2-Modul: Qatti q jismlarda atomlararo bog’lanishlar va ularning turlari.
Ion, kovalent, vodorod va Van-der-Vals hamda metall bog’lanishlar.
Noto’g’ri ta’sirlashuvga ega bo’lgan moddalarning tuzilishi, metallik, ion va
molekulyar hamda kovalent bog’ga ega bo’lgan moddalar kristall tuzilishi.
Reja
1.Kimyoviy bog'lanishlarning vujudga kelishi.
2.Kimyoviy bog'lanish turlari.
3.Kimyoviy elementlar valentligi. Birikmalardagi element
atomlarining valentligi
va oksidlanish darajasi.
Kimyoviy bog'lanishlarning vujudga kelishi.
Kimyoviy bog'lanish
hakidagi ta'limotlar hozirgi zamon kimyosining asosiy masalalaridan biridir. Bu
ta'limotni bilmay turib kimyoviy birikmalarning turli-tumanligi sabablarini,
ularning hosil bo'lish mexanizmini, tuzilishini
va reaksiyaga kirisha olish
xususiyatini tushunib bo'lmaydi.
Molekulada atomni tutib turadigan kuchlarning yig'indisiga
kimyoviy
bog'lanish
deyiladi.
Hozirgi vaqtda molekulalarda element atomlarining qanday bog'langanligi
quyidagicha tushuntiriladi: kimyoviy bog'lanish paytida element atomlarining
tashqi va tashqidan oldingi energetik pog'onachalaridagi elektronlar ishtirok etadi
va qayta taqsimlanadi. Kimyoviy bog'lanishda ishtirok
etuvchi bu elektronlar
valent elektronlar deyiladi. Bosh guruhcha elementlari tashqi qavat elektronlari
bilan, yonaki guruhcha elementlari tashqi va tashqidan oldingi ikkinchi qavat
elektronlari bilan kimyoviy bog'lanishda ishtirok etishi mumkin.
Ularning maksimal sonini elementning davriy sistemadagi o'rnidan, ya'ni
guruh raqamidan bilish mumkin (ayrim elementlar bundan mustasno).
Element atomlari tashqi energetik pog'onalarini tugallashga intiladi. Buning
uchun ayni atom boshqa atomlardan elektron olishi
yoki valent elektronlarini
birgalikda juftlashtirishi yoxud boshqa atomga elektron berishi mumkin.
Element atomlari orasida qanday bog'lanish vujudga kelishi elementlarning
elektromanfiyligiga bog'liq.
Elektromanfiylik
– molekuladagi atomlarning o'ziga elektron tortib turish
qobiliyatidir.
Ayni elementning taqribiy elektromanfiyligi (EM)
uning elektronga
moyilligi E bilan ionlanish energiyasi (I) yig'indisiga (yoki uning yarmiga) teng:
Gazsimon fazada bo'lgan normal xolatdagi atomdan bir elektronni batamom
chiqarib yuborish uchun zarur bo'lgan minimal energiya miqdori
ionlanish
energiyasi
deyiladi. Element atomi bir elektron biriktirib olganda ajralib
chiqadigan energiya miqdori ayni elementning
elektronga moyilligi
deb ataladi.
Demak, atomlardan molekulalar xosil bo’lishining
sababi sistemada
energetik afzallikning sodir bo’lishidir. Kimyoviy boglanish boglanish energiyasi,
boglanish uzunligi va valentliklararo burchak nomli kattaliklar bilan
xarakterlanadi. Kimyoviy bogni uzish uchun zarur bo’lgan energiya boglanish
energiyasi deyiladi. Хar bir bog uchun tugri keladigan
boglanish energiyasining