Bolalarning ijtimoiy moslashuvi fanining ishchi dasturi


VI.Ta’lim texnologiyalari va metodlari



Yüklə 185,5 Kb.
səhifə8/10
tarix20.12.2022
ölçüsü185,5 Kb.
#76687
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Abdiraxmonova Guliston ijtimoiy moslashuvi

VI.Ta’lim texnologiyalari va metodlari:

Ma’ruzalar;


Muammoli vaziyatlar;
Amaliy mashg‘ulotlar (mantiqiy fikrlash, tezkor savol-javoblar);
Guruhlarda ishlash;
Taqdimotlar qilish;
Individual loyihalar;
Bolalar psixodiagnostikasiga doir metodikalar o‘tkazish;
Jamoa bo‘lib ishlash va himoya qilish uchun loyihalar.
VII. O’qitish va o’rganish usullari
Modul ma’ruzalar, amaliy, seminar, laboratoriya va h.k auditoriya mashg‘ulotlari hamda talabalarning mustaqil ta’lim faoliyati orqali tashkil etiladi. Ma’ruzalarda kurs mavzularini tahlil qilish uchun zarur bo‘lgan nazariy ma’lumotlar beriladi. Amaliy auditoriya mashg‘ulotlarida kurs muammolari taqdim etiladi va talabalarga ularni hal qilish uchun zarur usullar va metodlarni qo‘llash bo‘yicha mashq qilish imkoniyati beriladi. Mustaqil ta’lim faoliyatida talabalar mavzularni chuqur o‘rganib, adabiyotlar va ilmiy jurnallar hamda manbaalardan foydalangan holda mavzularni tahlil qilishi lozim.

VIII. Kreditlarni olish uchun talablar va fan bo’yicha talabalar bilimini baholash hamda nazorat qilish mezonlari:
Talabalar bilimini baholar mezonlari talabalar ta’lim dasturi doirasida o‘qitish shaklidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan belgilangan amaldagi baholash mezonlari asosida baholanadi.
Fan dasturida (sillabusda) belgilangan baholash tartibi hamda ijobiy baholar doirasida baholangan talabalarga kreditlar beriladi. Talaba belgilangan ta’lim olish natijalariga erisha olmagan taqdirda, kreditlar berilmaydi.
Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to’la o’zlashtirish, tahlil natijalarini to’g’ri aks ettira olish, o’rganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil mushohada yuritish, ijod qilish va joriy, oraliq, nazorat shakllarida berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat bo’yicha ishlarni topshirish.
Oraliq nazorat - bu professor-o‘qituvchi tomonidan talabaning modulning birinchi qismi bo‘yicha olgan bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini baholashning muhim bosqichi bo‘lib, kelajakda shu fan bo‘yicha o‘zlashtirishni prognoz qilish ko‘rsatkichidir. Oraliq nazoratda talabalar bilimini baholash og‘zaki savol-javob va yozma ish orqali amalga oshiriladi.
Joriy nazorat - talabalarning seminar, amaliy, laboratoriya va h.k mashg’ulotlari, munozaralardagi ishtiroki, amaliy va keys hamda mustaqil ish topshiriqlarini baholash tarzida amalga oshiriladi. Joriy nazorat tarkibiga mustaqil ta’lim bo’yicha natijalarini baholash ham kiritilib, talabalarning loyihaviy faoliyatini tashkil etishni ko’zda tutishi maqsadga muvofiq.
Yakuniy nazorat - bu professor-o’qituvchi tomonidan talabaning kurs bo’yicha olgan bilimlari va amaliy ko’nikmalarini baholashning umumlashtiruvchi bosqichi hisoblanadi.
Mustaqil ta’limni baholash – bu talabalarning jamoaviy tartibda va yakka tartibda berilgan amaliy loyihalarni bajarishlari orqali amalga oshiriladi. Bunda bir talabaga bitta jamoaviy loyiha va ikkita yakka tartibda bajariladigan loyiha beriladi. Talaba berilgan loyihaning maqsad va vazifalarini, mohiyatini tushungan holda qo’yilgan masalani o’rganib, izlanishlar olib boradi. Fan dasturida loyihalarning soni, mavzusi, mazmuni bajarish usullari va topshirish muddatlari to’liq ochib beriladi.



Yüklə 185,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin