2. Mexanik energiya nima?



Yüklə 203,5 Kb.
səhifə2/4
tarix02.02.2023
ölçüsü203,5 Kb.
#82328
1   2   3   4
Energiyaning saqlanish qonuni

Bu yerda sistema deganda nimani nazarda tutyapmiz.
Fizikada sistema deb tenglamalar tuzishda ishtirok etadigan barcha jismlar toʻplanmasiga aytiladi. Biz jism harakatini energiyaning saqlanish qonuni orqali tasvirlamoqchi boʻlsak, sistema oʻrganilayotgan jismni va u bilan taʼsirlashayotgan barcha boshqa jismlarni oʻz ichiga olishi kerak.
Amaliyotda qaysi kuchlar taʼsirini hisobga olmaslikni tanlashimizga toʻgʻri keladi. Sistemani aniqlayotganimizda bizni qiziqtirayotgan va bizga kerak boʻlmagan narsalarni ajratib olamiz. Sistemadan tashqari boʻlgan barcha narsalarni bitta qilib muhit deb ataymiz. Muhitning baʼzi qismlarini eʼtiborga olmaslik hisobdagi aniqlikni biroz kamaytiradi. Lekin buning hech yomon tomoni yoʻq. Aslida, yaxshi fizik degani nafaqat fizik hodisani tushunish, balki xavfsiz ravishda baʼzi hodisalarni eʼtiborga olmaslikni bilish demakdir.
Masalan, koʻprikdan xavfsizlik kamari bilan sakrayotgan odamni koʻraylik. Sistema kamida sakrovchi, kamar va Yerni oʻz ichiga olishi kerak. Yanada aniqroq natija olish uchun sistemaga sakrovchiga taʼsir qiladigan havoning qarshilik kuchini ham kiritish kerak. Koʻprik va uning poydevorini ham sistemaga qoʻshishimiz mumkin, ammo biz bilamizki, koʻprik sakrovchidan ancha ogʻir, shuning uchun uni hisobga olmasak ham boʻladi. Agar koʻprik ogʻir yuk transport vositalarini koʻtarish uchun moʻljallangan boʻlsa, sakrovchi xavsizlik kamarining arqoni kuchi bilan koʻprikka koʻrsatadigan taʼsiri ahamiyatsiz desa ham boʻladi.

Mexanik energiya nima?


Mexanik energiya deb sistemaning potensial va kinetik energiyalari yigʻindisiga aytiladi.
Faqatgina konservativ kuchlar, gravitatsiya kuchi va elastik kuchi kabilar potensial energiyaga ega. Ishqalanish va qarshilik kabi konservativ boʻlmagan kuchlar potensial energiyaga ega emas. Konservativ kuchlar orqali sistemaga berilgan energiyani doim qaytib olishimiz mumkin. Konservativ boʻlmagan kuchlar orqali uzatilgan energiyani qaytib olish juda qiyin. Koʻpincha ushbu energiya issiqlik yoki boshqa koʻrinishda sistemadan chiqib ketadi, boshqacha aytganda, tashqi muhitga sarf boʻladi.
Amaliyotda energiyaning saqlanish qonunidan koʻra uning xususiy koʻrinishi – mexanik energiyaning saqlanish qonuni koʻproq ishlatiladi. Mexanik energiyaning saqlanish qonuni faqat barcha kuchlar konservativ boʻlsagina oʻrinli. Yaxshiyamki, koʻpgina hollarda konservativ boʻlmagan kuchlarni hisobga olmasdan yaxshi natija olish mumkin.

Yüklə 203,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin