Jismoniy shaxs deganda O’zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet davlat fuqarolari, shuning dek fuqaroligi bo’lmagan shaxslar tushuniladi.
Soliq va majburiy to’lovlarning turlari. Bular Soliq kodeksining 23-moddasida aks ettirilgan. Shu moddaga ko’ra soliqlar quyidagi turlari bo’linadi.
yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i;
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i;
ko’shilgan qiymat solig’i;
aksiz solig’i;
yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun Soliqlar va maxsus to’lovlar;
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
mol-mulk solig’i;
yer solig’i;
obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i;
jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yokilgisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq.
Boshqa majburiy to’lovlar ham 23-moddada qayd qilingan.
Bularga quyidagilar kiradi: Ijtimoiy jamg’armalarga majburiy to’lovlar:
yagona ijtimoiy to’lov;
larning byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallari;
byudjet tashqari Pensiya jamg’armasiga majburiy ajratmalar;
Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy to’lovlar;
Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy ajratmalar;
Respublika yo’l jamg’armasiga yig’imlar;
Davlat boji;
Bojxona to’lovlari;
Ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko’rsatish huquqi uchun yig’im.
Kodeksda belgilangan xollardan va tartibda Soliq solishning soddalashtirilgan tartibida to’lanadigan quyidagi soliqlar ko’llanilishi mumkin:
yagona Soliq to’lovi;
yagona yer solig’i;
tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo’yicha kat’iy belgilangan Soliq.
Davlat umummilliy dasturlarini amalga oshirish davrida tegishli jamg’armalar tashkil etilishi mumkin bo’lib, ularga qonun xujjatlarida nazarda tutilgan tartibda majburiy to’lovlar belgilanadi.