2-modul. Taraqqiyotning “O„zbek modeli” va uning o„ziga xos xususiyatlari



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/13
tarix12.10.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#154793
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
\'19.11.2020 ma’ruza matni

о„n yilida
о‗zbek о‗zligini tanidi, jahondagi nufuzli 
millatlardan biriga aylandi. Muhimi - istiqlol mafkurasi shakllandi, millatimiz, 
xalqimiz о‗z g‗oyasi va iymon-e‘tiqodiga qaytdi. Ajdodlarimizning boy merosi 
tiklandi va tiklanmoqda. Biz ularning vorislari sifatida dunyo ma‘naviy-ilmiy 


27 
jamoatchiligi 
oldida 
qarzdormiz. 
Chunonchi, 
Muhammad 
al-Xorazmiy, 
Muhammad az-Zamaxshariy, al-Hakim, at-Termiziy, Xо‗ja Ahmad Yassaviy
Bahouddin Naqshband, Xо‗ja Axror Valiy va boshqa о‗nlab alloma-avliyolarning 
teran ilmiy xulosalari va amallarini uchinchi ming yillikda va hamisha jahon ahliga 
yetkazib, osoyishta va farovon, tinch-totuv yashashimizga katta va munosib hissa 
qо‗shmog‗imiz kerak. 
Diniy qarashlar odob-axloqning uzviy qismiga aylandi. Cheklashlar man 
qilindi. Inson kamolida iymon-e‘tiqod, Yaratganga shukronalar aytish hamda 
dunyoviy bilimlarni egallash, taraqqiyotni yuksaltirish davom etaveradi. 
I.A.Karimovning say-harakatlari tufayli 2007 yil Toshkent Islom dini poytaxti
degan maqomni oldi. О‗nlab, yuzlab avliyo-anbiyolar maqbaralari tiklandi. Hozirgi 
paytda 18 diniy konfensiyalar tolerantlik tamoyiliga kо‗ra millatlararo totuvlik 
asosida ishlab turibdi.
Albatta, har qanday milliy davlat iqtisodiyotining asosini energetika va tabiiy 
boylik zahiralari tashkil etadi. Shuning uchun ham jahondagi rivojlangan va 
rivojlanayotgan davlatlar tо‗qnashayotgan hozirgi energetika yetishmovchiligi 
sharoitida О‗zbekistonning muhim ustunligi mamlakat iqtisodiyotining ushbu 
yо‗nalishda dunyodagi juda kam sonli davlatlar singari I.Karimovning qat‘iy say-
harakatlari bilan tо‗la mustaqillikka erishganligidadir. Ba‘zi davlatlar esa uzoqni 
kо‗zlamay, faqat joriy yilga mо‗ljallangan byudjetni hisoblab chiqib, eng kam 
jahon sarmoyasi bahosiga о‗tishmoqda. Bu esa inqirozni bartaraf qilishga salbiy 
ta‘sir kо‗rsatishi mumkin. 
О‗zbekiston о‗zining qо‗shimcha tarzda gaz, neft, kо‗mir va uran zahiralariga 
ega bо‗lib, ularni sof holda eksport qilish bо‗yicha jahonning о‗nta davlati safiga 
kiradi. Mamlakatning umumiy energetika zahiralari yana kamida 100 yil davomida 
iqtisodiyot ehtiyojlarini qondirish uchun yetadi. Buning о‗ziyoq milliy 
davlatimizning boy imkoniyatlarga ega ekanligidan dalolat beradi. 
Umuman olganda, davlat va milliy davlatchilik muammosi, uning hozirgi 
globallashuv davridagi rivojlanish davom etmoqda. Prezident Islom Karimov asos 
solgan milliy davlatchiligimiz bundan keyin ham uzoqni kо‗zlagan dastur asosida 
ravnaq topaveradi. 
 
 
 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin