Ma‘lumki, xalq ma‘naviyati zamiridagi insoniylik, baynalmilallik kabi azaliy fazilatlar
milliy bayramlarda o’z aksini topadi. Yaxshi an‘anaga aylangan Gul bayrami har yili avgust
oyining oxirida Namangan shahrining Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog’ida o’tkazib
kelinadi. Ushbu bayram gulga, go’zallikka oshufta bo’lgan turli millat vakillarini yaqinlashtirishga
xizmat qilmoqda. Bu bayramga, nafaqat, O’zbekiston, balki qo’shni
respublikalar, hatto chet
ellardan ham mehmonlar tashrif buyurib, go’zallikdan bahramand bo’lmoqdalar.
Asrlar davomida shakllangan, an‘anaga aylangan Alla qo’shiqning qadimiy turidir.
Qo’shiqchilik san‘atining bu yo’nalishiga alohida e‘tibor berilmoqda. Xususan, Marg’ilon shahri
madaniyat va istirohat bog’ida O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 5 yilligi, Sohibqiron
Amir Temur tavalludining 660 yilligiga bag’ishlab Alla qo’shig’i ijrochilarining an‘anaviy
respublika ko’rik-tanlovi o’tkazildi.
Mustaqillik yillarida milliy sport turi – o’zbek kurashiga munosabat tubdan o’zgardi. 1992
yildan boshlab ommaviy ravishda Buxoroda Bahouddin Naqshband, Xorazmda Pahlavon
Mahmud, Shahrisabzda Amir Temur, Termizda al
Hakim at-Termiziy xotirasiga, shuningdek,
Alpomish dostoni yaratilganligining 1000 yilligiga bag’ishlangan musobaqalar bo’lib o’tdi.
1992 yil may oyida Toshkent shahrida kurash bo’yicha 1-jahon chempionati o’tkazildi.
1998 yili Kurash xalqaro assotsiatsiyasi tuzildi. 2000 yilda esa Turkiyaning Anqara shahrida
2jahon chempionati bo’lib o’tdi. 2003 yil 24 yanvarda Osiyo Olimpiya kengashining Quvaytda
bo’lib o’tgan XXII Bosh assambleyasida o’zbek kurashi Osiyo o’yinlari dasturiga kiritildi. O’zbek
kurashi jahonga yuz tutishi bilan yanada baynalmilal xususiyat kasb etdi. Endilikda gilamda
Kurash xalqaro assotsiatsiyasiga a‘zo bo’lgan davlatlarning ko’plab vakillarini ko’rish mumkin.
Dunyo davlatlari kurash arenalarida o’zbekcha chala, dakki, tanbeh, g’irrom, yonbosh, halol kabi
atamalar baralla yangramoqda.
Mamlakatimizda
milliy qadriyatlar, urf-odat, an‘ana va turli marosimlarni tartibga solish,
shuningdek, keng xalq ommasini ularga jalb etishni yaxshilash borasida qator ijobiy ishlar amalga
oshirildi. Bu borada Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish
to’g’risidagi (2001 yil 30 avgust), Arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va
ulardan
foydalanish to’g’risidagi (2009 yil 13 oktabr) Qonunlarni alohida ta‘kidlash lozim.
Keyingi yillarda xalqaro hamjamiyat nomoddiy madaniy meros yodgorliklarini tinchlik va
xavfsizlikni ta‘minlash, millatlar va davlatlararo hamkorlikni yanada yaxshilash omili sifatida
baholamoqda. O’zbekistonda ushbu jihatlarga alohida ahamiyat berilib, 2007 yil 12 dekabr kuni
Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish to’g’risidagi xalqaro konvensiyani (Parij, 2003 yil
17 oktabr) ratifikatsiya qilish haqida Qonun qabul qilindi.
Ta‘kidlash lozimki, mazkur Qonun qabul qilingandan so’ng nomoddiy madaniy merosni
muhofaza qilish, asrash, targ’ib qilish va ulardan foydalanish ishlari yanada kuchaydi. Bu borada
10 yilga mo’ljallangan dastur ishlab chiqildi. Dasturning qabul qilinishi YUNESKO tashkiloti
tomonidan alohida e‘tirof etildi.
2011 yil 11 noyabrda YUNESKOning Osiyo va Tinch okeani mintaqasi bilan nomoddiy
madaniy meros bo’yicha xalqaro axborot va hamkorlik markazi, Respublika xalq ijodiyoti va
madaniy-ma‘rifiy ishlar ilmiy-metodik markazi o’rtasida Nomoddiy madaniy meros obyektlarini
inventarizatsiya qilish loyihasi bo’yicha shartnoma imzolandi. Unga binoan Jizzax viloyati (Jizzax
shahri, Zomin, Forish, Baxmal, G’allaorol tumanlari), Samarqand viloyati (Samarqand shahri,
Samarqand, Urgut, Bulung’ur tumanlari), Qashqadaryo viloyati (Qarshi, Kitob shaharlari,
Shahrisabz, Kitob, Chiroqchi, Nishon tumanlari), Surxondaryo viloyati (Sho’rchi shahri, Sho’rchi,
Qiziriq, Boysun tumanlari)da kompleks ilmiy ekspeditsiya o’tkazilib, uning natijasida 30 soatlik
video, 1,5 soatlik videointervyu, 240 turdagi an‘anaviy musiqali audioyozuvlar, 4000 dan ortiq
foto materiallar to’plandi.
Nomoddiy madaniy meros
obyektlarini muhofaza qilish, asrash, targ’ib qilish va ulardan
samarali foydalanish davlat siyosatining asosiy yo’nalishlaridan biriga aylandi. Bu narsa,
shubhasiz, o’zbek xalqi milliy o’zligini anglash, madaniy merosga to’g’ri munosabatda bo’lish,
pirovard natijada, jamiyatda yuksak sog’lom ma‘naviy muhitni shakllantirish bilan bog’liq edi.
Shuning uchun ham bu borada respublikaning barcha hududlarida katta hajmdagi tadbirlar
o’tkazila boshlandi. 2013 yilda respublika bo’ylab Boy meros va boqiy qadriyat shiori ostida
haftaliklar o’tkazildi. Surxondaryo viloyatida O’zbekiston umumiy uyimiz deb nomlangan
Respublika do’stlik va madaniyat festivali uyushtirildi. O’zbekiston Badiiy akademiyasi
ko’rgazmalar zalida Qadr-qimmatim,
tayanchim va iftixorimsan, mustaqil O’zbekiston shiori
ostida ko’rgazma tashkil etildi.
Mamlakatimizda o’zbek tilining xalq davlat turmushidagi asosiy ahamiyati va o‘rni qayta
tiklandi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IV sessiyasi 1995-yil 21-dekabrda yangi
tahrirda Davlat tili to’g’risida”gi Qonunni qabul qildi. Qonunda o’zbek tili o’zbek xalqining
ma‘naviy mulki ekanligi, uning ravnaqi, qo’llanilishi va muhofazasi davlat tomonidan
ta‘minlanishi belgilab qo’yilgan. O‘zbekistonda Oliy davlat hokimiyati,
mahalliy hokimiyat va
boshqaruv organlarining faoliyati, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning hisob kitobi,
statistika va moliya ishlari o’zbek tilida yuritilmoqda. Respublikaning ma‘muriy-hududiy
birliklari, maydonlari, ko’chalari, geografik o’rinlarining nomlariga yagona milliy shakl berildi va
o’zbek tilida yozib qo’yildi. Natijada o’zbek xalqining milliy qadr-qimmati, mustaqil
davlatimizning qadr-qimmati qayta tiklandi va mustahkamlandi. Shuningdek, O‘zbekistonda
istiqomat qilayotgan barcha millatlarning tillari, qadr-qimmati o’z o’rniga qo’yildi.
1993-yil sentabrda O’zbekiston Respublikasining Lotin yozuviga asoslangan o’zbek
alifbosini joriy etish to’g’risida Qonuni, 1995-yil may oyida esa O’zbekiston
Respublikasining
Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini joriy etish to’g’risidagi Qonunga o’zgartirishlar
kiritish haqida Qonuni qabul qilindi. Bu qonunlar o’zbek tilining davlat tili sifatidagi mavqeyini
yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini to’la
joriy etish bosqichma-bosqich amalga oshirilib borilmoqda.
2019 yil 21 oktabr kuni poytaxtimizda Prezidentimiz SH.Mirziyoyev ishtirokida O’zbek
tiliga davlat tili maqomi berilganligining 30 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosim bo’lib o’tdi.
Shu kuni O’zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari
to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni (PF-5850) e‘lon qilindi. Farmonga
ko’ra Vazirlar Mahkamasi huzurida 9 ta mutaxassisdan iborat Davlat tilini rivojlantirish
departamenti tashkil etildi.
2017 yil 18 aprelda Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy bog’i hududida Adiblar
xiyobonini barpo etish to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori (PQ-2894)
e‘lon qilindi.
2017 yil 6 noyabrda Sharof Rashidovning 100 yillik yubileyi munosabati bilan Jizzax
shahrida ushbu davlat arbobi haykalining ochilish marosimi bo’lib o’tdi.
2017 yil 9 avgust kuni O’zbekiston ijodkorlarini qo’llab-quvvatlash Ilhom jamoat fondini
tashkil etish to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori (PQ-3184) e‘lon qilindi.
Yoshlar orasida, umuman jamiyat a‘zolarida kitobxonlik madaniyatini keng targ’ib etish
maqsadida 2017 yil 13 sentabrda Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini
rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ib qilish bo’yicha
kompleks chora-tadbirlar dasturi to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori
(PQ3271) qabul qilindi.
Xullas, mustaqillikning ilk kunlaridan urf-odat, milliy qadriyatlar, marosimlar, umuman,
madaniy merosni tiklash yo’lida ijtimoiy madaniy vazifalar bosqichma-bosqich amalga oshirila
boshladi. Sovet mustabid tuzumi davrida toptalgan qadriyatlar tiklana bordi. Bu pirovard natijada
mamlakat va jamiyat ma‘naviy qiyofasini o’zgartirdi, xalqimizda milliy o’zlikni anglash
jarayonini yanada chuqurlashtirdi.
Dostları ilə paylaş: