2-modul. Taraqqiyotning “O„zbek modeli” va uning o„ziga xos xususiyatlari



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/13
tarix12.10.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#154793
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
\'19.11.2020 ma’ruza matni

О„zbekiston 
Respublikasi milliy davlat qurilmasida hokimiyat uchga ajratiladi - 
1
Раият—халқ. 


24 
qonunchilik, ijrochilik va sud hokimiyatiga
‖ (
Karimov I.A. О‗zbekiston: milliy 
istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1-jild, -T: ―О‗zbekiston‖, 1996, 15-b.
).
Bu fikr Konstitusiyaning 11-moddasida о‗z aksini topgan: ―
О„zbekiston 
Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, 
ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bо„linishi prinsipiga asoslanadi
‖ (
О‗zbekiston 
Respublikasining Konstitusiyasi. - T.: О‗zbekiston. 2008. 6-bet.
). Hokimiyatlar bо‗linishi 
tamoyilining mavjud bо‗lishi tufayli davlat hokimiyati tizimida hokimiyat 
organlari bir-birini muvozanatda saqlab turish va nazorat qilishga yо‗l ochib 
beradigan va bir shaxs yoki organning qо‗lida hokimiyatning tо‗planishiga imkon 
bermaydigan о‗zaro munosabatlar tartibi о‗rnatiladi.
Milliy davlatimiz ichki va tashqi siyosatining asosiy yо‗nalishlari - pirovard 
natijada О‗zbekistonda yangi va adolatli fuqarolik jamiyati barpo etishga 
qaratilgan. 
Demokratiyaning murosachilik va yakdillik madaniyati davlat 
ichki hayotida ham, tashqi siyosatida ham alohida ahamiyat kasb etadi.
Jumladan, jamiyat fuqarolari о‗rtasidagi munosabatlar qanchalik samimiy va iliq 
bо‗lsa, umumxalq va umumdavlat manfaatlari yо‗lida birlashib, muammolarni hal 
etishda oqilona faoliyat kо‗rsatsa, barcha uchun umumiy vazifalar oldida 
mas‘uliyat chuqur his qilinsa, bu, birinchidan, demokratiyaning mamlakat ichki 
hayotidagi madaniyatini belgilaydi. 
Fuqarolik jamiyatini barpo etishning xalqaro tamoyillari, ya‘ni dunyo 
davlatlari hamjamiyati e‘tirof etgan yо‗riqlari mavjud bо‗lib, bevosita fuqaroning 
о‗z xohish-irodasini erkin ifodalash huquqiga egaligi, ozchilikning kо‗pchilikka 
bо‗ysunishi, barcha fuqarolarning millati, elati, ijtimoiy kelib chiqishi va diniy 
e‘tiqodidan qat‘i nazar, teng huquqliligi, davlat va jamiyat boshqaruvida qonun 
ustuvorligi, saylov va saylanish huquqi va boshqalardir. Biroq, ma‘lum bir 
mamlakatda demokratiyani joriy etishda faqat shuning 
о‘zi
kifoya qiladimi? 
Yо‘q., 
albatta. 
Chunki, 
har
bir xalqning о‗z turmush va tafakkur tarzi, tarixiy an‘analari, 
hayotga munosabati va boshqa jihatlaridan kelib chiqib, demokratiyaga 
yondashishning о‗ziga xos usuli bor. Shu ma‘noda, Islom Karimov Sharqda 
demokratik jarayonlarning qadimdan shakllangan о‗ziga xos va о‗ziga mos 
xususiyatlari bor. Buni aslo nazardan qochirib bо‗lmaydi. YA‘ni, Sharqda 
demokratik jarayonlar uzviy ravishda va asta-sekin taraqqiy topadi. Bu sohada 
inqilobiy о‗zgarishlar yasashga urinishlar g‗oyat noxush, hatto fojiali natijalarga 
olib keladi. Inqilobni G‗arb olimlari ham «ijtimoiy taraqqiyotning ibtidoiy va 
yovvoyi shakli», deb ataganlar. Tabiiyki, bunday yо‗l bizga aslo tо‗g‗ri kelmaydi. 
Aslida 
demokratiyani 
joriy 
etishda 
yurtimizda 
о‗zbekona tamoyillar 
shakllanayotganini hisobga olish kerakligini, ta‘kidlagan edi. Bu, ikkinchidan, 
demokratiyaning tashqi siyosatdagi о‗ziga xosligini ta‘minlaydi. 
Milliy davlatchiligimizning demokratik tamoyillarini yanada chuqurlashtirish 
va rivojlantirishimiz mumkin. Aslida, demokratiya - «obyektiv voqelik». U bor 
yoki yо‗q?! Bir tizimdan ikkinchi tizimga о‗tayotganda, unga yо‗riqnomalar, 
kо‗rsatmalar berish uslubi bilan darhol qurib bо‗lmaydi?! Bu haqda juda kо‗p 
aytilgan va yozilgan. Biroq, barqaror demokratik jamiyatning qaror topishi uchun 
zarur ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni hayotga tadbiq qilishga qodir kuchli milliy 


25 
davlat lozimligini tushunib yetdik! Ammo jamiyatni demokratlashtirish odimlarini 
SHо‗ro qarashlari bilan о‗lchab bо‗lmaydi. Har bir narsani uning mohiyatidan 
kelib chiqib, о‗z nomi bilan mardonavor aytish ayni Yо‗lboshchimiz Islom 
Karimovning siyosiy sifatlaridan biridir. Har qanday siyosiy vazifa siyosatchi 
zimmasiga rejadagilarni amalga oshirish irodasi va layoqatidan iborat bо‗lgan 
javobgarlikni yuklaydi.
О‗rni kelganda, ta‘kidlash joizki, rahbar о‗zini «demokrat», davlatini esa 
«demokratiya oroli» deb xohlaganicha aytishi mumkin, biroq shu bilan birga, 
uning davlatida ochlik, qashshoqlik, tartibsizlik, turli tomonga tashlanishlar 
hukmron bо‗lishi ham hech gap emas?! Bir qator MDH davlatlaridagi ijtimoiy-
siyosiy jarayonlar bunga yorqin misol bо‗la oladi. Bizning davlatimizga kelsak, 
XXI asrda davlatlarning arzon populizmi va demokratiya niqobi ostidagi о‗yinlari 
emas, balki zaruriy milliy mafkuraviy g‗oyadan voqelikka aylangan haqiqiy 
demokratik, ochiq adolatli jamiyat tomon qо‗ygan shahdam qadamlarimiz, bu 
borada qо‗lga kiritgan yutuqlarimiz bilan О‗zbekiston davlati tanlagan yо‗l - 
demokratik tamoyillar mazmunini tashkil etadi. 
Milliy davlatchiligimizning jahon sivilizatsiyasiga demokratik jarayonlar 
bilan chiqishi ham muammolar yechimiga ta‘sir kо‗rsatadi, albatta. Yevropa 
Ittifoqi va О‗zbekiston munosabatlari tо‗g‗risida 1996 yil 21 iyunda tuzilgan 
muhim hujjat-sherikchilik va hamkorlik tо‗g‗risidagi Bitim imzolanishi bilan 
demokratik jarayonlarga dastlabki asos solingan edi. Mazkur Bitim doirasida 
Yevropa Komissiyasi О‗zbekistonda Yevropa Eyd (Yevropa kо‗magi) dasturining 
bir qator loyihalarini moliyalashtirib kelmoqda.
Shuni alohida e‘tirof etish lozimki, insoniyat tarixiga nazar solsak, 
demokratik jarayonlarni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etgan, milliy 
davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy, ma‘naviy-ma‘rifiy-siyosiy-huquqiy taraqqiyoti 
asosiy omil bо‗lib xizmat qilgan. Har bir xalq demokratiyani о‗z mentaliteti, о‗z 
kо‗nikmalari, qadriyatlariga munosib tarzda u yoki bu darajada hayotga joriy 
qiladi. Umuminsoniy mohiyat va mazmunga ega bо‗lgan tamoyillar har bir 
davlatning taraqqiyot darajasi, boshqaruv tizimi, siyosiy muhiti, xalq ommasi 
ijtimoiy ongining faolligi bilan bog‗liq holda joriy qilinadi. Xuddi shu va boshqa 
ijtimoiy rivojlanish sur‘atlarini belgilovchi omillar ta‘sirida davlatning demokratik 
jarayonlarini joriy qilish sur‘atlari jadallashadi yoki sustlashadi. Demak, 
demokratiyani yuqoridan majburan joriy etish mumkin emas!?
Demokratiya - xalq ijodi, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligi natijasida 
qо‗lga kiritiladigan boshqaruv tizimi. Demokratiya doimo xalq ommasining pok va 
halol harakati, о‗z huquqlari, ehtiyojlarini qondirish uchun olib borgan mashaqqatli 
kurashlari, faol mehnati natijasida qо‗lga kiritilgan. Islom Karimov har doim, 
milliy davlatlarda demokratik tamoyillarni hayotga joriy qilish turli yо‗llar 
vositasida amalga oshirilishi, lekin uning asosiy talabi va omili doimo shaxsning 
huquq va erkinliklari, shu jumladan, erkin fikrlash hamda mulohazalarini bemalol 
erkin bayon qilish huquqini ta‘minlash bо‗lib, har qanday davlatning demokratik 
jarayonlarini amalga oshirishda ma‘lum muddat talab qiluvchi holatdir, deb 
ta‘kidlaydi. Avvalambor, demokratiyaning huquqiy asoslari barpo qilinishi shart. 


26 
Ushbu jarayonlarni sun‘iy ravishda jilovlab turish yoki sur‘atlarini jadallashtirish 
ijobiy natijalarga olib kelmaydi.
Hozirgi paytda huquqiy demokratiya yо‗lini tanlab jadal sur‘atlarda 
rivojlanayotgan milliy davlatimiz uchun insoniyat tarixining turli davrlarida 
demokratik davlatlarning shakllanishi va amaliyotini tahlil qilishi, qiyosiy 
о‗rganishi muhim ahamiyatga ega. YA‘ni, dunyo davlatlari demokratiyaga 
ma‘naviy-ma‘rifiylashgan jamiyatga xos tamoyillar bilan munosabatda bо‗lishlari 
va baholash madaniyatini egallab olishlari, hatto ba‘zi manfaatlardan voz kechishi 
ham mumkin. Masalan, hayot kechirish G‗arb turmush tarziga mos bо‗lsa va uni 
targ‗ib etsa, ya‘ni demokratik qarashlar bizning mentalitetimizga tо‗g‗ri kelmasa, 
qarash bir tomonlama yondashuv hisoblanib, о‗zini qadrlagan, hurmat qilgan xalq 
uchun xavfli hamda tahdidli bir holatdir. Turli xalqlar, turli madaniyatlar, 
manfaatlarning yonma-yon yashashi, yashay olishi faqat haqiqiy milliy demokratik 
sharoitdagina amalga oshadi. Buni biz istiqbolli milliy davlatimiz miqyosida kо‗rib 
turibmiz! 
Bugungi dunyo davlatlari demokratik jarayonlarni kafolatlovchi omillarga 
ega. О‗zbekiston ham undan chetda emas. Shu о‗rinda haqiqiy demokratiyaning 
soxta demokratiyadan farqini anglash bilan bog‗liq fuqarolik madaniyatiga ega 
bо‗lish; demokratiya niqobi ostidagi «demokratik о‗yinlar»ning, qarashlarning, 
chiqishlarning orqasidan ergashmaslik; taqlid qilish yoki qilmaslikning qaysi 
milliy manfaatga tо‗g‗ri kelishi yoki kelmasligini solishtirib kо‗rishga yetadigan 
uyg‗oq ong va tafakkurga ega bо‗lish; aholining asosiy qismi demokratiyaga 
tayyor bо‗lishi, unga befarq bо‗lmasligi, demokratik ong va madaniy saviyada 
dunyo va milliy taraqqiyot talablaridan orqada qolmasligi kerak. 
Tо‗g‗ri va haqiqiy bunyodkorlik g‗oyasini faqat milliy davlatning demokratik 
qarashlari orqali amalga oshirish mumkin! Hozirgi davrda jahon davlatlari 
erishayotgan yutuqlardan orqada qolmaslik, yangi texnologiyalarni egallab, uni 
ishlab chiqarishga joriy etish uchun izlanish, yangi-yangi ixtirolar qilishga qodir 
bо‗lish, mustaqillikni mustahkamlash va uni rivojlantirish milliy davlatimizning 
muhim yо‗nalishlarini tashkil etadi. О‗zligini anglagan xalq mustaqillikka, о‗z 
taqdiriga, farzandlarining kelajagiga istiqbol kо‗zi bilan qaraydi! Jahonda о‗ziga 
xos о‗ringa va nufuzga ega bо‗layotgan О‗zbekiston davlati ana shunday milliy 
demokratik yо‗ldan bormoqda,- deb ta‘kidlagan edi Islom Karimov. 
Yigirmanchi asr jahon sivilizatsiyasida bir-biriga qarama-qarshi bо‗lgan katta 
iz qoldirdi. Jahon urushlari, fan-texnika taraqqiyoti, turmush tarzida muayyan 
darajada farovonlik va hokazolarni aytish mumkin. Lekin mamnuniyat bilan qayd 
qilish kerak, XX asrning sо‗nggi о‗n yilligi О‗zbekiston milliy davlatchiligi uchun 
ulkan 
tarixiy-inqilobiy 
о‗zgarishlarni yuzaga keltirdi. Bu о‗n yillik 
mamlakatimizda mustaqillikni ham iqtisodiy, ham siyosiy-ijtimoiy, ham huquqiy-
ma‘naviy, ham xalqaro munosabatlarda tikladi, takomillashtirdi. 
Mustaqillikning birinchi 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin