Fan___________“ Algoritmlarni loyihalash”___________________ Guruh ____________________________ Talaba ___________________________ Rahbar ___________________________
Samarqand-202_ y. Mustaqil ta’lim ishi hisoboti titul varag‘i quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
Mustaqil ishni bajarish na’munasi 1-Mustaqil ish. Mavzu: Chiziqli va tarmoqlanuvchi algoritmlar.
Savollarga nazariy javob bering Algoritmlarni baholash kriteriyalari haqida ma’lumot bering
Algoritmni asimtotik baholash haqida aytib bering
O(n) va O(n2) murakkablikdagi baholashlarni taqqoslang
Algoritm murakkabligini static va dinamik o’lchovlari haqida ma’lumot bering.
Vaqt va hajm bo’yicha qiyinchiliklar haqida ma’lumot bering
Algoritmlarni eng yomon va o’rtacha holatlarda baholash haqida ma’lumot bering
Taqribiy integrallash usuli va aniqligi bo’yicha hisoblash
Nazriy savol javoblari
Birinchi nazariy savol javobi
Algoritmlar sifatini baholash uchun mezonlarni ko’raylik. Mavjud mezonlar juda taxminlashgan. Masalan, algoritmni bajarishda bajaruvchining xotira uskunalari hajmi yetarli bo’lmasa, u algoritm yomon deb hisoblanadi. Boshqa mezon sifatida algoritmning bajarilishi uchun talab qilinadigan vaqtni ko’rsatish mumkin. Vaqtni baholash bajaruvchining fizik xarakteristikalari hisobga olinishi kerak. Chunki har bir operatsiya har xil o’zgaruvchilar bilan bajarilganda vaqt ham har xil bo’ladi. Bunchalik aniq ma’lumotni har bir foydalanuvchi uchun yig’ib bo’lmaganligi sababli odatda o’rtacha tezkorlik qabul qilinadi. Ketma-ket bajarilayotgan operatsiyalar sonini aniqlab, uni o’rtacha tezkorlikka ko’paytirsa, algoritm bajarilishining amalga yaqin bo’lgan vaqtini topishimiz mumkin.
Demak, algoritmlarni baholash uchun ikkita asosiy kretiriya mavjud ekan.
Algoritmni ishlash vaqti bo’yicha baholash
Algoritmni bajarish uchun xotiradan egallagan hajmi bo’yicha baholash