8-Amaliy ish Elektr-olovli va olovli portlatish



Yüklə 7,51 Kb.
tarix24.12.2023
ölçüsü7,51 Kb.
#193373

8-Amaliy ish
Elektr-olovli va olovli portlatish
Elektr-olovli portlatish mazkur Qoidalarni 9.1- kichik bо‘limi talablariga muvofiq ravishda bajarilishi kerak. Portlatiladigan zaryadlarni soni cheklanmaydi .
Zaryadlarni olovli usul bilan tezlatish, qaysiki yer yuzasida va faqat elektr yoki boshqa usul, shо‘uningdek noelektrik tizimli tezlatishlar bilan almatishirining iloji bо‘lmagan hollardagina ruxsat etiladi.
Yondiruvchi va nazorat naychalarini tutab yonadigan mash’al, olovо‘tar shnur kesmasi yoki maxsus maslamalar bilan yoqish zarur. Faqat yolg‘iz zaryadlarni portlatishda naychani gugurt bilaan yoqishga ruxsat etiladi.
Olovli portlatishda yonuvchi naychadagi OSH ning uzunligi shunday hisoblanishi lozim, qayski zaryaddan xavfsiz masofaga yoki panagohga portlatuvchi ketishi ta’minlansin.
Har bir yondiruvchi naychaning uzunligi kamida 1 m bо‘lishi; OSH ning uchi shpurdan kami bilan 25 sm ga chiqib turishi kerak. Yondiruvchi va nazorat naychalar tayyorlashga mо‘ljallangan olovо‘tar shnurlarni har bir о‘ramining ikki uchi bо‘yicha 5 sm dan kesib tashlash kerak.
Olovо‘tar shnurlarni pichoq, bolta va boshqa о‘tkir asboblar bilan kesishga ruxsat etiladi. Tutamlab bog‘langan olovо‘tar shnurni bir necha tolasini bir vaqtda kesishga ruxsat etiladi. Kapsyul-detonatorga kiritiladigan shnur о‘z о‘qiga perpendikulyar qilib kesilishi kerak.
Stol ustida olovо‘tar shnurlarni kesish paytida kapsyul-detonatorlar, shnurlarni kapsyul-detonatorlarga biriktirish paytida esa kesuvchi asboblar bо‘lmasligi kerak.
Olovо‘tar shnurlarni kesish jarayonida, shnurni qalinlashgan yoki ingichkalashgan, qobig‘i butun bо‘lmagan, ezilgan va boshqa tashqi kamchiliklarga ega bо‘lgan uchastkalari kesib olinishi kerak.
Yer yuzida besh va undan ortiq naychani yondirishda, yoqishga ketadigan vaqtni nazoratlash uchun, qog‘oz gilzali kapsyul-detonatordan tayyorlangan nazorat naychasidan foydalanish kerak. Nazorat naychasini birinchi yoqish kerak; uni olovо‘tar shnurining uzunligi, qо‘llaniladigan yondiruvchi naychalar orasidan shnuri eng qisqasiga nisbatan kamida 60 sm qisqa bо‘lishi, ammo 40 sm dan kam bо‘lmasligi kerak.
Yerosti sharoitlarida shu maqsadlar uchun OSH ni nazorat kesmasi qо‘llanilishi kerak. U yondiruvchi naychalarni yoqish uchun foydalaniladi.
Yondiruvchi naychalarini yoqish tugaganidan keyin yoki nazorat naychasi kapsyul-detonatori portlaganidan (shnurni nazorat kesmasi yonganidan) sо‘ng, shuningdek nazorat kesmasi о‘chganida barcha portlatuvchilar zudlik bilan xavfsiz masofaga yoki panagohga ketishlari kerak.
Yer yuzasidagi portlatishda nazorat naychasi yondiruvchi naychadan kamida 5 m uzoqda, hamda portlatuvchilar qaytib ketadigan yо‘ldan boshqa joyga qо‘yilishi kerak.
Poroxdan tayyorlangan zaryaddagi yondiruvchi naychaning olovо‘tar shnuri PM ga ega bо‘lgan zaryadga tegmasligi kerak.
OSH ga qо‘shimcha ulash (uzaytirish) man etiladi. Yondiruvchi naychalar dublyorlanib ulanganda, ularni bir vaqtda yoqish lozim.
Elektr-olovli va olovli portlatishda porlatuvchi portlagan zaryadlar hisobini yuritishi kerak. Agar bu talabni bajarishning iloji bо‘lmasa yoki birorta zaryad portlamagan bо‘lsa, unda oxirgi portlatish vaqtidan 15 minut о‘tganidan keyin, qaytishgan zaryadlar bо‘lmasa oxirgi portlatish vaqtidan 5 minut о‘tganidan keyin portlatish joyiga kelishga ruxsat etiladi.
Yüklə 7,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin