O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi sirdaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi direktorining buyrug‘I



Yüklə 41,57 Kb.
səhifə1/2
tarix18.09.2023
ölçüsü41,57 Kb.
#145120
  1   2
XTVning 2020yil 30 03 dagi 85 buyruq ижро учун чиқарилди




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
SIRDARYO VILOYATI XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH HUDUDIY MARKAZI DIREKTORINING
BUYRUG‘I

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’lim vazirligining 2020-yil 20-martdagi “Toshkent shahrida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 85-sonli buyrug‘i ijrosini taminlash to‘g‘risida






O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi va 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini va hayot sifatining barqaror yaxshilanishini ta’minlash hamda tadbirkorlik faoliyatini yuritish hamda “raqamli iqtisodiyot”ni rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yanada takomillashtirish maqsadida
B U Y U R A M A N:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 17-martdagi PQ-4642-son qarori hamda Xalq ta’lim vazirligining 2020-yil 20-martdagi “Toshkent shahrida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 85-sonli buyrug‘i ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin.

  2. Barcha kafedra mudirlariga:

-O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 17-martdagi PQ-4642-son qarori hamda Xalq ta’lim vazirligining 2020-yil 20-martdagi 85-sonli buyrug‘i asosida hududiy markaz chora tadbirlar rejasini tuzish uchun asoslangan takliflar kiritish;
-hududiy markaz veb-sahifalari, ijtimoiy tarmoqlardagi maxsus kanallar faoliyatini takomillashtirish va doimiy yangi ma’lumotlar kiritib borilishini ta’minlash;
-mazkur qarorning mazmun mohiyati barcha professor-o’qituvchilarga keng tushuntirish ishlari olib borilsin;
-2020-2021-yillarda joriy etiladigan axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
-hududiy markazda “Raqamli texnologiyalarni” kompleks dasturini amalga oshirish bo‘yicha chora- tadbirlar rejasiga muvofiq belgilangan vazifalarni bajarish va hisobotlar berib borishvazifalari yuklatilsin.

  1. O’quv va ilmiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari (B.Usmonov)ga;

Hududiy markazning chora-tadbirlar dasturi ishlab chiilsin;
Mazkur buyruqdan kelib chiqqan holda hududiy markazda raqamli texnologiyalarni keng joriy etish bo’yicha ishlar muvofiqlashtirilsin.

  1. Karantinga oid choralar amal qilish davrida mazkur buyruq asosida belgilangan vazifalar onlayn tarzda (masofadan va belgilangan boshqa tartiblar asosida) etkazilsin va ijrosi ta’minlansin.

  2. Ushbu buyruqning ijrosini O’quv va ilmiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari B.Usmonov zimmasiga yuklatilsin.


Yüklə 41,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin