Reja: 1.O’qituvchining darsga tayyorgarligida ko’zga tashlanadigan uch maqsad.
2.Ta’limning yordamchi shakllari. Zamonaviy ta’lim jarayonida o’qituvchiga qo’yiladigan talablar mazmuni va vazifalari.
3.Ijodiy kayfiyat - o’qituvchi aql-idrokini namoyon etuvchi pedagogik mahoratning bir qirrasi
sifatida. Ijodiy kayfiyatni ta’lim jarayonida shakllantirishning ba’zi vositalari.
4. Ta’lim jarayonida o’qituvchining pedagogik ahorati omilkorligini ta’minlovchi xususiyatlar.
5.O’qituvchi tomonidan pedagogik mahorat nuqtai nazaridan ushbu tashkillashtiriladigan ta’lim jarayonini boshqarish bosqichlari.
Tayanch so’zlar: dars samaradorligi, darsga tayyorgarlik, o’quv-tarbiyaviy jarayon, kompleks chora-tadbirlar
Darsning samaradorligi uning puxta tayyorlanganligi va samarali tashkil etilganligi bilan bog`liq. Yaxshi rejalashtirilmagan, yetarlicha o’ylab chiqilmagan, shoshilinch tuzilgan va o’quvchilar imkoniyatlariga moslashtirilmagan dars sifatli bo’la olmaydi. Darsga tayyorgarlik aniq sharoitlarda eng yuqori yakuniy natijaga erishishni ta`minlovchi o’quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etilishini ta`minlash, kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqishdir.
O’qituvchining darsga tayyorgarligida quyidagi uchta bosqich ko’zga tashlanadi: tashxislash, bashoratlash, loyihalashtirish (rejalashtirish).
Shu bilan birga o’qituvchi amaliy materiallarni yaxshi bilishi, o’z fanini erkin olib borishga erishishi lozim. Darsga tayyorgarlik asosini bo’lajak mashg`ulotning algoritmlari, samaradorligi bog`liq bo’lgan omillar va holatlarni hisobga olishni ta`minlovchi qadamlarni ketma-ket tartib bilan bajarish tashkil etadi.