O‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i
_______ S.Q.Xasanova
___ _______ 2022-yil
BOLALARNING IJTIMOIY MOSLASHUVI FANINING ISHCHI DASTURI Bilim sohasi: 100000 – Ta’lim
Ta’lim sohasi: 110000 – Ta’lim
Ta’lim yo’nalishi: 60110200 – Maktabgacha ta’lim
Navoiy
Fanni o‘qitishdan maqsad – Gumanitar bilishning soxasi sifatida ijtimoiy - pedagogika, uning obʼekti, tadqiqot predmeti va asosiy kategoriyalari xakida nazariy bilimlar berish. Bolani ijtimoiylashtirishning asosiy omillari va qonuniyatlari hakida yaxlit tasavvurlarni shakllantirish. Ijtimoiy - pedagogik faoliyatning o‘ziga xosliklari va uning gumanistik yo‘nalganligini yoritib berish. Turli toifadagi bolalar bilan ijtimoiy - pedagogik faoliyat olib borishning asosiy metod va shakllarini o‘rganish va amaliyotda qo‘llay olishga o‘rgatish.
Fanning vazifasi - talabalarda ijtimoiy – pedagogik tadqiqot ko‘nikma va malakalarini shakllantirish, pedagogikaning tarmoqlari; ijtimoiy pedagogika umumiy pedagogikaning tarkibiy qismi ekanligi; ijtimoiy pedagogikaning jamiyat hayotidagi ahamiyati; ijtimoiy pedagogikaning taʼlim va tarbiya jarayonidagi ahamiyati, ijtimoiy pedagogikaning tibbiy-psixologik asoslari; ijtimoiy pedagogikaning madaniy-tarixiy, etnografik va falsafiy negizlari; sotsial ishlar metodlari; sotsial ishlar texnologiyasi; pedagogik sotsiologiya asoslari; pedagogik kollektivda muhit, pedagogning sotsial portreti;
II. Asosiy nazariy qism II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi: (Ma‘ruza mashg‘ulotlar) 1-mavzu: Ijtimoiy pedagogika fan sifatida, ijtimoiylashuv tushunchasi jarayoni, vositalari. Ijtimoiylashtirishning omillari va mexanizmlari. Ijtimoiy pedagogika ta’rifi, tuzilishi va vazifalari. Ijtimoiy pedagogika tushunchasi. Ijtimoiy pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqadorligi. Ijtimoiy pedagogikaning sohalari va vazifalari. Ijtimoiy pedagogikaning asosiy kategoriyalari.Ijtimoiylashuv tushunchasi mazmuni. Ijtimoiy tarbiya va uning bosqichlari. Ijtimoiylashtirish - tarbiyaning bosh maqsadi. Makro, mikro omillar. Ijtimoiylashtirishning omillari va mexanizmlari. Ijtimoiylashuv jarayonida muhitning o’rni.
2-mavzu: Ijtimoiy pedagogika rivojlanishining madaniy-tarixiy asoslari. Tarbiya - ijtimoiy hodisa. Bolalik - insonning ijtimoiy hayot me’yorlarini egallay boshlash davri. Ijtimoiy pedagogikani va ijtimoiy-pedagogik faoliyat rivojining metodologik asoslari. O’zbekistonda ommaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlarining rivojlanishi va unda bolalarning ijtimoiylashuvi tarixi. Tarbiya - ijtimoiylashtirish omili. Ijtimoiylashtirish - tarbiyaning bosh maqsadi. Maktabgacha yosh davri - ijtimoiy hayot me’yorlarini egallay boshlash davri. Ijtimoiylashuv omillarining - bola rivojlanishiga ta’siri.
3-mavzu: Pedagogika va ijtimoiy pedagogika kategoriyalari. Ijtimoiy tarbiyada mahallaning o’rni. Ijtimoiy muhit bolani tarbiyalashning omili sifatida. Ijtimoiy - pedagogik faoliyatda bolalarning moslashuv ko’nikmalarini shakllantirish. Pedagogning oila bilan olib boradigan ijtimoiy faoliyati. Shaxs, rivojlanishi, faoliyat, ijtimoiylashuv, jamiyat ijtimoiy pedagogikaning asosiy kategoriyalari. Ijtimoilashuv jarayoni. Tarbiya va ijtimoiy tarbiya. Milliy mentalitet va uning ijtimoiylashuvda tutgan o’rni. Mahalla ijtimoiylashuvning an’anaviy omili sifatida. Ijtimoiylashuv jarayonida muhitning o’rni. Ijtimoiy pedagogikaning jamiyatda tutgan o’rni. Tarbiya va ijtimoiy tarbiya. Bolaning sotsiumda rivojlanishi. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan ijtimoiy- pedagogik faoliyat. Bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlari sharoitga moslashuvida pedagogning roli. MTT bolalarning moslashuv ko’nikmalarini shakllantirish texnologiyalari. Tarbiyachilar, bolalar va ota-onalarga psixologik-ijtimoiy yordam. Ta’lim-tarbiya rivojlantirish vazifalarini hal etishga ijtimoiy pedagogik yondashuv. Oila bilan ijtimoiy pedagogik faoliyat olib borish.