[
OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.72.00 Oliy ta’lim (bakalavriat va magistratura)]
[
TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim
vazirining
buyrug‘i
“Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa o‘zgartirishlar
kiritish haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 25-iyulda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 1981-4]
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-avgustdagi 511-son “El-yurt umidi” jamg‘armasi faoliyatiga hamda ta’limga oid qonunchilik takomillashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar
kiritish,
shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2009-yil 11-iyundagi 204-son “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1981, 2009-yil 10-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 28-son, 330-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir A. TOShKULOV
Toshkent sh.,
2022-yil 24-iyun,
15-2022-son
O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2022-yil 24-iyundagi 15-2022-son buyrug‘iga
ILOVA
“Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. Buyruq muqaddimasidagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 225-modda) va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 11-12-son, 295-modda) qonunlariga” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. Nizom muqaddimasining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimini tartibga soladi”.
(Qonunchilik ma’lumotlari
milliy bazasi, 25.07.2022-y., 10/22/1981-4/0670-son)