqlik va boshqalar) chiqib ketadi.
Metallurgiyada qayta ishlanayotgan xomashyoga qo‘yiladigan texnologik talablarga, ko‘ra oksidlovchi, sulfidlovchi va xlorlov- chi kuydirish usullari mavjud. Bu jarayonlarni amalga oshirishda metallurgik zavodlarda ko‘p tubli va qaynar qatlamli pechlar hamda aglomeratsion mashinalardan foydalaniladi. Qaysi bir turdagi kuydirish dastgohini tanlash xomashyoning turiga, tarkibiga, olinadigan tayyor mahsulotning keyingi qayta ishlash jarayonidagi kerakli xususiyatlariga, dastgohning kam energiya sarf qilishiga va ishlab chiqarish unumdorligiga asoslanadi.
Qaynar qatlamli pechlardan — rangli metallurgiyada sulfidli ruda va boyitmalarni oksidlovchi kuydirishda keng foydalanilib kelinmoqda. Chunki bunday pechlarning ishlab chiqarish unumdorligi yuqori bo‘lib, tashqaridan issiqlik berilishi talab etilmaydi. Aksincha, pechning ishchi hajmidagi harorat xomashyo tarkibidagi sulfidli minerallarning shiddatli oksidlanishi- (yonishi)dan ajraladigan issiqlik (ekzotermik reaksiya) orqali amalga oshadi.
Qaynar qatlamli pechlar vertikal holatda silindr shaklida bo‘lib, diametri 5—7 m, balandligi 7—12 m va ostki qismining yuzasi 20—40 m2 ni tashkil etadi .
Pechning bir sutka davomidagi ishlab chiqarish unumdorligi ostki qismining yuzasi bo‘yicha 3,5—6 t/m2 ni tashkil etadi. Pechning bunday nomlanishiga sabab, yirikligi 0,074—0,2 mm bo‘lgan boyitma pechning ishchi hajmida uning tagidan ma'lum bosimda berilayotgan havo hisobiga bamisoli qaynayotgan qatlamga o‘xshash harakatlanadi.
Pech asosining qalinligi 10—16 mm bo‘lgan temirdan tayyorlangan bo‘lib, uning ichki qismi o‘tga chidamli loy va shamotli g‘isht bilan qoplangan.
Pechning ishchi hajmini qizigan kislorodga to‘yingan havo bilan ta'minlash maqsadida uning tag qismining butun yuzasi bo‘ylab 800 dan 1000 tagacha naychalar joylashtirilgan.
Aglomeratxion mashinalardan — qora va rangli metallurgiyada boyitma (konsentrat)larni kuydirib aglomerat qotishmalar tayyor- lashda keng foydalaniladi. Aglomeratsion mashinalar tasmali va aylana shaklda bo‘ladi.

Sulfidli boyitmalarni kuydirish uchun qo‘llanadigan qaynar qatlamli pech:


1 — boyitma yuklash tuynugi; 2 — kessonlar; S — forsunka.
Rux zavodlarda, tarkibi har xil bo‘lgan, bir necha boyitmalar ishlatiladi. Shixta tayyorlash davrida boyitmalar shunday nisbatlikda olinadiki, ular rux, yo‘ldosh foydali element va zarar komponentlar bo‘yicha aniq tarkibga ega bo‘lishi zarur. Qayta ishlashga kelgan rux boyitmagaini taxminiy tarkibi, %: 45-60 Zn; 29- 35 S; 6-12 Fe; 1,5-5,0 Al2O3; 0,2-4,4 Pb; 0,1-3,0 Cu; 0,4-3,0; SiO2; 0,5-1,5 CaO; 0,2-1,0 MgO; 0,25-0,8 Cd; 0,01-0,4 As; 0,01-0,3 Sb, 20-160 g/m Ag va 0,5-10 g/t Au. Shixtani pechga quruq yoki pulpa shaklda yuklanadi. Tashqaridan keltirilgan va tarkibi yaqin bo‘lgan boyitmagalar quruq shaklda qo‘llaniladi. Agarda rux zavodi boyitish fabrikasi yonida bo‘lsa, yoki boyitmagalarni tarkibi katta farq qilsa, pulpa shaklda yuklash maqsadga muvofiqroq bo‘ladi. Bunga asosiy sabab pulpadagi moddalar yaxshi va to‘la aralashtirilishi ortiqcha namlanadi, metallik dastgoxlar korroziyaga uchraydi va gaz chiqarish sistemasini ishlashi qiyinlashadi. Quruq shixta olish uchun boyitmagalar bir xil moda olish darajasiga aralashtiriladi va quritish barabanida, qoldiq namlik 6-8 % gacha quritiladi. O‘zbekiston rangli metallurgiyasida tsilindrik shakldagi «QQ» pechlari keng tarqalgan. Ularning podini maydoni 34 m, forkameralar maydoni 1,5 m, balandligi – 10 m, kuydirilgan moddani ajralib chiqish balandligi 1,0-1,2 m. Soplardagi teshiklar kesimi maydoni, podning maydoniga nisbatdan 0,8-1,0 % tashkil qiladi. Kukunsimon sulfidli rux boyitmagaini gaz fazasini 10-12 m/s tezlik ostida kuydirish olib boriladi. Gazning tezligini oshirish ortiqcha chang ajralib chiqishiga olib keladi. Agarda gazning tezligi kamroq bo‘lsa, shixta moddalarni qaynash muhitdan ajralib chiqib, soplolarga cho‘kib qoladi [3,6]. «QQ» pechini normal ishlashi uchun uning xajmida issiqlik balansini ushlab turish kerak. Issiqlikni taqsimlanishi, %: texnologik gazlar bilan 60 %; chang va devor orqali sarflanishi 20 %. Issiqlikni qolganini maxsus moslama yordamida pechdan chiqarilishi kerak.
Aks holda issiqlik to‘planib moddani o‘ta qizishiga olib kelishi mumkin. Ortiqcha issiqlik maxsus trubkali kesson orqali pechdan tashqariga chiqariladi. Texnologik gazlar kotel – utilizator orqali o‘tkaziladi. Bu dastgoxda issiqlikni 55 % gazi par olishga ishlatiladi. Qolgan issiqlik isrof bo‘ladi Kotelutilizator yuqori parametrli por ishlab chiqaradi (400-565oC, 4,5 - 6,0 MPa va 1,1- 1,4 t/t boyitmaga).
Pechga beradigan havoni xajmi nazariya hisobotlardan kelib chiqadi va 1500-1600 m/t boyitmaga tashkil qiladi. Havoning ortiqcha berilishi 20-30 % (= 1,2 / 1,3).
Kuydirish pechini normal ishlashi uchun quyidagi talablar bajarilishi kerak:
1) shixtani mineralogik va o‘lchamlari doimiyligi va qatlamga bir xil tezlikda yuklanishi;
2) havoni podina maydoni bo‘yicha bir xil taqsimlanishi;
3) kelayotgan havoni doimiy bosimi;
4) pechning ishchi xajmida va boshqa dastgoxlarda o‘zgarmas bosim bo‘lishi.
Bu talablar asosan qaynar qatlamni paydo bo‘lishi va mustahkam ishlab turishiga qaralgan. Sanoat ishlab chiqarish sharoitida qaynash qatlam havoning 15- 16 kPa bosimida paydo bo‘ladi. Bulardan 4-5 kPa li pechning podinasi gidravlik qarshiligini bartaraf qilishga sarflanadi. Demak «QQ» pechining gidravlik qarshiligi taxminan 10 kPa tashkil qiladi. Bunday bosim podinada normal qaynar qatlam hosil qiladi, bu taxminan 1 t/m2 tashkil qiladi.
Foydalaniladigan adabiyotlar

1. Фunumonoв Œ.M и дp. «MeтaллypFиueckaя тeплoтexниka». T II. M.: «MeтaллypFия», 1994.


2. Дuomuaoвcкuũ Д.A. MeтaллypFиueckиe пeuи цbeтнoй meтaллypFии. 3-e изд. M.: «MeтaллypFия», 1987.
3. Kpuвanaun B.A, Mapкoв Б.Л. MeтaллypFиueckиe пeuи. 3-e изд. M.: «MeтaллypFия», 1992.
4 Esopoв A.B. 3лekтpoплabильныe пeuи uepнoй meтaллypFии. M.: «MeтaллypFия», 1990.
5 Kumaeв Б.N. и дp. Teплooбmeн b maxтныx пeuax. 2-e изд.
«MeтaллypFия», 1987.
6. Kymaneaзe G.G. и дp. Cпpabouниk пo тeплoпepeдauи. 2-e изд. M.: «3нepFoиздaт», 1989.
7. Gmpusun N.A и дp. Ocнobы meтaллypFии. T.I. M.:
«MeтaллypFия», 1981.
8. Iyauma H.B., Heũn R.M. Kpaтkий cпpabouниk пo meтaллypFии цbeтныx meтaллob. M.: «MeтaллypFия», 1987.
9. Уmкun H.N. MeтaллypFия цbeтныx meтaллob. M.:
«MeтaллypFия», 1985.
10. Menoв B.B. и дp. AbтoFeнныe пpoцeccы b цbeтнoй meтaллypFии. M.: «MeтaллypFия», 1991.
11. Kynpяnoв Œ.M. AbтoFeннaя плabka meдныx koнцeнтpaтob bo bзbemeннom cocтoянии. M.: «MeтaллypFия», 1989.
12. Guзoв B.A. Faзoдинamиka и тeплooбmeн Faзobыx cтpyй b meтaллypFиueckиx пpoцeccax. M.: «MeтaллypFия», 1987.
15. H.Mining Journal — 1986 vol 296 № 7685 — P. 3
16. WWW.misis.ru
http://fayllar.org
Yüklə 21,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin