2. Mustaqillik yillarida madaniy hayot. Istiqlol yillarida jismoniy tarbiya va sport ravnaqi



Yüklə 466,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix19.12.2023
ölçüsü466,46 Kb.
#186986
1   2   3   4   5   6
MA’NAVIYAT VA MA’RIFAT-DAVLAT SIYOSATINING USTUVOR YO’NALISHI

Maqom
– musiqa san‟ati durdonasi”
nomli ma‘ruza qildi.
2018
yil 1 noyabrda Xalqaro baxshchilik festivalini o’tkazish to’g’risidagi O’zbekiston 
Respublikasi Prezidentining qaroriga ko’ra mazkur festival har ikki yilda bir marta, 5-10 aprelda 
o’tkazish belgilandi.
2018
yil 29 iyunda O’zbekiston davlat filarmoniyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari 
to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori (PQ-3813) qabul qilindi.
2019
yil 6 aprel kuni Surxondaryoda Xalqaro baxshichilik san‘ati festivali ochildi. Unda 
Prezident SH.Mirziyoyev Folklor san‘ati – insoniyatning bolalik qo’shig’i nomli ma‘ruza qildi.
2019
yil 14 mayda Baxshichilik san‘atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori (PQ-4320) e‘lon qilindi.
2019 yil 30 avgustdan boshlab Toshkentda Xareografiya oliy maktabi yangi zamonaviy 
binoda o’z ishini boshladi.
Muzey. Jamiyat madaniy-ma‘rifly hayotida, aholida tarixiy xotirani tiklash va 
mustahkamlashda muzeylarning ahamiyati katta. Shu boisdan ham mustaqillik yillarida mavjud 
muzeylarni ta‘mirlash, ularni yangi eksponatlar bilan boyitish, yangi muzeylar barpo etishga 
alohida e‘tibor berildi.
1992-yilda Namanganda ulug’ o’zbek shoiri Boborahim Mashrab muzeyi, Xorazmda hofiz 
Hojixon Boltaboyev nomli maqomchilar muzeyi, Urganchda Xorazm amaliy san‘ati va tarixi 
muzeyi, Buxoroda temirchilik muzeyi, Samarqand vilovatining Oqtosh shahrida xalq baxshisi
Islom shoir Nazar o’g’lining uy-muzeyi, 1993-yilda Toshkentda o’zbek ayollari orasidan chiqqan 
birinchi huquqshunos olima Xadicha Sulaymonova muzeyi, O‘zbek raqqosasi Mukarrama 
Turg’unboyeva muzeyi, Navoiy viloyatining Tomdi tumanida mashhur cho‘pon, ikki marta
Mehnat Qahramoni Jaboy Bashmanov muzeyi, 1994-yilda Toshkentda xalq rassomi Usta 
Muhiddin Rahimov muzeyi, 1996-yilda O‘zbekiston Gidrometeorologiya muzeyi, 1997-yilda
Buxoroda mashhur zarb qiluvchi Salim Hamidov muzeyi, shuningdek, oliy ta‘lim muassasalarida 
ko’plab muzeylar ochildi.
1996-yil 1-sentabr kuni Toshkentda Osiyoda yagona bo’lgan Olimpiya shon-shuhrat muzeyi 
ochildi. Bu muzey o’zbekistonlik sportchilarning xalqaro musobaqalaridagi muvaffaqiyatlarini 
namoyish etadigan, mamlakatimizda sport harakatining rivojini rag’batlantiradigan markaz bo’lib 
qoldi.
1996-yil 18-oktabrda Toshkentda Temuriylar tarixi davlat muzeyi ochildi. Muzey temuriylar 
davri ruhini aks ettiruvchi o’sha davrga xos tarixiy jihozlar, qurol-aslahalar, lashkarboshilar va 
oddiy jangchilarning kiyim-boshlari, oltindan yasalgan uy-buyum ashyolari, musiqa asboblari, 
Amir Temur, Bobur qo’lyozmalari, Ulug’bekning astronomik qurilmalari va boshqa 2000 dan 
ortiqroq tarixiy, madaniy yodgorliklar bilan jihozlangan. Temuriylar tarixi davlat muzeyi 
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan madaniy, ma‘naviy, ma‘rifiy ishlar, ilmiy tafakkur 
markaziga aylandi.
O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi yangi binoga ko’chirildi hamda ajdodlarimizning ko’p 
ming yillik hayoti va madaniyatini ilmiy, xolisona aks ettiruvchi yangi eksponatlar bilan qayta 
jihozlandi. O‘zbekiston davlat san‘at muzeyi Yaponiya hukumaii tomonidan beg’araz ajratilgan 
38,8 mln iyen pul mablag‘i hisobiga ta‘mirlandi, yangi muzey jihozlari, asbob-uskunalari bilan 
yanada boyidi.
O‘zbekiston Prezidentining 1998-yil 12-yanvardagi Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash 
va takomillashtirish to’g’risidagi Farmoni va uning bajarilishini ta‘minlashga qaratilgan respublika 
hukumatining Muzeylar faoliyatini qo‘llab-quvvatiash masalalari to’g’risidagi Qarori 


mamlakatimizda muzey ishini rivojlantirish istiqbollarini belgilab berdi. Madaniyai ishlari 
vazirligi, Oltin meros jamg’armasi, Badiiy akademiya, Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi muzeylar 
rahbariyati bilan hamkorlikda muzeylarning rivojlanishi va moliyaviy ta‘minoti bo’yicha dastur
ishlab chiqildi. Muzeylar davlat muhofazasiga olindi, ularni ta‘mirlash, muzey eksponatlarini 
boyitish davlat budjeti hisobidan moliyaviy jihatdan qo’llab-quvvatlandi. Muzeylar faoliyatini 
muvofiqlashtirish, ilmiy-uslubiy yordam ko’rsatish, moddiy jihatdan qo’llabquvvatlash maqsadida 
1998-yilda O‘zbekmuzey Respublika jamg’armasi tuzildi. Aholining muzeyshunoslik 
madaniyatini oshirishga ko’maklashuvchi Moziydan sado jurnali ta‘sis etildi va u 1999-yildan 
boshlab o’zbek, rus va ingliz tillarida nashr etila boshlandi. Faqat 1999-yilda muzeylarning asosiy 
fondi 7544 ta tarixiy va madaniy yodgorliklar bilan boyidi.
O‘zbekistonda 90 dan ortiq davlat va 1200 dan ortiq jamoatcnilik muzeylari faoliyat 
ko’rsatmoqda. Ularda 1,3 milliondan ortiq ajdodlarimiz tarixi, betakror madaniyatini aks ettiruvchi 
nodir buyumlar – eksponatlar saqlanmoqda va aholiga namoyish dilmoqda. Mamlakatimizning 
me‘moriy yodgorliklarga boy 10 ta shahri tarixiy shaharlar ro’yxatiga kiritilgan. 2500 ta me‘moriy 
obida, 2700 ta arxeologik yodgorlik, 1800 monumental san‘at asari davlat muhofazasiga olingan. 
Buxoro, Samarqand va Xiva shaharlaridagi 3 ta muzey-qo’riqxonalarida butun dunyoda eng nodir 
tarixiy yodgorliklar, me‘moriy obidalar, monumental san‘at asarlari saqlanib qolgan, davlat 
muhofazasida yangidan chiroy ochayotgan muzeylar sifatida e‘tirof etilgan.
Mustaqillik sharofati bilan Samarqand muzey-qo’riqxonasining Registon maydoni 
yodgorliklari, Shohizinda, Bibixonim me‘moriy majmuasi, Amir Temur maqbarasi, Afrosiyob 
muzeyi, Ruhobod majmuasi, Buxorodagi Kalon minorasi va masjidi, Mir-Arab madrasasi, Savdo 
gumbazlari, Sitorayi Mohi Xosa ansambli, Bahouddin Naqshband majmuasi, Xivaning Ichan 
qal‘asidagi Ko’hna ark, Muhammad Aminxon madrasasi va masjidi, Islomxo’ja minorasi, 
Toshhovli saroyi, Jome masjidi, Shahrisabzdagi Dor-us-saodat, Dor-ut-tilovat ansambllari, Amir 
Temurning Oq saroyi, Termizdagi Hakim at-Termiziy, Imom Termiziy, Sulton Saodat, Qirqqiz 
me‘moriy yodgorlik majmualari qayta ta‘mirlandi. Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrisabzdagi 
betakror me‘moriy yodgorliklar jahon xalqaro madaniy merosi ro’yxatiga kiritilgan.
Mustaqillik yillarida xalqimizning me‘moriy obidalari qatoriga yangidan barpo etilgan Amir 
Temur, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug’bek, Ahmad al-Farg’oniy, Alpomish, Jaloliddin Manguberdi 
haykallari qo’shildi. 2002-yilda Termiz shahrining 2500 yilligi munosabati bilan tarixiy ashyolar, 
me‘morchilik va haykaltaroshlik san‘ati namunalari, devoriy rasmlar, uy-ro’zg’or buyumlari, turli 
taqinchoqlar bilan jihozlangan muhtasham arxeologiya muzeyi barpo etildi.
O‘zbekiston muzeylari aholi orasida o’lkamiz tarixi, xalq amaliy san‘ati asarlaridan iborat 
etnografik ko’rgazmalarni namoyish etib, jamiyatimiz ma‘naviy kamoloti yo’lida xizmat 
qilmoqda. Minglab xorijiy sayyohlar respublikamiz muzey-qo’riqxonalariga tashrif buyurib, 
ajdodlarimizdan qolgan tarixiy yodgorliklar, obidalar, monumental san‘at asarlari oldida ta‘zim 
etmoqdalar. Fransiya, Turkiya, Eron, Pokiston, Koreya, Xitoy va boshqa mamlakatlarda 
O‘zbekiston muzeylarining eksponatlari namoyish etildi.
Shu o’rinda, Vatanimiz tarixini o’rganayotgan Siz aziz o’quvchilarni ajdodlarimiz tarixini, 
madaniy hayotini o’zida yorqin aks ettiruvchi ko’pdan ko’p muzeylarga tashrif buyurib, o’z 
bilimlaringizni yanada boyitib va mustahkamlab borishga taklif etamiz.
Istiqlolning dastlabki yillaridanoq muzeylarga alohida etibor qaratildi. 1994 yilda Madaniyat 
ishlari vazirligi tizimida turli sohalar bo’yicha 68 ta muzey mavjud edi. 1999 yilda ularning asosiy 
fondiga 7544 ta eksponat qabul qilindi. Shu yilda muzeylarga 1655400 kishi tashrif buyurdi.
Hozir O’zbekistonda 133 ta muzey faoliyat ko’rsatmoqda. Ulardan 98 tasi O’zbekiston 
Respublikasi Madaniyat vazirligi tasarrufida bo’lib, 4 ta muzey Fanlar akademiyasi qoshida, 2 ta 
muzey O’zbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasi qoshida, 7 ta muzey boshqa vazirlik va 
tashkilotlar qoshida ish olib bormoqda.
O’zbekiston fuqarolarini, ayniqsa, yoshlarni muzey muassasalariga jalb etish, mazkur 
muassasalarning tarbiyaviy rolini oshirishga alohida ahamiyat berildi. 2014 yil 11 iyulda Vazirlar 


Mahkamasining Davlat muzeylarini bolalar va ularning ota-onalariga ochiqligini ta‘minlash chora-
tadbirlari to’g’risidagi qarori shu ma‘noda juda ahamiyatli bo’ldi.
Muzeylarning ijtimoiy-madaniy ahamiyati oshdi, ularning o’zbek xalqi milliy o’zligini 
anglash jarayonidagi roli kuchaydi. Muzeylarga e‘tibor xorijlik fuqarolarning O’zbekistonga, 
uning boy va qadimiy madaniyatiga bo’lgan qiziqishini oshirdi.
Shanarsozlik. Mustaqillik yillarida shaharsozlik va arxitektura qurilishi misli ko’rilmagan 
darajada avj oldi. O‘zbekiston poytaxti – Toshkent shahrining qiyofasi tubdan o’zgardi, yuzlab 
zamonaviy, ko’rkam, osmon o’par binolar bunyod etildi. Oliy Majlis, Prezident qarorgohi – 
Oqsaroy, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, O‘zbekiston xalqaro anjumanlar saroyi, Simpoziumlar 
saroyi va Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxonani o’z ichiga olgan Ma‘rifat markazi binosi, 
Toshkent shahar hokimligi, Turkiston saroyi, Respublika birja markazi, Biznes markaz, Markaziy 
bank, Milliy bank, Banklararo moliyaviy xizmatlar markazi, Xalqaro savdo-ko’rgazma xizmatlar 
majmuasi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, Interkontinental va Toshkent-Sheraton 
mehmonxonalari shular jumlasidandir.
Toshkent shahri ko’rkiga ko’rk qo’shib turgan Oloy, Chorsu, Otchopar, Yunusobod, 
Mirobod, Parkent, Qo’yliq va boshqa bozor binolari, zamonaviy ko‘p qavatli uylar barpo etildi. 
Zamonaviy jismoniy tarbiya va sport, sog’liqni saqlash muassasalari, mustahkam ko’priklar 
qurildi, transport yo’llari tubdan ta‘mirlandi va obodonlashtirildi.
Respublikamizning barcha viloyatlari markazlarida ham yirik zamonaviy ma‘muriy binolar, 
sport inshootlari, bog’lar, saylgohlar, savdo inshootlari bunyod etildi, obodonlashtirildi.



Yüklə 466,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin