6. ELEKTR TARMOG‘INI REAKTIV QUVVAT ASOSIDA HISOBLASH
Elektr tarmoqlaridagi yuklamalar aksariyat hollarda aktiv quvvat ko‘rinishida beriladi. Ammo «O‘zbekenergo» DAK kompa-niyasi tomonidan 2009 yilda qabul qilingan «Elektr energiya-sidan foydalanish qoidalari»ga asosan tok taqsimlanish nuqtasi-dagi quvvat 15000 kVt. dan ortiq bo‘lsa, aktiv quvvat iste’moli bilan birga yana reaktiv quvvat iste’moli uchun ham haq to‘lashi shart. SHu bilan birga quvvati 250 kVt dan ortiq qurilamalarga reaktiv quvvatni kompensatsiyalash uskunalarni o‘rnatish talab etiladi. Ushbu qurilmalar aktiv quvvat koeffitsientini oshirish hisobiga elektr energiyasini tejash imkonini beradi. Talabalar reaktiv quvvatni hisoblash usullarini bilishi maqsadga muvofiqdir va foydadan xoli emas.
9 – m a s a l a
Berilgan: 10 kV kuchlanishli elektr tarmog‘idagi ruxsat etilgan kuchlanish isrofi Ur.e. = 8,5%, simlar orasidagi o‘rta geometrik masofa Do‘rt = 1000mm. 7 – rasmdagi hisob sxemasida yuklama aktiv quvvatda, quvvat koeffitsienti va masofalar km. larda berilgan.
Hisoblang: O‘tkazgich kesimini aniqlang.
7 - rasm. Kuchlanishi 10 kVli alyumin simdan qurilgan elektr tarmog‘ining bir chiziqli elektr sxemasi.
ECHILISHI:
Istemolchilarning reaktiv quvvatini hisoblaymiz:
q1 = p1 tg = 100 0,48 kVAr
q2 = p2 tg = 50 0,75 kVAr
q3 = p3 tg = 30 0,75 kVAr
Istemolchilarning to‘la quvvatini hisoblaymiz:
S1 = P1 - j q1 = 100 - j 48
S2 = 50 - j 37.5
S3 = 30 - j 22.5
Liniyalardagi ehtimoliy quvvatlarni topamiz:
Kuchlanish isrofining absolyut qiymatini topamiz:
Rangli metalldan yasalgan o‘tkazgichlar Do‘rt.=1000 mm bo‘lgan elektr tarmoqlarda induktiv qarshilik xo = 0.36...0.4 Om/km bo‘lganligi sababli, xo = 0.4 Om/km deb,qabul qilamiz.
Reaktiv qarshiliklar ta’sirida yo‘qotiladigan kuchlanish isrofini hisoblaymiz:
Aktiv quvvatdan yo‘qoluvchi kuchlanish isrofini hisob-laymiz:
Ua = Ur.e. - U r = 850 - 62 =788 B
Elektr o‘tkazgich kesimini hisoblaymiz:
Hisob ma’lumotlari asosida ichki qarshiligi ro = 2,16 Om/km, xo = 0,36 Om/km bo‘lgan standart kesimli alyumin-po‘lat simi AC -16ni tanlaymiz.
Eslatma: ko‘pchilik hollarda elektr iste’molchilarning yuklamasi aktiv quvvat koeffitsienti bilan beriladi. Unday hollarda reaktiv quvvatni topish uchun quyidagi ketma-ketlikdan foydalanish mumkin.
; ; .
Mustaqil ish uchun topshiriq.
1. YUqorida berilgan 9 - masala shartlari asosida kuchlanishi 6 kV li elektr ttarmog‘idagi tok bo‘linish nuktalaridagi yuklamasi 1. 70 kVt/0,86; 2. 35 kVt / 0,9; 3. 18 kVt/0,95 bo‘lgan tarmoq uchun o‘tkazgich kesimini toping.
2. 6 - rasmdagi ma’lumotlar asosida, kuchlanishi 0,4 kV.li, ruxsat etilgan kuchlanishi Ur.e = 2,5%; tok bo‘linish nuktalaridagi yuklamasi 1. 17 kVt/0,81; 2. 22 kVt /0,7; 3. 29 kVt/0,77 bo‘lgan tarmoqdagi o‘tkazgich kesimini toping.
3. 6 - rasmdagi ma’lumotlar asosida, kuchlanishi 0,22 kV.li, ruxsat etilgan kuchlanishi Ur.e = 5%; tok bo‘linish nuktalaridagi yuklamasi 1. 24 kVt/0,80; 2. 12 kVt /0,78; 3. 19 kVt/0,83 bo‘lgan tarmoqdagi o‘tkazgich kesimini toping.
Dostları ilə paylaş: |