Ishlanmagan vaqt uchun haq to’lash. Ishlanmagan vaqt uchun haq to’lashga quyidagi lar kiradi:
qonun xujjatlariga muvofiq asosiy yillik ta’tillarga haq to’lash;
asosiy ish haqi kisman saklanib qolgan holda majburiy ta’tilda bo’lgan xodimlarga
beriladigan to’lovlar;
donor xodimlarga ko’rikdan o’tishi, qon topshirish va qon topshirilgan har bir kundan
keyin beriladigan dam olish kunlari uchun haq to’lash;
O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofik davlat yoki jamoat vazifalarini
bajarganlik uchun mehnatga haq to’lash;
Qishloq xo’jaligi va boshqa ishlarga jalb qilinadigan xodimlarning asosiy ish joyi
bo’yicha saqlab qolinadigan ish haqi;
yuridik shaxslarning xodimlariga kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish
tizimida ishdan ajralgan holda o’qishlari vaqtida asosiy ish joyi bo’yicha ularga to’lanadigan ish haqi;
xodimning aybisiz bekor turib qolingan vaqt uchun haq to’lash;
moddiy yordam to’lovi;
oliy O’quv yurtini tamomlaganidan keyin yosh mutaxassislarga ta’til vaqti uchun yuridik
shaxs hisobidan to’lanadigan nafaqalar va boshqalar.
Mulkiy daromadlar.Jismoniy shaxslarning mulkiy daromadlari 176-moddada qayd qilingan. Ushbu daromadlarga quyidagi lar kiradi:
foizlar;
dividendlar;
mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar;
jismoniy shaxslarga xuxusiy mulk huquqi asosida tegishli bo’lgan mol-mulkni
realizasiya qilishdan olingan daromadlar;
sanoat mulki obyektlariga berilgan patent (lisenziya) egasi bo’lgan jismoniy
shaxsning olgan daromadi;
Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar to’laganidan keyin xususiy korxona
mulkdori hamda fermer xo’jaligi boshligi,xususiy amaliyot bilan shug’ullanuvchi notarius ixtiyorida koladigan foyda so’mmasi.